ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARINING KOMMUNIKATIV SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH

초록

Ushbu maqola integrativ yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilarni kaspiy tayyorlashda qulay imkoniyatlar yaratilishiga ma'lumot beradi. Zamonaviy ta'limda fanlarni integratsiyalashuvi yangi pedagogik yechimlarni faol izlash salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlardan biridir.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RIVOJLANTIRISH

Pulatova Muxabbat Egamberdiyevna

SamDU Pedagogika va Umumiy psixologiya kafedrasi dotenti

Qalandarova Sevinch

SamDCHTI 2-bosqich talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqola integrativ yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilarni kaspiy tayyorlashda qulay imkoniyatlar yaratilishiga ma'lumot beradi. Zamonaviy ta'limda fanlarni integratsiyalashuvi yangi pedagogik yechimlarni faol izlash salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlardan biridir.

Kalit so‘zi: integratsiya, fan, ta’lim, imkoniyatlar, izchillik, boshlang‘ich ta'lim.

РАЗВИТИЕ КОММУНИКАТИВНОГО ПОТЕНЦИАЛА БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ

ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА

Аннотация. Данная статья информирует о том, что интегративный подход создает благоприятные возможности для подготовки будущих педагогов по Каспийскому языку. Интеграция дисциплин в современном образовании является одним из направлений развития потенциала активного поиска новых педагогических решений.

Ключевые слова: интеграция, наука, образование, возможности, последовательность, начало образование.

DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE POTENTIAL IN ELEMENTARY

SCHOOL AND THE BASIS OF INTEGRATIVE APPROACH

Annotation. This article informs that the integrative approach creates favorable opportunities for the training of future teachers in the Caspian language. The integration of disciplines in modern education is one of the directions of developing the potential for an active search for new pedagogical solutions.

Key words: integration, science, education, opportunities, consistency, primary education.

Hozirgi vaqtda jamiyatimizning har bir sohasida eng ko‘p qo‘llanilayotgan atama bu – integratsiyadir. Shu qatorda ta’lim jarayonida integratsiylashga oid ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Integratsiya jarayoni orqali kichik maktab o‘quvchilari olamni bir butunligicha qabul qilishadi. Ularning aqliy salohiyati, dunyoqarashi boshlang‘ich ta’limdanoq kelajakka o‘tkir zehnli qilib tarbiyalaydi. Bu tushuncha boshlang‘ich ta’limda endigina murg‘ak qalb sohibasiga atrof muhit haqidagi bilimlarni integratsiya jarayoni orqali tushunishadi. Ayni paytda yurtimizdagi yoshlarning ta’lim olishiga katta imkoniyatlar yaratmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayo’tgan islohotlar, jumladan, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-sonli farmonlarida «hayo’tga kirib kelayotgan yo’sh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning ta’lim– tarbiyasini barpo etayo’tgan yangi O’zbekiston talablariga mos holda sifat jihatdan yuqori pag’onaga ko’tarish», ayniqsa yo’sh avlodimizning integrativ yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tasavvurlarini shakllantirish, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash ularning bandligini ta’minlash, hayotga o’z o’rnini topishi, jamiyatning munosib a’zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi dolzarb ekanligi ta’kidlangan.

Mazkur muammoni hal etishda uzluksiz ta’lim turlari ayniqsa, o’rta ta’lim maktablari (boshlang’ich sinflari) da darslarni fanlararo tashkil etish salmoqlidir. Biz ham shu imkoniyatlardan qulay va samarali foydalanib, hozirgi yoshlarga ko‘proq integratsion usulda darslarni o‘zlashtirishlariga yordam berishimiz kerak. Integratsion darslar, integratsiyaning hozirgi zamon muammolari, ta’lim samaradorligini yanada oshirishiga o‘zining katta hissasini qo‘shishga imkoniyat yaratdi. Hozirgi kunda har bir fanni bir biri bilan bog‘lash jahon davr talabidir. Chunki, bir fan ikkinchi fandagi savollarni, masalalarni yechishda bir vosita hisoblanar ekan. O‘quvchilarni yanada dars jarayoniga qiziqtirish uchun ular bilan turli xil o‘yinlar va metodlar o‘tkazish lozim.Integratsion metodlar o‘quvchilarda doimiy faollikni ta’minlaydi.

O‘quvchilar dars davomida bo‘sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band bo‘ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Integratsion metodlardan foydalanishda o‘qituvchi, eng avvalo, darsning texnologik loyihasini tuzib olishi lozim va o‘quvchilarni darsga jalb qilishi lozim. Integratsion yondashuv jarayonida o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlari hisobga olinsa, boshlang‘ich ta'limga integratsion yondashuvning yaxlit pedagogik tizimi ishlab chiqilsa va boshlang‘ich ta'lim darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuviga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilsa, o`quvchilarimiz har tomonlama dunyoqarashi keng, har tomonlama tarbiyali insonlar bo`lib yetishib ta'lim jarayonida samaradorlikka erishishlari mumkin.

