ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

JISMONIY TARBIYADA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI

초록

Maqolada jismoniy tarbiya va sport darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning axamiyati, dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, jismoniy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish bo‘yicha ayrim tavsiyalar berilgan muxokama qilingan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

YO’NALISHLARI

Qurbanov Omirbek Arazmuratovich

1-son kasb-xunar maktabi direktori

Annotatsiya: Maqolada jismoniy tarbiya va sport darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning axamiyati, dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, jismoniy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish bo‘yicha ayrim tavsiyalar berilgan muxokama qilingan.

Kalit so‘zlar: sport, pedagogik texnologiyalar, uslublar, mezonlar, amaliy darslar

Abstract: The article discusses the importance of the use of modern pedagogical technologies in physical education and sports lessons, some recommendations on the formation of worldview and thinking, the formation of physical, spiritual and moral qualities.

Keywords: sports, pedagogical technologies, methods, criteria, practical lessons

Аннотация: В статье обсуждается важность использования современных педагогических технологий на занятиях по физическому воспитанию и спорту, даны рекомендации по формированию мировоззрения и мышления, формированию физических, духовных и нравственных качеств.

Ключевые слова: спорт, педагогические технологии, методы, критерии, практические занятия.

KIRISH

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, jismoniy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni xar tomonlama komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.

O‘qituvchilar o‘qitish uslublarini mujassamlashtirgan holda, mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorlanishi, turli o‘quv qurollaridan samarali foydalanishi hamda o‘quv rejasi va dasturlarini metodologiyasini ochib berishi lozim.

Biroq, shuni unutmaslik lozimki, o‘qitish va o‘rgatish jarayonlarini boshqarish, mavjud o‘quv vositalaridan samarali foydalanish va o‘quv mashg‘ulotarida o‘quvchilarga imkon qadar manfaatli bo‘lishini ta’minlash va shu kabi boshqa ko‘pgina vazifalar o‘qituvchining zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Fanlarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;o‘qituvchi o‘qitish va o‘rgatish, shuningdek, mavjud imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun o‘qituvchi o‘qitish jarayoni hamda o‘qitiladigan fanlarning ilmiy va texnik jihatlarini to‘liq bilishi lozim. Bundan maqsad shuki, o‘qitish uslubi shunday yo‘lga qo‘yilsinki, bunda o‘quvchilar o‘qitilayotgan fanni to‘liq o‘zlashtira olishsin.

Adabiyotlar tahlili

Shu o‘rinda ayrim darsliklarga ham e’tiborni qaratar ekanmiz jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan metodlar xususidagi ma’lumotlarga duch kelamiz. Xususan, R.S.Salomov, A.K.Sharipovlarning “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati1” hamda S.R.Salomovning “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”darsliklarida metodlardan namunalar keltiriladi. Masalan, dasrlikda ko‘rgazmalilik metodi haqida to‘xtalar ekan, metod haqida quyidagi ma’lumotlar beriladi. Unda ta’kidlanishicha, bu metod jismoniy tarbiyada keng qo‘llanilar ekan. Ya’ni hamma sezgi organlariga ta’sir etib, bor narsalar bilan aloqa o‘rnatiladi. Bunda ko‘rish, harakat va boshqa sezgilardan foydalaniladi. Keng ma’nodagi ko‘rgazmalikni amalga oshirishda mashqlarning xarakteristikasi, bajarish sharoitlariga asoslangan metodlar majmuasidan foydalanib bu metodlar quyidagi guruhchalarga bo‘linadi. Ular bavosita namoyish qilishni o‘qituvchi tomonidan yoki bir o‘quvchi yordamida metodik ko‘rsatishidan iborat. 1 jismoniy-tarbiya-darslarida-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanishning-ahamiyati-va-samaradorligi.pdf

O‘qitish usullarining o‘quvchilar talabiga mos kelishini aniqlashda o‘qituvchi o‘z dasturining quyidagi oltita asosiy tarkibiy qismini hisobga olishi zarur:

