ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

KALLA SUYAGINING YOSHGA NISBATAN SHAKLLANIB BORISHI VA RIVOJLANISHINING BUGUNGI KUNDAGI DOLZARBLIGI.

초록

Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining kalla suyaklari bo`limi haqida yozar ekan, uning tuzilishini aniq tasvirlab, ularning shakli va vazifalarini keng yoritib bergan. Kalla suyaklarini yuz va miya qismlariga ajratib o`rganish hozirgi o`quv dasturlarida ham shu shaklda saqlanib qolgan. Kalla suyaklarining yuz qismi suyaklari tuzilishini aniq ko`rsatib, ularning shakli va vazifalari keng yoritilgan. Burun suyaklarini alohida ekanligini ta’kidlagan (A.Vezaliy esa burun suyagi yuqori jag` bilan bir va u 6 ta suyakdan iborat deb hisoblagan). Kalla suyaklari haqida Abu Ali ibn Sino yozgan jumlalarni o`qiganda beixtiyor bu narsalar hozirgi tibbiyot oliygohlarida talabalar o`qiyotgan kitoblarga mos kelishini ko`rib odam hayratlanadi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RIVOJLANISHINING BUGUNGI KUNDAGI DOLZARBLIGI.

Choriyeva Zulfiya Yusupovna

choriyevaz69@gmail.com

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Anatomiya va klinik anatomiya

kafedrasi katta o'qituvchisi

Alimova Feruza Shokirovna

feruzaalimova038@gmail.com

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi

Jumayeva Karomat Rustam qizi

jumayevakaromat80@gmail.com

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi

Uralova Marjona Muzaffar qizi

marjonauralova1212@gmail.com

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi

Ahmedova Saltanatxon Bahromjon qizi

doctormobile551@gmail.com

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi

Annotatsiya: Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining kalla suyaklari bo`limi haqida yozar ekan, uning tuzilishini aniq tasvirlab, ularning shakli va vazifalarini keng yoritib bergan. Kalla suyaklarini yuz va miya qismlariga ajratib o`rganish hozirgi o`quv dasturlarida ham shu shaklda saqlanib qolgan. Kalla suyaklarining yuz qismi suyaklari tuzilishini aniq ko`rsatib, ularning shakli va vazifalari keng yoritilgan. Burun suyaklarini alohida ekanligini ta’kidlagan (A.Vezaliy esa burun suyagi yuqori jag` bilan bir va u 6 ta suyakdan iborat deb hisoblagan). Kalla suyaklari haqida Abu Ali ibn Sino yozgan jumlalarni o`qiganda beixtiyor bu narsalar hozirgi tibbiyot oliygohlarida talabalar o`qiyotgan kitoblarga mos kelishini ko`rib odam hayratlanadi.

Kalit so’zlar: Kalla suyagi,yuqorigi va pastki jag’, Yoshga qarab o’zgarishi,

Asosiy qism: Kalla suyagi, bosh skeleti (lotincha: cranium) — umurtqali hayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan kism — liqildoklar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun kalla suyagining miya qismi (kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga choʻzilgan boʻlib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Kalla suyagi miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi — burun boʻshligʻi, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan.

Quyi jag`ga kelsak, uning suyaklarining surati, foydalari ma’lum. U iyak ostida harakatsiz bo`g`in orqali qo`shiladigan ikki suyakdan iborat. Ikkovining boshqa ikki uchida egilgan balandlik (o`siq) bor. U balandlik chakka suyagidan chiqib, o`shayerda tamom bo`luvchi (o`sha balandlikka) moslangan o`siq bilan qo`shiladi. Pastki jag` suyaklari o`z tutashgan joylarida boylam bilan birikkandirlar.

Kalla suyaklarining miya qismi suyaklari shakli hamda vazifalari Ibn Sino tomonidan juda tushunarli va sodda qilib yozilgan. Ponasimon suyak tuzilishini aniq tasvirlab, u kallaning asosini tashkil etishini o`sha vaqtlarda yozib qoldirgan. Tepa suyagi miyaga og`ir bo`lmasligi uchun eng yengil deb hisoblagan. Ming yil avvalgi Abu Ali ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon adabiyotlaridagi kalla suyaklari tuzilishi va ularning tasnifiga to`liq mos keladi. “Lomsimon» (til osti) suyakning anatomik ta’rifi juda sodda va tushunarli qilib berilgan. Peshona suyagi tuzilishi haqida yozar ekan, bu suyakning tuzilishi, kalla qutisining oldingi devorini hosil qilishi va anatomik tuzilishi sodda hamda aniq berilgan.

G’alvirsimon suyakning topografiyasi Ibn Sino tomonidan juda aniq ko`rsatilgan. Chakka suyagining anatomik tuzilishi ham aniq berilib, undagi bigizsimon o`simta va tosh qismlari ahamiyati keng yoritilgan. Bu suyakning ichida eshitish a’zosining boshlang`ich qismi joylashuvi aniq va tushunarli qilib yoritilgan.

