Mazkur maqolada kambag’allikni qisqartirishda qishloq turizmidan foydalanish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Qishloq turizmining mahalliy aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va hududiy iqtisodiy faollikni oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, qishloq hududlarining tabiiy, madaniy va etnografik salohiyatidan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va turmush darajasini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida qishloq turizmi kambag’allikni kamaytirish, mahalliy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror hududiy rivojlanishni ta’minlashning muhim vositalaridan biri ekanligi asoslanadi.
This article scientifically analyzes the possibilities of using rural tourism in poverty reduction. The role of rural tourism in ensuring employment of the local population, developing family entrepreneurship, expanding the service sector and increasing regional economic activity is highlighted. It also shows the possibilities of increasing incomes of the population, creating new jobs and improving living standards through the effective use of the natural, cultural and ethnographic potential of rural areas. The research results show that rural tourism is one of the important tools for reducing poverty, rational use of local resources and ensuring sustainable regional development.