ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Iso at- Termiziy ziyoratgohining ziyorat turizmining rivojlanishidagi o’rni

초록

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan ziyoratgoh haqida hamda uning turizm sohasidagi o’rni va Termiziy shaxsi  haqida ham  so’z yuritiladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Iso at- Termiziy ziyoratgohining ziyorat turizmining rivojlanishidagi o’rni

Bekmurodova Xurshida

Termiz davlat universiteti

Turizm yo’nalishi 2-kurs talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan ziyoratgoh haqida hamda uning turizm sohasidagi o’rni va Termiziy shaxsi haqida ham so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar. Termiziy ziyoratgohi, sag’ana, turistik bozor, xonaqoh, ganchkorlik san’ati.

Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti insonlarning e’tiqodi, yashash tarzi, hayotga bo’lgan munosabati bilan yangicha ahamiyat kasb etib kelmoqda. O’zbekiston kishilik jamiyatining eng qadimgi o’choqlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizdan ko’plab mutafakkirlar, davlat va din arboblari, olim-u fuzalolar yetishib chiqqan. Boshqa hududlar qatorida Surxondaryo viloyati ham o’zining ajoyib me’rosi, arxitektura namunalari va go’zal tabiati bilan sayyohlar e’tiborini jalb etib kelmoqda. O’zbekistonning eng janubiy qismida joylashgan Surxondaryo viloyati o’zining ko’plab diqqatga sazovor obyektlari hamda tabiati bilan yuqori turistik salohiyatga ega hudud hisoblanadi. Jumladan, Sherobod tumanida joylashgan Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohi fikrimiz isbotidir. Ushbu qadamjo nafaqat mahalliy aholining, balki xorijiy turistlarning ham oqimini ko’paytirishga xizmat qiladi. Keling, bu muqaddas ziyoratgoh haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lamiz.

Termiziy maqbarasi. Abu Iso Termiziy maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi me'moriy yodgorlikdir. Ushbu majmua XI-XII asrlarga oid sanaladi. Abu Iso Muhammad Termiziy qabri ustiga qurilgan bo’lib, hozirgi kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali o‘tuvchi 4 xona (bo‘lma)dan iborat yaxlit bino ko‘rinishida. Xonalar tarhi 4,3x4,5m. Shimoli-sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik to‘silgan. 3 xonali bo‘lma murabba tarhli, ulardan janubdagisi go‘rxona. Unda marmar sag‘ana bor. Sag‘ana 3 pog‘onali, muqarnas naqsh va yozuvlar bilan pardozlangan. Go‘rxonadan tor uzun yo‘lka orqali xonaqohga o‘tiladi. Xonaqoh poli go‘rxonaga nisbatan pastroq bo‘lib, ular oralig‘i keng ravoq bilan ajratilgan. Xonaqoh gumbaz tomli, mehrobli. Yonidagi 2 xonadan shimoli-sharqiy tarziga chiqiladi. Xonaqoh oldidagi 3 ayvon gumbazli, qalqonsimon bag‘alli, devorlariga 4 ravoq ishlangan va pishiq g‘isht bilan hoshiyalar terilgan. Termiziy maqbarasi ganjkori bezaklar bilan pardozlanib, tashqi devorlariga 6 g‘ishtin ravoqli namoyonlar ishlangan. Tobadonlariga oq ganjdan panjaralar o‘rnatilgan. Ravoqlari g‘isht qalinligida hoshiyalangan. Termiziy maqbarasi bosh tarzini kichik ko‘shksimon gumbazli qurilma egallagan. Yodgorlik haqida ilk bor D.N.Logofet yo‘l ocherklarida tilga olgan. Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Termiziy maqbarasida ta'mirlash ishlari olib borildi. Sag‘anasi va ganjkori panjaralari qayta o‘rnatildi. Maqbaraning sharqiy devor qismiga tutash tarzda qorixona bunyod etilgan. Shuningdek kirish qismiga soddagina ayvon ham oʻrnatilgan. Janubdan kiraverish qismiga yana bir kichik maqbara va ziyoratgoh bunyod etilgan. Shuningdek, bu maqbara ravoqli boʻlmalar orqali at-Termiziy maqbarasi va xonaqoh bilan oʻzaro bogʻlangan. Ziyoratgohga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoit yaratilib, 420 o‘ringa mo‘ljallangan va milliy me’morlik an’analarini o‘zida mujassam etgan Jome’ masjidi, zamonaviy kutubxona barpo etildi.1

Buyuk allomalardan biri, mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziyning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy at-Termiziy bo‘lib, u hijriy hisobda 209 (milodiy 824) yilda Termiz yaqinidagi Bug’(hozirgi Sherobod tumanidagi Chuqurko’l) qishlog’ida tavallud topgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, yodlash qobiliyatining kuchliligi va noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan at-Termiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi o‘z bilimlarini muttasil oshirish uchun ko‘pgina Sharq mamlakatlarini ziyorat qilgan. Jumladan, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan.2 Tarixchi olim Abu Saad Abdulkarim as-Sa’moniy (113-1167) o’zining “ Kitob alasnab” kitobida: “ Imom at-Termiziy Bug’ qishlog’ida 279- hijriy yilda, milodiy 892- yil Rajab oyining 13-kunida vafot etgan. Bug’ qishlog’ida dafn etilgani uchun al-Bug’iy taxallusi bilan ham atalgan”. At-Termiziy qalamiga mansub asarlarning bizgacha yetib kelganlari:

-«Al-jomi’» («Ja’mlovchi»);

-«Ash-shamoil an-nasaviya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari»); 1 Cho’tmatov. J. Abu Xanifaning termizli shogirdi // Imom Buxoriy saboqlari. 1/2016, -B. 70-71. 2 Kamaliddinov. Sh. Историчэская география Южного Согда и Тохаристана. – Б. 114.

