ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTAB DIREKTORI O‘RINBOSARLARINING BOSHQARUV QOBILIYATLARIGA QO‘YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR VA ULARNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

초록

Ushbu maqolada maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv qobiliyatlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar keng yoritilgan. Unda asosan, pedagogik jarayondagi hamkorlik faoliyatini ko‘p jihatdan belgilovchi pedagog va unga muvofiq o‘z hatti-harakati va xulq-atvorini aniqlovchi, nazorat qiluvchi o‘quvchining ma’lum vaziyatlarda o‘zini boshqarishi, o‘z hatti-harakatlarini nazorat qilishi, o‘z “meni”ni tarbiyalash mehnat motivlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish ahamiyatli ekanligi, salbiy munosabatlarni yoki agressiv reaksiyalarni nomoyon qilishi, o‘ziga bildirilayotgan munosabatlarda noqulayliklarni idrok etishi, o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchining o‘zaro hamkorligining psixologik xususiyatlari yoritilgan. 


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

ULARNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Akilov Faridun Firdavsovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-

siyosiy fanlar fakulteti “Amaliy Psixologiya” kafedrasi assistenti

Annotasiya. Ushbu maqolada maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv qobiliyatlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar keng yoritilgan. Unda asosan, pedagogik jarayondagi hamkorlik faoliyatini ko‘p jihatdan belgilovchi pedagog va unga muvofiq o‘z hatti-harakati va xulq-atvorini aniqlovchi, nazorat qiluvchi o‘quvchining ma’lum vaziyatlarda o‘zini boshqarishi, o‘z hatti-harakatlarini nazorat qilishi, o‘z “meni”ni tarbiyalash mehnat motivlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish ahamiyatli ekanligi, salbiy munosabatlarni yoki agressiv reaksiyalarni nomoyon qilishi, o‘ziga bildirilayotgan munosabatlarda noqulayliklarni idrok etishi, o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchining o‘zaro hamkorligining psixologik xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: tanqidiy tahlil, ijtimoiy hamkorlik, mehnat motivlari, obyektsubyekt, o‘z faoliyatini doimiy nazorat qilish, shaxsiy pozitsiya, respondentlar, psixologik omillar.

Аннотация. В данной статье широко освещены современные требования к управленческим способностям заместителей директора школы и их психологическая основа. В нем, главным образом, педагог, во многом определяющий совместную деятельность в педагогическом процессе, и самоуправление учащегося, определяющее и контролирующее его поведение и поведение в соответствии с ним в определенных ситуациях, контролировать свои действия, что важно сотрудничать в развитии трудовых мотивов для воспитания собственного «я», предотвращать негативное отношение или агрессивные реакции, ощущение неудобств в высказанных ему отношениях, выделены психологические особенности взаимного сотрудничества учителя, родителей и ученика.

Ключевые слова: критический анализ, социальное сотрудничество, мотивы труда, объект-субъект, постоянный контроль собственной деятельности, личная позиция, респонденты, психологические факторы.

Abstract. This article broadly covers the modern requirements for the management skills of deputy school principals. It mainly covers the importance of cooperation in certain situations, the ability of the teacher, who largely determines the collaborative activity in the pedagogical process, and the student, who determines and controls his own behavior and behavior in accordance with it, to manage himself, control his own behavior, to educate his own "I", to develop work motives, to show negative attitudes or aggressive reactions, to perceive discomfort in the relationships expressed to him, and the psychological characteristics of the interaction between the teacher, parents and the student.

Key words: critical analysis, social cooperation, labor motives, object-subject, constant control of one's own activity, personal position, respondents, psychological factors.

Mavzuning dolzarbligi. Maktabda yoshlar xulq-atvorida jinoyat motivlari shakllanishi psixoprofilaktikasining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘spirinlik yoshidagi o‘quv-tarbiya jarayoni ota-ona, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘ziga xos ko‘rinishlarini shakllantirishni taqozo etadi hamda shaxs kamoloti uchun e’tibor talab etadigan muhim bosqich sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi №472-sonli Qarori qabul qilindi.

