--⊱⊱ 565 ⊰⊰--
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YOʻLLARI
Omonova Nigora Ikrom qizi
Toshkent viloyati Boʻka tumani
8-sonli DMTT direktor oʻrinbosari
Suyunova Laziza Baxodir qizi
Jizzax viloyati Baxmal tumani 19-
DMTT direktor oʻrinbosari
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyalshtirishning samaradorligini oshirishni innavatsion yoʻllari ilmiy jihatdan asoslab koʻrsatilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xarajatlarni kamaytirish orqali bolalarga koʻrsatilayotgan marketing xizmatining xorijiy tajribalarini maktabgacha taʼlimga olib krish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirib oʻtilgan.
Kalit soʻzlari: Moliya organlari, Byudjet mablagʻlari, Maktabgacha taʼlim menejmenti
INNOVATIVE WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF FINANCING THE COSTS
OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Annotation
The article scientifically substantiates innovative ways to increase the efficiency of financing preschool educational organizations. Proposals and recommendations are made on the introduction of foreign experience in marketing services provided to children by reducing costs in preschool educational organizations into preschool education.
Keywords: Financial authorities, Budget funds, Preschool education management
Mamlakatimizda yuz berayotgan koʻplab islohotlarning biri maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirishda yangi yoʻnalishlar ishlab chiqish talab qilinadi. Unga koʻra, moliyalashtirishdan koʻproq manfaatdor tomonlar aniqlanadi. Davlat moliyalashtirishining sxemasi ishlab chiqiladi, moliyalashtirishdagi asosiy muammolar va ularning kelib chiqish sabablari oʻrganiladi, moliyalashtirish mexanizmi oldiga qoʻyilgan talablar belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori bilan tashkil etilgan maxsus komissiyaga maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibini oʻrganish hamda sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar yetkazib berishning shaffof hamda soddalashtirilgan tizimini yaratish boʻyicha takliflar, oziq-ovqat bilan taʼminlashga mablagʻ ajratilishida koʻplab muammolar boʻlgan. Shuningdek, ajratilgan mablagʻlar evaziga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini tarbiyalanuvchilarga yoki bemorlarga toʻliq yetkazib berilishiga, mahsulotlarning sifatiga hech kim kafolat bermagan. Moliya organlari hamda byudjet mablagʻlari taqsimlovchilari ushbu muammolarga
--⊱⊱ 566 ⊰⊰-- yetarlicha eʼtibor qaratmagan. Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarini moliyalashtirishdagi muammolarni aniqlash yuzasidan joylarga chiqqan holda oʻrganishlar olib borildi. Oʻrganish natijalariga koʻra byudjet tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, MTTlarni belgilangan meʼyorlar asosida oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun byudjetdan yetarlicha mablagʻ ajratilmagani, davolanuvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun ovqat tayyorlanishining sifati va vitaminli ozuqalar (meva, sabzavot va boshqa mahsulotlar) bilan taʼminlash darajasi talablarga javob bermasligi kuzatildi. Bundan tashqari, oziq- ovqat mahsulotlarini xarid qilish, joylarga yetkazish, ovqatlar tayyorlash tizimida shaffof mexanizmlar oʻrnatilmagani oqibatida turli kamomad va oʻzlashtirishlarga yoʻl qoʻyilayotgani, qish-bahor mavsumi uchun byudjet tashkilotlari oziq-ovqat mahsulotlarini gʻamlash va ularni saqlash masalalari maʼlum bir mezon va meʼyorlar bilan tartibga solinmagani aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy soha tashkilotlarini oziq-ovqat bilan taʼminlashning shaffof mexanizmlarini joriy etish, shuningdek oziq-ovqat bilan taʼminlash tadbirlarini moliyalashtirishni yaxshilash yuzasidan tegishli choralar koʻrilmoqda.
