ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

IQTISODIYOTNING REAL SEKTOR KORXONALARIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

초록

Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etsa, tahlil natijalariga asoslangan xulosalarni shakllantirish orqali korxonaning kelgusi yillarga mo‘ljallangan strategik qarorlarni qabul qilishda foydalanish mumkin. Sifatli o‘tkazilgan tahlil natijasida korxona faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli darajadagi xavf-xatar va risklarni oldindan ko‘ra olish, aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan strategik qarorlar qabul qilish, risklar darajasini kamaytirish maqsadida turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha diversifikatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Bu tadbirlar esa oxiroqibat korxonalarni inqirozli holatlarda ko‘rishi mumkin bo‘lgan turli talafotlar darajasini qisqartirishga va bankrot bo‘lishning oldini olishga xizmat qiladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

Shaymatov Elyor Shaxobiddin o'g'li

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti

DEVELOPMENT OF INVESTMENT ACTIVITY IN REAL SECTOR

ENTERPRISES OF THE ECONOMY

Shaymatov Elyor Shaxobiddin o'g'li

Tashkent State University of Economics

РАЗВИТИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ

РЕАЛЬНОГО СЕКТОРА ЭКОНОМИКИ

Shaymatov Elyor Shaxobiddin o'g'li

Ташкентский государственный экономический университет

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etsa, tahlil natijalariga asoslangan xulosalarni shakllantirish orqali korxonaning kelgusi yillarga mo‘ljallangan strategik qarorlarni qabul qilishda foydalanish mumkin. Sifatli o‘tkazilgan tahlil natijasida korxona faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli darajadagi xavf-xatar va risklarni oldindan ko‘ra olish, aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan strategik qarorlar qabul qilish, risklar darajasini kamaytirish maqsadida turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha diversifikatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Bu tadbirlar esa oxiroqibat korxonalarni inqirozli holatlarda ko‘rishi mumkin bo‘lgan turli talafotlar darajasini qisqartirishga va bankrot bo‘lishning oldini olishga xizmat qiladi.

Tadqiqot mavzusi doirasidagi mavjud muommolar. Investitsiya faoliyatining bunday majmuaviy va chambarchas bog‘langan tarkibiy tuzilmasi o‘z o‘rnida korxona uchun murakkab iqtisodiy tizim hisoblanadi. Shuning uchun zamonaviy iqtisodchi olimlar korxonalar iqtisodiy faoliyati tahlilini amalga oshirish jarayonida tizimli yondashuvdan foydalanishadi. Chunki korxona doirasida tahlilni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy tahlil metodlaridan, xo‘jalik yuritish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha aloqalarni tahlil qilishda foydalanishadi va butun bir iqtisodiy tizimni tahlil qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liqligidan dalolat beradi.

Real sektor korxonalarining sof foydasi ortishi bilan ularning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga zarur bo‘lgan mablag‘lar ortishi kuzatiladi. Umuman, korxonalarning mavjud mablag‘larini (investitsiyalar) yo‘naltirish ob’ekti quyidagilar hisoblanadi:

- yangi uskuna, jihozlar, texnika vositalarini sotib olish va o‘rnatish;

- yangi innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirish;

- yangi bino-inshootlar qurish va foydalanishga topshirish;

- asosiy fondlarni ta’mirlash, yangilash va qayta qurollantirish;

- mahsulot assortimentini ko‘paytirish va yangi bozorlarni zabt etish;

- kadrlar malakasini davriy ravishda oshirib borish.

Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda investitsiya faoliyati va uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Investitsiya faoliyati faqat investitsiyalarni amalga oshirish jarayonlari bilan bog‘liq faoliyat hisoblanadi. Investitsiya faoliyati uchun nisbatan katta miqdordagi mablag‘larni sarflash, foydaga yoki boshqa foydali samaraga ega bo‘lishda muhimdir.

Demak, O‘zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotini ta’minlashda sanoat korxonalariga investitsiyalarni yo‘naltirish muhim hisoblanib, eng avvalo, iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish asosida va yangi texnika-texnologiyalar jalb qilish hamda o‘zlashtirish negizida rivojlantirish bilan ifodalanadi.

Mamlakatimizda sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda investitsiya manbalari (korxonaning o‘z mablag‘lari) yetishmasligi kuzatiladi. Korxonalarning moliyaviy natijalarining ijobiy emasligi zamirida korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlashadi, natijada, ular investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda tashqi moliyalashtirish manbalariga ehtiyoj sezadi. Sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga mablag‘larni jalb qilish shartlaridan biri investitsiya borasidagi hamkorlikda orttirilgan tajribani hisobga olgan holda investitsiyalarning tabiiy oqimini ko‘paytirish hisoblanadi. Buning uchun mamlakatda investitsiya muhiti jozibadorligi va korxonalarning ichki investitsiya imkoniyatlarini oshirishning zarur choralari ko‘rilishi lozim. Bu esa korxonalarning investitsiya faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda o‘ziga xos mexanizmning yaratilishiga zamin yaratadi.

Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

- sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda jalb etilgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini yaratish;

- sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga mablag‘lar jalb qilishda an’anaviy usullar bilan birga, noan’anaviy usullardan (misol uchun venchurli moliyalashtirish) foydalanishga keng sharoitlar yaratish;

- sanoat korxonalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda innovatsion vositalardan foydalanish va ularni amalga oshirish.