Ushbu Qarorning maqsadi aholiga ayniqsa yoshlarga sifatli psixologik xizmat ko‘rsatish, psixologik xizmat faoliyatini boshqarishni muvofiqlashtirish, ta’lim muassasalari bilan profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, psixologiya maktabini rivojlantirish hamda oliy ta’limda tor ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, psixologik markazlar tashkil etishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazini ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarishni amalga oshiradigan Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish Respublika markaziga aylantirildi.

Shunga ko‘ra, o‘quvchilar ta’limi va ularni tarbiyalash, hamda kasbga yo‘naltirish jarayonida zaruriy holat sifatida ota-ona, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini hamda profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari shaxsiy pozisiyadan bir qator munosabat tizimi orqali baholashga to‘g‘ri keladi.

Bunda, birinchidan, qaysidir o‘rinlarda munosabatning “obyekt-subyekt”, ikkinchidan, "subyekt-obyekt” tizimi ko‘rinish olishi, uchinchidan, "subyekt-subyekt" tizimi tarzida o‘rin egallashi lozim, degan mulohaza bilan ushbu holatni uyg‘unlashtirib olamiz. Ammo pedagogik jarayondagi hamkorlik faoliyatini ko‘p jihatdan belgilovchi pedagog va unga muvofiq o‘z hatti-harakati va xulq-atvorini aniqlovchi, nazorat qiluvchi o‘quvchining ma’lum vaziyatlarda o‘zini boshqarishini, albatta, tadqiq etish maqsadga muvofiq. Biz ushbu holatni pedagogik hamkorlik sharoitida o‘qituvchi bilan o‘quvchi munosabatlarining affektiv jihatlarini tadqiq etishni lozim topdik. Ushbu muammo yuzasidan ayrim psixologik tahlillar beramiz.

Bu borada tadqiqot metodikasi sifatida Ch.D.Spilberger-Yu.L.Xaninning o‘zo‘zini baholash metodikasiga murojaat qildik. Metodika va uning tatbiq etish tartibi va xususiyatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan.

Ma’lumki, o‘quvchilarni tarbiyalash jarayon murakkab va turli xil vaziyatlarga boydir. Bunda o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchining o‘zaro tushunishi, bir-birini idrok etishi, bir-birini qabul qilish yoki qila olmasligi, yuz beradigan vaziyatlarni haqqoniy baholay olmaslik masalalari, qadriyatlar tizimida anglash mumkin va anglab bo‘lmaydigan hollarni kuzatilishi, empatiyaning yetishmasligi, muloqot maromini belgilay olmaslik, o‘smirning motivasion yo‘nalganligi, dunyoqarashi va maqsadining mos kelmasligi hamda oxir-oqibat shaxsning kamolot darajasi bilan bog‘liq ko‘pgina muammoli jihatlar ko‘zga tashlanadi. Shu sababli ham o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi hamkorligining psixologik tavsifini muayyan vaqt uchun keskin belgilashning o‘zi ancha munozarali munosabatni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak.

Shunday ekan, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘zlarini turli vaziyatlarda, xulqiy hamda shaxsiy jabhadan hatti-harakatlarini qanday baholashlari mumkin, degan savol tug‘iladi. Bunda metodikaning shkalalari xususiyati borasidagi mualliflarning fikrlariga yana bir bora to‘xtash orqali asosiy tadqiqot natijalariga murojaat etishga to‘g‘ri keladi.

