ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTAB JIHOZLARNING BOLALAR SALOMATLIK HOLATIGA TAʼSIRI

초록

Maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar orasida  sogʻlom muhit yaratish bilan birgalikda jahon andozalari talablariga javob beradigan yetuk farzandlarni tarbiyalash, barkamol avlodni kamol toptirish va shakllantirish, ularning salomatlik holatini himoyalash va mustaxkamlash, gormonik normal tarzda rivojlangan yetuk mutaxassislar yetishtirib chiqarish, bugungi kunda  nafaqat Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻlimi xodimlari, balki barcha jamoatchilik oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

TAʼSIRI

Ibragimov Nurmamat Xujamkulovich, Xudoyberdiyev Aktam Turdiyevich

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat

salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi

Oʻzbekiston, Termiz shahar Maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar orasida sogʻlom muhit yaratish bilan birgalikda jahon andozalari talablariga javob beradigan yetuk farzandlarni tarbiyalash, barkamol avlodni kamol toptirish va shakllantirish, ularning salomatlik holatini himoyalash va mustaxkamlash, gormonik normal tarzda rivojlangan yetuk mutaxassislar yetishtirib chiqarish, bugungi kunda nafaqat Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻlimi xodimlari, balki barcha jamoatchilik oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Sogʻlom va barkamol yetuk insonni tarbiyalashda maktabning oʻziga xos tutgan oʻrni bor. Tayanch maktablarining asosiy vazifalaridan biri jismonan baquvvat normal rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishdan iboratdir. Bu yoʻnalishda oʻsuvchi organizmning gormonik rivojlanishida maktab ichki muhiti bilan birgalikda jihozlar, darsliklar va mebellarning ahamiyati kattadir. Maktab oʻquvchilari orasida sogʻlom, barkamol va yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishining asosini oqilona tuzilgan kun tartibi va maktab jihozlari (mebellar, yoritilganlik, darsliklar) katta axamiyatga egadir. Tadqiqot maqsadi: Oʻquvchilar salomatlik holatiga maktab jihozlarini taʼsirini oʻrganish va uni gigiyenik tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot materiallari va usullari: 161-oʻrta umum taʼlim maktabining sinfxonalari va jihozlari, tibbiy koʻrik natijalarining maʼlumotlaridan foydalanildi. Ushbu ilmiy ish bajarilishida sanitariya-gigiyenik va statistik usullardan foydalanildi. Natijalar muxokamasi. Maktab jihozlarni gigiyenik baholash usullari. Maktab oʻquv xonlarining oʻlchamlari SanMvaQ 01-02-2000 “Gigiyenicheskiye trebovaniya k usloviyam obucheniya shkolnikov v obщeobrazovatelnыx shkolax” qonuniy hujjatlari bilan solishtirildi va gigiyenik baholandi. Maktablardagi sinfxonalarida va boshqa oʻquv xonalarida jixozlarning joylashtirilish tartibi GOST 0159-2003 “GOST shkolnыx mebeli” asosida tahlili qilinib baholanadi. Ularning asosiy oʻlchamlari partalarning oʻquvchilarga qaragan yuzasining kengligi va sinfxonalarning yerdan balandligi santimetrli lenta yordamida aniqlanib baholanadi. Maktab jihozlarning funksional oʻlchamlari, yaʼni distanitsiya va differensiya esa aniq belgilangan GOST 0159-2003 “GOST shkolnыx mebeli” boʻyicha baxolandi va taxlil qilindi. Xonalarning xavosining almashtirilishi tabbiy yoʻl aeratsiya yordamida fortochka va framuglar yordamida olib boriladi. Mexanik tortuvchi ventilyatsiya oshxona va xojatxonalarga oʻrnatilgan biroq ishlamaydi. Buning oqibatida sinfxonalarda changning miqdori – 0,25 mg/m3 ni tashkil qildi. Tabbiy yoritilganlik xonalarga chap tomomdan tushishiga qarmasdan TYOK qishda 0,5%, yozda – 1% (normada – 1,5%), sport zali va mexnat taʼlim xonalarida esa 0,6-0,7%ni tashkil qildi. Barcha oʻquv xonalarida suʼniy chiroqlar choʻgʻlanma chiroqlar asosida yoritiladi va gigiyenik talablarga mos kelmaydi. Yoritilganlikning yetishmovchilik darajasi asosan chiroqlar oʻrni va sonining yetishmasligi asosida kelib chiqqanligini bildiradi. Nazorat ostiga olingan maktabning binosi va undagi xonalar soni, ularning oʻlchamlari va belganlingan koʻrsatkichlaridan kam ekanligi aniqlandi. Shuni taʼkidlashimiz lozimki, nazorat ostiga olingan maktabning barcha koʻrsatkichlari sanitariya meʼyor koʻrsatkichlariga mos kelmasligi aniqlandi. Maktabning yer maydoni va binosining sanitariya meʼyor va qoidalari bilan solishtirma tavsifnomasi shuni koʻrsatadiki, belgilangan koʻrsatkichlar va ularning mos kelmasligi natijasida quyidagi muammolar hosil boʻlishi olib keldi. Bu esa oʻz oʻrnida yer maydoning notoʻgʻri taqsimlanish oqibatida binoning qurilish % oshganligi, sport maydonining yetarli emasligi va undagi jihozlarning yetishmasligi, ichki va tashqi suv taminotining yetishmasligi, asosan issiq suvning yetishmasligi, sanitar-texnik qurilmalarning ish sharoitida emasligi, sinflardagi bolalar soning ortiqcha ekanligi eng asosiysi maktab jihozlarining oʻquvchilarning boʻyiga va salomatlik holatiga, yaʼni koʻrish va eshitish tizimi organlari faoliyati va ularning darajasi, shuningdek sinfxonalarda joylashtirilishining gigiyenik talablarga mos kelmasligi oqibatida oʻquvchilar oraisda jismoniy rivojlanishidan orqada qolish va qomatidagi oʻzgarishlarning yuzaga kelish va xonalarning mikroiqlim va yoritilganlik darajasini yetishmasligi holatlariga olib kelganligi aniqlandi. Xulosa. Maktab jixozlarini oʻquvchilarning boʻyiga mos ravishda tanlash va foydalanishni tavsiya etish kerak. Distanitsiya va differensiyaning oʻlchamlarini davriy ravishda maktab vrachi va oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilish kerak. Kun davomida davriy ravishda ertalabki badantarbiya, chiniqtirish muolajalari, jismoniy tarbiya va tavsiya etilgan 18 ta sport turlaridan yoshi, jinsi va salomatlik holatiga mos sport toʻgaraklarida shugʻullanishi tavsiya etiladi.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.