ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI MAʼNAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA - TAʼLIM VA TARBIYA BOSH MEZON

초록

Maqolada maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ularni ibrat maktabi, maʼnaviyat maktabi, keksalar maktabi, ota-onalar unversiteti, mahalla instiuti kabi taʼlim va tarbiya oliygohlari bilan taʼminlashimiz, avvalombor bu boaradagi ishlarimizni yanada jonlantirishimiz lozim. Bu borada maqolada bir qancha taklif va tavsiyalar keltirib oʻtilgan. Shuningdek ularni taʼlim va tarbiyasidagi fikr mulohazalari maqolada ilmiy nazariy jihatdan asoslantirildi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 112 ⊰⊰--

AXLOQIY TARBIYALASHDA - TAʼLIM VA TARBIYA BOSH MEZON

Mamatkulova Mahliyo Abdunazar qizi

Andijon viloyati Marhamat tumani DMTT

Direktor oʻrinbosari

Negmatova Zarnigor Anvarovna

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani

6-sonli DMTT direktor oʻrinbosari

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ularni ibrat maktabi, maʼnaviyat maktabi, keksalar maktabi, ota-onalar unversiteti, mahalla instiuti kabi taʼlim va tarbiya oliygohlari bilan taʼminlashimiz, avvalombor bu boaradagi ishlarimizni yanada jonlantirishimiz lozim. Bu borada maqolada bir qancha taklif va tavsiyalar keltirib oʻtilgan. Shuningdek ularni taʼlim va tarbiyasidagi fikr mulohazalari maqolada ilmiy nazariy jihatdan asoslantirildi.

Kalit soʻzlar: globallashuv, pedagogika, taʼlim-tarbiya, inklyuziv taʼlim, milliy tiklanish, milliy yuksalish, maʼnaviyat.

IN THE SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS - EDUCATION AND UPbringing IS THE MAIN CRITERIA

Annotation

The article argues that in the spiritual and moral education of preschool children, we should provide them with educational and upbringing institutions such as model schools, spiritual schools, schools for the elderly, parent universities, neighborhood institutes, and, first of all, further revitalize our work in this area. The article presents a number of proposals and recommendations in this regard. The article also provides scientific and theoretical justification of the ideas in their education and upbringing.

Keywords: globalization, pedagogy, education and upbringing, inclusive education, national revival, national upliftment, spirituality.

Oʻzbekiston Respublikasining barcha shahar va qishloqlarida insonparvarlik gʻoyalarga asoslangan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari olib borilmoqda. Jumldan taʼlim va tarbiya sohasida ham davlat siyosati darajasida islohotlar amalga oshirilmoqdaki bu-maktabgacha taʼlim tizimini xam bugungi kunda rivojlantirish istiqbollarini belgilab bermoqda.

Zero, Ozod va obod vatanda yashayotgan ertangi kunimizning davomchilari boʻlgan yoshlarimiz uchun barcha qulayliklar va imkoniyatlar yaratilganligidan mamnun boʻlasan kishi. Bolalar va yoshlar uchun sarflanadigan moddiy va maʼnaviy xarajatlar tez kunlarda oʻz samarasini bermoqda. Bolalar va yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qilingan ezgu ishlar bu tinchligimiz va farovonligimizni kafolati ekanligini barchamiz yaxshi tushunamiz.

--⊱⊱ 113 ⊰⊰--

Oʻzbekistonimizda tinchlik-osoyishtalik va xavfsizlikni, fuqarolar va millatlararo ahillik va hamjihatlikni koʻz qorachigʻidek asrash va mustahkamlash bundan buyon ham eng muhim, hal qiluvchi vazifamiz boʻlishi darkor. Albatta, bu masala boʻyicha maʼsul boʻlgan tegishli idoralar bor, kuch qudratimiz ham yetarli. Lekin qachon yurt tinch va obod boʻladi? Qachonki har qaysi uyda, har qaysi mahallada yashayotgan odam tinchlik va osudalikning qadriga yetib, uni mustahkamlashni, uni himoyalashni oʻzining burchi, deb bilsa, tinchlik uchun kurashsagina bu maqsadga erishish mumkin.

