NING O'ZARO FARQALNISHI. EZGULIK KONSEPTI.
BibiMuxlisa G‘ulomova
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va
tarjimashunoslik fakulteti 303-guruh talabasi
ANNOTATSIYA
“Konsept” termini XX asrning 90-yillaridan boshlab qo‘llanilib keladi. Ushbu tushuncha hali hamon bitta umumiy izoh bilan talqin qilinmagan. Uning ustida tadqiqotlar olb borgan tilshunoslardan biri S.A.Askoldov konseptga “bir tur yoki boshqa turdagi tushunchalar haqida fikrlash jarayonini o‘zida aks ettiradigan birlik” deb izoh beradi.
Key words: konsept, tushuncha, falsafa, ideologiya, folklor, milliy an’ana;
N.D.Aryutunova esa “Konsept falsafadagi amaliy tushuncha bo‘lib, milliy an’ana, hayotiy tajriba, din, ideologiya, folklor, san’at obrazlari kabi ko‘plab omillar va fikrlash jarayoni o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. U – inson va dunyo o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatadigan madaniy qatlamni o‘zida namoyon qiladi” – deya yozadi.
D.S.Lihacheva o‘zining «Концептосфера русского языка» ilmiy ishida konseptni “so‘zning lug‘at ma’nosi bilan insonning o‘z milliy qarashlari bilan to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘ladigan fikrlash jarayonining mahsuli”. – deb ta’riflaydi
Turli tilshunoslarning ilmiy ishlarini solishtirish natijasida ko‘plab xususiy xulosalar qabul qilindi. Konsept tushunchasining tilshunoslikda qabul qilinganligi madaniyat, ong, tafakkur va til birligining asosiy o‘ziga xosliklarini aniqlashda, lingvistikaning kulturologiya, falsafa va kognitologiya aspektlari uchun yangi bosqich bo‘lib xizmat qildi.
Lingvistik adabiyotlarda “konsept” tushunchasiga turlicha yondashuvlar mavjud. Shu sababli ham bu termin haqida juda ko‘p izohlar mavjud, turli yondashuvlar natijasida esa konseptning tasniflari ham turlicha aniqlanadi. Konsept o‘z strukturasiga ega. Oddiy muayyan fikr, butun konseptual struktura, abstraktlikning bosqichlarini tashkil qilgan tushuncha ham konsept funksiyasini bajarishi mumkin. O‘z mazmuni va abstraktlik darajasiga ko‘ra A.P.Babushkin konseptni quyidagi turlarga tasniflab chiqqan:
1) konkret obraz;
2) sxema;
З) tushuncha;
4) prototip;
5) freym;
6) senariy(skript)
7) geshtalt.
Konkret obraz – bu tasavvur yoki tafakkurdagi konkret predmet yoki voqelikning aks etishi. Abstraktlik darajasi yuqoriroq bo‘lgan konsept turi tasavvur (fikrlar kartinkasi) – turli predmet yoki voqeliklarning umumlashtirilgan obrazlari. Tasavvur konseptning ko‘proq tashqi belgilariga asosan aks ettirgan turi hisoblanadi.
Sxema – umumlashgan makon-grafik obrazlari haqidagi tasavvurlar («daryo» ko‘k lentaga qiyoslanadi). Tushuncha – predmetning umumiy yoki konkret belgilari, obyektiv, mantiqiy xarakteristikalarini o‘zida aks ettiradi. Tushuncha tasavvur yoki sxema asosida ikkinchi darajali begilardan bosqichli abstraktlashtirish natijasida yuzaga keladi.
Prototip – muayyan kategoriyali tipik predmet yoki voqelik haqida boshlang‘ich tasavvurni yuzaga keltiruvchi birlikdir. Misol uchun ideal uy bekasi haqida tasavvur, avtomobil haqidagi tasavvur. Mazkur konseptlar kishiga olamdagi obyekt va voqeliklarni kategoriyalarga ajratishga yordam beradigan birlik sifatida xizmat qiladi.
Freym – xotiradagi assotsiatsiyalar. Konsept-freymni “kadr” tushunchasi bilan solishtirish ham mumkin, chunki bu konsept turi muayyan konseptning ramkasiga tipik tarzda nima kirsa, shu belgilarni o‘zi chiga oladi. Freymlar sxemasidan tashqari voqealar sxemasi degan tushuncha ham mavjud.