Integrativ yondashuv asosida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kommunikativ salohiyatini rivojlantirish metodikasi - bu ta'lim jarayonida o‘quvchilarga nafaqat bilimlarni berish, balki ularning shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvdir. Bu metodika orqali boshlangʻich sinf oʻqituvchilari nafaqat o‘z bilimlarini etkazish, balki talabalar bilan samarali muloqot qilish, ularning ijtimoiy, hissiy va kognitiv rivojlanishiga yordam berish maqsadida kommunikativ salohiyatlarini oshirishadi.

1. Integrativ yondashuvning asosiy tamoyillari. Integrativ yondashuv o‘quvchilarning turli sohalarda (til, matematika, tabiatshunoslik, san'at, madaniyat) bilimlarini birlashtirishga, ularda butunlay yangi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv o‘quvchilarning kognitiv va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, turli fanlarni birlashtirib, to‘liq va kompleks bilimlarni shakllantirishga asoslangan.

2. Kommunikativ salohiyatni rivojlantirishning asosiy komponentlari. Til ko‘nikmalari. O‘qituvchi o‘z talabalariga nafaqat o‘rgatishni, balki ularni tushunish, fikrni ifodalash, nutqni to‘g‘ri va ravon qilishga o‘rgatishi kerak.

Ijtimoiy va hissiy ko‘nikmalar: O‘qituvchi shaxsiy va ijtimoiy munosabatlar, empatiya, tanqidiy fikrlash va boshqalar bilan ishlashga yordam beradi.

Kognitiv ko‘nikmalar: Bu ko‘nikmalar o‘quvchilarda o‘z fikrini izohlash, o‘zgarishlarni tushunish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan.

3. Metodik yondashuvlar. Ko‘rgazmali metodlar. Integrativ yondashuvda o‘qituvchilar ko‘rgazmali materiallardan foydalanishadi (rasmlar, video, grafiklar) va bu orqali muloqotda vizual elementlarni qo‘llashadi. Bu metod talabalar bilan muloqotni yanada samarali va qiziqarli qiladi.

Guruh holatidagi ishlar va muhokamalar: Muloqot salohiyatini oshirishda o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish va ularga muayyan vazifalar berish metodikasi ham muhimdir. Bu orqali talabalar o‘z fikrlarini ifodalash, boshqalarni tinglash va o‘zaro fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Raqamli texnologiyalarni qo‘llash: O‘quvchilarning kommunikativ salohiyatini oshirishda raqamli texnologiyalarni, masalan, onlayn platformalar yoki interaktiv dasturlarni qo‘llash metodikasi ham samarali bo‘lishi mumkin.

Rollar o‘ynash va simulyatsiya: Kommunikativ vaziyatlarni yaratish uchun rolli o‘yinlar va simulyatsiyalar o‘quvchilarga o‘zlarini turli ijtimoiy rollarda sinab ko‘rishga imkon beradi.

4. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv munosabatlar. Integrativ yondashuvda o‘qituvchi nafaqat bilimlarni etkazuvchi, balki o‘quvchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning fikrini tinglaydi va ular bilan faol hamkorlik qiladi. Bu metodikada o‘qituvchining muloqotga kirishish uslubi, uning o‘quvchilarga bo‘lgan hurmati va e'tibori katta rol o‘ynaydi.

5. Natijalar va istiqbollar. Integrativ yondashuv asosida kommunikativ salohiyatni rivojlantirish metodikasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nafaqat o‘quvchilarni bilim bilan ta'minlash, balki ularni jamiyatda muvaffaqiyatli va ijtimoiy faol bo‘lishga tayyorlashda ham muhim ahamiyatga ega. Bu metodika orqali o‘qituvchilar shaxsiy va professional rivojlanishning yuqori darajasiga erishadilar, o‘quvchilar esa kelajakda samarali va munosib jamiyat a'zolariga aylanadilar.

Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ salohiyatini rivojlantirish metodikasi, ta'lim jarayonida o‘quvchilarga kompleks bilimlarni berish bilan birga, ularni ijtimoiy, hissiy va mantiqiy jihatdan rivojlantirishni maqsad qiladi. Bu metodika yordamida o‘qituvchilar o‘z pedagogik malakalarini oshirishi, o‘quvchilar esa jamiyatda muvaffaqiyatli va mas'uliyatli shaxslar sifatida shakllanishlari mumkin.

Foydalangan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son. -Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun. 2. R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova "Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi" o'guv qo'llanma Toshkent - «ILM ZIYO» - 2009 3. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya-T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014. 396-b. 4. Hayitov A.I. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya integratsiyasi (Uslubiy qoʻllanma) Toshkent - 2021 . va 5. Ruzikulovna, Shabbazova D. "The Importance of Personal Value Approach Methodology in Primary School Literacy Classes." JournalNX, vol. 7, no. 11, 2021, pp.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.