MA’NAVIY MANBALARI
Yernazarova Sapura Keulimjaevna
NDPI, Milliy gʽoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi v.v.b.dotsenti
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonda jadidchilik namoyandalari ularning adabiyot, teatr, ma’rifat sohalaridagi faoliyatlari orqali xalq orasida jaholatga, savodsizlikka qarshi kurash olib borganligi ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: Qoraqalpog‘istonda jadidchilik, ma’naviyat, madaniyat adabiyot, teatr, ma’rifat
Аннотация. В данной статье показано, как представители джадидизма в Каракалпакстане вели борьбу с невежеством и неграмотностью среди народа посредством своей деятельности в области литературы, театра и просвещения.
Ключевые: слова: джадидизм в Каракалпакстане, духовность, культура, литература, театр, просвещение.
Abstract. This article examines the representatives of the Jadid movement in Karakalpakstan, demonstrating how they fought against ignorance and illiteracy among the people through their activities in the fields of literature, theater, and education.
Key words: Jadidism in Karakalpakstan, spirituality, culture, literature, theater, education.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridagi xalqning savodxonlik darajasini o‘rganishdan so‘ng, 1917-yilga kelib, xalq savodxonlik darajasi 10-15 foizga, ba’zi joylarda esa undan ham yuqori bo‘lganligi isbotlanmoqda. Sovet davridagi adabiyotlarda qoraqalpoq xalqining savodxonlik darajasi atigi 0,2 foizga teng bo‘lgan, deyilgan edi. Bunda faqat rus-tuzem maktablarida o‘qib, ruscha biladiganlar hisobga olingan.
Xalqning tafakkur olamida uyg‘onish uchun ijtimoiy-iqtisodiy manbalar paydo bo‘la boshladi. Rus mustamlakachiligining salbiy tomonlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, turli madaniyat maskanlari, nashriyot tashkilotlari amalga oshdi.
Gazeta, jurnallarning mamlakatdagi ma’rifiy qarashlarning rivojlanishiga ta’siri kuchli bo‘ldi. Natijada Turkiston, shu jumladan Qoraqalpog‘iston keng ko‘lamdagi iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy hayot oqimiga aralasha boshladi. Obyektiv ijtimoiy qonuniyatlar natijasida podsho hukumatining ixtiyoriga qaramasdan o‘lkaga rus, tatar, ozarbayjon ziyolilari orqali siyosiy madaniy ta’sirlar, yangi ijtimoiy fikrlar turli yo‘l bilan tarqaldi.
Jadidlarimiz millatning yashamog‘i, taraqqiy qilmog‘i uchun, birinchi navbatda, ozod, mustaqil bo‘lmog‘i lozimligini anglab etdilar va keng xalqni uygıotishga alohida e‘tibor berdilar [1,4].
Qoraqalpog‘istonda jadidchilik namoyandalari qatorida Seyfulg‘abit Majitov, Xo‘jaahmet Axmedov, Qosim Avezov, Abdiraman Utepovlarni qayd etish mumkin. Ular o‘z asarlari, adabiyot, teatr, ma’rifat sohalaridagi faoliyatlari orqali xalq orasida jaholatga, savodsizlikka qarshi kurash olib borgan, odamlarni ilm-fan o‘rganishga, yangilikka intilishga chorlagan.
Qoraqalpog‘istonda dastlabki «Yangi usul» maktabi 1907-yili PetroAleksandrovsk shahrida ochiladi. Deyarli shu vaqtning o‘zida Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot shaharlarida ham ochiladi. Ba’zi yangi maktablar eski masjidlar yonida ham ochiladi. Madaniy hayotini yaxshilash orqali, barcha turkiy tilli xalqlarni birlashtirib, jahon sahnasiga olib chiqish edi. Ular bu borada xalq ta’limi masalasiga katta ahamiyat berdi.
Bu davrda tarixiy-ijtimoiy vaziyat ta’sirida Turkiston bo‘ylab ma’rifatparvar jadidchilik oqimi vujudga keldi. Ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy oqim - jadid falsafasi mamlakatda milliy uyg‘onish mafkurasi vazifasini bajarib, mustaqillik, ozodlik uchun kurash olib bordi. Ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi barcha sohalarni o‘z ichiga jamladi. Siyosatdagi, san’atdagi g‘oyani yangilab, yangi maktab konsepsiyasini vujudga keltirib, ilg‘or fikrdagi ta’lim islohotini amalga oshirdi. Ma’rifatparvar-jadid falsafasi o‘zlarining xalqchil demokratik, adolatparvarlik, milliy ozodlik g‘oyalarini ijtimoiy taraqqiyotga, ma’rifatparvarlik ishlariga bog‘ladi.
Jadidlarning hammasining asosiy masalasi bo‘lgan. O‘rta Osiyo xalqlarining ozodlik borasidagi qarashlari bir-biriga mos edi. Jadidchilik oqimini, ularning siyosiy, huquqiy, madaniy va boshqa g‘oyalarini tarixiy nuqtayi nazardan baholash zarur. Jadidlarning harakatlari, g‘oyalari avvalo ma’rifat masalalaridan boshlanadi. Mustamlakachilik va ijtimoiy zulmning asosiy sababi, jadidlar fikricha, xalqning nodonligidadir. Xalqning bunday holatini boshqaruvchilar mahkam saqlab turishga qiziqadi. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-madaniy masalalarning yechimi ma’rifat yo‘li deb, jadidlar diqqat markaziga ta’lim islohotlarini qo‘ydilar.
