ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Koʻmakchilarning tarixiy va zamonaviy koʻrinishlari

초록

Ushbu maqolada yordamchi so‘zlar guruhiga kiruvchi ko‘makchilarning kelib chiqishi va qaysi turkumlar bilan bog'liqligi kengroq yoritilgan. Bunda nazariy bilim berish, bilim , ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va izohli metod turlaridan foydalanildi. Maqola natijasida ko‘makchilar haqida nazariy ma‘lumotlar bayon etilib, avvalgi ko'nikmalar takrorlandi. Ko‘makchilarning boshqa so‘z turkumlaridan ko‘makchiga aylanish jarayoni, etimologiyasidagi muammoli jarayonlar va boshqa yordamchi so‘zlar(bog'lovchi va yuklama)dan farqli jihatlariga izoh berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Koʻmakchilarning tarixiy va zamonaviy koʻrinishlari

Ximmatova O‘g‘iloy Ne‘mat qizi.

Termiz davlat Pedagogika instituti

Boshlang'ich ta'lim fakulteti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi

22-08-guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Muminova Umida Qarshiyevna

Annotatsiya. Ushbu maqolada yordamchi so‘zlar guruhiga kiruvchi ko‘makchilarning kelib chiqishi va qaysi turkumlar bilan bog'liqligi kengroq yoritilgan. Bunda nazariy bilim berish, bilim , ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va izohli metod turlaridan foydalanildi. Maqola natijasida ko‘makchilar haqida nazariy ma‘lumotlar bayon etilib, avvalgi ko'nikmalar takrorlandi. Ko‘makchilarning boshqa so‘z turkumlaridan ko‘makchiga aylanish jarayoni, etimologiyasidagi muammoli jarayonlar va boshqa yordamchi so‘zlar(bog'lovchi va yuklama)dan farqli jihatlariga izoh berilgan.

Kalit so‘zlar. Ko‘makchilarning guruhlarga bo'linishi, sof va vazifadosh ko‘makchilar, gapda ifodalanishi, ko‘makchilar yordamida so‘z ma‘nolarining ko‘chishi, ko‘makchilarda urg'u.

Hozirgi kunda barcha sohalarda boʻlgani kabi tilshunoslik yoʻnalishlarida yangi maʼlumotlar yuzaga kelmoqda. Xususan, oʻzbek tilida ham vaqt oʻtishi bilan yangi tushunchalar, atama va birliklar aniqlanmoqda. Bu kabi yangiliklarni yordamchi soʻz turkumi misolida ham koʻrishimiz mumkin.

Ma'lumki, o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlar guruhiga bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama kiradi. Ularning har biri o‘ziga xos xarakterga va tuzilishga ega. Ko‘makchilar ular orasida eng ko‘p tasnif qilinuvchi yordamchi so‘z hisoblanadi. Chunki ko‘makchilar boshqa yordamchi so‘zlar-bog‘lovchi ,yukalamalardan farqli ravishda mustaqil ma‘nosini qisman bo‘lsa-da yo'qotmagan so‘zlardir. Shuningdek, koʻmakchilar soʻzning sintaktik xususiyatini belgilab, gap boʻlagi sifatida shakllanishini taʼminlaydi. Ma‘lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, o‘zbek tilidagi ko‘makchilarga birinchi bo‘lib mukammal ta‘rifni professor A.N.Kononov bergan:

"Ko‘makchilar shunday bir gruppa so‘zlariki,ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo‘nalish, o'xshatish kabi munosabatning yaratilishida xizmat qiladi."¹

Ko‘makchilar ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin keladigan so‘zlar bo‘lib, boshqa so‘z turkumlaridan ko‘makchiga aylangan so‘zlardir. Ularning ba'zilari mustaqil ma‘nosini qisman,ba'zilari esa butkul yo‘qotgan. Mustaqil ma‘nosini qisman yo‘qotgan so‘zlar ko‘makchilar gapning ma‘lum o‘rinlarida mustaqil so‘z bo‘lib keloladi. Shu xususiyatiga, ya‘ni mustaqil ma‘nosini yo‘qotishyo‘qotmasligiga ko‘ra ko‘makchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganamiz:

1. Sof ko‘makchilar

2. Vazifadosh ko‘makchilar

Sof ko‘makchilar mustaqil ma‘nosini tamoman yo‘qotib ,faqatgina ko‘makchi bo‘lib keladigan so‘zlardir. Sh. Abdurahmonov ko‘makchilarga quyidagicha ta‘rif beradi:

“Ko‘makchilar obyektning obyektga, yoki obyektning predikatga bo‘lgan turli grammatik munosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zdir.”²

Ko‘makchilarga bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig‘ ko‘makchilarini misol qilib keltirish mumkin. Sof ko‘makchilar urg'u olmaydi.

Vazifadosh ko‘makchilar ba‘zan mustaqil, ba‘zan yordamchi so‘z vazifasida keladigan, mustaqil so‘z vazifasida kelganda atash ma‘nosiga ega bo‘ladigan so‘zlardir. Sodda qilib aytganda, ular yordamchi va mustaqil so‘zlar oralig'ida turadi.

Vazifadosh ko‘makchilar ham o‘z o‘rnida quyidagi turlarga bo'linadi :

1.Ot so‘z turkumidan o‘tgan ko‘makchilar: tomon, bo'ylab, tashqari, chamasi, holda, yo‘sinda

2.Sifat so‘z turkumidan o‘tgan ko‘makchilar : sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir,muvofiq, o‘zga, boshqa

3.Fe‘l so‘z turkumidan o‘tgan ko‘makchilar: qarab,qaraganda,tortib, degan, deydigan, osha, bo'ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qaramasdan, qarata.