Insoniyat hayotida shiddatli oʻzgarishlar bilan globallashuv jarayoni davom etayotgan bir paytda, inson ongi va qalbi uchun kurash bormoqdaki, yoshlarimizni gʻarbdan ommaviy madaniyat elementlari sifatida kirib kelayotgan ularni fikri va ongini zaharlovchi turlicha zararli gʻoyalarning xuruji kuchaymoqda. Bunday paytda oʻz-oʻzidan ravshanki har tomonlama shakillanish va oʻsish pallasida boʻlgan yoshlar bu kurashning obʼekti boʻlib qolmoqdalar. Yoshlarimizni Vatanparvarlik va milliy gʻurur ruhida tarbiyalash ularni globallashuv jarayoni calbiy taʼsiri va oqibatlaridan saqlash oʻzini shu yurtning erkin fuqarosi deb bilgan barcha insonlarning oldida turgan eng muhim vazifadir.

Yoshlarimiz kelajagining porloq boʻlishiga rahna solayotgan nomunosib gʻayri insoniy axloq koʻrinishlari tarqalmasligi uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak deb hisoblayman.

1. Mamlakatimizda yuksak ilmiy salohiyatga chuqur bilim va hayotiy tajribaga ega boʻlgan, koʻpni koʻrgan insonlar koʻp. Hayotni achchiq chuchugini totigan intelektual qatlam ziyolilarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Ahli donish ustoz murabbiylar, mohir pedagoglar, fidoiy vrachlarimiz hamda mohir muhandislarimiz qoʻyinki nuroniy bobo va buvilarimiz bor. Oilalar ibratli boʻlgan ota onalarimiz borki, ularni yoshlar tarbiyasi boʻyicha bilimlari, amaliyotlaridan keng foydalanishimiz darkor. Bu borda “Oila instituti”, “Mahalla universiteti” kabi taʼlim muassasalari bola tarbiyasida shugʻullanish uchun amaliyotga tatbiq qilinsa nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi.

2. Shaxsiy naʼmuna va ibrat asosida tarbiyalash hamma davrlarda tarbiyaning asosiy omili boʻlib kelgan. Oila institutida tarbiya masalasiga mahallada bolalar va yoshlar axloqli odobli boʻlishiga kuyinchaklik masalasini oʻtkirlashtirish zarur. Ayni shu masalada muhtaram prezidentimiz “Oila”ni qoʻllab quvvatlashni yanada takomillashtirish boʻyicha 2022-2026 yillarga moʻljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”ning bosh maqsadi sifatida oʻz fikr mulohazalarini va qarashlarni taʼkidlab oʻtdilar.

3. Oilada yoshlikdan boshlab bolalarni mehnat qilishga oʻrgatish orqali tarbiyalash, aynan mehnat qilish orqali ota-onalarga, qarindoshlarga, el yurtga hurmat eʼtibor tuygʻularini singdirish, Vatanimiz jamolini aqliy va jismoniy mehnat natijasida chiroy ochayotganini his etish kerak. Oʻz mehnatidan zavqlanish el-yurt koriga yarayotganidan faxrlanish tuygʻusini shakllantirish darkor. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririda bolani intelektual, maʼnaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatlariga maktabgacha taʼlim yoshidan boshlab etibor qaratish lozim ekanligiga alohida etibor berish kerakligi keltirib oʻtilgan.

4. Har bir oilada ota-onaning oʻrni va maʼsuliyatini oshirish, bolalar tarbiyasida ayniqsa otaning talabchanligi, mulohazakorligi hamda meʼyoriy gʻamxoʻrligi katta ahamiyatga egadir. Bu borada jamiyatda bolani taʼlim va tarbiya berishning xalqaro platformasiga oʻtish har bir ota-onaning bola oldidagi majburiyatlari boʻyicha kerak boʻlsa noqobil oilalarda ham keng koʻlamli profilaktik va inklyuziv taʼlim-tarbiya jarayonini yoʻlga qoʻyishni taqozo qilmoqda. Bu esa baʼzi noqobil otalar va onalarni maʼnaviy jihatdan sogʻlomlashtirishni ham nazarda tutadi.

