ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

LISONIY O‘YINLARNING VAZIFAVIY O‘ZIGA XOSLIGI

초록

Ushbu maqolada lisoniy o‘yinlar kontekstida kalamburning vazifaviy o‘ziga xosligi, lisoniy o‘yinlarning  o‘ziga xos xususiyatlari, tildagi leksik tasniflanishlarning lisoniy o‘yinlarning yuzaga kelishidagi ahamiyati va estetik-yumoristik ta’siri masalalariga e’tibor qaratilgan


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

LISONIY O‘YINLARNING VAZIFAVIY O‘ZIGA XOSLIGI

J.I.Mizrabova BuxDU Phd, dotsenti

mizrabova@inbox.ru

Annotatsiya. Ushbu maqolada lisoniy o‘yinlar kontekstida kalamburning vazifaviy o‘ziga xosligi, lisoniy o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatlari, tildagi leksik tasniflanishlarning lisoniy o‘yinlarning yuzaga kelishidagi ahamiyati va estetikyumoristik ta’siri masalalariga e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: lisoniy o‘yinlar, kalambur, til, yumor, kontekst, voqelik, so‘zning zohiriy tomoni, so‘zning botiniy tomoni.

ХАРАКТЕРИСТИКА ЯЗЫКОВЫХ ИГР

Анотация. В данной статье основное внимание уделяется функциональной специфике каламбуров, особенностям языковых игр, значению лексических классификаций в языке при возникновении языковых игр, а также их эстетическому и юмористическому эффекту.

Ключевыые слова: языковые игры, каламбуры, язык, юмор, контекст, реальность, внешняя сторона слова, внутренняя сторона слова.

CHARACTERISTICS OF LANGUAGE GAMES

Abstract. This article focuses on the functional specificity of puns, the features of language games, the meaning of lexical classifications in language when language games arise, as well as their aesthetic and humorous effect.

Tilshunoslik ilmida “so‘z o‘yini”ni termin sifatida birinchilardan bo‘lib, L.Vitgenshteyn o‘zining “Falsafiy tadqiqotlar” asarida qo‘llagan. Tilshunos olimning fikricha: “Til bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyatni lisoniy o‘yin deb hisoblash joiz1”. 1Витгенштейн Л. Философские исследования // Витгенштейн Л. Философские работы. ЧастьI. -М.: Гиозис, 1994.- С. 75-319.

Vaholanki, huddi quyosh o‘z nurlarida serqirra yoquti bahriyni o‘ynatib porlatganidek inson idroki ham har bir so‘zni har tomonlama yangi mazmunlarida jilovntira olish qobiliyatiga ega. Ma’lumki, lisoniy o‘yinlar komik ta’sirga ega. O‘z navbatida, poetik matnlarda ham lisoniy o‘yinlar tinglovchi yoki kitobxonni kuldirish, ko‘nglini ochish yoki xursand qilish niyatida qo‘llanilishi mumkin. Biroq, konkret bir vaziyatga oid qo‘llaniluvchi lisoniy o‘yinlarning maqsadi - o‘tkir so‘z, kalambur, hazil, latifa va h.k. kabi shakllarda namoyon etiladi. Bunday holatlarda lisoniy o‘yinlar komiklikka erishishdagi faqatgina bir tadbiri-chorasiga aylanib ma’lum bir yumoristik ta’sirga erishmoqlikda esa turli vositalar (parodiya, mubolag‘a, jo‘rttaga qilingan yanglishliklar, masxaramuz taqlid yoki kalaka, chalg‘ituvchi ayqash-uyqash betartibliklar, alohida bir xususiyatlarni bo‘rttirib ko‘rsatish, odatda qovushmaydigan predmet-hodisalar yoki xususiyatlarning to‘qnashuvi) ko‘magiga tayanadi.

