Janubiy Qoraqalpog‘istondagi inson tana a’zolari va tashqi ko‘rinishi
bilan bog‘liq ayrim laqablar haqida
Erkayeva Gulira’no. Urganch davlat universiteti
Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurs magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada antroponomik birlik hisoblangan laqab termini haqida, inson tana a’zolari va tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq laqablar tasnifi, Janubiy Qoraqalpog‘istondagiayrim laqablar to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Kalit so’zlar: Laqab, ikkinchi nom, ibobiy va salbiy bo‘yoq, tasnif
Abstract: This article provides information about the term nickname, which is an anthroponomic unit, the classification of nicknames related to human body parts and appearance, and some nicknames in Southern Karakalpakstan.
Key words: Nickname, second name, positive and negative color, classification
Qadimdan odamlarga xarakter xususiyati, kasb-kori, nasl-nasabi, harakatlari, jismoniy kamchiliklari yoki ajralib turadigan alohida belgisiga ko‘ra laqab berilgan. Laqablar doimo ismlar bilan birgalikda aytiladi va bir xil ismli kishilarni bir biridan farqlashga xizmat qiladi. Laqabga o‘zbek tilining izohli lug‘atida esa quyidagicha ta’rif berilgan: “Laqab[a] -ikkinchi nom; laqab; taxallus]. Biror xususiyatiga ko‘ra kishilarga xazil qilib, masxaralab berilgan qo‘shimcha nom; shuningdek ma’lum maqsadda o‘zgartirib olingan nom.” Laqablar dastlab biror kishi yoki bir nechta odam tomonidan biror maqsadni ko‘zlab berilsa-da, keyichalik u shaxsning doimiy ismi bilan qo‘shilib aytiladigan va shu orqali taniladigan bo’ladi. Ular ba’zan salbiy bo‘yoqqa ega bo‘lsa, ba’zan ijobiy xususiyatlarni ifodalaydi. Masalan, Qo’qon xoni Olimxonning xalq tomonidan berilgan salbiy bo‘yoqdagi laqabini ko‘rib chiqsak. Is’hoqxon To‘ra Ibratning “Tarixi Farg‘ona” nomli asarida quyidagicha fikrlar bildirilgan: “ Bu Olimxonning laqabi Zolimxon edi. Buning amakisi Hojibekni qatl qilib, ko‘b zulmlar chiqargan ediki, g‘azabindan, zulmidan Zolimxon mashhur va ma’ruf, munkiri tasavvuf edi. Ma’a mofihiyi o‘zini mutasharri bilib, ijroi shar’iddaosi-la ko‘p zulmlar qilur ekan”. Yoki Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani qahramoni Miryoqub obraziga har ishni eplagani uchun “epaqa” laqabi berilganligi unga ijobiy xususiyatni yuklagan.
“Laqablarning qo‘yilishi doimo real asosga, motivga ega bo’ladi. Ayniqsa, bu shaxsning jismoniy kamchiliklari va xarakteri, xatti-harakati bilan bog‘liq laqablarda aniq ko’rinadi.”1 Janubiy Qoraqalpog‘istondagi laqablarni o‘rganar ekanmiz, ularnig ham qo‘yilish sabablari reallikka asoslangan. Bu xususiyatni biz ko‘proq tana a’zolari va tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq laqablarda yaqqol uchratishimiz mumkin. Bunday turdagi laqablarni o‘z navbatida bir nechta tasnifga ham ajratishimiz mumkin:
Insonning tanasini rangi bilan bog‘liq bo’lgan laqablar: qora yoki, oq, sori, malla;
Insonning ko‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablar: qiytar, ko‘r, so‘qir;
Insonning sochi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablar: kal, jingalak, malla, takiz;
Insonning gavdasi bilan bog‘liq bo‘lan laqablar: dobbi, samiz, lo‘ppish, tumaloq, shlanka, tayoq, qoq, gurji, kalta pakana, qiyshiq;
Insonning yuzi yoki bosh qismi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablar: qosh, puchuq, yalpoq, ko‘sa, shalpang;
