--⊱⊱ 245 ⊰⊰--
RIVOJIDAGI O‘RNI
Urinova Dilbar Abdusamad qizi
MTTDMQTMO instituti
mustaqil tadqiqotchisi
Urinova Dilbar Abdusamad qizi
Annotatsiya: Maqolada konfliktlarni keltirib chiqaruvchi hodisalar, sabablar va ularning oqibatlari tahlil qilindi. Bugun 21-asr insoniyat oldiga, siyosiy tuzilmalar oldiga, siyosiy va ijtimoiy guruhlar oldiga mavjud dunyoviy va diniy tartiblarga rioya qilib yashash kabi talablarni qo‘ymoqda. Biz aynan maqolani yozish jarayonida ushbu muammolarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni yechimini yechishga doir ilmiy-nazariy fikr-mulohazalarni hamda taklif va tavsiyalarni bayon qilishga harakat qildik.
Tayanch iboralar: Yangi O‘zbekiston, siyosat, korrupsiya, konflikt, ijtimoiy ziddiyat, ochiq jamiyat, yopiq jamiyat, globallashuv, elita, tizim, jamiyat.
Аннотatsiя: В статье с социально-политической точки зрения проанализированы события, вызывающие социальный конфликт, причины и их последствия. Сегодня XXI век предъявляет требования к человечеству, политическим структурам, политическим и социальным группам, например, жить в соответствии с существующими светскими и религиозными порядками. В процессе написания статьи мы тщательно изучили эти проблемы и постарались представить научно-теоретические мнения, а также предложения и рекомендatsiи по решению существующих проблем.
Ключевые слова: Новый Узбекистан, политика, коррупция, конфликт, социальный конфликт, открытое общество, закрытое общество, глобализatsiя, элита, система, общество.
Annotation: The article analyzes the events causing social conflict, its causes and their consequences from a socio-political point of view. Today, the 21st century places demands on humanity, political structures, political and social groups, for example, to live in accordance with existing secular and religious orders. In the process of writing the article, we carefully studied these problems and tried to present scientific and theoretical opinions, as well as proposals and recommendations for solving existing problems.
Key words: New Uzbekistan, politics, corruption, conflict, social conflict, open society, closed society, globalization, elite, system, society.
Insoniyat yaralibdiki, u hayotidagi turli-tuman ziddiyatlar qurshovida yashab, kurashib keladi. Ziddiyatlarning mavjudligi bir tomondan insoniyatni kurashga, o‘zining, jamiyatning hayotini, davlat faoliyatini yaxshilashga undasa, ikkinchi tomonidan turli xil destruktiv, vayronakor kuchlarning faollashuviga ham olib keladi. Tomonlar bir birlarining tushunmasligi, biror bir murosaga kelmasligi mazkur kuchlarni harakatga keltiradi. Ho‘sh, ziddiyat nima? Nega u insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega? Ommaviy axborot vositalari ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladimi?
