ISLOM DININING GUMBAZI—BUXORO
QarDU 2-kurs talabasi Normirzayeva Gulbahor
Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizning qadimiy sharqona ertaklar shahri Buxoroning tarixi, arablar bosqini, tabarruk zotlari, ulamolari, me`morchiligi aks ettirilgan.
Kalit so`zlar: Buxoroyi Sharif, Numijkat, Qutayba, mis shahar, Muhammadjonov, Abduxoliq G`ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mir Arab madrasasi, Ulug`bek madasasi, Labi Hovuz ansambli, Poi-Kalon minorasi, Qubbat ulislom, Buxoro otlari.
Buxoro - O`zbekistonning qadimiy, madaniy maskanlaridan, dunyoning eng ko`hna va tarixiy me`moriy obidalaridan biridir. Buxoroyi Sharif (Sharofatli Buxoro) qadimgi Buxoroning keng tarqalgan nomlaridan biridir.
O`rta asrlarda jahondagi 7 shahar: Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Bag`dod, Damashq, Mozori Sharifga diniy markaz sifatida shuhrat qozonganliklari uchun Sharif unvoni berilgan edi1.
Aynan Buxoro shahri islom dinini keng yoyishda va qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Bu zaminda bir qancha buyuk zotlar, shoiru-fuzalolar, islom va hadis ilmlarining yirik targ`ibotchilari va tasnifchilari yetishib chiqqan.
Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr o`z kitobida Numijkat nomi bilan qayd etilgan. Buxoro boshqa manbada Bumiskat deb ham keltirilgan. Yana bir manbada arab tilida Madinat ussufriya ya`ni mis shahar deb ham yozilgan.
Buxoro vohasining qadimgi davr tarixini o`rganishda hududda olib borilgan arxeologik tadbirlarning ahamiyati beqiyos. Vohadagi Poykand, Varaxsha yodgorliklarini arxeologik o`rganish XX asr birinchi yarmida boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. L.A.Zimin, V.A.Shishkin, A.R.Muhammadjonov, J.Mirzaahmedov kabi olimlar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida yodgorliklarning voha ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida egallangan salmoqli o`rni aniqlanib, to`plangan ma`lumotlar ilmiy jamoatchilik hukmiga havola etildi2. 1 O`ZME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2 Buxoro tarixi: o`quv qo`llanma /Halim To`rayev. Durdona nashriyoti, 2020. 4-bet.
Narshaxiy Buxoro tarixi asarida yozishicha Buxoro aholisi har safar arab lashkari kelganda musulmon bo`lar, arablar qaytib kelgach yana dindan qaytar edi. Qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytgan edilar. Qutayba to`rtinchi marta kelganda qiyinchiliklar bilan Buxoro shahrini bosib oladi va islom dinini tarqatadi Qutayba arablar Buxoroliklar bilan yashab ularning harakatlaridan xabardor bo`lib tursalar, ular zarurat yuzasidan musulmon bo`ladilar degan maqsadda Buxoro aholisiga uylarining yarmini arablarga bo`shatib berishga buyruq chiqaradi. Shu tarzda arablar Buxoraga kelib o`rnashishni boshlaydilar. Qutayba bu yo`l bilan musulmonchilikni Buxoroda tezroq tarqatadi va shariat hukmlarini tarqatishga majbur etadi.
Bir so`z bilan aytganda ulug` shahar, tabarruk ulamolar va qadamjolar yurti. Masalan, Abduxoliq G`ijduvoniy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag`naviy, Said Amir Kulol va Bahouddin Naqshbanddek tariqat pirlari, Abu Havzi Kabir, Chor Babrdek zotlarning islom dinida xizmatlari beqiyos bo`lgan.
Movarounnahr shaharlarining ta`rifida shoirlarning ko`p baytlari va sanoqsiz she`rlari bor. Ulardan ba`zilari mana bular:
“Movarounnahrning ko`rki to`rt tomonida joylashgan to`rt shahardir. Ularning har biri jannatdan ham yaxshiroqdir. Birinchisi ilmu fazl manbai bo`lgan Buxoro uning tuprog`i Rum va Chin mamlakatlariga faxrdir3.