Insonning tanasi rangi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablar asoasan ular boshqalardan shu xususiyati bilan ajralib turganda beriladi. Janubiy Qoraqalpog‘istondaagi odamlarning deyarli barchasi bug‘doy rangdagi odamlardir va ular juda oq ham emas qora ham emas. Shu sababli oq, sariq yoki qora rangdagi odamlar uchrab qolsa, ularga shunday laqablar beriladi. Qora rangli odamlarga asosan qora, qoravoy, negr laqablarini berish odatiy holga aylangan va ikkita bir xil ismlilarni shunday laqab bilan ajratishadi. Bu laqablar ko‘pincha masxaralash yoki xazil tariqasida aytiladi. Oq va sori laqablari ko‘proq ijobiy ma’noda qo’llanib faqat ikki odamni farqlashga xizmat qiladi: Sotim qora, oq Asad, qora Asad, Zuhra sori
Insonning ko‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablardan biri qiytar(g’ilay)- qaraganda ko‘z qorachiqlari bir tomonga yo‘nalmaydigan, to‘g‘ri qaray olmaydigan, ko‘z soqqasi qiyshiq o‘rnashgan. Jonibek qiytar. Ko‘rish qobliyati yo‘q odamlarga nisbatan ko‘r, so‘qir laqablari odamlarni bir biridan ajratish uchun qo‘llandsa-da, ba’zan bu laqablar masxaralash va xazil sifatida ham ishlatilishi mumkin. Sababi ko‘z oldida turgan narsasini topa olmaydigan odamlar ham uchrab turadi. Bunday vaziyatlarga ko‘p tushadigan odamlar shunday laqablar bilan “siylanadi”.
Insonning sochi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablar asosan soch rangi, tekis yoki noteksligi, soch miqdoringing kam yoki ko‘pligiga qarab beriladi. Kal laqabi sochi butunlay yoki qisman to‘kilib ketgan odamlarga nisbatan qo‘llanadi: Hasan kal, Ortiq 1 E. Begmatov. O’zbek tili antroponomikasi. T.: Fan, 2013 kal. Sochi o‘ta tekis bo‘lgan odamlarga nisbatan takiz laqabi qo‘llanadi va bu laqab avloddan avlodga ham o‘tgan. Chunki bunday genetik belgilar meros bo‘lib o‘tishi tabiiy holatdir. Samandar takiz. Jingalak laqabi ham aynan shunday xususiyatga ega:Mohira jingalak. Soch rangini bildiruvchi laqablardan biri bo‘lgan malla laqabining ma’nosini ba’zi odamlar sochga nisabatan qo‘llangan deyishsa, ba’zilar tananing rangiga nisbatan qo‘llangan degan fikrni aytishadi. Bu laqabga mansub kishilarning ko‘rinishi yo qora emas yo sariq eamas. Shu sababdan bu ikki rangning aralashmasi bo‘gan malla rangi asos qilib olingan. Ularning sochlari malla rangda va bunday xususiyat laqab sifatida berilishiga xizmat qilgan.
Insonning gavdasi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablar boshqalariga nisbatan salmoqlidir. Ko‘pincha semiz odamlar kuguga olinib samiz, dobbi, do‘bbon, lo‘ppish, tumaloq kabi laqablar bilan nomlnadilar: Mammat dobbi, Jahongir lo‘ppish, Otavoy tumaloq, Olim samiz. Ozg‘in odamlarga nisbatan esa qoq, tayoq kabi laqablarberilgan. Tayoqdek ozg‘in odam bo‘lganligi uchun tayoq laqabi berilgan bo‘lsa, qoq laqabining qo‘yilishida ikki xil qarash borligini ko‘rishimiz mumkin. Qoq laqabiga mansub kishilar haqiqatda oriq, yuzlari xuddi qoq(turshak)dek eti yo‘q odamlardir. Lekin bu laqab haqida yana bir qarash borki, hech bir insonni befarq qoldirmaydi. Qoqlarning ota-bobolari shunchalik ziqna bo‘lishgan ekanki, bir bo‘lak go‘shtni bir yil davomida ovqatga solib, yemasdan quritib qo‘yib yana keyigi safar ovqat pishirganda qaynatib olib olib qo‘yisharkan. Xalq orasida go‘shtni quritib yeyish holatlari bor bo‘lgan ammo bir bo’lak go’shtdan bu drajada uzoq vat hech kim foydalanmagan ekan. Shu sababdan ham ularga qoq deb laqab qo‘yishgan bo‘lishlari mumkin. Bo‘yi past odamlarga nisbatan berilgan laqablar ham qiziqarlidir. Masalan, gurji laqabini olaylik. Bu so‘zning ma’nosi it zotlaridan biriga borib taqaladi. Bo‘yi past kichkina itlarning turi shunday ataladi va bu kichkina, past bo‘yli odamlarga laqab qo‘yilishiga asos bo‘lgan. Bunday turdagi laqablarga pakana,kalta laqablarini ham kiritishimiz mumkin. Inson gavdasi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablardan yana biri qishiq. Bu laqabdagi odamlar bir tomonga qiyshayib yurganligidan shunday laqab olishgan. Og‘abek qishiq.
