--⊱⊱ 361 ⊰⊰--
YONDASHUVLAR
Djurayeva Zulayho Xujamovna
Qarshi shahar maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlimi tasarrufidagi 1-sonli Davlat
maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori, Qarshi
Davlat Universiteti mustaqil tadqiqotchisi.
Tel:+998995251800
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sifat menejmenti tizimining mazmuni, uning asosiy tamoyillari, boshqaruvning zamonaviy yondashuvlari, SWOT tahlili, strategik boshqaruvning ahamiyati hamda taʼlim muhitini modernizatsiya qilish yoʻnalishlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotining missiya va maqsadlarini belgilashning nazariy asoslari hamda ularni amalga oshirishda sifat menejmenti mexanizmlari yoritiladi. Maqola yakunida tizimni takomillashtirish boʻyicha ilmiy- amaliy tavsiyalar beriladi.
Abstract: This article provides a scientific analysis of the quality management system in preschool educational institutions, its core principles, modern management approaches, SWOT analysis, the importance of strategic planning, and directions for modernization of the educational environment. It also examines the theoretical foundations of defining the mission and goals of preschool institutions and the mechanisms of implementing these within a quality management framework. The article concludes with practical recommendations for improving the system.
Аннотация: В данной статье научно обоснованно анализируется система менеджмента качества в дошкольных образовательных организациях, ее основные принципы, современные подходы к управлению, SWOT-анализ, значимость стратегического управления и направления модернизации образовательной среды. Также рассматриваются теоретические основы определения миссии и целей дошкольной образовательной организации и механизмы их реализации в системе менеджмента качества. В заключение представлены научнопрактические рекомендации по совершенствованию системы.
Kalit soʻzlar: Sifat menejmenti, maktabgacha taʼlim, strategik boshqaruv, SWOT tahlil, innovatsion taʼlim, boshqaruv tamoyillari, pedagogik menejment.
Kirish: Maktabgacha taʼlim tizimi taʼlimning uzluksiz bosqichlari ichida eng muhim poydevor hisoblanadi. Bola shaxsining dastlabki sifatlari, qiziqishlari, bilish faolligi va ijtimoiy koʻnikmalari aynan ushbu bosqichda shakllanishi sababli, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sifat menejmenti samaradorligini taʼminlash zamonaviy taʼlim siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Menejment nazariyasi boʻyicha A. Fayol, F. Teylor, G. Emerson, M. Veber kabi klassik olimlar tomonidan asos solingan boshqaruv tamoyillari bugungi taʼlim tizimi uchun ham dolzarb boʻlib, ular metodologik asos sifatida maktabgacha taʼlimni boshqarish strategiyasining zamonaviy modelini shakllantirishga xizmat qiladi. Sifat menejmenti tizimi taʼlim jarayonining samaradorligi, uzluksizligi, innovatsionligi va shaffofligini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, uning tarkibida
--⊱⊱ 362 ⊰⊰-- rejalashtirish, nazorat, monitoring, diagnostika va tahlil jarayonlari muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, zamonaviy boshqaruv konsepsiyalarida bola markazchiligi, taʼlim xizmatlari sifati, bolaning individual rivojlanish qoʻllab-quvvatlash kabi yondashuvlarning ustuvorligi kuchayib bormoqda. Mazkur tadqiqot quyidagi metodologik asoslar va ilmiy yondashuvlarga tayandi:
1. Nazariy-tahliliy metod: Kattakishiyev, Maxkamova, Yoʻldoshev, Muxitdinov, Qosimova, Valijonov, Zayavitdinova kabi mahalliy olimlar tadqiqotlari hamda boshqaruvning klassik nazariyalari (Fayol, Teylor, Emerson, Veber) tahlil qilindi. Ularning boshqaruv tamoyillari maktabgacha taʼlim tizimi sharoitiga moslashtirildi.
2. Strukturaviy-funksional yondashuvMaktabgacha taʼlim tashkilotining boshqaruv tizimi: subyekti va obyektlari, boshqaruv pogʻonalari, vakolatlar taqsimoti, boshqaruvning strategik, funksional va operatsion darajalari tahlil qilindi. [3].
3. SWOT tahlili metodidan foydalanish: Mazkur yondashuv maktabgacha taʼlim tashkilotining kuchli, zaif tomonlari, imkoniyatlari va xavflarini aniqlash imkonini berdi. [1].[2].
4. Innovatsion-pedagogik metod: Taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari Shlyayxerning XXI asr taʼlimi boʻyicha nazariy qarashlari bilan bogʻliq holda tahlil qilindi.
5. Komparativ tahlil: Xorijiy taʼlim menejmenti modellari bilan mahalliy tizim taqqoslanib, moslashtirish imkoniyatlari oʻrganildi.
Metodologik yondashuvlarning bunday kombinatsiyasi tadqiqotning ilmiy asoslanganligini taʼminlab, maktabgacha taʼlimdagi boshqaruv jarayonlarining koʻp qirrali xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga imkon berdi.