Yu.L.Xaninning ta’kidlashicha, bezovtalanish holati yoki vaziyatli bezovtalanish (VB) bir xil narsa, yani odamning ko‘pincha ijtimoiy-psixologik stressorlarga (salbiy munosabatlarni yoki agressiv reaksiyalarni kutishi, o‘ziga bildirilayotgan munosabatlarda noqulayliklarni idrok etishi, o‘zini-o‘zi hurmatlashga nisbatan tajovuz holatlarga duch kelishi va boshqalarga) nisbatan munosabatida namoyon bo‘ladigan har xil reaksiyalar hisoblanadi.

Metodikaning ikkinchi shkalasi, yani shaxslilik bezovtalanish (ShB) har xil stressorlar ta’sirini ifodalovchi individual tafovutlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni beruvchi dispozisiya, xususiyat va xislatlarni aks ettiradi. Bu yerda vaziyatli bezovtalanish ortganda va har xil vaziyatlarda o‘z "Men"iga tajovuzni idrok etishida insonning nisbatan barqaror munosabati (ShB) nazarda tutiladi. Shu sababli ham shaxslilik bezovtalanish ko‘p jihatdan odamning, xususan o‘smirning oldingi tajribalariga bog‘liq holda ifodalanadi. Ammo o‘smir shaxsiy bezovtalanishni boshqarishda esa muttasil vaziyatli bezovtalanishni boshdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Natijalarga murojaat etib ko‘raylik. Bugungi kunda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorlik faoliyati yoki ularning munosabatlarida vaziyatli va shaxslilik bezovtalanishlar qanday o‘ringa ega?

Vaziyatli bezovtalanish (VB) va shaxslilik bezovtalanishlar (ShB) metodika xususiyatiga ko‘ra, boshqa-boshqa aniqlash mezonlariga ega bo‘lgan shkalalar hisoblanadi. Chunki VB o‘quvchida asosiy masalaning ayni damda qanday xis etilishini, ShB esa odatiy tuyg‘ularni baholovchi shkalalar sanaladi (1-jadval).

Tadqiqot ishida o‘quvchilarning vaziyatli va shaxslilik bezovtalanishi bo‘yicha natijalarida faqat beshinchi sinf VB bilan boshqa sinflar (35-40 yosh) ko‘rsatkichlari nisbatan farq qilganligi (48,52 yo 5,65; r<0,05) kuzatildi. Bu esa o‘quvchilarning ta’lim tizimining yuqori bosqichiga ko‘tarilganligi, yangi o‘quv reja va dasturlarning nisbatan ancha murakkablashganligi, fan o‘qituvchilari jamoasining yangilanganligi, yangi muhit va shaxslararo munosabatning boshqa shakllariga moslashish, o‘quvchilarga talab va ularga taklifiy munosabatlarning murakkablashganligi, guruh a’zolari tomonidan o‘quv-tarbiya jarayonlariga bo‘lgan munosabatlarning o‘zgarganligi, o‘zining guruhdagi shaxsiy "Men"ini aniqlashda xayrixohlik yuzaga kelayotganligi, ularda birmuncha bo‘lsa-da, o‘rtacha bezovtalanish yuz berayotganligini kuzatish mumkin. Bu esa ikkinchi tomondan aynan ushbu 30-35 yoshli maktab director o’rinbosarlarning shaxslilikka daxldor bezovtalanishida xam yuqori ko‘rsatkich (50,34 yo 5,94; r<0,05) kuzatilishiga sabab bo‘ldi.