So‘z yuritayotgan ma’rifatchilik va jadidchilik oqimi qoraqalpoq xalqining siyosiy ongining ijtimoiy fikrlari rivojida sezilarli o‘zgarishlarni, milliy ozodlik harakatlarining ma’rifatchilik davrini vujudga keltirdi. Ular XX asr boshidagi yuzaga kelayotgan rus inqilobining mazmunidan o‘z xalqining mustaqilligi, ozodligini nazarda tutib fikr yuritdi. Natijada so‘z yuritayotgan davrdagi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy fikrlar tarixi milliy o‘z-o‘zini anglash tushunchasining va undan kelib chiqqan milliy ozodlik harakatlari va qo‘zg‘olonlarining rivojlangan davrini yuzaga keltirdi [2.168].
So‘z yuritayotgan davrda mamlakatdagi iqtisodiyotning, madaniyatning rivojlanishdan orqada qolishining ba’zi bir sabablari ma’rifatparvar shoir Sayfulg‘abit Majitovning (1867-1938) ijtimoiy-siyosiy tushunchalarida alohida o‘rin egallaydi. Shoir ma’rifat, ta’lim ishini xalqni ozodlikka erishish yo‘lidagi vosita deb hisobladi va odamlarning hayotga faol ishtirokini yuzaga keltiruvchi manba sifatida tushundi.
Shu sababli: «O‘qi, bilim ol, nodonlikdan qoch, kurash, chin bilan yetib olarsan» deb yozdi. Elning gullab-yashnashi, rivojlanishi, ta’lim, ilm-fan yutug‘iga chambarchas bog‘liq ekanligini aytib, shoir ma’rifat falsafasining o‘zagi ostida bilim, ilm egallashni talab etdi. Bular odamlarning dunyoqarashini kengaytiradi, mazmunli qiladi, milliy istiqlol g‘oyalarini boyitadi, degan qarashlarni bayon etdi.
Xalqni tenglikka, adolatga erishtirishning yo‘li ma’rifat, ta’lim deb o‘ylagan shoir inqilobdan oldin bo‘lishlik jadid maktablarini ochishni, elning rahbari yoshlarning odob-ikromiga ham rahbarlik qilishi kerakligini, yoshlarni hunarga o‘rgatishni bayon etdi. S.Majitov ilmsiz jamiyat taraqqiyoti, dunyoni anglash bo‘lmasligini, ilmli bo‘lish uchun yoshlarning zehni, e’tiborini tarbiyalash lozimligini aytdi. Ilm-tafakkur psixologik jarayonlar yordamida shakllanishini, o‘qishni yoshlikda sifatli egallash mumkinligini, o‘yin bilan o‘qishni bog‘lab olib borishni, o‘yinning ham aql-idrokni takomillashtirishini, aqliy bilimni tajribada, amaliy ish bilan birgalikda o‘zlashtirishni aytishi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Qoraqalpoq xalqining atoqli ma’rifatparvari X.Axmetov ham jamiyat hayotida ta’lim ishlarining ahamiyati katta ekanligiga alohida e’tibor qaratdi. U o‘z she’rlarida eski urf-odatdan qutula olmagan dehqonlarga madaniyat va ma’naviyatning maqsadi, kelajagini tushuntirish, dehqonning kim ekanligini tanitishni bosh vazifa qilib qo‘ydi. «Jamoyim» degan she’rida she’rlarida xalqni madaniyatli, bilimli bo‘lishga chaqirdi [3,90.].
Xalqni qiyinchilikdan qutqarib, iqtisodiy jihatdan farovonlashtiradigan asosiy kuch ilm-fan va texnikaning takomillashuvi, odamlarning hunar-bilim egallashi ekanligini bayon qilib, «Bilim bilan yonsin sham» nomli she’rini yaratdi. Bunda:
Bilim taom ilm non.
Bilimsizning ishi xom.
O‘rgan hunar-bilimni,
Bilim bilan yonsin sham -deb yozgan edi [4,100].
X.Axmetov shu davr qiyinchiliklariga bardosh berdi. Shoirning yurtda ilm-fanni, insonparvarlik va odob-axloqni yuksaltirish g‘oyalari hozirda muhim ahamiyatga ega.
Tariximizning qaysi davrini olmang, yurtimizda ilm-ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to‘xtamaganini, xalqimiz jasoratining o‘lmas timsoli sifatida eng og‘ir va keskin davrlarda ham yaqqol namoyon bo‘lib kelganini ko‘ramiz. Jadidlarning boy ilmiy va ijodiy merosi O‘zbekistonda o‘z mustaqil fikriga ega hamda fidoyi va vatanparvar avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalangan adabiyotlar: 1. Qosimov B. Milliy uyg‘onish: jasorat, ma‘rifat, fidoyilik. -T.: Ma‘naviyat. 2002. 2. АлеуовЎ. Қоракалпоғистонда жадидчилик ғоялари. //Ўзбекиетоннинг янги тарихи. Концептуал-методологик муаммолар. Т,; «Академия»,, 1998, 168-6. 3. С.Мәжитов. Таңламалы шығармалары. Н.: «Қарақалпақстан»1965, 90-бет 4. Bazarbaev J. Ruwxıyat tiykarları. N.; Qaraqalpaqstan. 2008.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.