1. Rejalashtirish

2. Imkoniyat va sharoitlar

3. Uslublar

4. Faoliyatlar

5. Teskari aloqa

6. Nazorat

O‘qitish uslubini aniqlash yo‘llaridan biri bu yuqorida keltirilgan oltita omilning har biriga tegishli bo‘lgan savollar ro‘yxatini tuzishdir. Ta’kidlash joizki, har bir tarkibiy qism talablarining to‘liq bajarilishini ta’minlash hamda unga amal qilish tanlangan o‘qitish uslubining samaradorligini oshiradi.

O‘qitish uslubi quyidagilarni o‘z ichiga oladi, ya’ni:

– malakalar va ko‘zlangan asosiy maqsadlar tahlili;

– guruh tarkibi;

– zarur bo‘lgan malakalar;

– o‘rganilishi lozim bo‘lgan fanlar;

– o‘rganishga ruhlantiruvchi omillar;

– o‘rganish turlari va imkoniyatlari;

– o‘quv materiali va uning zamonga mosligi;

– muammolarni aniqlash va echimlarni topishda tajribalarni umumlashtirish zarurati; – o‘quv materialini taqdim etish usullariga bo‘lgan ehtiyoj;

O‘qish uchun quyidagi sharoitlar mavjud bo‘lishi zarur:

O‘qituvchi quyidagi o‘qitish uslublaridan xabardor bo‘lishi kerak:

– ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib, o‘qitish;

– maxsus kompyuter dasturlari yordamida o‘qitish;

– ma’ruza qilib, o‘qitish;

– namoyish qilish va tajriba o‘tkazish;

– loyiha asosida ishlash;

– algoritm va turli tahlil uslublaridan foydalanish;

– holatni o‘rganish;

– rol o‘ynash, muhokama qilish va rag‘batlantirish mashg‘ulotlari;

– kompyuter yordamida o‘qitish.

O‘qitishning quyidagi qaysi bir uslubini qo‘llash orqali eng yaxshi natijaga erishish mumkin?

– ma’ruza;

o‘quv xonalari

audio-video materiallari

mavzuga oid topshiriq va

vazifalarturli model va jihozlar

o‘quv qurollari;

– mustaqil ish o‘tkazish;

– tinglovchilar talabiga asoslangan o‘qitish;

– yakka tartibda o‘qitish;

– mehnat tajribasini orttirish imkoniyatini yaratish.

– o‘qituvchining faqat bilimlarni tarqatuvchi bo‘lib qolmay, balki bu bilimlarni tinglovchi o‘zlashtira oladigan qilib etkazib beruvchi bo‘la olishi;

– baholash tizimini tashkil etish;

– o‘qituvchilar bilan tinglovchilar orasidagi teskari aloqani tez o‘rnatish.

Yuqorida aniqlangan mezonlar asosida mos keladigan o‘qitish va o‘rgatish dasturini ishlab chiqish uchun o‘qituvchi quyidagilarga qodir bo‘lishi lozim:

– haqiqatda mavjud o‘rgatish malakalariga ega bo‘lish;

– o‘quvchilarning bilim darajasini baholash uchun o‘rnatilgan me’yorlarni aniqlash mezonini tushuntirib berish;

– o‘quvchilarga o‘qitish uslublarining mosligini aniqlash.

Jismoniy tarbiya va sport darslarida o‘qitish uslublarini mujassamlashtirgan holda, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirish metodi va vositalari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha pedagoglar singari jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ham darslarni zamonaviy pedagogik talablar asosida tashkil etish, darsga innovatsion yondashuvni, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishni dars davomida shakllantirish kabi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida, bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Interaktiv (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, “interakt” “inter”-bu, o‘zaro, “akt”- bu ―harakat qilmoq - ma’nosini anglatadi. Umumlashtirganda esa -interaktiv (interfaol) – o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. noananaviy hamda interfaol dars orasidagi farqlar

1.O‘quv rejadagi mavzularni o‘qitishda, qaysi mavzular bo‘yicha inter faol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.