Ssenariy – faktor freymidan vaqt o‘lchami orqali farq qiladi. Ssenariy o‘zida voqealarning syujetli rivojlanishi haqidagi bilimlarni jamlaydi. Bu esa kishiga kundalik hayotiy hodisalarga diqqat qaratishga imkon beradi: misol uchun “uchrashuv” konsepti borasida, sevishganlar uchrashuvining restoranda sham yorug‘idagi kechki ovqat, romantik musiqa bilan, biznes uchrashuvni ofis stoli atrofida hamkorlar bilan qahva yoki mineral suv bilan assotsatsiyalashgan tasavvurda reprezentatsiyasi bu voqealar sxemasi, ya’ni ssenariy deb yuritiladi.
Geshtalt – his-tuyg‘u yoki ratsional komponentlarni o‘zida jamlab konseptual struktura yoki butun bir obrazni aks ettirishi, situatsiyaning butun holda qabul qilinishi, abstraktlikning eng yuqori darajasi bilan bog‘liq birlikdir. Geshtalt anglash va tushunish jarayonining boshlang‘ich bosqichidir, biron predmet, voqelik haqidagi qismlarga bo‘linmagan bir butun tasavvurlar to‘plami. Insonda konseptning har bir obyekti va komponenti haqida yetarlicha bilim mavjud bo‘lganida geshtalt shu bilimlar ichida eng yuqori pog‘onadagi birlik bo‘lib turadi.
Geshtalt konsept turlarini bir birlikka jamlovchi konseptual sistema, konsept esa shu sistema ichiga kirgan qolgan termin sifatida qo‘llaniladi. Konsept o‘zining aniq strukturasiga ega. Tadqiqotchilar strukturaning murakkabligi, konseptning ko‘p qatlamli ekanligiga diqqat qilib, ular umuman olib qaraganda, ongli konstruktni tashkil qilishini aniqlashdi. Struktura konsept haqidagi ma’lumotni qayta shakllantirishga imkon beradi. Strukturasiga ko‘ra konseptlar ham turlicha bo‘lganidek, ularning aniq klassifikatsiyasini ishlab chiqish tilshunoslar uchun haligacha yechim talab qiladigan muammoligicha qolmoqda.
Klassifikatsiyani strukturaga ahamiyat berib tuzish g‘oyasini I.A.Sternin taklif qilgan. U uch turdagi konseptlarni ajratib ko‘rsatgan. Bir bosqichli – faqat bazali qatlamni o‘z ichiga oladi. Ko‘p bosqichli – turli bosqichli bir necha kognitiv qatlamlarni o‘z ichiga oladi. Segmentli – bazali qatlamdan iborat bo‘lib, abstraktlik darajasiga ko‘ra bir xil hajmli segmentlardan tarkib topgan bo‘ladi. O’zbek tilshunos olimlaridan A.E.Mamatovning ta’kidlashicha, “Olam manzarasining ko‘p variantligi kishining ijtimoiy tajribasiga bog’liq, boshqacha qilib aytganda, kuzatuvchi qarab turgan his qilish (tushunish, anglash,idrok etish) dunyosi qancha bo’lsa, shunchs olam manzarasi mavjuddir.
Lisoniy shaxsning dunyoni verbal obyektivlashtirish orqasida nima yotganini chuqurroq anglashi uchun shubhasiz his-tuyg‘u obrazlarining dunyosini tadqiq qilish lozim bo‘ladi. U konseptning “obrazli”, metaforik komponentini tashkil etadi. Buning uchun biz maqolamizda XVI-XX asrlar ingliz va o‘zbek mualliflarining poetik matnlari, mashhur mutafakkirlarning hikmatli so‘zlari (aforizmlar), shuningdek, kombinator lug‘atlaridan foydalanildi.
Shunday qilib, “EZGULIK” o‘zining metaforik ifodalanishida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini aniqlashga harakat qilamiz, ezgulik abstrakt tushunchasi hissiyotli dunyo predmetlariga qiyos qilinadi. Eng avvalo, ta’kidlash kerakki, bu konsept ko‘p hollarda o‘zbek matnida, ingliz tilida ham bunday munosabatlar subyekti orqali taqdim etiladi, metaforistik ko‘chirish nisbatan past chastotali bo‘ladi. Aniqrog‘i, ko‘pchilik shunday hollarda aynan “ezgulik” / “goodness” leksemasi yangi konseptlarga erishishga yordam beradigan universal tushunchalar sifatida qo‘llanadi.
Lekin tadqiqot materiallarining nisbiy “tanqisligi” sharoitida ham ishonch bilan aytish mumkinki, buyum konnotatsiyasi – material predmetlar yoki ushbu otlarning leksik mutanosibligidan kelib chiqadigan mavhum otlar obrazlari ham ingliz va o‘zbek tillarida ba’zi farqlarga ega bo‘ladi.