Insonning bosh qismi va yuzi bilan bog‘liq bo’lgan laqablar ham talaygina. Misol sifatida qosh laqabini olishimiz mumkin. Qosh laqabli odanlarning ta’kidlashicha, qadimda ularning ota-bobolari dehqonchilik bilan shug‘illanishgan va har doim o‘ziga to‘q yashashgan, ko‘p oziq-ovqatlarni zaxiraga qo‘yishadigan kishilar bo‘lishgan. Eng ahamiyatli jihati ularning qoshlari qalin va uzun bo‘lgan. Ammo ularni qosh deb atashlariga boshqa bir sabab bor. Bir yili xalq boshiga ocharchilik tushadi, bunday payda ular saxiylik qilib barchaga o‘zlari g‘amlab qo‘ygan oziq-ovqatdan, nonlardan ulashadi. Ular g‘amlagan oziq-ovqat shunchalik ko‘p ekanki, ocharchilik tugab, bahor kelguncha hammaga yetgan ekan. Shunda odamlar aytishadiki, bu odamlar bizni qoshlar tomimizni tutib turgandek, bizni ocharchilikdan saqlab qolganlardir, deb ularni qosh laqabi bilan chaqira boshlashgan. Qosh - bu binolarning devor qismining yuqori joyiga qo‘yiluvchi va tomni ushlab turish vazifasini bajaruvchi yog‘ochdir. Ovshandan beri bu odamlarning avlodlari qosh laqabi bilan ataladi. Yalpoq laqabining kelib chiqish tarixi aynan qaysi davrga tegishli ekanligi ma’lum emas. Ammo shu narsa aniqki, bu laqabga mansub odamlarning bosh qismi orqasi tekis tushgan yoki yassi. Bu odamlarning bunday laqab bilan atalishiga saosiy sabab sifatida faqatgina ularning avlodlarining bosh qismi ham ajdodlariniki singari bo‘lganligidandir. Ammo bugungi kunga kelib yalpoq laqabi bilan ataluvchi odamlarning hammasi ham bunday ko‘rinishga ega emas. Ko‘sa laqabli insonlarni ham hayotimiz davomida ko‘p uchratamiz. Ko‘sa soqol-mo‘ylovi juda siyrak yoki butunlay yo‘q, chiqmaydigan2 degan ma‘noni anglatadi. Arka ko‘sa. Yuz bilan bog‘liq laqab bo‘lgan laqablardan puchuq asosan kichkina bolalarga nisbatan erkalash ma’nosida qo‘llanganiga qaramay, kattalarda ham uchraydi. Puchuq qanshari past, burni yassi, yopishgan, kichik yoki shikastlangan3 ma’nosini anglatadi. Manzura puchuq.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Janubiy Qoraqalpog‘istondagi inson tana a’zolari va tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lgan laqablar salmoqli va ularnig tasnifini yanada kengaytirish mumkin. Laqablarni ular uchun asos bo‘lgan motivga (tasodifiy hodisa, shaxsda mavjud bo‘lgan nuqsonlar va ijobiy fazilatlarga) ko‘ra tasnif qilinishi u 4yoki bu tildagi laqablar lug‘aviy nominativ tarkibini laqablarda ifodalangan milliy-ruhiy jarayonni aniqlashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. E. Begmatov. O‘zbek tili antroponomikasi. T.:Fan, 2013
2. Is’hoqxon To‘ra Ibrat. Tarixi Farg‘ona. T.: Ma’naviyat. 2005
3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Ziyouz.com 2 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. K harfi. Ziyouz.com 3 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. P harfi. Ziyouz.com 4 E. Begmatov. O’zbek tili antroponomikasi. T.:Fan, 2013
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.