ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

JINOYAT HUQUQIDA JAZONI OGʻIRLASHTIRUVCHI HOLATLARNI QOʻLLASH MASALALARI

초록

Mazkur maqolada jazo va javobgarlik tushunchasi, jazoni ogʻirlashtirish, ogʻirlashtiruvchi holatlarning ahamiyati, qoʻllanilishi asoslari va shartlari, bu boradagi qonunchilikdagi muammo va kamchiliklarga toʻxtalib oʻtadi. Shuningdek, koʻplab xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganib, ular asosida taklif va tavsiyalarni bayon qiladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

HOLATLARNI QOʻLLASH MASALALARI

14-son Jazoni ijro etish koloniyasi

Tezkor-qidiruv boʻlimi tezkor vakili leytenant

Yusupov Shohzodbek Shonazar oʻgʻli

Annotatsiya: Mazkur maqolada jazo va javobgarlik tushunchasi, jazoni ogʻirlashtirish, ogʻirlashtiruvchi holatlarning ahamiyati, qoʻllanilishi asoslari va shartlari, bu boradagi qonunchilikdagi muammo va kamchiliklarga toʻxtalib oʻtadi. Shuningdek, koʻplab xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganib, ular asosida taklif va tavsiyalarni bayon qiladi.

Kalit soʻzlar: jazo, javobgarlik, jazoni ogʻirlashtirish, sudlanganlik, sudlanganlik.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyat qonunining qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik prinsiplari mustahkamlab qoʻyildi. Malumki, qonunchilikda jazoni ogʻirlashtirish yoki yengillashtirishga oid moddalar bor. Lekin, ular tergovchi yoki sudyaning ixtiyoriga yani inson omiliga toʻliq bogʻliq boʻlib qolmasligi kerak. Aks holda, biz uchun muqaddas boʻlgan adolat mezoni buziladi...". Albatta, bu turgan gapki, jinoyat uchun jazo tayinlash inson omiliga bogʻliq boʻlmasligi lozim hamda, prezidentimizning nutqidan xulosa qilsak, odillik mezoni ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan uzviy qogʻliq degan oʻrinli fikr keladi. Yana shuni ta'kidlab oʻtish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3723-sonli qarorining jinoyat qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyaning 3-bandi 2-kichik bandida:

"Jinoiy jazolarning sanksiyalarini jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri bilan qat'iy muvofiqlashtirish, jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qoʻllashni ta'minlash". Bundan koʻrinib turibdiki, mazkur bandni hayotga tadbiq etish uchun, yani jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish, shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyat uchun jazo tayinlashda odillik va insonparvarlik prinsiplarini amalda qoʻllanilishini taminlash, jinoyat uchun jazolarni individuallashtirish, jinoyat uchun javobgarlik muqarrar ekanligini jamiyatdagi shaxslar ongiga singdirish lozim. Bularni amalga oshirilishida bevosida jazoni ogʻirlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarning oʻrni judayam muhim hisoblanadi. Sud-tergov organlari jazo tayinlashda jazoni yengillashtiruvchi hamda ogʻirlashtiruvchi holatlarni amalda qoʻllash yuzasidan yetarli koʻnikmaga ega boʻlmasligi, jinoyat uchun tayinlanadigan jazolarning adolatsizligiga, fuqarolarda davlatga nisbatan ishonchzislik hissi uygʻonishiga olib keladi. Shularni inobatga olgan holda sud jazoni ogʻirlashtiruvchi hamda yengillashtiruvchi holatlarni jinoyatni obyektiv jihatdan baholab hukm chiqarishi shart. Ularni amalga oshirish ma'lum darajada, jumladan hukm chiqarish vaqtida qonunda nazarda tutilgan yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni e'tiborga olib jazo tayinlanishida oʻz ifodasini topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasida belgilangan holatlarni tadqiq qilishning muhimligi ana shularda va uning mohiyati va mazmunini, bu normalarni tadbiq etish muammolari, jazoni individuallashtirishning nazariy jihatlarini ochib berishda ifodalanadi. Ushbu muammo jinoyat huquqi kursi va jinoyat huquqi umumiy qismi boʻyicha darsliklarning mualliflari, Jinoyat kodeksiga sharhlarning mualliflari tomonidan ham ishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan jazoni individuallashtirishda muhim ahamiyatga ega boʻladigan ogʻirlashtiruvchi holatlar haqida yangicha fikrlash, uning nazariy qoidalarini yangicha talqin qilish, ularning mazmunini ochib berish, amalda qoʻllanish masalalarini ishlab, bu boradagi qonunlarni rivojlantirish masalalarini ishlab chiqish zarurati vujudga kelganligini e'tiborga olinishi kerak.