Zero oʻgʻil bolalarni mehnatsevar qoʻrqmas, jasur va mard boʻlishida ota-onaning oʻrni juda ahamiyatlidir. Shuning uchun ham “Pedagogika”da “bola yetaklovchi” maʼnosida koʻproq ota nazarda tutiladi.

--⊱⊱ 114 ⊰⊰--

5. Jamoatchilik orasida bolalar va yoshlarimizni milliy anʼanalar va qadriyatlar asosida odobli va ahloqli qilib tarbiyalashning muomala odobi, kiyinishidagi milliylik va goʻzallikning zamonaviy dizayni namunalarini targʻib qilish, ota-onaga boʻladigan alohida hurmat va eʼtiborning amaliy jihatlari yoshlikdan sogʻligʻining qadriga yetishning ahamiyati, zararli odatlardan saqlanishda irodaviy tarbiyalash muhimdir.

6. Bilim va hunar oʻrganish kishini baxt saodatga erishishining kaliti ekanligi haqidagi ochiq muloqot va suhbatlar tarbiyachilar, oʻqituvchilar va uztozlar amaliyotini uyushtirish uslublarini qoʻllash vaqti keldi.

7. Har qanday tarbiya jarayonida oʻrganilayotgan obʼektni haqqoniy baholab oqni “oq” deb “qorani qora” deb, yaxshi ibratli xatti- harakatlarni, yomon illatli xatti-harakatlar bilan yonma-yon ifodalash haqiqatni anglashning eng yaxshi ishonchli uslubidir. Kezi kelganda aytish mukinki “WWW” mana buni maʼnosini avvalombor har birimiz anglab yetmogʻimiz darkor. Yani “Butun dunyo oʻrgimchak toʻri” degan maʼnoni bildiradi va bu bolani hayotida hatto yashash tarzida “oqni oq-qorani qora” deyishga boʻlgan munosabatida juda katta muhim rolni bajaradi.

Hayotimizning barcha sohasida erishayotgan yutuqlarimiz yaxshilikka, yangilikka, ezgulikka intilganimiz samarasidir. Zeroki, bu insonning borliqqa boʻlgan, hayotga boʻlgan munosabatidagi oliy tafakkur mahsulidir. Shu bilan birga hayotga ochiq koʻz bilan qarab xom xayolga berilmaslik, sodir boʻlayotgan voqea va hodisalarni odob ahloqqa yoshlarimiz ongi shuuridagi ayrim noxush salbiy holatlardan bu oʻtkinchi holat deb koʻz yumib ketish eng katta xatodir. Aytish mumkinki, bu ota-ona tarbiyachi uchun kechirilmas holdir. Negaki tarbiyada holatning katta kichigi boʻlmaydi. Har qanday arzimas boʻlib koʻringan tarbiyadagi noxushlik tez orada kattalashib, bolalar va yoshlarni halol yashashi topishiga taʼsir etishi mumkin. Kelajagimiz barkamol avlod qoʻlidadir. Ularning oʻqish va mehnatda kasb hunar sirlarini oʻrganishlaridagi muvaffaqiyatlari bizning yutugʻimizdir.

Sport sohasida erishilayotgan yutuqlar albatta ommaviylik hamda farzandlarimizni yanada sogʻlom va komil inson boʻlib yetishishlariga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sogʻlom turmush tarzini oilalarda ommalashtirish yaxshi natija beradi. Biz ota onalar va ziyolilar hamma vaqt, har joyda oʻzimizning shaxsiy naʼmunamiz kerak boʻlsa, haqli talabchanligimiz bilan ibrat boʻlishimiz kerak.