“Ezgulik” konseptining obrazli komponetlari tahlili bir qancha parametrlarda amalga oshiriladi:
Chunonchi, qiyoslanayotgan tillar metaforizatsiyasi konkret usullarining o‘ziga xos universallik, (ularning chastotaliligi, obraz turi leksemaning to‘g‘ri ma’nosi bo‘yicha, uni yordamchi subyekt ifoda etadi, unga do‘stlik tenglashtiriladi) o‘xshashlikni aniqlash belgisi hamda ushbu obraz atalish darajasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ezgulik o‘zbek lisoniy tafakkuri sohibi uchun muqaddas unsur sifatida tasavvur qilinadi. Unga sodiqlik, samimiylik kabi munosabatlarida bo’lishi mumkin. Masalan, Hajr iztiroblari – tanholik, sog‘inch qiynoqlarini kechi-rayotgan oshiq ko‘zlariga yorug‘ va keng dunyo tor zimistonga aylanganda yaqin do‘stlar, munislar uni yolg‘izlatib qo‘ymaydilar, samimiy mehribonliklar ko‘rsatib, ko‘nglini olishga intiladilar, Sadoqatli do‘stga hech vaqt ortiqcha xizmat qilib yurish zarur emas. Bir hakimdan so‘radilar: “Qanday safar uzoq safar?” javob berdi: “Sadoqatli do‘stni qidirish safari”; Qidirgan narsani topish mumkindir, biroq sodiq do‘stni topmoq muammo .
Ma’lumki, o‘zbek matnlarida ezgulik do‘stlikning oliy xususiyati deb ifodalanadi. Bu muqaddas xususiyatga ega bo‘lgan do‘stni barcha halqlar hamisha eslaydilar, uni hurmat qiladilar, uning sharafiga va xotirasiga bag‘ishlab yaxshi amallar qiladilar / do smth for friendships sake. Ingliz poetik kontekstida bunday misollar ham kuzatiladi, lug‘atda uchraydigan so‘z birikmalari “holly / sacred friendship”, “to swear eternal friendship”kabilar ham ungamisolbo‘ladi.
U yoki bu holatda ham ezgulik shunday qadriyatki, uni asraydilar / value, uni saqlaydilar, avaylaydilar qadrlaydilar, yo‘qotishdan qo‘rqadilar / value, cherish, afraid to lose it, agar yo‘qotsalar, achchiq qayg‘uradilar va ko‘pincha boshqalarni ayblaydilar. Bu qimmatbaho unsurni hamma joydan izlaydilar / look for, seek agar uni senga taklif etsalar / offer, exland, buni bemalol topsa bo‘ladi / find – topmoq, gain – olmoq. Ba’zan do‘stlikka kurashib erishadilar / win. Har qanday qimmatbaho narsada bo‘lgani kabi do‘stlikning ham baxti bor, lekin uni amalda aniqlab bo‘lmaydi: “U do‘st o‘zining sadoqatliligi bilan bahosini oshirdi, / Butun dunyo oldida uning qadr-qiymatini rad etmaslik uchun” to set a valuation on friendship. Oldindan aytish mumkinki ezgulik qimmatbaho tuyg‘u, haqiqiy, chin / true, lekin u qalbaki / false ham bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, har ikkala holatda ham subyekt qandaydir qimmatbaho hisoblanadi. Ingliz lisoniy tafakkuri uchun esa uning kelib chiqishini ta’kidlab o‘tish xarakterlidir. U vaqt o‘tishi bilan yaqqolroq bo‘ladi: to make / form / knit / cement / strike up / cultivate friendship kabilar .
Xullas, abstraksiyaning oliy darajadagi universal lingvomental tuzilma hisoblangan “ezgulik” konsepti o‘z yadroviy tuzilmasida o‘zbek va ingliz tili adabiy matnlarida qisman o‘xshash, asosan antropomorf, chizmalarga ega bo‘ladi. Lekin, ularda periferiya farqlarning ham borligi seziladi. Bu farqlar u yoki bu belgining boryo‘qligiga, ularning sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga taalluqlidir. Asosiy farq qiluvchi semantik belgi – muqaddaslikdir, bu narsa o‘zbek tafakkurida kuchlidir
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatda konsept tushunchasi konsept-tushunchasi 2. Kognitiv tilshunoslikda “tushuncha” va “konsept”, ularni tahlil qilish usullari – journal.fledu.uz tahlil-qilish-usullari/ 3. Zamonaviy tilshunoslikda konsept tushunchasi –
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.