Jazoni tayinlashda ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga olish yuqorida ta kidlab oʻtganimizdek, jazolarni individuallashtirishga imkon beradi va shu bilan adolatli jazo tayinlashni taminlaydi. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar ikki jihat bilan bogʻliq: qilmishning ijtimoiy xavfi va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfi. Ular yani ogʻirlashtiruvchi holatlar ushbu xavfning bir qismini ochib beradi va shuning uc hun ham ijtimoiy xavfli qilmish uchun jazo tayinlashda jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega.

Dunyoning turli mamlakatlarining jinoyat qonunchiligida ogʻirlashtiruvchi holatlar mustaqil roʻyxat sifatida jinoyat kodeksining umumiy qoidalarida yoki modda dispozitsiyasining tarkibiy qismi sifatida nazarda tutilishi mumkin.

Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar tushunchasi yuridik adabiyotlarda yetarlicha tahlil qilingan boʻlib bu boʻyicha turli olimlarning fikrlari turlicha. Masalan: yuridik fanlar doktori professor Z.S. Zaripovning fikricha:

Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar-jinoyat tarkibi belgilariga kirmaydigan, jinoyatning obyektiv va subyektiv holatlarini tavsiflaydigan hamda sanksiya doirasida ogʻirroq jazo tayinlashda inobatga oladigan holatlardir.

Jazo tayinlashda sud jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning jinoyat sodir etish vaqtidagi xulqinigina emas, balki, jinoyat sodir etishdan oldingi va jinoyat sodir etganidan keyingi xulqini ham hisobga oladi.

Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda sud modda sanksiyasida nazarda tutilgan jazoning ogʻirrogʻini qoʻllaydi. Lekin, jazo tayinlash vaqtida aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiya doirasidan chetga chiqishi mumkin emas. Jazoni oʻgirlashtiruvchi holatlar OʻzR JKning 56- moddasida berilgan boʻlib, ular quyidagilardir:

a) homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan;

b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;

v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;

g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;

d) oʻta shafqatsizlik bilan;

e) koʻpchilik uchun xavfli boʻlgan usulda;

j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsdan foydalangan holda;

z) jinoyat natijasida ogʻir oqibatlarning kelib chiqqanligi; i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;

k) gʻarazli yoki boshqacha past niyatlarda;

l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;

m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;

n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;

o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta'sir qiluvchi boshqa moddalar ta'siri ostida jinoyat sodir etish. [5]

Yuqorida berilgan jazoni oʻgirlashtiruvchi holatlarning roʻyxati qafiy boʻlib boshqa holatlarni ogʻirlashtiruvchi holat deb topish mumkin emas. Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida"gi 1-son qarorining 8-bandida ham takidlab oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasining 2-qismidan kelib chiqib ogʻirlashtiruvchi holatlarning oʻziga xos xususiyatlarini koʻrib chiqishimiz mumkin.

Har bir davlat jinoyat qonunchiligida jazoni ogʻirlashtiruvchi hamda yengillashtiruvchi holatlar boʻlishi tabiiy hol albatta. Bu borada dunyo hamjamiyatida har tomonlama yetakchi boʻlgan hamda inson huquqlarini yuqori oʻrinlarga qoʻyadigan davlatlarning tajribasini oʻrganish maqsadga muvofiq boʻladi. Chunki, agar ana shu davlatlar tajribasi bizga maqul kelsa, qonunchilikni takomillashtirish jarayonida bularni inobatga olishimiz mumkin boʻladi.

Yana shunisi diqqatga sazovorki, ushbu moddaning "e" hamda "e" bandlariga koʻra

e) siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovat yoki adovat yoki har qanday ijtimoiy guruhga qarshi nafrat yoki adovat asosida jinoyat sodir etish;

e.1) boshqalarning qonuniy harakatlari uchun qasos olish maqsadida, shuningdek boshqa jinoyatni yashirish yoki uning sodir boʻlishiga koʻmaklashish maqsadida jinoyat sodir etish [10] holatlari ham jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar roʻyxatiga kiritilgan. Undagi boshqa jinoyatni yashirish maqsadida jinoyat sodir etish holati.

