ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISHNING YO’LLARI VA TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY MASALALARI.

초록

Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalar kirib kelishi hajmini oshirish hamda investitsion muhitni shakllantirishning asasiy yo’llarini muhokama qilingan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY MASALALARI.

Jo'raboyev Haliljon Xamidjon o'g'li

juraboevhaliljon@gmail.com

+998945960594

MBA in Finance Management and Investments at Lincoln University

Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalar kirib kelishi hajmini oshirish hamda investitsion muhitni shakllantirishning asasiy yo’llarini muhokama qilingan.

Kalit so’zlar: investitsiya, innovatsiya, investitsion muhit, innovatsion usul, erkin iqtisodiy zona, xorijiy investitsiyalar, tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish.

KIRISH

Mamalakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tganlaridek: “Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.”1. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida investitsiya bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan: “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor

vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.// Xalq so’zi, 2018 yil 29 dekabr. va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish”2.

TAHLIL VA NATIJLAR

2022-yilda korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 41,5 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 34,1 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,1 % i yoki 11,2 trln. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 16,0 trln. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,1 % punktga kamayib, 13,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 11,7 trln. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,6 % ini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,4 % punktga ko‘paydi), O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 5,2 trln. so‘m (4,2 % va 6,2 % punktiga kamaydi), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 26,8 trln. so‘m (22,0 % va 0,2 % punktga kamaydi), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 0,4 trln. so‘m (0,4 % va 1,2 % punktga kamaydi), Respublika budjeti 8,1 trln. so‘m (6,6 % va 1,1 % punktga ko‘paygan), Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 0,9 trln. so‘m (0,8 % va 0,2 % punktga ko‘paydi) miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 57,1 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 46,9 % ini tashkil etdi, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 55,2 trln. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 45,3 %) va boshqa xarajatlarga 9,5 trln. so‘m (7,8 %) o‘zlashtirildi. Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi – 57,7 % yoki 2,4 trln. so‘m. Qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Sirdaryo viloyatida kuzatilib, 27,2 % ni yoki 1,4 trln. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni, PF-4947. mashina, uskunalar va inventarlarga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 63,2 % yoki 3,2 trln. so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar ming. so'm3

2-jadval

Hududlar 20

O'zbekiston Respublikasi

69,6

34,6

0,3

61,0

Qoraqalpog'iston Respublikasi

41,1

44,4

0,0

89,2

Andijon 15

50,3

06,0

7,2

70,1

Buxoro 51

12,4

29,3

5,0

462,9

Jizzax 26

93,9

78,9

4,7

70,7

Qashqadaryo 51

93,4

34,6

4,7

48,2

Navoiy 10

892,1

855,2

04,2

672,4

Namangan 29

92,5

44,1

9,2

77,8

Samarqand 18

78,3

74,9

20,7

Surxondaryo 28

48,3

52,8

2,2

38,7 3 O’zbekiston statistika qo’mitasi www.stat.uz

Sirdaryo 32

80,2

02,9

5,4

57,1

Toshkent 38

98,4

70,0

9,0

44,5

Farg'ona 15

16,8

36,2

72,3

Xorazm 16

55,6

18,4

8,2

44,3

Toshkent sh. 10

627,8

710,5

65,6

619,8

Investitsiya muhitida investitsiya salohiyatining o’rni. Investitsiya muhitini shakllantirishda huquqiy-me’yoriy tizimInvestitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart- sharoitlarni yaratishdan iborat. Investitsiya salohiyati deganda iqtisodiy faoliyatda ishlatiladigan (foydalaniladigan) ishlab chiqarish zaxiralari, quvvatlari, kuchlari, imkoniyatlari kabilardan iborat resurslar yig’indisi tushuniladi. Investitsiya salohiyati foyda olish yoki ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarga mablag’ kiritish (qo’yish) imkoniyatlari darajasini xarakterlaydi. Investitsiya salohiyati – mamlakatda asrlar davomida shakllangan bir qancha omillar yig’indisini tavsiflaydi. Bu omillar ishlab chiqarish omillari, tabiiy resurs omillari, mehnat omillari, innovatsiya va iste’mol omillari hamda mamlakatning moliyaviy salohiyati kabilarni qamrab oladi.