Maktabgacha taʼlimda sifat menejmentining mazmuni
Sifat menejmenti - bu taʼlim tashkilotining maqsadiga erishish uchun belgilangan sifat koʻrsatkichlari asosida rejalashtirilgan jarayonlarni boshqarish, tahlil qilish va takomillashtirib borish tizimidir. Bu jarayon quyidagilarni oʻz ichiga oladi: [2].
✓ taʼlim sifatini rejalashtirish;
✓ monitoring va diagnostika;
✓ tashkiliy-boshqaruv jarayonlari muvofiqligi;
✓ pedagogik faoliyat samaradorligini baholash;
✓ takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy tamoyillari Maqolada keltirilgan tamoyillar Teylor, Emerson va zamonaviy menejment nazariyalariga asoslanadi. Jumladan:
➢ bola manfaatlari ustuvorligi;
➢ uzluksizlik va tizimlilik;
➢ innovatsion yondashuv;
➢ hamkorlik tamoyili;
➢ moslashuvchanlik; aniq qoʻyilgan maqsad va gʻoyalar;
➢ oqil, sogʻlom fikr;
➢ jozibali, eʼtiborli mahsulot;
--⊱⊱ 363 ⊰⊰--
➢ intizom;
➢ xodimga nisbatan adolatli boʻlish;
➢ sifatni doimiy oshirish.
➢ Ishning iqtisodiy usullarini joriy qilish;
➢ Professional tanlov va kadrlarni oʻqitish;
➢ Kadrlarni joy-joyiga ratsional qoʻyish;
➢ Maʼmuriyat bilan ishchining hamkorligi.
Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlim tashkilotining missiyasi — har bir bolaga qulay va xavfsiz taʼlim muhitini yaratish orqali ularning barcha sohalardagi rivojlanishini taʼminlash, bolalarning ijtimoiy koʻnikmalarini shakllantirish va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishga yordam berishdir. Mazkur missiya mamlakatdagi har bir bola oʻz qobiliyatini toʻlaqonli rivojlantirishi uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotining missiyasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
▪ bolalarning har tomonlama rivojlanishi;
▪ ijtimoiylashuv jarayonini qoʻllab-quvvatlash;
▪ xavfsiz va qulay taʼlim muhitini yaratish;
▪ taʼlimning uzluksizligini taʼminlash. Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsadlari - qisqa, oʻrta va uzoq muddatli vazifalar boʻlib, ular strategik boshqaruv orqali amalga oshiriladi. [4]. [5]. SWOT tahlilining maktabgacha taʼlimda qoʻllanishi Tahlilning qisqa shakli: Kuchli tomonlar:
✓ malakali pedagoglar mavjudligi
✓ davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
✓ milliy dasturlar mavjudligi Zaif tomonlar:
✓ moddiy-texnik bazaning yetishmovchiligi
✓ innovatsion texnologiyalar kamligi
✓ kadrlar malakasining notekisligi Imkoniyatlar:
✓ raqamli texnologiyalarning kengayishi
✓ xalqaro tajribalarni tatbiq etish
✓ xususiy sektorni jalb qilish Tahdidlar:
✓ iqtisodiy oʻzgaruvchanlik
✓ raqobatning kuchayishi SWOT tahlili strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Taʼlim muhitini zamonaviylashtirish Zamonaviylashtirish jarayoni bir nechta yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
--⊱⊱ 364 ⊰⊰--
1. Raqamlashtirish (elektron portfoliolar, e- monitoring);
2. Pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
3. Innovatsion pedagogik texnologiyalar (STEAM, montessori, interfaol metodlar);
4. Inklyuziv taʼlimni joriy etish;
5. Ota-onalar bilan hamkorlikni raqamli platformalar orqali kuchaytirish.
Xulosa. Maktabgacha taʼlimda sifat menejmenti tizimi taʼlim jarayonining samaradorligi, innovatsionligi va raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omili hisoblanadi. Sifatni boshqarishning ilmiy asoslangan tamoyillari, SWOT tahlili, strategik rejalashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash orqali maktabgacha taʼlim tizimining rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratiladi. Missiya va maqsadlarning aniq belgilanishi esa boshqaruvning samarali tashkil etilishiga zamin boʻladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Djurayev R.X. Turgʻunov S.T. Taʼlim menejmenti. Toshkent. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. 263 bet
2. Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Taʼlim sifatini boshqarish.T.: “Turon-Iqbol”: 2006. 590 bet
3. Muxitdinov X.A., Sobirov A.A. Boshqarish nazariyasi / Darslik. – T., Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijdiy uyi. 2012, 240 bet.
4. Pardayev O.M. Menejment. Oʻquv qoʻllanma. – T.: IQTISODIYOT DUNYOSI, 2019. – 261 b.
5. Yoʻldoshev N.K. Menejment asoslari va biznes reja: darslik / N.K.Yoʻldoshev, S.Sh.Yusupov, G.E.Zaxidov. – Toshkent: – Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017. – 252 bet.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.