Luiza Mey Alkotning “Kichik Xonimlar” romanida oilaviy munosabatlar
tasviri.
Yangiboyeva Dildora Istamovna
Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi, O`zbekiston.
Annotatsiya: Ushbu maqola taniqli Amerika yozuvchisi Luiza Mey Alkotning “Kichik Xonimlar” romanida tasvirlangan oilaviy munosabatlarni chuqur tahlil qilishga hamda ularni to`la o`rganishga bag`ishlanadi. Bu roman o`zining tarbiyaviy ahamiyati hamda tasvirlangan mavzularining xilma-xilligi bilan shuhrat qozongan bo`lib, butun dunyo bo`ylab hozirgi kunga qadar o`quvchilar qalbidan joy egallab kelmoqda. Asar hayotiy voqealardan olingan bo`lib, u o`quvchilarga real voqealar orqali oiladagi muammolar hamda ularni hal etish, insonlararo munosabatlar haqida batafsil ma`lumot beradi.
Kalit so`zlar: oila, munosabatlar, bir-birini tushunish, qo`llab-quvvatlash, g`amxo`rlik qilish, opa-singillar, Jo, Bes, Meg, Emi.
Abstract: This article is dedicated to the in-depth analysis of the family relationships described in the novel “Little Women” by the famous American writer Louisa May Alcott and to their full study. This novel has become famous for its educational value and the diversity of the depicted topics, and it is still in the hearts of readers all over the world. The work is taken from real life events, and it provides students with detailed information about family problems and their solutions, interpersonal relationships through real events.
Keywords: family, relationships, mutual understanding, support, care, sisters, Jo, Bess, Meg, Amy.
Аннотация: Данная статья посвящена углубленному анализу семейных отношений, описанных в романе известной американской писательницы Луизы Мэй Олкотт «Маленькие леди», и их полному изучению. Этот роман прославился своей просветительской ценностью и разнообразием изображенных тем и до сих пор находится в сердцах читателей во всем мире. Работа взята из реальных событий жизни и предоставляет учащимся подробную информацию о семейных проблемах и их решениях, межличностных отношениях через реальные события.
Ключевые слова: семья, отношения, взаимопонимание, поддержка, забота, сестры, Джо, Бесс, Мэг, Эми.
Kirish: Luiza Mey Alkot taniqli Amerika yozuvchisi bo`lib, uning asarlari orasida har qanday turdagi ishlarni topish mumkin. Masalan, u nafaqat romanshunos adib, balki qisqa hikoya yozuvchisi hamda shoira ham hisoblanadi. U yozgan asarlari orasida “Kichik xonimlar” romani uni dunyoga tanitgan eng mashhur asari hisoblanadi.[1] Mashhur yozuvchi 19-asr mobaynida o`z romanlarida turli xil qahramonlarni yaratdi. Uning asarlari o`quvchilarga kuchli ayol qahramonlarni tanishtirdi. Natijada, uning yozuv uslubi Amerika adabiyotiga juda katta ta`sir ko`rsatdi.[2] Joan Gudvin ta`kidlab o`tganidek, “Luiza Mey Alkot o`z muvaffaqiyatining qurboni edi. U ijodi mobaynida jiddiy asarlar yozishga uringan bo`lsa-da, ko`proq bolalar kitoblarini yozishda davom etadi, chunki bu asarlar uning oilasini moddiy tomondan qo`llab-quvvatlashga asos bo`lib xizmat qilgan.”
Adabiy taqriz: Luiza Mey Alkot adabiy merosi juda ham katta bo`lib, uning ko`plab jahonga mashhur asarlari bor. Masalan, ulardan biri bu “Siren gullari ostida” (“Under the Lilacs”) nomli bolalar romani bo`lib, bu asar birinchi marta 1878-yilda nashr etilgan.[3] Bu asar qattiqqo`l oilasidan qochib ketib, yaqin atrofdagi Lilak vodiysida sarguzasht izlashga qaror qilgan ikki yosh qiz Beb va Betti haqida hikoya qiladi. Bu vodiyda qizlar turli xil rang-barang qahramonlarni va hayvonlarni, jumladan, sirk artisti, qochoq bola va yaramas itni uchratishadi. Romanda do`stlik, oila mavzulari, bolalikdagi xayolotlar va o`yinning ahamiyati o`rganiladi.