Vaholanki, “til qat’iy tartibga solingan tizim bo‘lsa-da - u anchagina o‘ziga xos nozikliklardan iborat: “makammal, nozik ba’zida esa o‘z- o‘zini inkor etuvchi2” hodisadir. Tildagi aynan shunday noziklilar yohud ichki ziddiyatlar, qaramaqarshiliklar va o‘ziga xos istisnolarni fosh etish yoki ko‘rsatib berish esa lisoniy o‘yinlar zimmasiga yuklatilgandir. Chunki, lisoniy o‘yinlar o‘ta murakkab hodisa bo‘lib uning mohiyati esa “tilda mavjud qonun-qoidalardan chekinish yoki tilda belgilangan me’yor-mezonlari chegaralari orasidagi muvozanatni saqlash”dan iborat bo‘lganligi bilan bir qatorda “…tildagi bu kabi og‘ishlar o‘ziga xos sistemaga ega bo‘lib, ma’lum bir qonun-qoidalarga bo‘ysingan holda shartlanadi3”.

Yuqorida zikr etilganidek, lisoniy o‘yinlarning vazifalaridan biri bu - tildagi o‘ziga xos nozikliklarni namoyon etishdan iboratdir. Tildagi bu kabi xosliklarni amalga oshirishda, xususan, folklor yoki kichik adabiy janrlarda (latifa, maqol, aforizm, topishmoq) lisoniy o‘yinlarning o‘rni cheksizdir. Vaholanki, inson voqelikni lisonda aks ettirar ekan unda u til tizimida belgilangan mezonlarga oid ish ko‘rib, til va voqelik o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashga harakat qiladi. Ammo, ba’zida ma’lum bir sabablarga ko‘ra odamlar mavjud voqelikdan chekinib ko‘proq til tomon yon bosadilar. Buning oqibatida esa lisoniy o‘yinlarining mavqei oshirilib so‘zlarni turlicha talqin etishdagi erkinligi kengayib boradi. Masalan, quyida misolimizdagi latifada 2Норман Б.Ю. Игра на гранях языка/ Б.Ю. Норман. – М.: Флинта: Наука, 2006. –С. 344. c. 10. 3Ko‘rsatilganmanba. c. 10. komiklikka erishish maqsadida voqelik va til hodisalarining o‘rtasidagi chalkashligi asosida qurilgan:

1. Бўйи етган қиз дугонасига: - Менга турмушга чиқишни таклиф қилишди. Дугонаси: - Зўр-ку! Кимлар? Қиз: - Ота-онам.

2. - Нимага Хитойда коррупцияга қарши кураш бизникига қараганда яхши натижа бериб келмоқда? - Чунки Хитойда бунинг учун бюджетдан пул эмас ўқ-дори ажратишади.

Ma’lumki, tildagi leksik tasniflanishlarning o‘ziga xosligi ham lisoniy o‘yinlarning yuzaga kelishida xizmat qiladi. Binobarin, ba’zida tilda belgilangan tasniflar va ob’ektiv voqelikdagi sinfiy asoslar o‘rtasida nomutanosibliklar kuzatilishi mumkin. Har birimizning idrokimizda ba’zi predmetlar ma’lum bir guruhlarga uyushgan holda talqin etilishi tabiiy. Masalan, agarda bizdan kimdir kiyim-kechaklarni nomlab berishni so‘rasa biz tildagi odatiy maishiy tasniflanishga oid o‘rnashib ulgurgan va barchaga tanish bo‘lgan quyidagicha izchillikdagi kiyimlar nomlarini osongina sanab o‘tishimiz mumkin:

Kiyim – ko‘ylak, libos, ayollar ko‘ylagi, erkaklar ko‘ylagi, ustbosh, pal’to, kurtka, shapka, kostyum, pidjak va h.k.