2018 yil 1 sentyabrdan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdori 30 foizdan 15 foizga kamaytirildi hamda shu turdagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 mln. so‘mdan 400 mln. so‘mgacha kamaytirildi4. Bunday holat mamlakatda qo‘shma 4 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5495-sonli Farmoni.Stat.uz sayti malumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan korxonalar sonining ko‘payishiga imkon yaratdi. Biroq, ushbu davrgacha xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdori 30 foiz qilib belgilanganligi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ko‘lamiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

1-rasm Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va

kreditlar tarkibi, % da 5

2021- yil 104457,3 mlrd. so‘m (dollar ekvivalentida 9,8 mlrd. AQSH doll.) yoki 2020- yilga nisbatan 105,2 foiz asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 42,7 foiz ni tashkil etdi. Xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 39879,4 mlrd. so‘mni va mos ravishda xorijiy kreditlar 64577,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan joriy davrda 87139,1 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 17318,2 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

Investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan investitsion siyosat yo‘nalishlari ichida quyidagilarni alohida ko‘rsatish lozim: 5 O’zbekitoston Statistika Qo’mitasi www.stat.uz

- mamlakat va chet el investorlari uchun qulay mexanizm yaratish;

- kapital mablag‘lar samaradorligini oshirish;

- investitsion faoliyat bilan shug‘ullanishdagi risk darajasini minimallashtirish.

Investitsion siyosat oxir-oqibatda mamalakatni barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi turmush darjasini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Darhaqiqat, xorijiy investorning keyingi qiziqishlari qo‘yilgan kapitalning qoplanish muddati, investitsiyalarning kapitallashuv jarayonlari, tomonlar ulushlari va foydaning bo‘linishi, shuningdek, mamlakatdagi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining kechishi va bunga xalqaro tashkilotlarning munosabatlari masalalariga e’tibor qaratiladi.

Investitsiya salohiyatini ifodalovchi ushbu omillarning mavjudligi xorijiy tadbirkorlarning aynan o‘sha mamlakatga investitsiya qilishining asosiy sabablaridan bo‘lishi mumkin. Biroq, investitsiya salohiyatining mavjudligi xorijiy investitsiyalarning uzoq muddat davomida barqaror kirib kelishini kafolatlay olmaydi. Mamlakatdagi qulay investitsiya shart-sharoitlarisiz investitsiya salohiyati hali “hazm qilinmagan” boylik hisoblanadi. Investitsiya muhitini baholash, aynan, investitsiya shart-sharoitlariga asoslanadi.

Investitsiya shart-sharoitlariga quyidagi omillar kiradi:

– umumiqtisodiy shart-sharoitlar

YaIMning o‘sish sur’atlari, inflyatsiya darajasi, ishsizlik darajasi, foiz stavkasi, ishlab chiqarish hajmi va tarkibi, to‘lov balansi, monopolizm darajasi, valyuta konvertatsiyasi, tashqi qarz, investitsiyalar hajmi va moliyalashtirish manbalari, davlat byudjeti defitsiti va boshq.;

– siyosiy shart-sharoitlar

mamlakatdagi siyosiy barqarorlik, investitsiya faoliyatini tartiblovchi va investorlarning huquqlarini va ularga yaratilgan kafolatlarni ta’minlovchi me’yoriyhuquqiy hujjatlarning mavjudligi va amal qilishi, jinoyatchilik va korruptsiya holati va boshq.;

– bozor mexanizmi shart-sharoitlari

bozor infratuzilmasining rivojlanganligi: bank, sug‘urta, fond bozori, transport va aloqa, raqobat va narx shakllanishi va boshq.;

– axborot ta’minoti shart-sharoitlari

axborot va telekommunikatsiyalarning rivojlanganligi, raqobatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatlari, mahalliy hamkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va boshq.;

– ekologik shart-sharoitlar

mamlakatdagi ekologik holat, mamlakatda va qo‘shni davlatlarda ekologik xavfli hududlarning mavjudligi, xalqaro qonunchilikdagi ekologik me’yorlarga amal qilish holati va boshq.;

– ijtimoiy madaniy va etnografik shart-sharoitlar

mahalliy aholining mentaliteti va madaniyati, aholining hayot tarzi va turmush holati, jamiyatning xorijiy investitsiyalarga bo’lgan munosabati va boshqalar.

