ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILAR JAMOA BILAN ISHLASHDA INKULIZIV TAʼLIMNING AHAMIYATI

초록

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni jamoa bilan ishlashga oʻrgatishda inklyuziv taʼlimning oʻrni va ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda inklyuziv muhitda bolalarning ijtimoiylashuvi, muloqot koʻnikmalari, hamkorlik qilish qobiliyati, bagʻrikenglik va empatiya rivoji tahlil qilinadi. Inklyuziv yondashuvning pedagogik, psixologik va ijtimoiy afzalliklari hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda jamoaviy faoliyatni shakllantirishdagi samaradorligi asoslab berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 634 ⊰⊰--

ISHLASHDA INKULIZIV TAʼLIMNING AHAMIYATI

Bazarova Zulxumor, Sodiqova Nigora, Jamoliddinova Nilufar,

Komilova Surayyo

Toshkent viloyati pedagogik

mahoharat markazi tinglovchilari:

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni jamoa bilan ishlashga oʻrgatishda inklyuziv taʼlimning oʻrni va ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda inklyuziv muhitda bolalarning ijtimoiylashuvi, muloqot koʻnikmalari, hamkorlik qilish qobiliyati, bagʻrikenglik va empatiya rivoji tahlil qilinadi. Inklyuziv yondashuvning pedagogik, psixologik va ijtimoiy afzalliklari hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda jamoaviy faoliyatni shakllantirishdagi samaradorligi asoslab berilgan.

Kalit Soʻzlar: inklyuziv taʼlim, jamoa bilan ishlash, maktabgacha taʼlim, ijtimoiylashuv, empatiya

Annotation: The article discusses the significance of inclusive education in fostering teamwork skills among preschool children. It analyzes how inclusive environments contribute to childrenʼs socialization, communication skills, collaboration abilities, tolerance, and empathy. The pedagogical, psychological, and social advantages of inclusive approaches, as well as their effectiveness in developing collective activities in early childhood, are highlighted.

Keywords: inclusive education, teamwork, preschool education, socialization, empathy

Аннотация: В статье раскрывается значение инклюзивного образования в формировании навыков работы в коллективе у воспитанников дошкольных образовательных учреждений. Анализируется влияние инклюзивной среды на социализацию детей, развитие коммуникативных навыков, способность к сотрудничеству, толерантность и эмпатию. Обоснованы педагогические, психологические и социальные преимущества инклюзивного подхода и его эффективность в развитии коллективной деятельности у детей дошкольного возраста.

Ключевые Слова: инклюзивное образование, работа в коллективе, дошкольное обучение, социализация, эмпатия

Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilar jamoa bilan ishlashda inklyuziv taʼlimning ahamiyati juda katta boʻlib, bu jarayon bolalarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi, chunki inklyuziv taʼlim turli ehtiyojlarga ega boʻlgan bolalarni yagona pedagogik muhitda birlashtiradi va ular orasida tenglik, hamkorlik, oʻzaro hurmat tamoyillarini shakllantiradi, mazkur tamoyillar esa bolalarning jamoa bilan ishlash jarayonida asosiy poydevor vazifasini bajaradi, inklyuziv taʼlim tamoyillariga koʻra har bir bola teng imkoniyatlarga ega boʻlishi, uning ehtiyojlari, rivojlanish surʼati, qobiliyatlari inobatga olinishi zarur va maktabgacha yoshdagi davr esa bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng masʼul bosqich boʻlgani sababli inklyuziv muhitning taʼsiri aynan shu davrda eng kuchli boʻladi, shu bois rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va sogʻlom bolalarning birgalikda tarbiyalanishi ularning ijtimoiy-psixologik rivojlanishini sezilarli darajada yaxshilaydi, birgalikda oʻynash, mashgʻulotlarda qatnashish, kichik jamoaviy topshiriqlarni bajarish natijasida bolalarda oʻzaro yordam, mehr-shafqat, bagʻrikenglik, boshqalarni tushunish, oʻzaro hurmat kabi sifatlar shakllanadi, bu esa kelajakda ularning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvi uchun asos boʻlib

--⊱⊱ 635 ⊰⊰-- xizmat qiladi, inklyuziv taʼlim jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.