-«Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi og‘ishishlar»);

-«Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»);

-«At-tarix» («Tarix»);

-«Kitob az-zuhd» («Taqvo haqida kitob»);

O‘z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko‘pdan-ko‘p shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud, Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Muhammad anNasafyun, al-Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy va AbulAbbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni sanab o‘tish mumkin. Manbalarda yozilishicha, hadislarni to‘plash va o‘rganishda Termiziy har bir qulay fursat va imkoniyatdan unumli foydalangan. U yo‘lda, safarda bo‘lganda ham yoki bir joyda muqim turganda ham o‘z ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni darhol yozib olar, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borardi. Imom Termiziyning mashhur asarlaridan yana biri «ash-Shamoil an-nabaviya» bo‘lib, ba’zi manbalarda «Shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vasallam» nomi bilan ham keltiriladi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bu asar Payg‘ambar (a.s.)ning shaxsiy hayotlari, u zotning surat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, Payg‘ambar (a.s.)ning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p muhaddislar shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman asarlardan o‘rin olgan. Lekin Imom Termiziy asarining afzalligi shundaki, u hadislarni tizimli ravishda to‘plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob holiga keltirgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.)ning hayotiga doir muhim manba sifatida «ash-Shamoil an-nabaviya» azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Ushbu asarning tili ravon, uslubi g‘oyatda oddiyligini ham qayd qilib o‘tish o‘rinlidir. Ayni vaqtda katta mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, buyuk muhaddisning Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hududida joylashgan maqbarasi mustaqilligimiz sharofati bilan batamom qayta qurilib, allomaning yuksak maqomiga munosib zamonaviy, go‘zal va muhtasham yodgorlik majmuasi barpo etildi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2774-sonli “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi hamda Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-martda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.3 Surxondaryo viloyatidagi islom olami miqyosida katta ahamiyatga ega bo’lgan yiri ziyoratgohlardan biridir. Maqbara xonasining usti qismi gumbaz bilan yopilgan va 4ta xonadan iborat. Binoning umumiy hajmi 19.3x6.8 m bo’lib ko’pgina o’zgarishlarni boshidan echirgan, masjid bilan maqbara bir-biriga boglanib, deraza romlari qaytadan ishlangan. Maqbaraning old tarafiga XX asrning boshlariga ustunlari o’ymakorlik bilan ishlangan ayvon qurilgan va ta’mirlash ishlari olib borilgan. Iso at-Termiziy arxitektura qurilish bo’yicha dastlab D.N.Logafet, 1945-yilda V.A.Voronin, 1968-yilda arxeolog Z.A.Hakimov, I.Gudkov va Z.A.Arshavskayalar tadqiqot ishlarini olib borgnlar. Markazning asosiy maqsad va vazifalari islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur oʻrganishga, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulugʻ allomalar, azizavliyolar vatani boʻlib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilishga, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga, shu asosda yosh avlodni ezgu gʻoyalar ruhida tarbiyalashga, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada kuchaytirishga koʻmaklashishga qaratilgan. Bu obyekt yurtimizda, xususan, Surxondaryo vohasi Sherobod hududida ziyorat va diniy turizmning rivojlanishida ulkan hissa qo’shadi.

Izohli lug’at

Bo’lma- Maqbara va qabrlarda bo’ladigan xona hisoblanib, moddiy manbalar saqlanadign maxsus joy.

Ganchkorlik san’ati- badiiy hunarmandchilik turi. Amaliy san’atda binolarni bezashda, me’moriy detallar bilan ishlashda, o’yma naqsh va bezalar yaratishda eng qo’llaniladi.

Sag’ana- qabr, tobut. Sag’analar, odatda, maqbara ichiga o’rnatilgan bo’ladi va asosan bronzadan yasaladi.

Turistik bozor- turistik mahsulotlar sotiladigan joy. Turpaketlar, turli xil suvinerlar va maxsus turlar taklif etiladi.

Xonaqoh- masjid, katta bino yoki uning asosiy xonasi. Odatda, to’rtburchak tarhli bo’lib, bir nechta kirish eshigiga ega bino turi. Qadimda darveshlar va ziyoratchilar tunab qoladigan joy bo’lgan. 3 www.religions.uz “ Ko’kaldosh” o’rta maxsus islom bilim yurti o’qituvchisi R. Axundjayev.

2017-yil. Imom iso Termiziy majmuasining umumiy ko’rinishi

2000-yilda qayta ta’mirlangan Imom Iso Termiziy maqbarasi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-T.:-O’zbekiston.-2016 yil.-B. 56.

2. Abu Iso Muhammad at-Termiziy. Shamoili Muhammadiya. Tarjimon Sayyid Mahmud Taroziy.-T.:-Mehnat,-1991.

3. Al-Hakim at-Termiziy. Nodir masalalar / Arab tilidan I.Usmonov tarjimasi. – T.:- Movarounnahr, -2006.

4. Karimov Islom Abdug’aniyevich. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Ikkinchi nashri. –T.: - O’zbekiston-2011.

5. S.N.Tursunov, B.X.Murtazoyev va J.O.Cho’tmatov. Imom Abu Muso at-Termiziy va termiziy allomalar. – T.: - 2021.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.