Ibrat tarbiyasi milliy pedogogikaning noyob durdonasi boʻlib, bogʻcha tarbiyalanuvchisi va maktab oʻquvchilarning maʼnaviy kamolatida har bir pedogok shaxsiy ibrat va naʼmuna koʻrsatishi darkor. Agar oʻqituvchi, tarbiyachi, shifokor, ziyolilar tashqi koʻrinishidan tortib hulq atvorigacha tarbiyachi va oʻquvchiga ibrat boʻla olsa, tarbiyachi va oʻquvchiga tashqaridan maʼnaviy ideal qidirishning hojati qolmaydi.

Haqiqatdan ham ozod va obod vatan, faravon turmushni, taʼminlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodga taʼlim berish va tarbiyalashga, qanday ahamiyat berilayotganligiga bogʻliqdir.

Tarbiya jarayonini tashkil etish, bolalarni yoshlikdan yaxshi tarbiyalash ularga yaxshi odob va axloq qoidalarini oʻrgatish, zamonasining bilimli, maʼrifatli komil kishi qilib tarbiyalash toʻgʻrisida ulugʻ bobokalon alloma mutafakkir va olimlarimiz Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Imom al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy ijodi hamda shaxsiy ibrat naʼmunalari beqiyos tarbiya maktabidir.

Masalan Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub “Qutadgʻu-bilik” saodatga boshlovchi kitob asarida yoshlarga beriladigan oʻrgatiladigan axloq va odob qoidalari, bilim tarbiya naʼmunalari tahsinga sazovordir. Buyuk faylasuf olim va tabib Ibn Sino bola tarbiyasini uni tugʻilmasidan oldin boshlash kerak deb bejiz aytmagan. Abu Nosir Farobiy bilim va tarbiya olish naqadar ulugʻ va moʻtabar neʼmat ekanini, kattalar xatti-harakatlari hamda odatlari kichiklarga ibrat va naʼmuna

--⊱⊱ 115 ⊰⊰-- ekanliklarini anglatishi doimo yaxshi xulq hamda axloq odob naʼmunalarini har birimiz oʻz faoliyatimiz bilan keyingi avlodlarga qoldirishimiz bu ulugʻ xikmat va neʼmat ekanini oʻzining “Fozil odamlar shahri” asarida bejiz keltirilmagan.

Xulosa oʻrnida aytishimiz mumkin-ki hozirgi bozor iqtisodiyoti shakllangan bir paytda jahon iqtisodiy qonun qoidalari asosida umuminsoniy qonun va taʼmoyillar asosida yangicha dunyoqarash shakllanmoqdaki, biz bu jarayonga ochiq koʻz va hushyorlik bilan qarab oʻzimizning gʻoyamiz “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish gʻoyasi”ning taʼmoyillarini bolalarimiz, yoshlarimiz qalbiga yetkaza olsak buyuk ishni amalga oshirgan boʻlamiz.

Milliy gʻoya mana shu Obod va Ozod Vatan hammamizniki shiori ostida, ona vatan tinchligi, xalq faravonligi, ilm maʼrifatning gullab yashnashi, bagʻrikenglik va komillikka yetishish kabi ulugʻ maqsadlar vazifa qilib olingan.

Milliy tiklanishdan, milliy yuksalish sari gʻoyani amalga oshirishda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida va bolalar va yoshlar orasida olib borilayotgan Ona Vatanga sadoqat va milliy gʻurur va iftixorni tarbiyalash sifatini oshirish eng muhim vazifalarimizdan biridir.

Foydalaniligan adabiyotlar

7. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi

toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. -T.: Oʻzbekiston Respublikasi

qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 6-son.

8. Mirziyoev Sh.M. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. // “Xalq soʻzi” gazetasi, 2017 yil, 20 sentabr, № 189 (6883).

9. Shavkat Mirziyoevning “Erkin va farovon, demokratik oʻzbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan OliyMajlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi 2016 yil 14 dekabr)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevningoliy-25-01-2020

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.