ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA BOLA SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR

초록

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini shaxsini shakllantirishda taʼlim-tarbiyaning oʻrni hamda tarʼlim-tarbiyaning pedogogik metodlari va xususiyatlari haqida fikr mulohazalar yuritilgan. Shuningdek maktabgacha taʼlim tizimda zamonaviy yondoshuvlar asosida bolani tarbiyalashning ilmiy jihatlari tahlil qilib berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 233 ⊰⊰--

ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR

Ahmadova Gulruh Kamolovmona

Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani

26-DMTT direktor oʻrinbosari

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini shaxsini shakllantirishda taʼlim-tarbiyaning oʻrni hamda tarʼlim-tarbiyaning pedogogik metodlari va xususiyatlari haqida fikr mulohazalar yuritilgan. Shuningdek maktabgacha taʼlim tizimda zamonaviy yondoshuvlar asosida bolani tarbiyalashning ilmiy jihatlari tahlil qilib berilgan.

Kalit soʻzlar: pedagog, texnologiya, zamonaviy dastur, axloq, estetika.

Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi boʻgʻini hisoblanib ushbu soha har tomonlama sogʻlom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni koʻrsatdiki, oxirgi yillarda turli salbiy omillar taʼsirida maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash borasida rivojlanish oʻrniga, orqaga ketish holatlari, yillar davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish koʻrsatkichlari oʻsishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, soʻnggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika boʻyicha bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi 2016 yilga kelib 27 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada oʻrganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy maʼlumotli emasligi, taʼlim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”da PF-5198–son farmonida taʼkidlaganidek, Maktabgacha taʼlim sohasi uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi boʻgʻin hisoblanib, u har tomonlama sogʻom va barkamol bola shaxsini tayyorlash va maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu farmonga muvofiq maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tarmogʻini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dastur va texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart–sharoitlar yaratishdan iborat. Dasturning asosiy vazifalari sifatida ilgʻor xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda bolalarni intellektual axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan. Maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida har tomonlama rivojlantirish, taʼlim-tarbiya berish, koʻnikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab taʼlimiga tayyorlash kabi talablarini belgilaydi. Bolalarning bilim, koʻnikma va malakalari, ularning har tomonlama rivojlanishi hamda maktab taʼlimiga tayyorgarlik

--⊱⊱ 234 ⊰⊰-- darajalari davlat talablarda nazarda tutilgan mashgʻulot va faoliyatlarni oʻtkazish jarayonida talablarning bajarilishini kuzatish, oʻrganish, tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga qarab belgilanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir. Mashgʻulot tarbiyachi rahbarligida oʻtkaziladi, tarbiyachi mashgʻulotlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy mashgʻulotlarini tashkil etadi. Oʻquv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Demak, mashgʻulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashgʻulot orqali bolalar oʻquv malakasini egallab boradi. Oʻz-oʻzini anglay boshlaydi hamda bilim olishga intiluvchan boʻlib boradilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega. Birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol taʼsir etishadi, oʻz tashabbusi, topagʻonligini namoyon qilish imkoniyati tugʻiladi. Bu borada maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarlarda xususan oʻgʻil bolalalarda oʻgʻil bolalik jinsidan kelib chiqib ularga nafaqat taʼlim berish balki oʻgʻil bolalik tarbiyasini berish lozim. Bunda oʻgʻil bolalarni jamoa boʻlib ishlashga ularda erkaklik hislaridan kelib chiqib taʼlimning noananaviy metodlari orqali yondashishni taqoza qiladi. Chunki oʻgʻil bola ertaga oila deb atalmish qoʻrgʻonning egasi boʻladi. Ana shu qoʻrgʻonning kaliti hamisha oʻgʻil bolaning qalb kechinmalari bilan shakllanishi lozim. Mana bunda taʼlimning oʻziga xos jihatlarini koʻrishimiz yoki idrok etishimiz mumkin. Albatta, qiz bola qiz bolalik jinsidan kelib chiqib ham taʼlim, ham tarbiyani olmogʻi bugungi jamiyatning eng asosiy muammolaridan biri boʻlib turibdi. Dunyo shiddat bilan oʻzgarayotgan bir paytda qiz bolalarni shanini va nomusini asrab avaylash murakkab tarbiya va taʼlim jarayonining oʻziga xos yoʻlidir. Bu yoʻlda qiz farzandiga oʻz vaqtida vaqt ajratib uning dard tashvishlari, hayot kechinmalari, qiziqishlar olami bilan yaqindan tanishib unga yordam beraolsa oʻylaymanki qiz bola tarbiyasi uchun oʻz burchini sadoqat bilan bajaraolagan boʻladi. Bogʻcha yoshidan boshlab qiz bolalarni turli xil borliqning, tabiatning va koinotning sir asrorlari bilan tanishtirib borish muhim deb oʻylayman va bu borada albatta davalatmiz “Ota-onalar universiteti”ga tayanishi va ishonishi lozim.

Bolalar ishiga zoʻr berishni talab etuvchi vazifa qoʻyilganda birgalikda qaygʻurishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs oʻyinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, oʻqishda paydo boʻlgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan doʻstona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga oʻrgatadi.

