ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

JEFRI CHOSER – INGLIZ SHE’RIYATINING ATOQLI NAMOYONDASI

초록

This thesis explores the works of Geoffrey Chaucer, regarded as one of the greatest figures in English literature, with a particular focus on his masterpiece “The Canterbury Tales”, as well as other notable examples of his creative legacy. Although the work is considered unfinished, it has captured the hearts of English-speaking readers for centuries. The thesis not only provides comprehensive information about the work and its author but also offers a close examination of Chaucer as a beloved literary figure, comparable to Alisher Navoi for the Uzbek people.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

NAMOYONDASI

G‘ofurova Nazokat Komiljonovna

2nd year PhD student

Department of Foreign Language and Literature

The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

missphoenixgirluzb@gmail.com

Annotation: This thesis explores the works of Geoffrey Chaucer, regarded as one of the greatest figures in English literature, with a particular focus on his masterpiece “The Canterbury Tales”, as well as other notable examples of his creative legacy. Although the work is considered unfinished, it has captured the hearts of English-speaking readers for centuries. The thesis not only provides comprehensive information about the work and its author but also offers a close examination of Chaucer as a beloved literary figure, comparable to Alisher Navoi for the Uzbek people.

Keywords: “The father of English literature”, “The Canterbury Tales”, cathedral, twenty-four tales, clergyman, divine love.

Аннотация: В данной тезисной работе рассматривается выдающееся произведение английской литературы – «Кентерберийские рассказы» Джеффри Чосера, а также другие образцы его творчества. Несмотря на то что произведение считается незавершённым, оно на протяжении веков занимает особое место в сердцах англоязычных читателей. В работе не только представлена полная информация об этом произведении и его авторе, но и осуществляется глубокий подход к личности Чосера – любимого писателя английского народа, сопоставимого с Алишером Навои для узбекского народа.

Ключевые слова: основоположник английской литературы, “Кентерберийские рассказы”, собор, двадцать четыре рассказа, представитель духовенств, божественная любовь.

Annotatsiya: Ushbu tezisda ingliz adabiyotining faxri hisoblanmish Jefri Choserningning shoh asari – “The Canterbury tales” (Kenterberi hikoyalari) asari, shuningdek, boshqa ijod namunalari haqida so‘z boradi. Garchi tugallanmagan deya e’tirof etilsa-da, asrlar mobaynida inglizzabon kitobxonlar qalbidan joy olgan ushbu asar va uning ijodkori haqida nafaqat to‘liq ma’lumotlar beriladi, balki ingliz xalqining “Alisher Navoiyi” kabi suyukli ijodkori shaxsiga yaqindan yondashiladi.

Kalit so‘zlar: “Ingliz adabiyotining otasi”, “The Canterbury tales”, sobor, 24 hikoya, ruhoniy, ilohiy muhabbat.

Jefrey Choser hayotiga razm solsak, u nafaqat atoqli ijodkor, balki u qirol oilasiga yaqindan xizmat qilgan shaxs edi. 1342-yil o‘rtahol savdogar oilasida tug‘ilgan J.Choser, o‘n yetti yoshidayoq o‘sha davrdagi qirol Edvard uchinchining o‘g‘illaridan biri shahzoda Lionel xizmatiga kiradi, keyinchalik esa yana bir shahzoda Jon Gaunt xizmatiga yollangan. Uning hayot yo‘li mana shu tarzda yuqori aristokrat tabaqaga yaqin o‘tgani uchun ham, u yuz yillik urushda qatnashgan, parlament a’zoligiga ham erishgan, siyosiy maqsadlarda Ispaniya, Fransiya hamda Italiyaga sayohat qilgan. O‘z ona yurtida toj-taxt uchun kurashlar, hukumat almashinuvlariga guvoh bo‘ldi, yoshi ulg‘ayib, keksalik yetganida esa qirol Genri IV unga nafaqa tayinlaydi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, 60 yoshida, 1402-yilda shoir vafot etadi, va mashhur “Wesminister abbey” – Westminister abbatligi burchagiga dafn etiladi.

