ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA TIZIMLI-VAZIYATLI YONDOSHUV ASOSIDA DIREKTORLARNING BOSHQARUV MADANIYATI

초록

Ushbu maqolada Tizimli-vaziyatli yondoshuv — bu rahbarning boshqaruv faoliyatini tizimli tarzda tashkil qilishga asoslangan yondoshuv bo‘lib, har bir vaziyatni alohida ko‘rib chiqish va unga mos keladigan qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv rahbarning barcha tizimlar (ma'muriyat, o‘qituvchilar, ota-onalar, bolalar va boshqa manfaatdor tomonlar) bilan aloqalarini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Vaziyatli yondoshuv esa, rahbarning o‘sha paytdagi mavjud sharoitlarga qarab, muayyan qarorlar qabul qilishiga asoslanadi


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 206 ⊰⊰--

YONDOSHUV ASOSIDA DIREKTORLARNING BOSHQARUV MADANIYATI

Z.N.Gapparova. Y.Xaqqulova

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi

“Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim

metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi

Zarbdor tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi

tasarrufidagi 6- son DMTT tarbiyachisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Tizimli-vaziyatli yondoshuv — bu rahbarning boshqaruv faoliyatini tizimli tarzda tashkil qilishga asoslangan yondoshuv bo‘lib, har bir vaziyatni alohida ko‘rib chiqish va unga mos keladigan qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv rahbarning barcha tizimlar (ma'muriyat, o‘qituvchilar, ota-onalar, bolalar va boshqa manfaatdor tomonlar) bilan aloqalarini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Vaziyatli yondoshuv esa, rahbarning o‘sha paytdagi mavjud sharoitlarga qarab, muayyan qarorlar qabul qilishiga asoslanadi.

Kalit so‘zlar: Tizimli yondashuvning mohiyati, barcha tizimlar, imkoniyatlar, rahbarning faoliyati, direktorning boshqaruv madaniyati va uning ahamiyati, moslashuvchanlik.

Аннотatsiя: в данной статье системно-ситуatsiонный подход рассматривается как подход, основанный на системной организatsiи управленческой деятельности руководителя, предполагающий рассмотрение каждой ситуatsiи в отдельности и принятие соответствующих ей решений. Системный подход позволяет руководителю координировать свои отношения со всеми системами (администрatsiей, педагогами, родителями, детьми и другими заинтересованными сторонами). Ситуatsiонный подход основан на том, что руководитель принимает конкретные решения в зависимости от текущих условий.

Ключевые слова: суть системного подхода, все системы, возможности, деятельность руководителя, управленческая культура руководителя и её значение, гибкость.

Abstract: In this article, the Systemic-Situational Approach is an approach based on the systematic organization of the manager's management activities, which involves considering each situation separately and making decisions that correspond to it. The systemic approach allows the manager to coordinate his relations with all systems (administration, teachers, parents, children and other stakeholders). The situational approach is based on the fact that the manager makes specific decisions depending on the current conditions.

Keywords: The essence of the systemic approach, all systems, opportunities, the activities of the manager, the director's management culture and its importance, flexibility.

Uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini boʻlgan maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, taʼlim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash.

Tizimli yondashuv boshqaruv jarayonini yagona butun tizim sifatida ko‘rib, undagi barcha elementlarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

--⊱⊱ 207 ⊰⊰--

✓ pedagogik jarayon;

✓ boshqaruv qadriyatlari va hujjatlari;

✓ xodimlar salohiyati;

✓ ota-onalar bilan hamkorlik;

✓ moddiy-texnik baza;

✓ tashkiliy madaniyat.

Direktorning vazifasi mazkur elementlar o‘rtasida uyg‘unlik yaratish, ularning samarali ishlashiga sharoit yaratish, muammolarni tizimli tahlil qilish orqali boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishdan iborat. Tizimli yondashuv direktordan keng ko‘lamli tafakkur, rejalashtirish madaniyati va strategik qarorlar qabul qilishni talab etadi.

Direktorning boshqaruv madaniyati va uning ahamiyati.

Direktorning boshqaruv madaniyati ta’lim tashkilotlarining umumiy faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruv madaniyati deganda, direktorning boshqaruv jarayonlariga yondoshuvi, muloqot uslubi, qarorlar qabul qilishdagi axloqiy mezonlari, rahbar sifatidagi mas'uliyatliligi va boshqaruvdagi umumiy madaniyat tushuniladi. Maktabgacha ta’limda direktorning boshqaruv madaniyati quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi:

Insonparvarlik: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘qituvchilar va ota-onalar bilan muloqotda insonparvarlikni, samimiylikni, mehr-shafqatni ko‘rsatishi zarur. Bu, o‘z navbatida, tarbiyachilarning bolalar bilan ishlashda yaxshilanishiga yordam beradi.

Ishonch: Direktor o‘z jamoasiga ishonch bildirish, jamoa a’zolarining fikrini tinglash va ularga o‘zlarini erkin his qilish imkoniyatini yaratish orqali boshqaruv madaniyatini shakllantiradi.

Tashkiliy ko‘nikmalar: Direktor tashkilotning ishlashini samarali boshqarish uchun yaxshi tashkiliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Bunga resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, xodimlarni motivatsiya qilish, ish jarayonlarini rejalashtirish va monitoring qilish kiradi.