Luiza Mey Alkotning navbatdagi mashhur asarlaridan biri, uning 1866-yilda yozilgan “Uzoq halokatli sevgi ta`qibi” (“A Long Fatal Love Chase”) romani bo`lib, u A.M.Barnard taxallusi bilan nashr etilgan.[4] Bu romanda muallif o`quvchilarga Rosamond Vivian nomli yosh ayolning Filip Tempest ismli badavlat odamni sevib qolishi haqida hikoya qiladi. Biroq, ko`p o`tmay, u Filipning aslida ko`ringanidek emasligini sezib qoladi va u bilan notinch va haqoratli munosabatlar tuzog`iga tushib qoladi. Romanda sevgi, xiyonat, nazorat va erkinlik uchun kurash mavzulari yoritib berilgan. Bu asar psixologik triller bo`lib, u o`quvchilarga Rosamondning erkinlikka erishish sayohati haqida ma`lumot beradi.
Luiza Mey Alkot asosan, asarlarida kuchli ayol qahramonlarini gavdalantirishga e`tibor qaratadi. Masalan, uning romani “Kichik Xonimlar” asarida, March xonadonidagi to`rt opa-singillarni tasvirlash orqali ularning oiladagi munosabatlarini ko`rsatib berishga urinadi. Bu roman Amerikada Fuqarolik urushi bo`layotgan davrlarni qamrab olib, taxminan bir asr davomida o`quvchilar qalbidan joy olib kelmoqda.
“Kichik xonimlar” romanining norasmiy ravishda ikkinchi kitobi hisoblangan “Kichik Janoblar” nomli bolalar romani ham oradan ko`p o`tmay mashhurlikka erishdi. Bu asar birinchi marotaba 1871-yilda aka-uka Robertlar tomonidan chop etilgan.[5] Bu asar turmush qurgan va o`sha paytda Plumfielddagi o`g`il bolalar maktabni yuritayotgan Jo March qahramoni hayotiga bag`ishlanadi. Roman maktab o`quvchilarining hayoti va sarguzashtlariga, xususan, yaramas Net, tinib-tinchimas Den va yaxshi xulqli, lekin uyatchan Tommiga bag`ishlanadi. Kitob davomida Jo va uning turmush o'rtog'i, professor Bhaer, o'g'il bolalarga yaxshi qadriyatlar va axloqni singdirishga intilishadi, shu bilan birga o'zlarining shaxsiy muammolari bilan shug'ullanishadi. “Kichik janoblar” oila, ta'lim, do'stlik va o'smirlik mavzularini o'rganadi.
Tadqiqot metodologiyasi: “Kichik Xonimlar” romani Luiza Mey Alkotning adabiy merosida o`ziga xos ahamiyatga ega. Bu asar juda keng mavzularni o`z ichiga qamrab oladi, shu jumladan, fidoyilik, mehr-muhabbat, onaning farzand tarbiyasidagi roli, ota-onaga hurmat, turmush o`rtoq bilan qanday muomalada bo`lish, do`stlik, opasingillar orasidagi o`zaro munosabatlar, qiz farzandlar tarbiyasi, oilaviy munosabatlar va boshqalar. Bu tadqiqotning mavzusi oilaviy munosabatlar bo`lgani sababli, tadqiqot asarni yaqindan o`qib chiqish hamda uni chuqur tahlil qilish orqali olib borildi. Ma`lumotlarni to`plash jarayoni romanni o`qish, ma`lumotlarni yozib olish va kerakli qismlarni belgilashni o`z ichiga oldi. Tanlab olingan asar parchalari romandagi o`zaro oilaviy munosabatlarni ochib berishga yaqindan yordam berdi.
Xo`sh, asarda oilaviy munosabatlar qay darajada yo`lga qo`yilgan? Oila so`zining lug`aviy ma`nosi nima? Inson hayotida oilaning o`rni qanday va oila a`zolari bir-biri bilan qay tarzda munosabat olib borishlari kerak? Ushbu savollarga javob topish uchun biz ba`zi manbalarni o`rganishga harakat qildik.
Oksford lug`atida “oila” so`zi ota-ona va farzandlarni o`z ichiga olgan guruhni anglatar ekan. Ular odatda hissiy yordam beradi, bir-birlariga g`amxo`rlik qiladi va tarbiyalaydi va ko`pincha birga yashaydi. Oila tarkibiga ota-onalar, aka-uka, bobo va buvilar, xolalar, amakilar, amakivachchalar va boshqa qarindoshlar kirishi mumkin. Oila a`zolari ko`pincha inson hayotidagi eng kuchli va eng muhim munosabatlardan biri hisoblangan rishtalarni birlashtiradi.