Ingliz adabiyoti, ingliz she’riyati haqida so‘z ketganda, J.Choserning ingliz adabiyotiga qo‘shgan hissasini eslamay iloji yo‘q. A.Navoiyni biz turkiylar qanday e’zozlasak, inglizzabon xalqlar ham Jefrey Choserni shunday e’zozlaydi. Choserni g‘arbda “Ingliz adabiyotining otasi”, yoxud “Ingliz she’riyatining otasi” deya atashadi.1 J.Choserning “The Canterbury Tales” (Kenterberi hikoyalari) nihoyatda mashhur bo‘lib, uni mashhurlik jihatidan A.Navoiyning “Xamsa” asariga qiyoslash mumkin. Garchi J.Chocer ko‘plab yuksak asarlar yaratgan bo‘lsa ham, uning nomi asosan “The Canterbury Tales” (Kenterberi hikoyalari) (1386–1400) bilan bog‘liq holda yodga olinadi.2 Bu asar turli tabaqalarga mansub ingliz erkak va ayollarining hikoyalari to‘plamidir. Ular Avliyo Tomas Beket ziyoratgohiga – Kanterberi soboriga yo‘l olgan ziyoratchilar sifatida tasvirlanadi. Chaucerning vafoti tufayli tugallanmay qolgan ushbu to‘plam kirish prologi va hajmi turlicha bo‘lgan yigirma to‘rt hikoyani o‘z ichiga oladi.3 “The Canterbury Tales” – (Kenterberiya hikoyalari) 1387-1400- yillarda yaratilgan bo‘lib, asar ingliz adabiyotida tub burilish yasagan va eng ko‘p e’tiborga tushgan adabiy namunalardan biridir. Choser aytib o‘tilganidek, “The Canterbury Tales” ustida XIV asrning saksoninchi yillari o‘rtalarida yaratilgan. Choser asar ustida taxminan 80-yillarning o‘rtalarida ishlashni boshladi, lekin o‘z rejasini to‘liq amalga oshirishga ulgurmadi. Biroq, hozirgi ko‘rinishida ham kitob ichki yaxlitlikni tashkil etadi. Choser zamonaviy Angliyaning keng va yorqin tasvirini yaratdi va uni to‘laqonli obrazlar va tasvirlar galereyasida taqdim etdi.4 “The Canterbury Tales”da keltirilgan hikoyalarning bari turlicha janr va turlicha mavzularda yaratilgan jumladan, g‘urur, o‘lim, muhabbat, oila kabi mavzular ana shular jumlasidandir. O‘rta asrlardagi ingliz tili hozirgi zamon Ingliz tilidan farq qilgani uchun ham, asar tilini tushunish murakkab jarayondir. Asarda Kenterberiyaga diniy 1 https://en.wikipedia.org/wiki/Geoffrey_Chaucer 2 Ford B. The Age of Chaucer. vol I – England: Penguin books Ltd., 1954. – P. 23. 3 Ruud J. Encyclopedia of Medieval Literature. – New York: Infobase, 2006. – P. 107. 4 Avezova A.M. Jefri Choser ijodini o‘rganish//Scientific Progress. Issue. 4, 2022.– B. 909-914 majburiyatlarini o‘tashga ketayotgan 30 ta qahramon bo‘lib, har bir ertak (hikoya) mana shu qahramonlarning biri tomonidan hikoya qilib beriladi.5 Asar boshida Choser har bir asar qahramonining ibodat safariga ham borish, ham qaytishida – hammasi bo‘lib ikkitadan hikoya aytishini maqsad qilgan bo‘lsa-da, asarda atigi 24 hikoya mavjud. Bu esa Choser asarni tugata olmagan deyishimizga asos bo‘la oladigan dalildir. Ammo Choserning ijodi birgina bu asar bilan cheklanmaydi. “The legend of good women” – (Yaxshi ayollar afsonasi), “The Parlament of Foules” – (Qushlar parlamenti), “The book of the Duchesse” – (Gersoglik kitobi) asarlari ham Choserga tegishlidir. Ba’zi adabiy tanqidchilaring fikriga ko‘ra Choserning “The Canterbury Tales” (Kenterberi hikoyalari) asari hayot bu insoniyatning Alloh huzuriga, osmon ziyoratgohiga qiladigan safaridir.6 Asardagi Parson – ruhoniy obrazi ham Kenterberiga bo‘ladigan ziyoratini bu hayotdagi ramziy bir ziyorat sifatida bog‘lash yoki talqin qilish mumkin. Bu esa ilohiy muhabbatga itoat etgan holda amalga oshiriladigan ziyorat yoki safar deb talqin qilishimiz mumkin.7

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, J.Choserning “The Canterbury tales” (Kenterberi hikoyalari) asari XIV asrda yaratilgan bo‘lsa-da, ingliz adabiyotining gultoji, muallifning esa shoh asari bo‘lib qolmoqda. Asardagi qahramonlar tilidan hikoya qilingan voqealar esa kitobxonni oqillikka, mulohazakorlikka va ezgulikka chorlabgina qolmay, asarda qo‘llanilgan iambik pentametr asar voqealarini kitobxon ko‘z oldida jonlantiradi va asarning qiymatini yanada oshiradi. “The Canterbury tales” nafaqat ingliz nazmi ixlosmandlarini, balki butun dunyo she’riyat muxlislari hamda nafaqat jahon adabiyotshunoslari, balki tilshunos-lingvistlari tomonidan ham uzoq o‘rganiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Addonizio K., Laux D. The poet’s companion. – W. W. Norton & Company

LTD, 1997

2. Avezova A.M. Jefri Choser ijodini o‘rganish//Scientific Progress. Issue. 4,

3. BowdenM. A Reader’s Guide to Geoffrey Chaucer. – London: Thames and Hudson, 1967

4. Ford B. The Age of Chaucer. vol I – England: Penguin books Ltd., 1954

5. Lall R. Chaucer: The prologue to the Canterbury Tales. – New Delhi: Rama Brothers Ltd., 2010

6. Ruud J. Encyclopedia of Medieval Literature. – New York: Infobase, 2006

7. https://en.wikipedia.org/wiki/Geoffrey_Chaucer

8. https://www.worldhistory.org/Canterbury_Tales/ 5 https://www.worldhistory.org/Canterbury_Tales/ 6 BowdenM. A Reader’s Guide to Geoffrey Chaucer. – London: Thames and Hudson, 1967.– P. 76. 7 Lall R. Chaucer: The prologue to the Canterbury Tales. – New Delhi: Rama Brothers Ltd., 2010. – P. 77

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.