Ziddiyat – bu murakkab, ko‘p qirrali va darajali ijtimoiy-ruhiy holatdir. Ziddiyat tushunchasi avvalo qadriyatlar hamda ma’lum bir maqom, hokimiyat, zahiralar uchun kurash, raqiblar tomonidan bir biriga moddiy va ma’naviy zarar yetkazish, raqibni yo‘q qilish tushiniladi. Ziddiyatlarda u yoki bu mavzular, qiziqish va manfaatlar orqali birlashgan individlar, ijtimoiy guruhlar, milliy-etnik
--⊱⊱ 246 ⊰⊰-- jamoalar, davlatlar, bir guruh mamlakatlar qatnashadilar. Shuningdek, shaxsning ichki ziddiyatlarini
Ziddiyatlar turli sabablarga ko‘ra yuzaga chiqadi: ma’naviy, moddiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy kelishmovchiliklar va boshqalar. Ziddiyatni chuqurroq tushinish uchun albatta uning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoq lozim. Masalan, ikki er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlarni oladigan bo‘lsak, avvalo ularning oilaviy hayotda turli ma’naviy va moddiy zahiraga ega bo‘lgan oilalarda tarbiyalanganliklari, bir-birini hurmat qilmasligi, tushunmasligi, er xotinni, xotin erni qo‘llabquvvatlamasligi, oiladagi iqtisodiy yetishmovchilik va hokazolarni sabab qilib olish mumkin. Ishxonada rahbar va xodim o‘rtasidagi ziddiyatlar aksariyat holatlarda rahbarning boshqaruv ilmiga to‘liq ega emasligi, sohani bilmasligi, qo‘l ostidagi xodimlar bilan kelisha olmasligi, ularni tushunmasligi yoki o‘z gapini o‘tkaza olmasligi va hokazolarni olish mumkin. Har qanday ziddiyat asosida biror tomon ma’lum bir maqsadga erishish yo‘lidagi harakati yotadi. Demak, ziddiyat -bu ma’lum manfaat va maqsadlarga erishish yo‘lidagi o‘zaro muloqotning o‘ziga xos sifatidir. Har qanday ziddiyat insonlar va individning ruhiy holatidagi qarama-qarshiliklar hosilasidir. Borliqdagi har bir predmet va hodisa u yoki bu ko‘rinishdagi qarama – qarshiliklarga ega. Qarama – qarshi xossa va xislatlarning o‘zaro istisno etishlari asosida ziddiyat vujudga keladi. Ziddiyat esa albatta boshqa holatga, bosqichga, sifatga o‘tish zaruriyatini tug‘diradi. Ziddiyatning belgilari qanday namoyon bo‘ladi? Bu ziddiyat qatnashchilari tomonidan qabul qilingan holatning mavjud bo‘lishi, ziddiyat ob’ektining bahsliligi, qatnashchilarning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun ziddiyatga kirishishga tayyorliklari bilan belgilanadi. Uzoq yillar davomida tashkiliy ziddiyatlarga salbiy holat sifatida qarab, ziddiyatlarsiz tashkilot, ziddiyatsiz jamoa tashkil etishga harakat qilib kelindi. Ammo bugunga kelib hayot har qanday ko‘rinishda ziddiyatsiz bo‘lmasligi isbotlandi. Guruh, jamoa, davlatni samarali boshqarish ziddiyatlarni mavjudligida namoyon bo‘lib, u kamchiliklarni yuzaga olib chiqishda qo‘l keladi. Bunday holatda ziddiyat konstruktiv, yaratuvchanlik xarakterga ega bo‘ladi va to‘g‘ri qaror qabul qilishga omil bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bunda ziddiyatli holat tomonlari, ya’ni opponentlar o‘z fikrlariga ega bo‘lgan holda axloqiy me’yorlardan chetga chiqmagan holda bir qarorga kelishi lozim. Disfunksional (vayronakor) ziddiyatlar shaxsiy qoniqishning pasayishi, guruhdagi hamkorlikning yo‘qolishiga olib keladi. Ziddiyatning bunday turi bir tomon faqatgina o‘z fikrini ma’qullashi, murosa qilishga va kelishishga xohishining yo‘qligidan, ikkinchi tomonni haqoratlash, uning fikrini inobatga olmaslik, o‘z ustunligini ko‘rsatishga intilishdan kelib chiqadi.
Ziddiyatning ob’ekti bo‘lib manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladigan qadriyat xizmat qiladi. Uning ob’ekti bo‘lsagina ziddiyat yuzaga keladi. Bunday ob’ektlar haqiqiy, potensial, yolg‘on va hayoliy ham bo‘lishi mumkin.
Ziddiyatning predmeti bo‘lib o‘zaro aloqaga kirgan tomonlarning raqobat orqali hal qilmoqchi bo‘lgan qarama-qarshiliklari xizmat qiladi.