Shuningdek, maktabgacha taʼlimda sifatli taʼlim tarbiyani tashkil etishda xorijiy davlatlarning taʼlim dasturlaridan andoza olib milliy taʼlim va tarbiya metodikamizga uygʻun holda rivojlantirilmoqda. Bu borada Janubiy Koreya, Buyuk Birtaniya, AQSH kabi davlatlarning ilm-fan tamadduni oʻrganilmoqda va bu borada keng koʻlamli samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Aynan Buyuk Britaniyada odatda taʼlim berish oʻrganilayotgan predmet yoki oʻqituvchiga emas balki bolaga yoʻnaltiriladi. Bunday yondashuv ingliz taʼlimi tarixiga asoslanib uning rivojlanishiga Russo, Frebel, Montessori taʼsir koʻrsatganlar. Ular bolaning individualligini rivojlantirish va mustaqilligini himoya qilish kerak deb hisoblaydilar. Maktabgacha tarbiyaning asosiy maqsadlari: har bir bolaning ehtiyoji va uning manfaatlarini qondirish, bolalar oʻrtasidagi farqni hurmat qilish. Bunda bola oʻqish uchun ichki intilishga ega, qiziquvchan va tabiatan sergʻayrat, deb taxmin qilinadi. Oʻqitish bolaning oʻzi taklif qilgan oʻyini davomida olib borilishi kerak. Ustozning asosiy vazifasi bolaga uqtirish yoʻli

--⊱⊱ 235 ⊰⊰-- bilan emas, balki oʻyinni qoʻllab turish, unga tadqiqot oʻtkazish uchun turli materiallar taqdim etishdan iboratdir. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni maktabga tayyorlashda yozish va oʻqishdan tashqari qoʻshiq kuylash, sheʼr aytish, raqsga tushish oʻrgatiladi, eng kichik yoshdagilar esa eng mayda motorika mashqlarini bajaradilar, abstrakt fikr yuritishga moʻljallangan oʻyinlar oʻynaydilar, bir birlariga yordam berishda ularda oʻzaro hamkorlik koʻnikmalari shakllantiriladi. Shu bilan birga ranglarni ajratish, raqam va harflarni oʻrganadilar. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarda tarbiyachilar bolalarning rivojlanishi, ham ruhiy shakllanishi darajasi diagnostikasi uchun mazmuniy rolli oʻyinlar, rasm chizish va narsalar yasashni juda foydali usul deb hisoblaydilar. AQSHda bolalar tarbiyasining asosiy jihatlaridan biri bolaga kattalardek munosabatda boʻlish hisoblanadi. Bola shaxs va unga quloq tutish va fikrini hurmat qilish lozim. Albatta uni yoʻnaltirib turish kerak, lekin buyruq tariqasida emas nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini tushuntirish orqali.

Bola shaxsini shakllantirish nihoyatda nozik masaladir. Bu borada bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlimga moslashtirish benihoyat katta mehnat va maʼsuliyat talab qilmoqda. Aynan ota-bobolarimiz tomonidan bola tarbiyasi borasida bir qancha ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik fikrlar, gʻoyalar va qarashlar ilgari surilgan. Bolani jamiyatga moslashtirish shaxs sifatida uni ijtimoiy hayotga tayyorlash bir qancha murakkab bosqichlarni va amaliyotlarni amlaga oshirishga undaydi. Bu borada dunyo tajribasi ham har bir dunyoga kelayotgan boʻlajak fuqarosini tarbiyalab shaxs sifatida kamolga yetkazishda judda katta moddiy va maʼnaviy mehnat resurslarini sarflamoqda. Xususan AQSh bitta fuqarosini tugʻilib to shaxs boʻlib jamiyatda oʻz oʻrnini topib ketgunga qadar 214 ming dollar mablagʻ, Janubiy Koreya esa 174 ming dollar mablagʻ sarflar ekan. Aynan uzluksiz taʼlimning tayanch boʻgʻini Maktabgacha taʼlimda bola shaxsini ulugʻlash ularga “Hazrati inson sifatida qarash” kabi tushinchlarni bugun ijtmioiy hayotimizda oʻzimizning burchimiz ekanligini anglab turmogʻimiz lozim.

Mashgʻulot bolalar bogʻchasida bolalarga taʼlim berishning asosiy shaklidir. Mashgʻulot-bu tarbiyachining bolalarni kerakli bilim va malakalardan umumiy holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga taʼlim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigienik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob, harakatlari kabi turli-tuman malaka va koʻnikmalarini shakllantirib boradi.

Xulosa tariqasida aytish joizki, horijiy mamlakatlarning maktabgacha taʼlim tizimlarini oʻrganish ularning ilgʻor tajribasini tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish boʻyicha aniq chora tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirib, zamonaviylashtirishga imkon yaratildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi

“Maktabgacha taʼlim tizimini boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisi”da PF-5198–son farmoni.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha taʼlim

tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3651-sonli

qarori.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “Oʻzbekiston

Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

toʻgʻrisida”gi PQ-4312-sonli Qarori.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.