Jumladan, ovqatlanish xarajatlariga byudjet mablagʻlarini ajratishda moliya organlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadidaMoliya vazirligi tomonidan 2018 yilda har bir tarbiyalanuvchi yagona yondashuv asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun mablagʻajratish tizimi joriy etildi. Bunda byudjet tashkilotning turi, kontingenti; maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning MTTda boʻlishvaqti; oziq-ovqat bilan taʼminlashning sanitariya meʼyorlari va boshqalar kabi mezonlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari, 2018 yildan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalar qamrovini oshirish maqsadida (ota- onalarning talablariga asosan) 9 soatlik guruhlarga qatnaydigan bolalar uchun otaonalar toʻlovi sezilarli ravishda kamaytirildi. Masalan, qishloq joylardagi bogʻchalarda 90 ming soʻm oʻrniga 60 ming soʻm, tuman markazlarida esa 85 ming soʻm etib belgilandi. Shuningdek, viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda joylashgan bogʻchalarda ham viloyat markazlariga nisbatan qariyb 10 foiz pasaytirilgan miqdorlar belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilindi. Qaror matniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy organlarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash uchun
2017 yil 9 sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”da qaror imzolandi. Hujjatda maktabgacha taʼlim sohasida davlat siyosatini toʻliq amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mavjud tizimli kamchiliklar koʻrsatilgan, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha taʼlim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan. Maktabgacha taʼlimni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha taʼlim bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlashga imkon bermayapti. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan taʼminlay olmayapdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning oziq-ovqat, moddiy taʼminoti va ularga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishda ham jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan tashabbus qilingan davlat- xususiy sheriklik mexanizmi zamonaviy va
--⊱⊱ 567 ⊰⊰-- hammabop maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun investorlarga yer uchastkalari, Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat taʼlim talablariga, sanitariyagigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha taʼlim xizmatini koʻrsatish narxining maqbulligi va arzonligini taʼminlash uchun masʼul boʻlishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga keng soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etiladi. Shuningdek, Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi. Mazkur eksperimentlar yakunlari boʻyicha Respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish masalasi koʻrib chiqilishi nazarda tutilmoqda. Qaror bilan ushbu sohadagi dolzarb muammolarni hal qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha ―Yoʻl xaritasi ham tasdiqlandi. Maktabgacha taʼlim tizimini tanqidiy oʻrganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha taʼlim sohasidagi qonunchilikni undagi boʻshliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil etish, shuningdek, maktabgacha taʼlim sohasida davlat siyosatini samarali roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks oʻrganish ishlari amalga oshiriladi. Bunda zarur infratuzilmani yaratish va maktabgacha taʼlimning xususiy sektorini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bilan bir qatorda, sifatli maktabgacha taʼlimni tashkil etishga davlat talablari, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni uygʻun rivojlantirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqiladi. Qarorda vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishni soddalashtirish ham oʻz ichiga olgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi. Nodavlat maktabgacha taʼlim tizimini kengaytirish maqsadida Komissiyaga mavjud amaliyot va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash topshirildi.
Maktabgacha taʼlim tizimi uzluksiz taʼlimning birlamchi, eng asosiy boʻgʻinidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga koʻra, inson oʻz umri davomida oladigan barcha axborot va maʼlumotning 70 foizini 5 yoshgacha boʻlgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sogʻlom va bilimli, yetuk kadrlar boʻlib voyaga yetishida bogʻcha tarbiyasi juda muhim oʻrin tutadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimga alohida eʼtibor qaratmoqda.Shu masalaga 2017-yil 16-avgust kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishdamaktabgacha taʼlim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkurMTTlarga bolalarni toʻla qamrab olish boʻyicha muhim vazifalar qoʻyilganedi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat – OʻzbekistonRespublikasi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish darajasi pastligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermasdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi bu borada ham sezilarli oʻzgarishlar boʻlishini maʼlum qildi. Soha xodimlarining ish haqi oshirilib, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha aniq manzilli chora-tadbirlar koʻriladi. Bundan koʻzlangan maqsad – bolalarni tarbiyalash va sohani har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishdir.
--⊱⊱ 568 ⊰⊰--
Xulosa qiladigan boʻlsak, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirishni takomillashtirish va ularni mamalakatimizda tutgan oʻrnini oshirish hozirgi kundagi muhim masalalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
23. Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qatiy tartib –intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak” Oʻzbekiston. 2017.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2019 yil 8 may PQ-4312 sonli qarori.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.