ISSIQXONADA BODRING YETISHTIRISH VA FOYDALI JIHATLARI
Nomozov Sanjar Mamanazar o’g’li
+998997465973sanjarnomozov2002@gmail.com Termiz Agratexnologiyalar va Innavatsion Rivojlanish institute Meva-sabzavotchilik
va texnoloiyalar fakulteti Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim
yo’nalishi 4-bosqich talabasi
Eshmatova Mashxura Faxriddin qizi
+998976910503ilyospanjiyev19@gmail.com Termiz Agratexnologiyalar va Innavatsion Rivojlanish institute Meva-sabzavotchilik
va texnoloiyalar fakulteti Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim
yo’nalishi 4-bosqich talabasi
Annotatsiya: Kuz faslining serhosil pallasi ham o‘tib bormoqda. Meva va sabzavotlardagi vitamin va minerallar esa inson organizmiga doimo kerak. Aholining ushbu vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida kuz faslidan toki erta yoz mavsumigacha issiqxonalarda yetishtiriladigan mahsulotlar bilan taʼminlash ko‘zda tutilgan.
Kalit so’zlar: Gold agrofresh, Roki, Fokus, Eliza, Sultan, Majestik, Seydra Alamir, Alanis, Adrian, Barxan, Valeystar, Kristina, Multistar, Melen, Nail, Orzu, Passandra, Pikolino, Pontiya2, Seray, Superdelta, Jazzer, Xarman, Luna, Tristan 100 gektar maydonda tashkil etilgan “Gold agrofresh” majmuasiga qarashli issiqxonada bodring, pomidor, shirin qalampir kabi sabzavot ekinlari yetishtirilmoqda. Bu mahsulotlarni issiqxonada yetishtirishning o‘ziga xos talablari qanday? Agrotexnik tadbirlar qanday amalga oshiriladi? Bodring ommabop sabzavot ekini bo‘lib, uning kaloriyasi ko‘p emas, biroq mazaliligi, parhez xususiyati bilan yer yuzida keng tarqalgan. Bodring talabiga mos harorat. Issiqxonalarda bodring uchun maqbul harorat kunduzi 20-24 daraja, kechqurun 18-20 daraja bo‘lishi kerak. O‘simlikning me’yorida o‘sib, rivojlanishi uchun harorat 12-15 daraja bo‘lishi lozim. Harorat 30 darajadan ortiq bo‘lsa, o‘simlikga salbiy taʼsir etadi. Ammo 6-8 darajada o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi, barglari sarg‘ayadi va to‘kila boshlaydi. Harorat 0 darajaga tushib qolganda o‘simlik nobud bo‘ladi. Issiqxonani tayyorlash. Bodring ko‘chatlarini ekishdan oldin issiqxona tuprog‘ini ekishga tayyorlanadi. Avval yer maydonidagi ekindan qolgan o‘simlik qoldiqlari issiqxonadan chiqarib tashlanadi. Issiqxona tuprog‘i tekislanadi, kasallik va zararkunandalardan hamda begona o‘tlardan tozalash maqsadida shaffof polietilen plyonka bilan yopib qizdiriladi. Bunda tuproq usti yopilgan holatda ma‘lum muddatgacha qoldiriladi. So‘ngra plyonka olib tashlanadi, issiqxona tuprog‘i tekislanadi va tomchilatib sug‘orish quvurlari yotqiziladi. Shu yo‘sinda issiqxona tuprog‘i ekishga tayyorlanadi.
Bodringni so‘nggi paytlarda issiqxona sharoitida o‘stirish uchun ko‘chatidan ekish qo‘llanilmoqda. Bu usulda yetishtirish o‘simlikni kasallik va zararkunandalardan holi qiladi, o‘simlik ildizi baquvvat bo‘ladi va erta pishib yetiladi. Bunday usulda urug‘ sarfi kamayadi, sog‘lom va sifatli nihollardan foydalanish ishlab chiqarish hajmini orttiradi.
Nav tanlash va ekish muddatlari. Issiqxonada bodring yetishtirish uchun asosan birinchi avlod geterozis duragaylardan va ishlab chiqarish talablariga javob beradigan navlardan ko‘proq foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga “mahalliy Navbahor”, “ToshDAU 70”, “Elegant”, “Samar” kabi birinchi avlod duragaylar va chet el duragaylaridan “Roki”, “Fokus”, “Eliza”, “Sultan”, “Majestik”, “Seydra Alamir”, “Alanis”, “Adrian”, “Barxan”, “Valeystar”, “Kristina”, “Multistar”, “Melen”, “Nail”, “Orzu”, “Passandra”, “Pikolino”, “Pontiya2, “Seray”, “Superdelta”, “Jazzer”, “Xarman”, “Luna”, “Tristan” lar tavsiya etilgan. Navlarni tanlashda navning ekiladigan hududda keng tarqalgan kasalliklar va zararli hasharotlarga chidamliligi, bozor talablariga mosligi, ertapisharligi va yuqori hosilli bo‘lishi muhim.