Ushbu romanda ham oila a`zolari bir-biriga qo`ldan kelgancha yordam beradi, og`ir kunlarida bir-biriga dalda bo`lib, ularni ruhan qo`llab-quvvatlaydi. Bu oilaviy rishtalar asosan, March xonadoni a`zolari- to`rt opa-singil hamda onalari March xonim o`rtasida kichadi. Masalan, Meg, oilada eng katta farzand bo`lib, u doim qolgan singillariga nisbat onasidek qadrdon va doim onasi uyda bo`lmaganda, ona rolini bajaradigan qahramondir. Jo esa, erkakshoda va asosan erkinlikka intiladigan ikkinchi farzand bo`lib, barcha singillariga, ayniqsa, mehribon va oqko`ngil uchinchi singil Besga qayg`uradigan qahramon. Emi, eng yosh singil, ammo asosan xudbin va erkatoy qahramon bo`lsa-da, doim o`z oilasi uchun qayg`uradigan va o`z-o`zini rivojlantirishga intiladigan qahramondir. Ularning onasi, March xonim ham oilada o`z darslari va hikmatli so`zlari bilan opa-singillarga hayot yo`llarida uchraydigan har qanday qiyinchiliklarni sabr-matonat bilan yengishlariga yordam beradi va yelkadosh bo`lib, ularga yo`l-yo`riq va axloqiy ko`rsatmalar berib keladi.
Tahlil va natijalar: Har qanday keltirilgan fikr-mulohazalar asardan olingan parchalarning mohiyati ochib berilsagina, ishonchli bo`ladi, albatta. Misol uchun, muallifning quyidagi so`zlari March xonimning qizlari bilan munosabatlarini yaqqol ko`rsata oladi:
“I don’t think I have any words in which to tell the meeting of the mother and daughters. Such hours are beautiful to live, but very hard to describe, so I will leave it to the imagination of my readers, merely saying that the house was full of genuine happiness…”
“Ona va farzandlarning uchrashuvini tasvirlash uchun munosib so`zlarim bor deb o`ylamayman. Bunday soatlarda yashash chiroyli, ammo tasvirlash juda qiyin, shuning uchun bu ishni o`quvchilarim xayolotiga qoldiraman, faqatgina shuni aytishim mumkinki, uy haqiqiy quvonchga to`la edi…” Bu so`zlardan shu ma`lumki, opa-singillar onalarini juda ham yaxshi ko`rib, hurmat qilishadi va har uchrashuvlarini quvonch va baxt to`la onlar sifatida baholashadi va haqiqatan ham juda ham sevinishadi. Nafaqat onalari, balki otalarini ham juda yaxshi ko`rgan bu qizaloqlarning ular bilan munosabatlarini muallif quyidagicha tasvirlaydi:
“The girls gave their hearts into their mother`s keeping, their souls into their father`s, and to both parents, who lived and labored so faithfully for them, they gave a love that grew with their growth and bound them tenderly together by the sweetest tie which blesses life and outlives death.”
“Qizlar qalblarini onalariga, jonlarini otalariga, va farzandlari uchun yashab, ular uchun mehnat qilgan ikkala ota-onalari uchun ham bag`ishladilar, ular o`zlari ulg`ayib borganlari sari oshib boradigan mehr-muhabbat bilan bog`landilar…”
Dunyoda eng go`zal baxt, albatta, ota-ona mehr-muhabbatiga sazovor bo`lishdir. Va, yuqoridagi parchada ham “kichik xonimlar”ning qanchalik otaonalariga mehr qo`yganliklari yaqqol namoyon bo`ladi.
Opa-singillar bilan onalari o`rtasida juda mustahkam bog` mavjud bo`lib, ular qilishadi, hech qachon onalaridan sir saqlashmaydi, qanday muammolari bo`lsa, albatta, birinchi navbatda onalariga murojaat qilishadi. Ular o`rtasidagi aloqa shu qadar nafis va mustahkamki, ularning munosabatlari zamonaviy ona va farzandlarga o`rnak bo`lsa arziydi. Hattoki, onalari va qizlar o`rtasida doimiy odatlar mavjud bo`lib, bu odatlar hech qachon kanda qilinmasligini quyidagi parchadan tushunish mumkin:
“They always looked back before turning the corner, for their mother was always at the window to nod and smile, and wave her hand to them. Somehow it seemed as if they couldn’t have got through the day without that, for whatever their mood might be, the last glimpse of that motherly face was sure to affect them like sunshine.”
“Ular har doim burchakka burilishdan oldin ortlariga qarardilar, chunki onalari o`zlarini bu udumsiz kunni o`tkaza olishmaydigandek his qilishardi, chunki ularning kayfiyati qanday bo`lishidan qat`i nazar, onalarining oxirgi marta nazar solishi ularga quyosh nuridek ta`sir qilishi aniq edi.”