Xulosa o‘rnida alohida ta’kidlash mumkinki, xo‘jalik yuritishning barcha darajasi biz tomonimizdan amalga oshirilgan maqolada to‘laqonli o‘rganildi. Ma’lumki, qator iqtisodchi olimlar tomonidan investitsiyalarni alohida olingan tahlili biz tomonimizdan amalga oshirilgan investitsiya faoliyati kompleks iqtisodiy tahlilini yuqori tartibda tizimlashtirishimiz uchun asos vazifasini o‘tadi.

Muommolarni hal qilish usullari.

Ta’kidlash joizki, tijorat banklarining real sektor korxonalarini moliyalashtirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

- yuridik va jismoniy shahslarni bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb etish tadbirlarini kengaytirish;

- mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bank moliya tizimining barqaror faoliyat yuritishiga bog‘liqdir. Negaki, banklarning investitsion faolligini, xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini moliyalashdagi ahamiyatini oshirish, bankrot holatidagi eal sektor korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklashdagi ishtirokini yanada kuchaytirish;

- aholi bandligini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida eal sektor korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish borasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash;

Yuqoridagi vazifalarni bank kredit faoliyatiga joriy etilishi iqtisodiyotning real sektorini kreditlash jarayonini, kreditlash samaradorligini yaxshilash borasida va banklarning kreditlash amaliyotini takomillashtirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi degan fikrni bildiramiz.

Shu o‘rinda ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq bank tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi davlat ulushi mavjud korxonalarni o‘zaro muvofiq ravishda isloh qilishni ta’minlash, banklar tomonidan davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini transformatsiya qilishda tijorat asosida faol ishtirok etish, real sektor va moliya sektoridagi o‘zgarishlar uyg‘un tarzda kechishini ta’minlash belgilaab qo‘yilgan.

Chunki, hozirgi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlari bank tizimida turli tashqi va ichki salbiy omillar natijasida kredit hamda valyuta risklari oshib, kredit institutlari moliyaviy holatining yomonlashishiga, ularning kredit portfelida muammoli deya tasniflanadigan kreditlar hajmining oshishiga olib kelgan bir vaqtda, respublikamizda bunday salbiy holatlarning oldi olinib, bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanoqda.

Bank muassasalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag‘ ajratib, kredit bergan vaqtdan boshlab qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil qilish, kreditning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni, ya’ni loyihani moliyalashtirishning monitoringini olib borishi maqsadga muvofiqdir.

Xulosalar, taklif va tavsiyalar. Real sektor tarmoqlarini rivojlantirishda investitsiya hajmini yanada oshirish, investorlar yangidan yangi investitsion loyihalarni taklif qilish, real sektor rivojida innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish va investetsiyalarni yo‘naltirish, investorlar faoliyatining huquqiy himoyasini takomillashtirish, investitsiyalarni qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalariga jalb qilish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.

Iqtisodiyotning real sektor korxonalarda investitsion loyihalrni moliyalshtirish masalalari yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:

birinchidan, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga iqtisodiyot real sektor korxonalari investitsion faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Investitsiyalarni real sektor korxonalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish va ularning barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi;

ikkinchidan, xorijiy investitsiyalarni real sektor korxonalari moliyaviy ta’minotini mustahkamlashda olib borayotgan faoliyatlari iqtisodiyotni rivojlanmagan tarmoqlarini moliyalashtirishda muammolari mavjudligi ko‘rsatadi;

uchinchidan, real sketor korxonalarini aniq, puxta ishlab chiqilgan investitsion loyihalarini mavjud emasligi, asoslanmagan loyihalarni amaliyotga joriy qilinishi ularning moliyaviy barqarorligini pasaytirradi va olingan kreditlarni qaytarishda muammolar ketirib chiqaradi.

Fikrimizcha, milliy iqtisodiyotning real sektoridagi mavjud sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda, real sektor korxonalarida investitsion loyihalrni moliyalashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur, shu jumladan:

- respublikamiz tijorat banklarida kreditlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarini aktivlarni o‘rtacha miqdoriga nisbatan darajasini 0,5% dan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun birinchidan, tasniflangan kreditlarning umumiy hajmida yaxshi va standart kreditlarning salmog‘ini pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ikkinchidan, tijorat banklari aktivlarining barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash lozim.

- eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish - bu borada an’anaviy eksport yo‘nalishlaridan tushgan daromadlarni yangi texnologiyalarga va yangi sotuv bozorlarini egallashga qaratilgan investitsiyalarga aylantirish mexanizmini qayta ishlash jiddiy samara beradi;

- ishlab chiqaruvchilarni jahonning eng yaxshi namunalariga yo‘naltiradigan xalqaro sertifikatlash va standartlash hamda mahsulotni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini qayta ko‘rib chiqish orqali mahsulot sifatini baholash tizimini o‘zgartirish. Bu borada mahsulotning muayyan turlarini sertifikatlash bo‘yicha xalqaro tizim va bitimlarni hisobga olgan holda olib borish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Shernaev, A. A. (2021). Sog ‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliybyudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

2. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.

3. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg ‘armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo ‘nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

4. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

5. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

6. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.

Фамилияси Шайматов

Исми Элёр

Шарифи Шахобиддин угли

Иш/ўқиш жойи Тошкент молия институти

Эгаллаб турган лавозими Магистратура булими талабаси

Илмий даражаси

Илмий унвони

Телефон рақами (мобил) +998935229040

Материалнинг номи Реал сектори корхоналарида инвестиция

фаолиятини ривожлантириш

Шўба рақами ва номи 3

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.