Ammo, tan olishimiz kerakki bu kabi guruhlar zanjiri tasodifiy bo‘lib tildagi tasniflanishlarning nisbiy ekanligini ko‘rsatadi. Chunki, yuqorida keltirilgan kiyimlar ro‘yxatidagi ko‘ylak, libos, ustbosh kabilar, haqiqatdan ham kiyim – guruhiga aloqador bo‘lib ammo, ularning har biri yani, shapka, pal’to, kurtka kabilar – kiyimlar sinfining alohida bir turkumini tashkil etadi. Tildagi bu kabi masalalar doirasi keng va alohida ahamiyatga egadir. Tilning ichki qonuniyatlaridagi bunday murakkab munosabatlarning lisoniy o‘yinlarning yuzaga keltirishidagi mohiyati bilan e’tiborimizga molikdir. Tildagi bu kabi munosabatlarning o‘rni, ayniqsa, ma’lum bir sinfga aloqador so‘zlarning teng bog‘lovchilar yordamidagi birikmalarida yaqqol namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Masalan, ota va ona, idish va tovoqlar, er va hotin, ona va bola, sut va qaymoq, kun va tun va h.k. kabi birikmalar barchaga tanish va normal holat bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, ota va amma, idish va ko‘katlar, er va arslon, bola va lola, sut va suv, kun va kunduz kabi birikmalari esa noodatiy bo‘lib tuyulsa-da til va nutqda uchrab turadi: idish va ko‘katlarni yuvmoq (oshxonada), bola va lola tasviri, suv va sut aralashmasi va h.k. Mazkur holatdagi ya’ni, misol sifatida keltirilgan birikmalardagi turli turkumlarga tegishli bo‘lgan birliklarning qatnashishi lisoniy o‘yinlarni yaratishda ma’lum bir obekt vazifasini o‘tashi mumkin. Yani, teng bog‘liqlik munosabatlariga kirishuvchi ma’lum bir guruhga oid bo‘lgan so‘zlarning aloqadorligidagi uzilishlar ham lisoniy o‘yinlar yaratish va komik ta’sirga erishishda qo‘l keladi.

Masalan: “Yoshlik – kishi umrining bahori.” (K.Yashin)

“Ko‘nglida qori erisa ham muzi qoladi.” (Shuhrat)

O‘zingizni o‘tga, suvga urganingizning nafi yo‘q. (R,Fayziy. Hazrati inson.)

Yuqorida keltirilgan misollarda voqelikning turli sohalariga yohud turli tematik sinflarga tegishli bo‘lgan so‘zlarning biriktirilganligini kuzatishimiz mumkin.

Ma’lumki, tilning asosiy bosh birligi bu so‘z. So‘z bu belgi bo‘lib uning ortida esa belgilanuvchi predmet turadi. Shuningdek, har bir belgi kabi so‘z ham ikki pog‘onadan iborat: birinchisi, nimani izohlayotganga qarab so‘zning – mazmuni, belgisi, semantikasidan iborat bo‘lsa, ikkinchisi esa nima orqali izohlayotganiga qarab yani, so‘zning shakli va sirtini tashkil etadi. So‘zning bu kabi ikki tarkibiy xususiyatlarni (izoh va shakl) uning zohiriy va botiniy tomonlariga ajratish mumkin. So‘zdagi mazmun va izoh planlari o‘rtasidagi munosabatlar “oila juftligi4”ning aloqalariga o‘xshab ancha murakkab tabiatga ega. Bu kabi “juftliklar” munosabalarida har bir tomon ma’lum darajadagi o‘zaro mustaqil, dahlsiz va ozod bo‘lishga intiladi. Ba’zida so‘z kontekst sharoitiga qarab mazmunini o‘zgartiradi, ba’zida esa so‘zning shakli o‘z mavqeini suiiste’mol qilib ortiqcha erkinlikka yo‘l qo‘yadi. Odatda, gapiruvchi o‘z izohidagi so‘zlarning qay bir mazmun yoki shaklda ishlatganligi ko‘proq o‘zigagina ayon bo‘lib, ba’zida kutilmaganda tasodifiy ma’nolarni ham qo‘llashi mumkin. Masalan:

“... ўттизинчи йилларнинг охиридаги баъзи газеталарни варақлаб кўринг. Каминага қарши қилич яланғочлаб чиққан мақолаларни ўқиш бахтига муяссар бўласиз” (О.Ёқубов. Диёнат)

“Пахтакорман”, деб кўкрагингизга урасизу-у, кўрпангизга пахта тополмайсиз”; “Биз янги машина келар экан”, деб дўппимизни осмонга отиб 4 Норман Б.Ю. Игра на гранях языка/ Б.Ю. Норман. – М.: Флинта: Наука, 2006. –С. 344. c. 38. юрамиз”; “Икки марта Тошкентга борганман”, деб мақтанасиз, одамлар “Оқ денгизу Қора денгиз” қилиб юришибди” (Ш.Бошбеков. Темир хотин)

“ - ...оғзи айғоқ, тили тайғоқ” одамлар тоифасидан бўлманг, дўстим.” (С.Кароматов. Олтин қум.)