4. Ravish so‘z turkumidan o‘tgan ko‘makchilar: avval, so‘ng ,keyin ,burun, ilgari, beri, buyon, asosan, binoan.

Bundan ko'rinadiki, vazifadosh ko‘makchilar kezi kelganda ot,sifat, fe‘l, ravish vazifasida ham keloladi. Solishtiring:

Suhbat kechagi masala ustida borardi. (ustida-ko‘makchi)

Qoziq ustida qor turmas. (ustida-hol)

Ko‘makchilar o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zga qo‘shilib, bitta gap bo'lagini hosil qiladi va bitta so'roqqa javob bo‘ladi. Shuningdek, ko‘p hollarda kelishik qo‘shimchalari bilan almashadi. Masalan:

Senga oldim - Sen uchun oldim.

Qalamda yozdi - Qalam bilan yozdi.

Mashinada bordik - Mashina orqali bordik.

A.N.Kononov ta‘biri bilan aytganda, ko‘makchilar ko‘p hollarda kelishikning dubleti sanaladi.

Ko‘makchilarning o‘zi ham gapdan tashqarida ma’lum ma’nolarni ifodalaydi. Chunonchi, sari, tomon -yo‘nalish ma‘nosini, kabi, singari, yanglig‘ -o‘xsharish ma‘nosini, qadar- chegara,uchun- atalganlik ma‘nolarni ifodalaydi. Nutqimizda keng tarqalgan bilan ko‘makchisi bog‘lovchilik tabiatiga ham ega. U teng bog‘lovchi bo‘lib kelganda so‘zlar o‘rtasida kelib, so‘z qo‘shilmasini, ko‘makchi bo‘lib kelganda esa tobe munosabatni ifodalab, so‘z birikmasini hosil qiladi.

Olma bilan anor (bog‘lovchi)

Ukam bilan bordik (ko‘makchi)

Ammo, bilan yordamchisi bog‘lovchi yoki ko‘makchilik nuqtayi nazaridan olimlarimiz orasida ko‘plab tortishuvlarga sabab bo’lgan.

"...va, bilan, hamda , shuningdek yordamchilari hozirgi o‘zbek adabiy tilida teng bog‘lovchilarning biriktiruv bog‘lovchilari guruhiga kiradi", degan fikr ham ilgari surilgan. Shunga qaramay, ushbu birlik yordamchi so‘zdan biri ikkinchisining o‘rnida qo'llanishi nuqtayi nazaridan ko‘makchi-bog‘lovchi atamani ostida ham o'rganilmoqda.

Bilan yordamchisining etimologiyasi haqida professor A.N.Kononov, V.V.Radlov, J.Duni kabi bir qator olimlar mulohaza yuritgan va turkiyshunoslar fikrini inobatga olib, birlan so‘zidan kelib chiqqani haqida aytishgan.

Bundan ma‘lum bo‘ladiki, bilanning tarixiy shakli birlan; qadarniki dovur; kabi, singari, ko‘makchilariki esa yanglig‘ kabi ko'rinishlarda bo‘lgan. Koʻmakchilar haqidagi maʼlumotlar koʻlami faqat shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Ularning tarixiy va zamonaviy koʻrinishlarini taqqoslaydigan boʻlsak, ular oʻrtasida yana koʻpgina tafovutlar mavjud. Lisoniy atamalar etimologiyasida hali aniqlanmagan xususiyatlar ham talaygina.

Bu esa tilshunos olimlarimizning kelgusida yangi tadqiqotlar ustida ishlashini taqazo etadi.

Xulosa qilib aytganda, nafaqat yordamchi so‘zlar orasida , balki o‘zbek tilining boshqa birliklari tasniflanishida ham bir-biriga zid ma‘lumotlar, turlicha qoidalar uchrab turadi. Afsuski, tildagi bunday noaniqliklar, ko‘pxilliklar tilni chuqurroq tasniflashga , o'rganishga xalaqit beradi. Tildagi bu kabi muammolarni yechishda esa o‘zbek tili leksikasiga, lug'at boyligiga oid bo‘lgan har bir mulohaza ahamiyatga sazovordir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o'zbek adabiy tili.

O'quv qo'llanma. Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Darslik.Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.

3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o'zbek adabiy tili.

4. Gulnoza Ochildieva, & Muminova Umida Karshievna. (2023). METHODS

AND MEANS OF FORMING A POSITIVE ATTITUDE OF STUDENTS TO THE

ENVIRONMENT IN THE EXTRACURRICULAR PROCESS. European Scholar

Journal,4(3),106-108.Retriev from https://scholarzest. com/index. php/esj/article/view/3302

5. Hasanova Gulbahor Davlatmamatovna, & Muminova Umida Karshievna.

(2023). STUDYING THE SOCIAL, EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL

SIGNIFICANCE OF SCIENTIFIC AND POPULAR ARTICLES IN PRIMARY

SCHOOL TEXTBOOKS. Open Access Repository, 4(03), 46–52.

6. 2023-03-13 Issue Vol. 1 No. 2 (2023): “TRENDS OF MODERN SCIENCE

AND PRACTICE”

7. Linguistic Views Of Mahmud Kashgari

Umida Muminova Qarshiyevna Qarshiyevna@gmail.co (Primary Contact)

Termiz State Pedagogical Institute, Theory of Primary Education, teacher of the department

8. Qarshiyevna, M. U. (2023). Lexical-Grammatical Characteristics of the Noun in Ancient Turkish Language. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(1), 389-394.

9. Muminova, U. (2023). “MAHBUB UL-QULUB” ASARIDAGI MA’NO

KENGAYISHIGA UCHRAGAN SO‘ZLAR XUSUSIDA. Interpretation and researches, 2(1).

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.