Bu parchada opa-singil Meg, Jo, Emi hamda Beslarning bolalikda maktabga yo`l olishlari tasvirlangan. Ular har kuni maktabga ketayotganlarida, onalari ortlaridan ham ularning qanchalik bir-birlariga yaqin ekanliklarini ko`rsatadi.
March opa-singillar Meg, Jo, Bes va Emi o`z otalari, janob Marchga nisbatan chuqur va cheksiz muhabbatga ega. Ularning onasi, March xonim har doim qizlariga otalarining jasur va mehribonligini ta`kidlab keladi. Janob March o`zining sog`ligidan kechib Fuqarolik Urushida xizmat qilganligi bois, romanning anchagina qismida mavjud bo`lmaydi, shunga qaramay, uning o`gitlari va nasihatlari har doim qizlariga hamroh bo`lib keladi. Opa-singillarning har biri otasi bilan o`zgacha munosabatga, aloqaga ega. Masalan, Meg otasining kuchliligi va fidoyiligini hurmat qilsa, Jo otasining yozuvchilik va adabiyotga bo`lgan sevgisini o`zida takrorlaydi. Bes otasining sokin hamda mehrli hamsuhbati bo`lib kelgan bo`lsa, Emi o`zining kreativ hamda san`atkorona qalbi, san`atga bo`lgan sevgisi bilan otasiga o`xshab ketadi. Ular kezi kelganda, otalari uchun eng qiymatlli narsalaridan ham voz kechishdan chekinmasliklari Joning fidokorligidan anglashiladi. Jo, otasining og`ir ahvolda ekanligi haqida xabar kelganda, o`zining eng qiymatli narsasi, sochidan voz kechadi. Sochini kesish evaziga, 25 dollar pulni otasining xarajatlariga sarflanishi uchun onasiga taqdim etadi.
Bundan tashqari, opa-singillarning o`zaro munosabatlari ham ta`kidlab o`tilishi kerak. Roman davomida ular doimo mushkul vaziyatlarda bir-birlarini qo`llabquvvatlaydilar, muvaffaqiyatlarini birga nishonlaydilar va birgalikda o`sib-ulg`ayib, bir-birlariga hayotda o`z o`rinlarini topishga ko`maklashadilar. Bu asarda tasvirlangan opa-singil aloqalari birga bo`lish, hamjihatlikda qiyin vaziyatlardan chiqish, bir-birini qo`llashning ahamiyatini ochib beradi. “Opa-singillarning bir-biriga yaqin bo`lish darajasi qancha yuqori bo`lsa, ularda shuncha ko`p o`ziga ishonch tuyg`usi mavjud bo`ladi hamda ular ota-onalari hamda tengdoshlari bilan ijobiy aloqa o`rnata olishadi.”[6] Opa-singillarning o`zgacha xarakteri, qiziqishi bo`lishiga qaramay, ular March opa-singillaridan Bes kasal bo`lib yotib qolganda, qolgan opa-singillar uning atrofida kun-u tun parvona bo`lishadi, unga qo`ldan kelgancha dalda berib, tez orada sog`ayib ketishiga ishontirishga harakat qilishadi. Qo`shimcha qilib aytadigan bo`lsak, Besning o`limi yaqinlashgan kezlarda, Jo doimo uning oldida bo`ladi va Bes xohlagan har qanday ishni bajara olishini Besga tushuntiradi.
Xulosa qilib aytganda, March xonadonidagi har bitta qahramon o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib, ularning har biri oilaviy munosabatlarda faol ishtirok etadi va ular har qanday holatda ham bir-birlariga bo`lgan sadoqatni, mehr-muhabbatni yo`qotishmaydi. Luiza Mey Alkot “Kichik Xonimlar” romani orqali o`quvchilarga oilaning hamda ular bilan qiladigan muloqotlarimizning ahamiyatini hamda o`ziga xos jihatlarini mahorat bilan yoritib beradi. Romanda tasvirlangan har bir voqeahodisa va undan chiqadigan xulosa asar qiymatini yanada oshiradi va uni jahon durdonalaridan biri bo`lib qolishini ta`minlaydi.
ILOVALAR
1. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Louisa_May_Alcott
2. https://www.womenshistory.org/education-resources/biographies/louisamay-alcott
3. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Under_the_Lilacs
4. https://en.m.wikipedia.org/wiki/A_Long_Fatal_Love_Chase
5. https://en.m.wikipedia.org/wiki/Little_Men
6. McHale, S. M., Updegraff, K. A., Whiteman, S. D., & Crouter, A. C. (2012). Siblings` roles in young adults psychological well-being and attitudes toward family. Journal of Family Psychology, 26(5), 732-742.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.