XAVFSIZLIK MEZONLARI.
Abdullayeva A.R
Urganch davlat tibbiyot instituti 2-kurs talabasi
Tajibayeva M.R
Urganch davlat tibbiyot instituti Jamoat salomatligi va Umumiy gigiyena
kafedrasi assistenti
Kirish:Zamonaviy jamiyatda tashqi ko‘rinish va estetik go‘zallikka intilish
kuchaymoqda. Ayniqsa, yoshlar va ayollar orasida kosmetik vositalardan
foydalanish keng tarqalgan. Go‘zallik mahsulotlari tashqi ko‘rinishni yaxshilasa-
da, ularning gigiyenik xavfsizligi, tarkibi va to‘g‘ri qo‘llanilishi salomatlik uchun
muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar kosmetik vositalarning noto‘g‘ri yoki
gigiyenik talablarga zid qo‘llanishi teri kasalliklari, allergik reaksiyalar va
gormonal buzilishlarga olib kelishini ko‘rsatmoqda. Ko‘pchilik foydalanuvchilar
mahsulot tarkibi va amal qilish muddatiga e’tibor bermasdan foydalanadi. Shu bois
gigiyena qoidalariga amal qilish, tarkib xavfsizligini nazorat qilish va
foydalanuvchilar xabardorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Tadqiqot maqsadi:Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — kosmetik vositalardan
foydalanishda gigiyenik me’yorlarning ahamiyatini yoritish, salomatlikka xavf
tug‘diruvchi omillarni aniqlash hamda foydalanuvchilar orasida bu boradagi
xabardorlik darajasini baholashdir. Tadqiqotda mahsulotlar tarkibi, mikrobiologik
xavfsizligi, nojo‘ya ta’sirlari va foydalanish odatlari tahlil qilinib, gigiyena va
go‘zallik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurligi asoslab beriladi.
Shuningdek, keng tarqalgan xatolar va ularning oldini olish yo‘llariga ham e’tibor
qaratiladi.
Tadqiqot natijalari:Ilmiy tadqiqotlar kosmetik vositalardan noto‘g‘ri foydalanish va
gigiyena qoidalarining buzilishi teri kasalliklari va uzoq muddatli salbiy oqibatlarga
olib kelishini ko‘rsatmoqda. 2020-yilda PMC platformasida chop etilgan tadqiqotga
ko‘ra, foydalanuvchilarning 50,6% i kamida bir marta teri qizarishi, toshma va
qichishish kabi nojo‘ya ta’sirlarni boshdan kechirgan. 2023-yilda CEGH Online
jurnalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayollarning 33% i kosmetik vositalar
tufayli teri bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan.Kosmetik mahsulotlarning
56,25% ida mikroorganizmlar — Staphylococcus aureus va Candida albicans
aniqlangan, go‘zallik salonlarida esa ifloslanish darajasi yanada yuqori, bakterial
kontaminatsiya 100% ni tashkil qiladi. Ayniqsa, patogen bakteriyalar xavfni
oshiradi.Tarkibdagi formaldehid, paraben, ftalat va triklosan kabi moddalarning
uzoq muddatli salbiy ta’siri, jumladan, saraton, gormonal buzilishlar xavfi ilmiy
asoslangan. Foydalanuvchilarning 60% dan ortig‘i kosmetika tarkibini o‘rganmay,
reklama va tavsiyalarga tayanadi. Ko‘pchilik esa bir martalik vositalardan qayta
foydalanadi, bu esa mikroblar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.Ortiqcha va noto‘g‘ri
foydalanish esa nafaqat teri muammolariga, balki psixologik salbiy holatlarga,
ayniqsa yoshlar orasida o‘zini past baholash va ijtimoiy chekinishga olib kelmoqda.
Xulosa:Tahlillar kosmetik vositalardan gigiyenik talabga rioya qilmaslik teri va tizimli kasalliklar xavfini oshirishini ko‘rsatdi. Foydalanuvchilarning aksariyati tarkib va muddatga e’tibor bermaydi, bu esa sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Formaldegid, triklosan, paraben va ftalatlar kabi moddalarning zararli ta’siri isbotlangan bo‘lib, noto‘g‘ri foydalanish jismoniy va psixo-emotsional muvozanatga putur yetkazadi.Shu bois kosmetik vositalarda gigiyena, tarkib xavfsizligi va sog‘liq-go‘zallik muvozanatini saqlash muhim ahamiyatga ega
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.