ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

JINOYAT UCHUN JAVOBGARLIKKA TORTISHNING KRIMINALISTIK TASNIFI: MILLIY HUQUQIY ASOS VA XALQARO STANDARTLAR

초록

Ushbu mqaolada davlatning majburlov chorasi hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ijtimoiy munosabatlarga putur yetkazmaslik va huquqbuzarlikning oldini olish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada jinoiy javobgarlikning qo‘llanish asoslari, mazmuni, qo‘llash tartibi, javobgarlikka tortiluvchi subyektlar, javobgarlikning faktik va normativ asosi yoritilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

TASNIFI: MILLIY HUQUQIY ASOS VA XALQARO STANDARTLAR

Baxromova Laylo Rayim qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi,

laylorayimovna@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu mqaolada davlatning majburlov chorasi hisoblangan jinoiy javobgarlikka tortishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ijtimoiy munosabatlarga putur yetkazmaslik va huquqbuzarlikning oldini olish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada jinoiy javobgarlikning qo‘llanish asoslari, mazmuni, qo‘llash tartibi, javobgarlikka tortiluvchi subyektlar, javobgarlikning faktik va normativ asosi yoritilgan.

Kalit so‘zlar: jinoiy javobgarlik, javobgarlikning mazmuni, jinoiy javobgarlikning yuridik jihati, jinoiy javobgarlikning faktik asosi, jinoiy javobgarlikning normativ asosi.

CRIMINAL CLASSIFICATION OF CRIMINAL PROSECUTION

NATIONAL LEGAL FRAMEWORK AND INTERNATIONAL STANDARDS

Abstract: In this article, the main goal of criminal prosecution, which is a coercive measure of the state, the issues of preventing social relations and crime prevention are analyzed. Also, the article describes the principles of criminal liability, its content, application procedure, liable subjects, factual and normative basis of liability.

Key words: criminal responsibility, content of responsibility, legal aspect of criminal responsibility, factual basis of criminal responsibility, normative basis of criminal responsibility.

УГОЛОВНАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ УГОЛОВНОГО ПРЕСЛЕДОВАНИЯ

НАЦИОНАЛЬНО-ПРАВОВАЯ ОСНОВА И МЕЖДУНАРОДНЫЕ

СТАНДАРТЫ

Аннотация: В данной статье анализируются основная цель уголовного преследования, которое является принудительной мерой государства, вопросы профилактики общественных отношений и профилактики преступности. Также в статье раскрыты принципы уголовной ответственности, ее содержание, порядок применения, субъекты ответственности, фактическая и нормативная основа ответственности.

Ключевые слова: уголовная ответственность, содержание ответственности, правовая сторона уголовной ответственности, фактическая основа уголовной ответственности, нормативная основа уголовной ответственности.

Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir turi bo‘lib, jinoyat huquqning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, “jinoiy javobgarlik” atamasi yuridik adabiyotlarda turlicha. Asosiy jinoiy javobgarlik, jinoiy javobgarlikka tortish, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish deb talqin qilinadi.

Jinoiy javobgarlik jinoyat huquqi normalari bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga jiddiy zarar yetqazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday ekan, jinoiy javobgarlik o‘z navbatida qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy jabvobgarlik esa jinoyat huquqiy munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatning kelib chiqishi uchun biron-bir yuridik fakt sodir etilishi talab qilinadi va bunday yuridik fakt jinoyatning sodir etilishi hisoblanadi.

Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir ko‘rinishi bo‘lib, u jinoyat qonunida belgilab qo‘yilgan va sud tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan javobgarlikni qo‘llashdan iboratdir. Shunga muvofiq ravishda jinoiy javobgarlik javobgarlikning boshqa turlari (axloqiy, fuqaroviy, ma’muriy va h.k) dan eng avvalo o‘zining mazmuni jihatidan farq qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 16-moddasida jinoiy javobgarlik tushunchasi berilgan:

Jinoiy javobgarlik deganda, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati tushuniladi.

Bundan tashqari jinoyat huquqiga oid darslik va ilmiy adabiyotlarda jinoiy javobgarlik tushunchasiga turlicha ta’rif beriladi. Jinoiy javobgarlik tushunchasi umumiy jihatdan davlat va jinoyat sodir etgan shaxs o‘rtasida kelib chiqadigan jinoiy huquqiy munosabat sifatida tushuniladi. Bunda davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoiy huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash huquqi vujudga keladi. Jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan faqat shu huquqbuzarlik uchun sanksiyada belgilangan jazo chorasini qo‘llash majburiyati vujudga keladi unga nisbatan xuddi shunday ta’sir chorasi qo‘llaniladi. Jinoiy javobgarlik tushunchasini talqin qilishda uchta nazariya ahamiyatlidir:

Birinchi nazariya, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik shaxsiy yoki mulkiy xususiyatdagi ta’sir chorasi ekanligini ifodalaydi.

Ikkinchi nazariya, jinoiy javobgarlik jinoyat qonunchiligida ko‘rsatilgan davlat majburlov chorasi sifatida tushunadi, yani aybdorga nisbatan sudlanganlik oqibatini keltirib chiqaruvchi majburlov chorasi qo‘llaniladi.

Uchinchi nazariya, jinoiy javobgarlik deganda, barcha jinoyat huquqiy munosabatlarni, shuningdek shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlar tushuniladi.