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov Buxoro shahrining 2500 yillik (1997-yil) yubileyida so`zlagan nutqida ta`kidlab o`tganidek, Buxoro qubbat ul-islom, ya`ni Islom dinining gumbazi va ulamolar so`zi biulan aytganda, quvvati dini islom deb tan olinishini ham Buxoroning jahonda, butun Sharq mintaqasida musulmon dunyosining mo`tabar markazlaridan biri bo`lishidan e`tirofdir4.
O`zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biri sanaladi. 1997-yil shaharning 2500 yillik yubileyi xalqaro miqyosda nishonlangan Buxoro hududida ulkan tarixiy ahamiyatga ega muqaddas qadamjolar, masjidu - maqbaralar, minoralar va madrasalar 3 Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi N.Yo`ldoshev. Buxoro, 1993. 3-bet. 4 “Biz kim o`zbeklar A.Ibrohimov. Sharq nashriyoti. Toshkent, 2001. 110- bet. joylashgan, islom ta`limi tizimida universiteti maqomida bo`lgan nizomiya madrasalari, ya`ni oliy madrasalar aynan Buxoroda faoliyat yuritgan. Eng mashhurlari Mir Arab va Ulug`bek madrasalaridir. Jumladan, Somoniylar maqbarasi, Mirzo Ulug`bek madrasasi, Boloi Hovuz masjidi, Kalon masjidi, Chashmai Ayub maqbarasi, Poi Kalon me`moriy yodgorligi (SHHT tomonidan sakkizinchi mo`jiza sifatida tan olingan), Labi- Hovuz ansambli va boshqalar.
Afsonaga ko`ra, Chingizxon Buxoroni zabt etib, uning asosiy minorasi Poi Kalonni ko`zdan kechirish uchun u tomon yo`l olgan. U boshini ko`taradi va jang dubulg`asi boshidan tushib tushib ketadi. Bosqinchi unga engashib, so`ng jilmayib: Men Buxoroni zabt etdim, lekin minorsi oldida egildim, - deb aytadi va minorani buzdirmaslik haqida buyruq beradi.
Islom madaniyati va san`atining ajralmas qismlari xattotlik, miniatyura, kulollik, zargarlik, me`morchilik, misgarlik, yog`och o`ymakorligi sohalarida ham Buxorolik ustalar va hunarmandlar hamisha peshqadam bo`lganlar.
Ko`hna va boqiy Buxoro shahri 2020-yilda Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qilindi (undan oldin esa 2007- yil Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qilingan edi).
Buxorodan xorijga chiqariladigan mahsulotlardan tashqari ot ham eksport qilingan. Buxoro otlari, - deydi muallif, - xususan, qorabayir navi 1914-yilgi urushda ahamiyat qozonib, yaxshiligini isbotlaydi. Buxoro amiri qanchadan- qancha ming bosh otni Rusiya davlatiga berdi5.
Ta`kidlash joizki, Ko`hna Buxoroni tarixchilar, sayohatchilar she`riyat va afsonalar shahri deb atagan. Xullas, bu qadimiy shaharning har bir maydoni, ko`chasi, ko`kka bo`y cho`zgan minoralari, qadomjolari olis o`tmishdan, inson aql zakovatidan namoyish qiladi. 5 “Buxoro xalqining hasrati tarixi. Amir Sayyid Olimxon . Toshkent, 1991. 5-bet.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Buxoro tarixi: o`quv qo`llanma /Halim To`rayev. Durdona nashriyoti, 2020. 4-bet.
2. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi N.Yo`ldoshev. Buxoro, 1993. 3-bet.
3. Biz kim o`zbeklar A.Ibrohimov. Sharq nashriyoti. Toshkent, 2001. 110- bet.
4. “Buxoro xalqining hasrati tarixi. Amir Sayyid Olimxon . Toshkent, 1991. 5-bet.
5. O`ZME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.