KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI
Bo‘ronova Maftuna Shaymardon qizi
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 1-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada inson va fuqaroning shaxsiy huquq hamda erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari huquqiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda shaxsiy huquqlarning mazmuni, ularning inson huquqlari tizimidagi o‘rni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy kafolatlar hamda ushbu huquqlarni ta’minlash mexanizmlari yoritib beriladi. Shuningdek, shaxsiy huquqlarni himoya qilishning milliy va xalqaro huquqiy asoslariga e’tibor qaratiladi.
KALIT SO‘ZLAR: inson huquqlari, fuqaro huquqlari, shaxsiy huquqlar, erkinliklar, konstitutsiyaviy kafolatlar, huquqiy davlat.
ÖZET
Makalede insan ve vatandaşın kişisel hak ve özgürlüklerinin anayasal güvenceleri hukuksal-teorik açıdan analiz edilmektedir. Çalışmada kişisel hakların içeriği, insan hakları sistemindeki yeri, Özbekistan Cumhuriyeti Anayasası’nda güvence altına alınmış temel güvenceler ile bu hakların sağlanmasına yönelik mekanizmalar ele alınmaktadır. Ayrıca, kişisel hakların korunmasının ulusal ve uluslararası hukuki temellerine de dikkat çekilmektedir.
ANAHTAR KELIMELER
insan hakları, vatandaş hakları, kişisel haklar, özgürlükler, anayasal güvenceler, hukuk devleti.
АННОТАЦИЯ
В статье с теоретико-правовой точки зрения анализируются конституционные гарантии личных прав и свобод человека и гражданина. В ней раскрываются содержание личных прав, их место в системе прав человека, основные гарантии, закреплённые в Конституции Республики Узбекистан, а также механизмы обеспечения данных прав. Кроме того, уделяется внимание национальным и международно-правовым основам защиты личных прав.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА
права человека, права гражданина, личные права, свободы, конституционные гарантии, правовое государство.
ABSTRACT
The article analyzes the constitutional guarantees of personal rights and freedoms of the individual and the citizen from a legal and theoretical perspective. It examines the content of personal rights, their place within the system of human rights, the main guarantees enshrined in the Constitution of the Republic of Uzbekistan, as well as the mechanisms for ensuring these rights. In addition, attention is paid to the national and international legal foundations for the protection of personal rights.
KEYWORDS
human rights, citizens’ rights, personal rights, freedoms, constitutional guarantees, rule of law.
KIRISH
Inson huquqlari va erkinliklari demokratik huquqiy davlatning eng muhim tayanchi hisoblanadi. Har bir jamiyat taraqqiyoti, avvalo, unda shaxsning huquqiy maqomi, uning erkin rivojlanishi va sha’ni hamda qadr-qimmatining e’tirof etilishi bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan, inson va fuqaro shaxsiy huquq hamda erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari masalasi zamonaviy huquqiy davlatlar faoliyatida ustuvor ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Xususan, 2023-yilda umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlandi. Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar tizimli ravishda belgilanishi, ularning kafolatlanishi va himoya mexanizmlarining aniq ko‘rsatilishi huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi muhim qadamdir.
ASOSIY QISM
Shaxsiy huquqlar insonning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, ular jamiyatda insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etishning huquqiy ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar shaxsiy huquqlarning yanada mustahkam kafolatlanishiga xizmat qilmoqda.
Huquq nazariyasida inson va fuqaro tushunchalari o‘zaro farqlanadi. Inson huquqlari har bir shaxsga tug‘ilishi bilan beriladigan, ajralmas va umumiy huquqlar hisoblanadi hamda inson vafot etishi bilan tugaydi. Fuqaro huquqlari esa shaxsning muayyan davlatga mansubligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsiy huquqlar asosan inson huquqlari sifatida namoyon bo‘lib, ular fuqarolik holatidan qat’i nazar, barcha shaxslarga taalluqlidir. Ushbu huquqlar shaxs erkinligini, daxlsizligini va huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsiy huquq va erkinliklar alohida bobda mustahkamlangan, yani 25-35-moddalarini o’z ichiga oladi. Jumladan, yashash huquqi, shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi, sha’ni va qadr-qimmatni himoya qilish, shaxsiy hayot daxlsizligi, sud himoyasiga bo‘lgan huquq kabi normalar konstitutsiyaviy darajada kafolatlangan. Konstitutsiya ushbu huquqlarni davlat tomonidan tan olinadigan va himoya qilinadigan eng muhim huquqlar sifatida belgilaydi.