Bizda faqat ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirganlik uchungina nazarda tutilgan. Bizga malumki, shaxs oʻz jinoyatini yashirish uchun faqat qasddan odam oʻldirmaydi, u boshqa jinoyatlarni sodir qilishi mumkin. Lekin bizning qonunchilikda, bunga nisbatan boshqa jinoyat sodir etilganda ogʻirlashtiruvchi holat b elgilanmagan. Shuni inobatga olgan holda ogʻirlashtiruvchi holatlar roʻyxatini ushbu band bilan toʻldirishni taklif etamiz.

Shvetsariya Jinoyat kodeksiga nazar soladigan boʻlsak, ushbu kodeksda jazoni yengillashtiruvchi holatlar maxsus bir moddaga jamlangan ( 64-moddasi) lekin jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar uchun maxsus norma yoʻq, jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar haqida faqat bir joyda gap boradi. Yani, noqoquniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish jinoyatida agar shaxs jabrlanuvchini ozod qilish uchun toʻlov talab qilsa, jabrlanuvchiga shafqatsiz munosabatda boʻlsa, qamoq muddati oʻn kundan ortiq davom etsa yoki jabrlanuvchining sogʻligʻiga jiddiy zarar etkazilgan boʻlsa (184- moddasi) ogʻirlashtiruvchi holat deb qaraladi.

Norvegiya jinoyat kodeksida jazoni yengillashtiruvchi holatlarning roʻyxati jinoyat kodeksining 56-moddasida berilgan lekin, ogʻilashtiruvchi holatlarning qafiy roʻyxati kodeksda maxsus normada berilmagan, ushbu holatlarni inobatga olish vakolati faqat sudga berilgan hamda Jinoyat kodeksining maxsus qismi moddalarida alohida qilib agar ogʻirlashtiruvchi boʻlsa, qancha jazo tayinlash lozimligi aniq koʻrsatilgan. Misol uchun, Norvegiya jinoyat kodeksining 85-moddasiga koʻra: "Chet davlatlar oʻrtasidagi urush paytida qirolning betarafligi toʻgʻrisidagi buyrugʻini buzgan yoki unga hissa qoʻshgan shaxs jarima yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazolanadi. Ayniqsa ogʻirlashtiruvchi holatlarda 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkin" deyilgan. Yana bir misol, 104amoddasiga binoan: "Xususiy harbiy tashkilotni tuzgan yoki ularda ishtirok etgan, bunday tashkilotga a'zolarni jalb qilgan yoki qoʻllab-quvvatlagan shaxs 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar tashkilot yoki uning a'zolari qurolyarog 'yoki portlovchi moddalar zaxirasiga ega boʻlsa, 18 yoshga toʻlmagan a'zolar, harbiy harakatlar uchun 18 yoshga toʻlmagan shaxslardan foydalansalar yoki boshqa ogʻirlashtiruvchi holatlar mavjud boʻlsa, 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi". Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan boʻlsak, jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar, jinoyat qonunida jazoni individualizatsiya qilishda eng muhim oʻrinni egallaydi. Jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar jazoni individuallashtirishning muhim shartlaridan biri boʻlib, OʻzR JKning 54-moddasida belgilanishicha sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini,qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi», - deyiladi. Ushbu qoidadan koʻrinib turibdiki, ogʻirlashtiruvchi holatlar JK 54-moddasida nazarda tutilgan jazo tayinlashda hisobga olinishi kerak boʻlgan har bir holatda boʻlishi mumkin.

Foydalangan adabiyotlar roʻyxati:

1. 2022-2026-yillarga moʻljallangan "Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi" pdf

2. https://stat.sud.uz/file/2022/17-01/iinoyat-2021-12oy.pdf

3. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharx. [Qayta ishlangan va toʻldirilgan ikkinchi nashr. 2016-yil 1-noyabrgacha boʻlgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan] Umumiy qism / M.Rustamboyev. - Toshkent:"Adolat" 2016.387-bet.

4. Rustambayev M.X. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Jazo haqida ta'limot. Darslik. 2-nashr, toʻldirilgan va qayta ishlangan. - T.: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. 132 bet.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.