Bolalar jamoaviy oʻyinlar, loyihalar, musobaqalar va oʻquv topshiriqlarini bajarish jarayonida oʻzaro muloqotga kirishadi, vaziyatni kelishib hal qilishni oʻrganadi, oʻz fikrini ifodalash, boshqalarni tinglash, kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan bartaraf etish koʻnikmalari rivojlanadi, bunday koʻnikmalar esa faqat teng va inkluziv muhitda kuchli shakllanadi, pedagogning roli bu jarayonda nihoyatda muhim boʻlib, u har bir bolaning imkoniyatlariga yarasha topshiriq beradi, guruhdagi psixologik iqlimni barqaror ushlab turadi, bolalar orasida hamkorlikni ragʻbatlantiradi, shuningdek inklyuziv taʼlimni samarali tashkil etish uchun tarbiyachilar maxsus yondashuvlardan foydalanadilar, yaʼni differensial yondashuv, moslashtirilgan dasturlar, qoʻllab-quvvatlovchi texnologiyalar, ijtimoiy-emotsional rivojlanish mashqlari, kommunikativ oʻyinlar va terapevtik usullar orqali bolalarning jamoaviy faoliyatini rivojlantiradilar, bu jarayonning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, sogʻlom bolalar nogironligi mavjud bolalar bilan muloqot qilish jarayonida insoniylik, mehr-muruvvat, hamdardlik kabi fazilatlarni oʻzlashtiradi, oʻz navbatida imkoniyati cheklangan bolalar oʻzini jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi sifatida his qiladi, bu esa ularning oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi, shuningdek inklyuziv taʼlim jamoaviy faoliyatning samaradorligini oshiradi, chunki turli ehtiyojga ega bolalarning bir xil vazifani bajarishi ijodkorlikni kuchaytiradi, vazifalarni bajarishning turli yoʻllarini izlashga undaydi, bu esa butun guruhning fikrlash doirasini kengaytiradi, bolalar bir-birining tajribasidan oʻrganadi, oʻzaro bilim almashadi, bu esa taʼlim jarayonining samaradorligini oshiradi, psixologlar fikriga koʻra inklyuziv muhitda tarbiyalangan bolalar kelajakda ijtimoiy moslashuvchanligi yuqori boʻladi, stressga chidamli, boshqalar bilan muloqot qilishda ochiq, hamkorlikka tayyor boʻladi.

Shuningdek bunday bolalar jamiyatdagi farqlarni normal hol sifatida qabul qiladi va tolerantlik darajasi yuqori boʻladi, inklyuziv taʼlim jamoa bilan ishlashni oʻrgatishda nafaqat ijtimoiy, balki pedagogik samara ham beradi, chunki jamoaviy topshiriqlar, guruhli loyihalar, musobaqalar bolalarda tashabbuskorlikni oshiradi, ularga masʼuliyat hissini singdiradi, biror ishni yakka emas, jamoa boʻlib bajarishning afzalliklarini tushuntiradi, bu jarayonda har bir bola oʻz roliga ega boʻladi, baʼzilari yetakchilik qiladi, boshqalari ijrochi, yana boshqalari kuzatuvchi boʻlishi mumkin, bu vaziyat bolalarda tabiiy ravishda jamoaviy vazifalarni taqsimlash, vazifalarni adolatli bajarish, vaqtni boshqarish kabi muhim kompetensiyalarni shakllantiradi, inklyuziv taʼlim jarayonida tarbiyalanuvchilarning jamoa bilan ishlashida ota-onalar bilan hamkorlik ham alohida oʻrin tutadi, chunki oilaviy qoʻllab-quvvatlovsiz inklyuziv jarayon toʻliq muvaffaqiyatga erisha olmaydi, ota-onalarga bolalar oʻrtasidagi farqlarning tabiiy ekanligi, inklyuziv muhitning ahamiyati, jamoaviy faoliyatning oʻrni haqida tushuntirish ishlari olib boriladi, ular bilan muntazam ishlash bolalarning rivojlanish dinamikasini yaxshilaydi.

Inklyuziv taʼlim sharoitida tashkil qilingan jamoaviy mashgʻulotlarning samaradorligi shundan iboratki, bolalar oʻz tengdoshlarining muvaffaqiyatidan quvonishni oʻrganadi, bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi, murakkab vaziyatlarni birgalikda yengib oʻtadi, oʻyinlar jarayonida ular oʻzaro muloqotga kirishadi, fikr almashadi, oʻz oʻrnini anglaydi, jamoaga moslashadi, ayniqsa inklyuziv oʻyinlar jamoaviy faoliyatni eng yaxshi shakllantiruvchi vositalardan biridir, chunki oʻyin davomida bola tabiiy ravishda ijtimoiy faollikka kirishadi, oʻzini erkin his qiladi va oʻzining individualligini namoyon etadi, shu sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim jamoa bilan ishlashni rivojlantirishda asosiy mexanizmlardan biri sifatida baholanadi, umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki inklyuziv taʼlim tarbiyalanuvchilarning jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishda beqiyos ahamiyatga ega boʻlib, u bolalarda nafaqat ijtimoiy va

--⊱⊱ 636 ⊰⊰-- psixologik kompetensiyalarni, balki shaxs sifatida shakllanishning eng muhim jihatlarini – hamkorlik, mehr-oqibat, muloqot, bagʻrikenglik, tenglik va oʻzaro hurmatni kuchli rivojlantiradi, shu bois inklyuziv taʼlimni zamonaviy maktabgacha taʼlimning ajralmas qismi sifatida yanada keng joriy etish kelajak avlodning ijtimoiy yetuk, maʼnaviy boy va jamoaviy faoliyatga tayyor boʻlgan shaxslar boʻlib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Booth T., Ainscow M. Index for Inclusion: Developing Learning and Participation in Schools. Bristol, 2016.

2. Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, 2020.

3. Maktabgacha taʼlim vazirligi meʼyoriy-uslubiy qoʻllanmalari. Toshkent, 2021–2023.

4. Vygotsky L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press, 1978.

5. Florian L. The Sage Handbook of Special Education. London: Sage Publications, 2018.

6. Rogers C. Freedom to Learn. Merrill Publishing, 1983.

7. Sh. Yuldasheva, Maktabgacha taʼlimda inklyuziv muhit yaratish metodlari, Toshkent, 2022.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.