“Эй бахтларни балоғатга етказган она” (Ҳ.Олимжон. Шеърлар.)

“Ҳозир фақатгина ит эмас, эшак ҳам эгасини танимайдиган замон” (Ўзб. Адабиёти ва санъати. 3.05.91).

“- Ишлар қалай? – Қалай эмас, кумуш. Тилла бўлишига сал бор” (С.Ахмад. Уфқ.)

Yuqoridagi turli asarlar qahramonlari xalqona nutqidagi misollarda keltirilgan lisoniy o‘yinlar matni sodda va ularning mazmunini tushunishda kitobxondan maxsus tayyorgarlkni talab etilmaydi.

Yuqorida zikr etilganidek so‘zning birinchi tomoni yani, uning mazmuni va semantikasini tashkil etib, aslida, ularning polisemantik yoki omonimik xosliklari til konventsiyalari doirasida belgilab berilganligi barchamizga ma’lumdir. Biroq, omonimlar va polisemik birliklar lisoniy o‘yinlar muhitiga tushib qolganda o‘zlarini “suvdagi baliqdek his etadilar5” va lug‘atlarda belgilangan mazmunlaridan tashqari okkazionallik, tasodifiylik kasb etadilar. Xususan, keng tarqalgan ko‘plab hazillar, o‘tkir gaplar bitta kontekstdagi shakldosh ammo, mazmunlari farq qiluvchi birliklarning turlicha aloqadorlikdagi to‘qnashuv va munosabatlariga asoslangandir. Bu kabi “lisoniy o‘yinlarning ko‘rinishi kalambur6” deb nomlanadi.

1. “Қумри (ачиниб). ...Ечолмайман дадаси, мендан хафа бўлманг... Қишлоқнинг оқсоқоллари тушлик пайтида келамиз, бўлмаса думини ушлатмайди, деб кетишди.

Қўчқор. Нима, менинг думимни ушлашдан бошқа иши йўқ эканми? Капкатта одамлар-а” (Ш.Бошбеков. Темир хотин).

2. Кеча ишхонамизда ҳақиқат куни қилдик. Ҳаммамиз ҳақиқат изладик. Бугун энди, ҳаммамиз янги иш излаяпмиз. 5Норман Б.Ю. Игра на гранях языка/ Б.Ю. Норман. – М.: Флинта: Наука, 2006. –С. 344. c. 86. 6Ko‘rsatilgan manba. c. 87.

Yuqoridagi kalambur kabi lisononiy o‘yiniga asoslangan latifalar vaziyatlarida kutilmaganda tasodifiylik kabi psixologik effekti keltirilgan. Yani, tiglovchi ma’lum bir shaklni uning qaysidir mazmunida anglaydi, gapiruvchi esa kutilmaganda mazkur shaklni boshqa ma’nolarga yetaklaydi. Buning natijasida yuzaga kelgan ma’noviy tafovutlar fahmlangandan keyin esa anglashilmovchilik o‘rni latifaga xos bo‘lgan hursandchilik va zavq bilan almashadi. Shuningdek, kalambur vositasi mezonlari nafaqat latifalar balki, turli folklor va adabiy janrlarida ishtirok etishi mumkin (masal, to‘rtliklar, hazilona she’riy asarlar, qisqacha hajviy she’rlarda va h.k.).

Adabiyotlar:

1. Витгенштейн Л. Философские исследования // Витгенштейн Л. Философские работы. Часть I. -М.: Гиозис, 1994.-С. 319.

2. Норман Б.Ю. Игра на гранях языка/ Б.Ю. Норман. – М.: Флинта: Наука, 2006. –С. 344.

3. Москвин В.П. Выразительные средства современной русской речи. Тропы и фигуры. Терминологический словарь. – Ростов н/Д, 2007. C.356.

4. Koestler A. The Act of Creation. – London: Hutchinson, 1964. – 751 p.

5. Mizrabova J.I. Translations of William Shakespeare's Tragedy «Hamlet» In Uzbek Literature Studies. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) -P. 1546-1550ISSN: 2278-3075, Volume-8, Issue9S3, July 2019. Retrieval Number: I33230789S319/2019©BEIESPDOI: 10. 35940/ijitee.I332.0789S31.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.