Bodiringni ekish xaqidagi maslahatlar.
Bodring ko‘chatini ekish uchun faqat sog‘lom, bir tekis, 4-5 ta chinbargi bo‘lgan o‘simliklar tanlab olinadi. Ko‘chatlar jo‘yaklarga ikki qator qilib oldindan tayyorlangan chuqurchalarga (uyalarga) o‘tqaziladi. Uyalar dastlab iliq (22-25 °C) suv bilan sug‘oriladi. Ko‘chatlar tik holatda yoki tuvakchalarining 3/4 qismi uyalarga kiritib o‘tqaziladi. O‘sib ketgan ko‘chatlar qiyalatib o‘tqaziladi, ammo poyasi ko‘milmaydi.
Sug‘orish jarayoni.
Bodring suvga talabchan o‘simlikdir. O‘simlik o‘sish davrida 1 m2 maydon uchun 300-425 litr suv sarflanadi. Bodring yetishtirishda suvning oz-oz va tez-tez berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Sug‘orish vaqtini to‘g‘ri belgilash ham muhimdir. Sug‘orish ertalab yoki kechki paytda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Harorat ko‘tarilishi va yorug‘lik ko‘payishi bilan tez-tez sug‘orib va oziqlantirib turish lozim.
Bodring – (lotincha: Cucumis sativus) bir yillik, oʻt oʻsimlik. Vatani — Hindiston, ammo hozir dunyoning koʻpgina mamlakatlarida yetishtiriladi.
Bodring madaniy holda 3 ming yil ilgari yetishtirila boshlangani haqida maʼlumotlar bor. Vatani Hindistonning tropik va subtropik rayonlari hisoblanib, Himolay togʻ yonbagʻirlarida haligacha tabiiy holda oʻsadi. Hindistondan Gresiya va Italiyaga tarqalgan, va keyinroq Xitoyga ham kirib borgan. Evropaning boshqa qismlariga rimliklar tomonidan olib kirilgan. Bodring Fransiya hududiga 9-asrda, Angliyaga 14-asrda, Shimoliy Amerika qitʼasiga 16-asr oʻrtalarida kirib borgan. Rossiyaga bodring Sharqiy Osiyo davlatlaridan 16-asrlarda kirib borgan degan taxmin bor (olmon elchisi Gerbershteynning Fors oʻlkasi va Moskovyaga boʻlgan safari xotiralari), lekin ayrim tarixchilarning fikriga qaraganda bodring Rus oʻlkalarida 9- asrlarda ham maʼlum boʻlgan.
Bodiringni foydasi
Uning kaliydagi hissasi qon bosimini boshqarishga yordam beradi va uyali funktsiyalarni tartibga soladi. U tarkibida flavonol, yallig'lanishga qarshi antioksidant, neyronlarning aloqasini yaxshilaydi, shuning uchun u miyamizga g'amxo'rlik qiladi.Qarishga qarshi ajoyib ittifoqchi S vitamini o'z ichiga oladi. Ushbu vitamin uning qobig'ida to'plangan va uning hissasi tavsiya etilgan kunlik miqdorning 12% ni tashkil qiladi.Uning buyuk antioksidant kuchi qon aylanishini yaxshilash va tirnoqlar, ko'zlar va sochlarning ko'rinishini yaxshilashga yordam beradi. Bu buyuk go'zallikning buyuk ittifoqchisi terining va hujayralarning qarishini kechiktiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi “ O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga rivojalngan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida “gi PK-5853 son Farmoni. 2.O’zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat restiri. 3.Turkiya Respublikasi “Oziq-ovqat qishloq xo’jaligi vazirligi “xamda “Denizbank” Xamkorligida tayyorlangan “100 ta kitob”dan iborat to’plam. 4.Zuev B. Abdullaev A. Sabzavot ekinlari va ularni etishtirish texnalogiyasi. 5.Ostonaqulov T.E.Zuev B.I. Qodirxo’jaev O. Mevachilik va sabzavotchilik. 6.Yunusov S.A., Abdiev Z.T.Issiqxonalarda sabzavot ko’chatchiligi .
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.