2.Interfaol mashg‘ulotning samarali bo‘lishi uchun o‘quvchilar yangi mashg‘ulotdan oldin, uning mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur.

3. Interfaol mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg‘ulotga nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur. Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchilarning muayyan shartsharoitlari darajasini bilsagina, ularning bilish va o‘rganish faolligini oshirishga erisha oladi. Buning uchun o‘quvchilarning interfaol o‘quv mashg‘ulotga tayyorlash, o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirib olishlari, xamda o‘quv mashg‘ulotiga tayyorlanib kelishlari, dars jarayonida o‘qilgan yoki tinglangan matn yuzasidan muhokamalar o‘tkaza bilishlari, ijodiy, amaliy xarakterdagi topshiriqlarni osonlikcha bajarishlari zarur.

Ta’lim jarayoni faqat o‘qituvchi tomonidan boshqariladigan jarayon emas, u o‘quvchilar faoliyati bilan ham chambarchas bog‘langan. O‘quvchining o‘z-o‘zini boshqarishi natijasida o‘quv jarayoni faollashadi. Jismoniy tarbiya va sport darslarida o‘quvchining o‘z xatti-harakatini o‘zi nazorat qilishi, yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘zi aniqlashi va bartaraf etishi, mustaqil holda xulosalar chiqarishi, reproduktiv, qisman izlanuvchanlik va ijodiy topshiriqlarni bajarishda ishtirok etishi, o‘quvchi faolligini oshiradi va uni amalga tadbiq etilishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Jismoniy tarbiya va sportning nazariy, amaliy darslarida, interfaol metodlardan foydalanishning afzalligi:

1.O‘quvchilarni mavzularni chuqur o‘zlashtirilishi;

2.O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni nazorat qilishning qulayligi

3.O‘quvchilarni qisqa vaqt ichida ko‘proq malumot olishi

4. O‘quvchilarni ko‘nikma va malakalarini maksimal rivojlanishi

Xulosa

Dunyoda davlatlarini ezgu g‘oyasi do‘stlik, salomatlik, xalollik, mehr-oqibatlik shartlari bilan birlashtirgan sport faqatgina fan emas jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining hayotiy zarurati. Bir mamlakatni dunyoga tanitishda eng ilg‘or usul ham sportdir. Bugun shu maydonda, xalqaro, jahon, Osiyo sport musobaqalarida yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarayotgan o‘g‘il-qizlarimizning yutuqlari zamirida albatta, mohir pedagoglarning ham o‘z xissasi bor. Buni e’tirof etib, yanada ko‘proq imkoniyatlar eshigini ochib, eng qimmatli sovrinlar bilan taqdirlayotgan davlatimiz rahbarining ham biz sport ustalaridan umidi katta. Shunday ekan sohada yangidan yangi metodlarni joriy qilib, jahongashta chempionlar safini kengaytirsak ulkan vazifalarni amalga oshirishda katta imkoniyatlarni yarata olamiz.

Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o‘quvchilarning muloqot olib borish bo‘yicha ko‘nikma va malakalari rivojlanadi, o‘quvchilar orasida emotsional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqlarining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Piraxunova F.N., Nazirov A.X. O‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari. Uslubiy qo‘llanma. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2018, 3-48 bet.

2. O‘zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. “O‘zbekiston”, Toshkent, 2017 yil.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 oktyabrdagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi materiallaridan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi, 2022-yil 12-fevral

5. Salomov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. T.:

«ITAPRESS», 2022. 269 bet.

6. Salomov RS., Sharipov A.K. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik. T.: «ITA-PRESS», 2021.182 bet. 7. Goncharova O.V. “Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish” o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2021y.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.