Shaxsiy huquqlarni ta’minlash va himoya qilish kafolatlari mavjud hisoblanadi va shaxsiy huquq va erkinliklarning kafolatlari faqat ularni e’lon qilish bilan cheklanmaydi. Davlat ushbu huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish uchun samarali huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Sud himoyasi, prokuratura nazorati, inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) instituti shaxsiy huquqlarni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, xalqaro huquqiy hujjatlar va mexanizmlar milliy kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Shu bilan birgalikda, shaxsiy huquqlarni cheklashning konstitutsiyaviy mezonlari ham mavjud.
Shaxsiy huquq va erkinliklar mutlaq emas. Ularni cheklash faqat qonun asosida, jamiyat va davlat xavfsizligi, jamoat tartibi hamda boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Bunday cheklovlar adolatli, mutanosib va zarur bo‘lishi lozim. Ushbu prinsiplar shaxsiy huquqlarni suiiste’mol qilinishidan himoya qilishga xizmat qiladi.
Inson va fuqorolar shaxsiy huquqlar bilan birgalikda erkinliklarga ham ega hisoblanadi, bu erkinliklar shaxsning jamiyatda mustaqil fikrlashi, o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi hamda qonun doirasida erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Shaxsiy erkinliklar insonning tabiiy huquqlaridan kelib chiqib, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish tamoyiliga asoslanadi.
Konstitutsiyada belgilangan shaxsiy erkinliklar insonni noqonuniy aralashuvlardan himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, ular davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi. So‘z va fikr erkinligi, vijdon erkinligi, erkin harakatlanish va yashash joyini tanlash erkinligi shaxsning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshiradi hamda uning jamiyat taraqqiyotidagi ishtirokini kuchaytiradi.
Shu bilan birga, shaxsiy erkinliklar mutlaq tusga ega emas. Ularni amalga oshirish jarayonida boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamoat tartibi hamda davlat xavfsizligi inobatga olinadi. Shu sababli erkinliklarning qonun bilan belgilangan chegaralari mavjud bo‘lib, bu holat jamiyatda muvozanat va adolatni saqlashga xizmat qiladi.
Natijada, shaxsiy huquqlar va erkinliklar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ushbu huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy darajada kafolatlanishi insonni huquqiy jihatdan himoyalangan shaxs sifatida shakllantiradi hamda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini yaratadi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, inson va fuqaroning shaxsiy huquq hamda erkinliklari Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan oddiy qoidalar emas, balki har bir insonning kundalik hayotida bevosita ahamiyatga ega bo‘lgan huquqlardir. Ushbu huquqlar orqali shaxs o‘zini jamiyatda himoyalangan, erkin va qadrlangan deb his qiladi. Aynan shu holat inson qadr-qimmatining davlat tomonidan tan olinayotganini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda Konstitutsiyada shaxsiy huquqlarning mustahkamlanishi inson manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yishga qaratilgan muhim qadamdir. Yashash huquqi, shaxsiy erkinlik, sha’ni va qadr-qimmatni himoya qilish, shaxsiy hayot daxlsizligi kabi huquqlar nafaqat hujjatlarda, balki amaliyotda ham ta’minlanishi zarur. Chunki huquq faqat yozilgan norma bo‘lib qolsa, u o‘z ma’nosini yo‘qotadi.
Shu bilan birga, shaxsiy huquqlarning samarali ta’minlanishi faqat davlat organlari faoliyatiga bog‘liq emas. Fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi, ularga befarq bo‘lmasligi va zarur holatlarda ularni himoya qila olishi ham muhimdir. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat qanchalik yuksak bo‘lsa, shaxsiy huquqlar shunchalik real va ta’sirchan bo‘ladi.
Umuman olganda, inson va fuqaroning shaxsiy huquq hamda erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari huquqiy davlat barpo etishning asosiy shartlaridan biridir. Ushbu huquqlarni hurmat qilish va ta’minlash jamiyatda adolat, ishonch va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent, 2023-yil (yangi
tahrir).
2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. — BMT Bosh Assambleyasi,
1948-yil 10-dekabr.
3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. — BMT, 1966-yil.
4. Saidov A.X. Inson huquqlari. — Toshkent: Adolat, 2019.
5. Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. — Toshkent: Yuridik adabiyotlar
nashriyoti, 2020.
6. Xolmatov O. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. —
Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021.
7. Madumarov T., Rahmonov A. Konstitutsiyaviy huquq. — Toshkent: Yangi
asr avlodi, 2020.
8. O‘zbekiston Respublikasining “Inson huquqlari bo‘yicha vakil
(Ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni.
9. O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
10.Saidov A.X., Tulyaganov B. Inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro
mexanizmlari. — Toshkent, 2018.
11.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining inson huquqlariga oid
qarorlari.
12.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatiga oid materiallar.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.