Javobgarlikning amalga oshirishning birinchi shakli javobgarlikning ayblov hukmining chiqarilishi bilan tugallanishida ifodalanadi. Chunonchi, Jinoyat kodeksining 70-moddasiga muvofiq ish sudda ko‘rib chiqulmagunicha vaziyatning o‘zgarishi bois shaxs o‘zining namunali xulq-atvori, mehnatga yoki o‘qishga vijdonan munosabati tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmay qolgan holatlarda ham sud uni jazoni o‘tashdan ozod etishi mumkin.

Jinoiy javobgarlik o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lib boshqadan farq qiladi. Bu choralarni bir-biridan farqlovchi belgilarga:

1. Qo‘llanish asosiga ko‘ra. Jinoiy javobgarlik faqat Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanadi. Moddiy zarani qoplash tarzidagi fuqarolik javobgarligi, nafaqat jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi qilmishlar tufayli moddiy zarar yetkazilganida, balki boshqa huquqbuzarliklar natijasida zarar yetkazilganida ham qo‘llaniladi.

2. Javobgarlikning mazmuniga ko‘ra. Jinoiy javobgarlik davlat majburlov xususiyatiga ega bo‘lib davlat nomidan qo‘llaniladi. Qolgan ta’sir choralari esa bunday xususiyatga ega emas.

3. Jinoiy javobgarlikni qo‘llovchi subyektga ko‘ra. Jinoiy javobgarlik faqat sud tomonidan ayblov xukmi asosida qo‘llaniladi. Boshqa xech qanday mansabdor shaxs bunday ta’sir chorasini qo‘llay olmaydi. Boshqa javobgarlik choralari suddan tashqari vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan qo‘llanilishi mumkin.

4. Qo‘llash tartibiga ko‘ra. Jinoiy javobgarlikka tortishning maxsus tartibi faqat Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan Jinoyat protsessual kodeksi tergov organlari va sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi. Qolgan huquqiy ta’sir choralari esa boshqa huquq normalari bilan tartibga solinadi.

5. Javobgarlikka tortiluvchi subyektlar doirasiga ko‘ra. Jinoiy javobgarlik alohidalik xususiyatiga ega bo‘lib, faqat jinoyat sodir etgan jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqa javobgarlik choralari esa yuridik shaxslarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan, Fuqarolik kodeksida javobgarlikda yuridik shaxslar uchun ham javobgarlik belgilangan.

6. Jinoiy javobgarlikka tortiluvchi subyektlar turli davlatlarda turlicha hisoblanib, quyida xalqaro tajribalar tahlilini keltiramiz:

Amerika Qo'shma Shtatlari: Yosh shtatga qarab farq qiladi, lekin odatda 6 yoshdan 10 yoshgacha. Ba'zi shtatlarda belgilangan minimal yosh yo'q.

Birlashgan Qirollik: Angliya va Uelsda yosh 10 yosh. Shotlandiyada bu 8 yoshda.

Kanada: Yosh viloyat va hududga qarab farq qiladi, odatda 12 yoshdan 13 yoshgacha.

Avstraliya: Yosh shtat va hududga qarab farq qiladi, 10 yoshdan 12 yoshgacha.

Germaniya: Yoshi 14 yoshda. Bu yoshdan past bo'lgan bolalar, agar ular o'z harakatlarining oqibatlarini tushunish qobiliyatiga ega bo'lsa, jinoiy harakatlar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Fransiya: Yoshi 13 yoshda. Bu yoshdan past bo'lgan bolalar doli incapax hisoblanadi, ya'ni ular jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar.

Yaponiya: Yoshi 14 yoshda.

Shvetsiya: Yoshi 15 yoshda.

Braziliya: Yoshi 12 yoshda.

Janubiy Afrika: Yoshi 10 yoshda.

Bu yosh milliy qonunchilik asosida va ba'zan mamlakatning turli mintaqalari yoki shtatlarida farq qilishi mumkin. Ular, shuningdek, bolalarning o'z harakatlarining oqibatlarini tushunish qobiliyatiga oid madaniy va huquqiy normalarni aks ettiradi.

Jinoiy javobgarlikning yuridik jihati, jinoiy javobgarlikning nima uchun, qanday qilmish uchun va u qaysi sharoitlar mavjud bo‘lganida vujudga kelishini belgilaydi. Jinoyat kodeksining 16-moddasida belgilanishicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish asos bo‘ladi.

Bu norma jinoiy javobgarlikning faktik va yuridik asosini belgilaydi.

Jinoiy javobgarikning faktik asosi shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishdir. Qilmishning jinoyat deb tan olinishi uchun unda qonunda ko‘zda tutilgan barcha belgilari mavjud bo‘lishi kerak.

Jinoiy javobgarlikning normativ asosi Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibidir. Faktik va normativ asoslar jinoiy javogarlikning umumiy asosini tashkil qiladi. Sodir etilgan qilmish bilan qonunda ko‘rsatilgan belgilar o‘rtasida to‘la muvofiqlik mavjud bo‘lsa, qilmishga baho berish davlatning vakolatli idoralariga aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “Yuridik adabiyotlar pulish”, 2023–27-modda

2. Jinoyat Protsessual Kodeksi. T.: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2023– 17, 235-moddalar.

3. PF-5268-sonli “Sud tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”. 30.11.2017

4. Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi rasmiy veb-sayti. 12.04.2021

5. I.B. Ismailov. Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati. T.: TDYI-2012-30-38, 59-60.

6. Dilfuza Nabiyevna Nosirova (2023). Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish. Scientific progress, 4 (2), 141-144.

7. Uktambay o‘g‘li E. J. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik //tadqiqotlar.

Uz. – 2024. – Т. 38. – №. 4. – С. 71-73.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.