Bolalarda paydo bo‘layotgan kasalliklar ota-onalarni beshikdan foydalanish masalasida ikkilantirib qo‘yyapti. Antropologlar beshik bosh suyagi deformatsiyasiga sabab bo‘lishini ma’lum qilgan bo‘lsa, shifokorlar bolani beshikka belash bo‘yicha turli fikrlarni bildirgan.

Bola beshikda bir yo‘nalishda uxlashi jihatidan olib qaralsa, beshik boshning orqa suyagi shakliga ta’sir qilishi ehtimoldan yiroq emas. Bu borada aniq bir tadqiqot o‘tkazilmagani uchun ham beshikning inson antropologiyasiga ta’siri haqida hukm usulida biror gap aytishdan yiroqmiz. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu mavzuda ayrim tarixchi antropologlarning kuzatuvlari bor.

Masalan, Samariddin Mustafoqulov qazilma sifatidagi bosh chanoqlarini o‘rganish asosida beshik VI–VII asrlarda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashagan xalqlar antropologiyasiga ta’sir qilgan, degan fikrda.

«O‘sha davrdan ikki daryo oralig‘idagi pasttekisliklarda yashagan xalqlarda, aniqrog‘i, o‘zbek va tojiklarda bosh ensa qismining yassilanishi, ilmiy tildagi broxokranlashuv boshlanadi. Boshqacha aytganda, beshik boshning deformatsiyalanishiga sabab bo‘lgan», –degan olim.

Mustafoqulovning fikrini Samarqand arxeologiya instituti antropologi Niyoz Rashidov ham qo‘llab-quvvatlab, beshikning aynan bosh suyagi deformatsiyaga uchrashi jarayonini tushuntirishga harakat qildi.

Unga ko‘ra, beshikka belanganda bosh suyagi deformatsiyaga uchraydi. Biroq bu aqliy faoliyat yoki boshqa bir jismoniy faoliyatiga ta’sir qiladi degani emas.«Bosh suyagining yassilanishi beshik ko‘p qo‘llangan Markaziy Osiyo davlatlarida uchragan. Beshikka tinimsiz belash natijasida suyak shakli o‘zgargan.

Lekin buning orqasidan evolyutsion jarayon bo‘lmaydi. Deformatsiya bir necha turga ajraladi. O‘zbekistonda uchraydigani bosh orqa chakka deformatsiyasi hisoblanadi. Agar beshikka belanmasa, boshning o‘sha joyi deformatsiya bo‘lmaydi. Buni inson evolyutsiyasiga ta’sir qilgan deyolmaymiz»

Yangi tugʻilgan bola kallasining miya qismi yuz qismiga nisbatan kattaroq boʻladi; suyaklanish bevosita parda davridan boshlanadi, natijada chaqaloqlarda suyaklar oraligʻida parda bilan qoplangan qismlar — liqildoqlar uchraydi. Kalla suyagi bola tugʻilishi vaqtida garmonga oʻxshab yigʻilib, tugʻilishni osonlashtiradi. Liqildoklar 2—3 oydan bir yoshgacha suyaklanib boʻladi, suyaklanish kechikkanda bolalarga baliq moyi berib turish, koʻproq ochiq havoda olib yurish lozim. Kalla suyagi haddan tashqari katta (makrotsefaliya) yoki juda kichik (mikrotsefaliya), shakli har xil (choʻzinchoq, yumaloq va h.k.) boʻlib, hajmlarning turlicha boʻlishi odamning aklidrokiga hech qanday taʼsir etmasligi ilmiy jihatdan isbotlangan

Xulosa: Beshikdan o‘zbek millati asrlar davomida foydalanib kelgan. Undan foydalanish bahsli masalaga aylanishi bolalarda uchraydigan turli kasalliklar bilan bog‘liq. Umuman, beshikning butunlay zararli yoki butunlay foydali ekani hali isbotlanmagan. Bunday deyish uchun avvalo ma’lum tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak. Pediatr va boshqa shifokorlar ham o‘z tajribasidan kelib chiqib tavsiyalarini bildirishadi. Tanlov esa ota-onaning o‘zida qoladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Калла суяги - Бу нима? - Онлайн Тиббий Энциклопедия MedLife.Uz

2. Abu Ali ibn Sino kalla suyaklari haqida batafsil ma'lumotlar. (abiturtest.uz)

3. Ibn sino tib qonunlari kitobi 1-jild

4. Axmedov. Anatomiya osteologiya 1-jild

5. Bahodirov anatomiya 1- jild

6. KALLA SUYAGINING TARAQQIYOTI HAQIDA BATAFSIL

MA'LUMOT. (abiturtest.uz)

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.