3. Tizimli-vaziyatli yondoshuv va direktor boshqaruvi.

Maktabgacha ta’lim tizimida direktorlar turli vaziyatlarga qarab boshqaruv faoliyatini tizimli tarzda tashkil qilishlari kerak. Har bir vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qarorlar qabul qilish, ijobiy natijalarga erishish uchun muhimdir.

Boshqaruvning tizimli yondoshuvi quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:

Vaziyatni tahlil qilish: Direktor har bir muammoli vaziyatni tizimli tahlil qiladi. Misol uchun, biron bir tarbiyachining kasalligi yoki bolalar bilan bog‘liq muammo yuzaga kelsa, direktor buni umumiy tizimdagi holat bilan bog‘laydi va muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydi.

Moslashuvchanlik: Tizimli yondoshuv doirasida direktor turli vaziyatlarga mos ravishda harakat qilishni o‘rganadi. Har bir hodisa yoki o‘zgarish direktorning boshqaruv uslubiga ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun vaziyatga qarab yangi qarorlar qabul qilinadi.

Jamoaviy ish: Direktor boshqaruv jarayonlarida o‘z jamoasining fikrini va mulohazalarini inobatga oladi. Har bir xodimning fikri va bilimidan foydalanish boshqaruv madaniyatini rivojlantiradi.

4. Direktorning boshqaruv madaniyatini shakllantirishda tizimli yondoshuvning ahamiyati.

Tizimli yondoshuv direktorning boshqaruv madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Buning asosiy sababi shundaki, tizimli yondoshuv direktorning o‘z qarorlarining tizimdagi barcha aloqalar bilan qanday bog‘lanishini tushunishga yordam beradi. Masalan: O‘qituvchilar bilan munosabatlar: Direktor o‘qituvchilarni rag‘batlantirish va ularni malakasini oshirishga yo‘naltirish orqali tizimli tarzda pedagogik jamoani qo‘llab-quvvatlaydi. Maktabgacha ta’lim tizimida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

--⊱⊱ 208 ⊰⊰--

Prezidentimiz bugungi kun uchun o‘ta muhim va dolzarb bo‘lgan bir qator vazifalarga to‘xtalar ekan, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda vujudga kelayotgan yangidan-yangi talablarni har bir inson qaerda va qanday lavozimda ishlamasin chuqur anglashi, ishga, hayotga munosabatini o‘zgartirib borishi zarurligini ta’kidlab o‘tdilar. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan bildirilgan quyidagi mulohazalar har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarini yanada mas'uliyatliroq bo‘lishga, hushyorlikka undaydi: Ayniqsa, zamonning yurishi, o‘zgarishi bilan avvalo rahbarlar, yetakchilar o‘zgarishi kerak.

Yurtimizda ta’lim tizimiga mamlakatni barqaror taraqqiy ettirishning muhim omili sifatida e’tibor qaratilayotgani qisqa fursatdayoq o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. Bu xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Modomiki, shunday ekan, bugungi kunda rahbar nafaqat aniq bir kasb-hunarning egasi, avvalo o‘zining faoliyati va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bo‘lishi, yuksak intellektual tafakkur sohibi, uzoqni ko‘ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo‘lib yashaydigan, qat’iyatli shaxs bo‘lishi lozim.

Darhaqiqat, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori ham ta’lim tashkiloti boshqaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa undan ilgor tajribalarni va fan-texnika yutuqlarinimuntazam o‘rganib o‘z faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashuvni talab qiladi. Agar maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorida boshqaruv yo‘nalishlari boyicha zarur bilim, tajriba, pedagogik mahorat, ko‘nikma va malakalar yetarli bo‘lmasa ta’lim jarayonini boshqarishda vujudga keladigan turli muammolarning o‘z vaqtida, oqilona yechimini topishda uning ojizligi sezilib qoladi. Ularning oldini olish hamda pedagogik xodimlar faoliyatini takomillashtirish va natijada o‘quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri rahbar boshqaruv faoliyatining ilmiy asosda tashkil etilishidir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tizimli-vaziyatli yondoshuv asosida direktorlarning boshqaruv madaniyati maktabgacha ta’lim tizimining samarali ishlashi uchun muhim ahamiyatga ega. Direktorning boshqaruv madaniyati, uning rahbarlik uslubi va qarorlar qabul qilishdagi yondoshuvlar ta’lim tashkilotlarining umumiy muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Direktorning boshqaruv madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, tashkilot faoliyati shunchalik samarali va barqaror bo‘ladi. Shu bois rahbarlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularga zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini o‘rgatish hamda amaliyotda qo‘llashni kuchaytirish maktabgacha ta’lim sifatini oshirishning muhim omilidir. Shuningdek, tizimli yondoshuv orqali direktor jamoani boshqarishda hamkorlikni, ishonchni va samaradorlikni oshirishga erishishi mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Xoliqova, N., Yo‘ldosheva, S. Maktabgacha ta’lim menejmenti. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020 yil.

2. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019 yil.

3. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323

4. Valiyeva. F.R., Kurbonov Sh. Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.