1-jadval

O‘quvchilarning o‘zini- o‘zi baholash natijalari bo‘yicha ko‘rsatkichlari

30-35 yosh 35-40 yosh 40 va undan yuqori

Vaziyatlilik Shaxslilik Vaziyatlilik Shaxslilik Vaziyatlilik Shaxslilik

M + o 48,52± 5,65* 50,34±5,94

* 37,74±5,64 33,75±

6,12 28,32±6,85 25,82±

4,72

*R<0,05

O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi baholash natijalari

Yuqorida aytib o‘tilganidek, hali 30 yoshdagi rahbarlarining boshlang‘ich sinfdan yuqori sinfga yoki ta’limning murakkab va mas’uliyatliroq jarayoniga o‘tishi bilan bog‘liq vaziyatlar ularda ham VB ham ShB yuqori darajada ekanligini ko‘rsatmoqda. Haqiqatdan ham, yangi o‘quv reja va dasturlarning nisbatan ancha murakkablashganligi, fan o‘qituvchilari jamoasining yangilanganligi, yangi muhit va shaxslararo munosabatning boshqa shakllariga moslashish, ya’ni, atrofdagi odamlarning o‘smir yoshdagilarga nisbatan e’tiborliroq bo‘layotganligi, guruh a’zolari tomonidan o‘quv-tarbiya jarayonlariga bo‘lgan munosabatlarning o‘zgarganligi o‘quvchilarga o‘qituvchilar, ota-onalari va jamoatchilik tomonidan ta’sir ko‘rsatuvchi sifatida yangi talablar qo‘yilishi ularda bezovtalanishning kuchayishini ta’minlovchi omillardir. Bu esa 30 yoshdagi rahbarlar oldida hamkasblari hamda guruh a’zolari bilan yaqinlashish va hamjihatlikka kelishish uchun mas’uliyatni his etish,

48,52 50,34

37,74

33,75

28,32 25,82

Вазиятли безовталаниш

Шахсли безовталаниш hozirjavoblikni va shaxsiy pozisiyaga ega bo‘lishlikni taqozo etadi.

Shuningdek, o‘smir o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan tadqiqot natijasining bunday ko‘rinishi asosida VB va ShB holatini kechirish bir tomondan shaxsning subyektiv kechinmalari, o‘z hatti-harakatlarini nazorat qilish, o‘z “meni”ni tarbiyalash uchun ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. Shu boisdan ham ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan munosabatida bezovtalanishning har bir ishtirokchiga xos optimal bo‘lgan bezovtalanish muhitini yaratishi, vaziyatli bezovtalanishni keltirib chiqaruvchi muhim omillarni aniqlashi, tahlil qilishi va tarbiyaviy ta’sir etishda bir qarorga kelishi lozim. Bezovtalanish to‘g‘risida T.N.Kurbatov shunday mulohaza yuritadi, ya’ni o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida ulardagi bezovtalanish holatini aniqlash shaxsning eng muhim xususiyati, shuning uchun bu xususiyat subyektning xulq-atvorini ko‘p jihatdan belgilab turadi. Bezovtalanishning ma’lum darajasi tabiiy omillarga bog‘liq bo‘lishiga qaramasdan, shaxs faolligi va harakatlarining muhim tomoni hisoblanadi.

Har bir shaxsning o‘zida optimal yoki ixtiyor etgan bezovtalanish darajasi bor, bu bezovtalanishni foydali bezovtalanish deb atasa bo‘ladi.

2- jadval

O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi baholash ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyatsion

munosabatlari

Sinflar

30-35 yosh 36-40 yosh 41 va undan

yuqori

Shkalalar Vaziyatli

lik

Shaxsli

lik

Vaziyatl

ilik

Shaxsli

lik

Vaziyatl

ilik

Shaxsli

lik

35 yosh Vaziyatlilik 1 0,442* 0,465* -0,324* -0,386* -0,131

Shaxslilik 1 -0,335 0,045 -0,052 0,16

36-40

yosh

Vaziyatlilik 1 - 0,462* -0,565

**

- 0,09

Shaxslilik 1 0,890 ** -0,083

41 va

undan

yuqori

Vaziyatlilik 1 -0,012

Shaxslilik 1

*r<0,05; ** r<0,01

Bundan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning o‘ziga nisbatan bahosining vaziyatli sharoitlarda haqqoniyligi ularning keyingi faoliyati uchun ham ta’sirini saqlab qolishi, ya’ni shaxsiy tajriba, shaxs shakllanishining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi natijasi deyish mumkin. Ammo ta’lim jarayonining har bir bosqichida o‘quvchilarning shaxsiy kamoloti tabiiy, xuddi shu sababli 30 yoshdagi vaziyatli bezovtalanish bilan 40 yoshda vaziyatli bezovtalanish bir-birini taqozo etmagan yoki ular o‘rtasida teskari munosabat, yani 30 yoshdagi vaziyatli bezovtalanish ularning guruhdoshlari va o‘qituvchilari bilan kechadigan munosabatga ko‘nikishi, unga muvofiq o‘zini tayyorlash sifatida qaralsa, ikkinchi holda 40 yoshda vaziyatli bezovtalanish odatiy sharoitdan yanada mas’uliyatli va murakkab sharoitga o‘tish va uni yangi munosabat muhiti kutishi bilan bog‘liq vaziyatlar ham bezovtalantirishi mumkin degan taxminni ilgari surishga to‘g‘ri keladi (g=0,386, r<0,05). Bu esa ularda yuqori bezovtalanish yoki umuman befarqlikni ham keltirib chiqarishi ehtimoli mavjud.

Maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyatini ijtimoiy-psixologik tomondan amaliyotda joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot doirasidagi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

1). umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rahbar va pedagogik kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg‘or shakllarini joriy qilish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish uchun shart-sharoit yaratishni yo‘lga qo‘yish;

2).umumta’lim tizimini o‘quv-tarbiya jarayonlari va kadrlarni tayyorlash sifatini monitoring qilishda, ta’lim oluvchilarning bilimi ta’lim standartlari va talablariga muvofiqligini tahlil qilish orqali yurtimizda ta’lim sifati sohasida xalqaro dasturlar va tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkillashtirish;

3). umumta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlash;

4). umumta’lim sohasidagi ilg‘or amaliyotni o‘rganish va tizimli tahlil qilish hamda uni respublikada joriy etish bo‘yicha kompleks chora tadbirlarni qabul qilish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish.

Maktab direktori o‘rinbosarlarining vazifasi rejalashtirish, o‘quv faoliyatini tashkillashtirish va vazifalarni pedagogik jamoa bo‘lib berishdan iborat. Undan tashqari maktab direktori o‘rinbosarlari belgilab olingan rejalarni amalga oshirish jarayonini boshqaradi, bo‘ysunuvchi xodimlarni faoliyatini tartibga solidi va shu orqali boshqaruv jarayonini tashkil qiladi hamda nazorat qiladi.

Xulosalar. O‘tkazilgan tadqiqot ishi natijalari quyidagi umumiy xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:

1. Shaxsning psixologik taraqqiyoti, uning tarixiy kechishi va ontogenizda rivojlanishi bilan bog‘liq konseptual masalalarni chuqur o‘rganishda motivasion sohani tatqiq etish tayanch hisoblanadi. Motivasiya, odamni muayyan hatti-harakatlarni bajarishga undash jarayoni, ko‘pincha muqobil usullarni tahlil qilish va baholashni, tanlash va qarorlar qabul qilishni talab qiluvchi jismoniy-psixologik uyg‘unlashgan mohiyatli murakkab harakat jarayoni bo‘lib, bu jarayon psixologik jihatdan murakkablashib boradi va o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektning yuzaga kelgan tayanch ehtiyojlarini qondirishga yo‘nalgan faoliyatni tanlash va uni amalga oshirish jarayonini belgilaydi.

2. Motivlarning falsafiy-metodologik asosi shundan iboratki, ular sabab-oqibat, ichki murakkab bog‘lanishlar tuzilishiga ega bo‘lib, yuksak darajada rivojlangan moddiy tizimning oliy mahsuli ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. Motivlar tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo‘nalishda o‘rganish inson shaxsiga motivasion, irodaviy, axloqiy, hissiy, kognitiv, regulyativ ta’sir o‘tkazishning omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-sharoitlar yaratadi. Shaxsning motiv doirasi uning ehtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarning barcha turlarini (chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalarning ko‘rinishlari, modalliklari va shakllarini) o‘z ichiga oladi.

3. Maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruvga xos ijtimoiypsixologik xususiyatlarini shakllantirish ayni paytda maktablar faoliyatini takomillashtirishga keng qamrovli imkoniyatlar yaratib beradi. Shu tariqa maktablardagi o‘quv jarayonini sifat va samaradorligini oshirishga erishish natijasida kelgusida umumta’lim tizimida tahsil olayotgan o‘quvchiyoshlarni sifatli ta’lim-tarbiya olish jarayonlarida ijobiy o‘zgarishlar hamda natijador ko‘rsatkichlarga erishiladi. Bugungi kunda maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyati keng qamrovli jarayonga aylanib bo‘ldi. Shuning uchun ham ulardan keng fikrlashni, o‘z ustida tinimsiz ishlashni, jamoni faoliyatini nazorat qilishini, yuqoridan beriladigan topshiriqlarni aniq va to‘g‘ri bajarishni talab etmoqda. Maktab direktori o‘rinbosarlarining boshqaruv jarayoni qanchalik mukammal darajada tashkil etilsa shunchalik pedagogik jamoaning shijoati ortadi va o‘quv faoliyatini samarali tashkil etishga bo‘lgan munosabati shakllanadi.

4. Maktab direktor o’rinbosarlarining hayoti va faoliyatini belgilovchi yetakchi motivlar o‘rganilganda, kundalik zarur ehtiyojlarni qondirish (92,9 %), yaxshi yashash imkoniyatlarini qidirish va tengdoshlaridan kam bo‘lmaslik (82 %), ota-onasi va oila a’zolariga muhtoj bo‘lmaslik (75,3 %), hayotda o‘zi xoxlayotgan narsalarga erishish, tengqurlari o‘rtasida e’tibor qozonish, to‘laqonli yashashga intilish (64,5 %) jinoyat motivlari shakllanayotgan o‘quvchilar hayoti va faoliyati yo‘nalishini belgilovchi eng muhim va zarur (yetakchi) motivlar ekanligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi. 2022 yil 20 dekabr. // www.uza.uz 2. O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh-assambleyasining 78-sessiyasida so‘zladi nutqi. Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohi. 2023 yil 20 sentyabr — Sputnik. https://aniq.uz/yangiliklar/ 3. A.M.Shonazarov. Taʼlim tizimi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllanishiga oid nazariy-metodologik yondashuvlar. Zamonaviy ta’lim ilmiy-amaliy jurnal. №9 (130) 2023. ISSN 2181-6514.www.itm.uz. DOI: 10.34920/SO/VOL. 2023.

ISSUE. 9.5

4. A.M.Shonazarov. Zamonaviy rahbar kadrlarini tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. ISSN 2181-6883 “PEDAGOGIK MAHORAT” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal № 10, SON (2023-yil, noyabr). 97-102 betlar. 5. A.M.Shonazarov. Development of socio-psychological competence of school principals of the general secondary education syste. science and innovation international scientific journal volume 1 issue 8 uif-2022: 8.2| ISSN: 2181-3337 “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali. Volume 1 Issue 8https://doi.org/10.5281/zenodo.7424124. 6. A.M.Shonazarov. Socio-psychological characteristics of competent general education system leaders. cience and innovation international scientific journal volume 2 issue 12 december 2023 uif-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337 Safarovich Q. O. et al. TEENAGER CHILD PSYCHOLOGY //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 5. – С. 454-462. 7. Qodirov O.S. Umumiy psixologiya // O‘quv qo‘llanma. - Samarqand, 2022.-250 b. 8. Qodirov O.S., Sh.N.Xotamov. Ijtimoiy psixologiya // Darslik. - Samarqand, 2023.- 360 b. 9. www.ziyouz.com kutubxonasi. 10. https://kun.uz/02645322

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.