XULOSA

Bugungi kunda O‘zbekistonda qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borishni ta’minlash ustuvor vazifadir. Bunda davlatning asosiy vazifasi kapital jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bilan izohlanadi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi ko‘p miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega: kafolat va imtiyozlarni o‘zida aks ettiruvchi qonun hujjatlari; iqtisodiyotda xususiy sektor va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ortib borayotganligi, xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitining mavjudligi; zarur investitsiya infratuzilmasining yaratilganligi va rivojlanayotganligi; siyosiy barqarorligi; geografik joylashuvining o‘rta darajadaligi; boy tabiiy mineral xom ashyoga egaligi; qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanganligi; arzon va malakali mehnat resurslarining mavjudligi va boshqalar.

Fikrimizcha, respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhitini rivojlantirish uchun rag‘batlantirish omillarini yanada kuchaytirish talab etiladi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarishga investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun tadbirkorlik tuzilmalariga jadallashgan amortizatsiya usullarini qo‘llashda to‘la erkinlik berish kerak.Bozor iqtisodiyoti sharoitida amortizatsiya korxonalarning investitsiya faoliyatini rag‘batlantiruvchi bosh omillardan hisoblanadi. Shu sababli rivojlangan davlatlarda amortizatsiya me’yori, soliqlar stavkasini tasdiqlash bilan bir vaqtda aniqlanadi. Bunday holatda yetakchi tarmoqlarga investitsiyalarni qo‘yishni rag‘batlantirish maqsadida yuqori amortizatsiya me’yorlari belgilanadi. Bu tajribani O‘zbekistonda qo‘llash muhimdir, chunki mashina va uskunalarga o‘rtacha amortizatsiya me’yori bizda 15% ni tashkil etsa, AQShda bu 20-33 %ni, Angliyada 25 % ni tashkil etadi. Qulay investitsiya muhitini rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish beqiyos ahamiyatga ega. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini to‘rt jihatdan olib qarash mumkin, ular: soliq to‘lashdan vaqtinchalik ozod qilish; soliq stavkasini kamaytirish; soliqqa tortiladigan bazani toraytirish; soliq majburiyatini bajarishni kechiktirish (soliq krediti). Qayd qilingan rag‘batlar u yoki bu darajada xorij investitsiyalar ishtirokidagi keng doiradagi korxonalar uchun tatbiq etiladi. Rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlarining amal qilishini, shuningdek, investitsiyalarni inson kapitaliga, texnologik o‘sish va texnika bilimlari sohalarini rivojlantirishga, kengaytirishga ham joriy qilish kerak. Bularning barchasi O‘zbekistonda investitsiya muhitini modellashtirish masalasini kun tartibiga qo‘yadi. Bu model xorijiy investorga ta’sir ko‘rsatadigan omillar to‘g‘risida mukammal ma’lumot to‘plash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yaqqol baholash hamda xorijlik sheriklar harakatlari motivatsiyasini anglash, xorij investitsiyalarini tartibga solishning asosiy vositalarini isloh qilish imkoniyatlarini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Botirjon o’g’li, M. B., & Hasanboy o’g’li, S. D. (2022).

ORGANIZATION AND INCREASE OF ACTIVITY OF SMALL INDUSTRIAL

ZONES.

2. Botirjon o’g’li, M. B., & Hasanboy o’g’li, S. D. (2022).

ORGANIZATION AND INCREASE OF ACTIVITY OF SMALL INDUSTRIAL

ZONES.

3. Adashaliyevich, B. M., & O'g’li, I. M. (2022). Promoting sustainable development of small business. Asian Journal of Research in Business Economics and Management, 12(4), 5-9.

4. Мухитдинов, Ш. З. (2021). ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИДА

ХАТАРЛАРНИ БОШҚАРИШНИНГ НАЗАРИЙ-УСЛУБИЙ

АСОСЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 939-943.

5. Rashidov, R. A., Hasanboeva, N. H., & ogli Otakhonov, S. M. (2021).

ISSUES OF USING BANK CREDITS IN DEVELOPMENT OF FAMILY

ENTREPRENEURSHIP. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 148-159.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.