Ziddiyatlarning ijobiy va salbiy ko‘rinishlarini shaxs, jamoa va davlatning faoliyatiga ta’sirini quyidagi jadvallarda ko‘rish mumkin.
Ziddiyatlar tasniflari: 1) shaxsning ichki qarama-qarshilikari va kurashi; 2) shaxslararo; 3) shaxs va guruh o‘rtasidagi; 4) guruhlararo; 5) davlatlararo (yoki davlat koalitsiyalari o‘rtasidagi) ziddiyatlarga bo‘lish mumkin.
--⊱⊱ 247 ⊰⊰--
Shaxsdagi ichki qarama-qarshilik uning asabiylashishi, o‘z hayotiy faoliyatidan qoniqmasligi bir qarorga kela olmasligidan natijasida paydo bo‘ladi. Masalan, Zigmund Freydning psixoanaliz nazariyasiga ko‘ra, ichki ziddiyat “Men” va “O‘ziga yuqori baho berish” dan kelib chiqadi. Mazkur ziddiyatlar ruhiy asosga ega bo‘lib, manfaatlar, qadriyatlar, shaxsning o‘ziga past yoki juda yuqori baho berishidan kelib chiqadi. Ular konstruktiv va destruktiv xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ruhiy va jismoniy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, oliy o‘quv yurtining talabasi o‘zidagi mavjud bilimga ko‘ra, allaqachon yetuk mutaxassis sifatida biror bir tashkilot yoki korxonada ishlashi, yoxud doktoranturada o‘qishi lozimligini his qiladi. Ammo hali oliy o‘quv yurtini bitirmaganligi va qo‘lida diplomi bo‘lmaganligi sababli u ich-ichidan siqiladi, talaba bo‘lib o‘zining darajasiga teng keladigan yaxshiroq ish izlashga intiladi. Yoki inson o‘zi yashayotgan jamiyat rivojidan qoniqmaydi. Boshqa, rivojlangan davlatga ko‘chib ketgisi keladi, ammo uning moddiy ahvoli bunga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada unda yuzaga keladigan ichki ziddiyat, uni turli yo‘llarga boshlaydi (yaxshi ish topishga intilish, o‘z ustida ishlash, yaqinlari bilan pul ustida janjallashish, qarz olish va hokazo)
Shaxslararo ziddiyat. Bu ikkita shaxs o‘rtasidagi ziddiyat bo‘lib, hayotda turli sabablarga ko‘ra tez-tez uchrab turadi. Bunga misol qilib, yigitlar o‘rtasida bir qizning muhabbati uchun kurash (yoki aksincha), rahbar va xodim o‘rtasidagi kelishmovchilik, qo‘shnilar o‘rtasidagi ziddiyat, jamoat transporti yo‘lovchilari o‘rtasidagi tushunmovchilik va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Bunday ziddiyatlar jamiyatning har bir jabhasida sodir bo‘lishi mumkin: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va boshqalar. Shaxslararo ziddiyatlarda insonlarning shaxsiy sifatlari, ularning aqliy salohiyati, tarbiyaliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ziddiyat – bu murakkab, ko‘p qirrali va darajali ijtimoiy-ruhiy holatdir. Ziddiyat tushunchasi avvalo qadriyatlar hamda ma’lum bir maqom, hokimiyat, zahiralar uchun kurash, raqiblar tomonidan bir biriga moddiy va ma’naviy zarar yetkazish, raqibni yo‘q qilish tushiniladi. Ziddiyatlarda u yoki bu mavzular. Qiziqish va manfaatlar orqali birlashgan individlar, ijtimoiy guruhlar, milliy-etnik jamoalar, davlatlar, bir guruh mamlakatlar qatnashadilar. Shuningdek, shaxsning ichki ziddiyatlarini
Фойдаланилган адабиётлар
1. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323
2. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet
3. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6,
2019. ISSN 2056-5852
4. Valiyeva. F.R., Kurbonov Sh. Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.