ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIDA BOLALARNI ERTA YOSHDAN TARBIYALASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY USTUVOR VAZIFALARI

초록

ushbu maqolada Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni erta yoshdan tarbiyalash tizimini rivojlantirishning asosiy ustuvor vazifalari ,va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlik ishlarini samarali tashkil qilish haqida aytib oʻtilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 129 ⊰⊰--

TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY USTUVOR VAZIFALARI

Karimova Umida Muminjanovna

Toshkent viloyati Bekobod shahar

19-DMTT direktori

Annotatsiya: ushbu maqolada Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni erta yoshdan tarbiyalash tizimini rivojlantirishning asosiy ustuvor vazifalari ,va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlik ishlarini samarali tashkil qilish haqida aytib oʻtilgan.

Аннотatsiя: В этой статье говорилось о ключевых приоритетных задачах развития системы раннего воспитания детей в системе дошкольного образования, а также о эффективной организaции взаимодействия с родителями.

Abstract: This article discusses the main priority tasks in developing the system for educating children from an early age in the preschool education system, as well as effectively organizing collaborative work with parents.

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim tashkiloti, ota-ona, hamkorlik, taʼlim-tarbiya, pedagog, bolalar, odob-axloq.

Ключевые слова: организaция дошкольного образования, родители, сотрудничество, воспитание, педагог, дети, манеры.

Key words: preschool education organization, parents, cooperation, education, pedagogue, children, manners.

Maktabgacha taʼlim – bolaning ijtimoiy, aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanishining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Ushbu davrda beriladigan tarbiya va taʼlim nafaqat bolaning shaxs sifatida shakllanishida, balki uning kelajakdagi oʻquv va hayotiy faoliyatiga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish va bolalarni erta yoshdan tarbiyalash tizimini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar yordamida bolalarni rivojlantirish jarayoni samaraliroq boʻladi. Shu bilan birga, ota-onalar va jamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirish bolalarning shaxs sifatida toʻlaqonli rivojlanishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 16 avgust kuni oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini soʻzsiz taʼminlash, maktabgacha taʼlim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, tizimning boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 5-6 yoshli bolalarni 100 foiz qamrab olish choralarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu vazirlik maktabgacha taʼlim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Shuningdek, vazirlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni erta yoshdan tarbiyalash tizimini rivojlantirishning asosiy

ustuvor vazifalari

--⊱⊱ 130 ⊰⊰--

➢ Bolalarning toʻlaqonli rivojlanishini taʼminlash

➢ Pedagogik malaka va kasbiy kompetensiyalarni oshirish

➢ Taʼlim muhitini modernizatsiya qilish

➢ Ota-ona va jamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirish

➢ Kompetensiyaga yoʻnaltirilgan taʼlim tizimini joriy etish

➢ Raqamli va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish

Maktabgacha taʼlimning vazifalari:

Bolalarning toʻlaqonli rivojlanishini taʼminlash-Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi zarur. Shu maqsadda taʼlim jarayonida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, emotsional barqarorlikni rivojlantirish va ijtimoiy koʻnikmalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish lozim. Bu vazifa bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.

Innovatsion yondashuvlar: interaktiv oʻyinlar, loyihaviy faoliyat, muammoli vaziyatlar orqali bolalarning ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Hamkorlik pedagog bilan ishlaydigan oila va jamoa qadriyatlari, turmush tarzi, oʻziga xos xususiyatlarini tan olish va ularni qadrlashi, shuningdek, bolalarning oʻqishi va rivojlanishiga hissa qoʻshadigan koʻplab muhim usullarni qadrlashlarini talab qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan pedagoglar farzandlar oilada va jamoada nimalarni oʻrganayotganiga tayanib, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bolalarni maktabga tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi “Maktabgacha taʼlim” toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha taʼlimni uyda, ota-onalar mustaqil taʼlim berish orqali yoki doimiy faoliyat koʻrsatadigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab taʼlimiga oʻtishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy oʻzgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani uydaligidayoq maktab taʼlimiga tayyorlash, uncha qiyin boʻlmagan bilim, tushuncha, koʻnikma va malakalar bilan tanishtirish kerak boʻladi. Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini taʼminlaydigan, ikkinchidan bolalarni maktabning boshlangʻich sinflarida oʻzlashtirishlari lozim boʻlgan oʻquv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni taʼminlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi.

Demak, farzand tarbiyasini ota – onalar oʻz shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota – onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi masʼuliyati hamda qarindosh – urugʻlar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota – ona obroʻsi farzand tarbiyasida maʼnaviy ozuqa boʻladi. Bu maʼnaviy ozuqa bola tarbiyasida “ufq” ni koʻzlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qoʻshib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota – onalar ijobiy oʻrnak boʻladigan kishilardir, yaʼni obroʻli ota – onalardir. Bunday odamlar oʻz farzandlari tarbiyasiga oilada ham, MTT ham eʼtibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar aʼzolari boʻladi. Aksariyat xollarda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi haqida gapirilganda uning soʻz boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Ota-ona, hatto ayrim oʻqituvchilar xam bola qanchalik koʻp bilsa, u shunchalik rivojlangan boʻladi, deb oʻylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika, ommaviy axborot vositalarining keng

--⊱⊱ 131 ⊰⊰-- tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari goʻyo maʼlumotlar ummonida soʻzib yurgandek boʻlmokdalar.

Pedagogik malaka va kasbiy kompetensiyalarni oshirish-Bolalarning sifatli tarbiyasi pedagoglarning professional malakasiga bogʻliq. Shu sababli tarbiyachilarni zamonaviy pedagogik metodlar, innovatsion yondashuvlar va raqamli texnologiyalar bilan ishlashga oʻrgatish muhimdir.

Innovatsion yondashuvlar: STEAM, Montessori, Reggio Emilia kabi metodikalarni joriy etish, elektron portfoliolar va onlayn monitoring vositalaridan foydalanish.

Ota-ona va jamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirish-Ota-onalarni tarbiyaviy jarayonga faol jalb qilish maktabgacha taʼlim tizimining samaradorligini oshiradi. Ota-ona bilan muntazam muloqot, maslahatlar, onlayn platformalar orqali farzandning rivojlanishi haqida axborot berish samarali natija beradi.

Innovatsion usullar: mobil ilovalar orqali bolaning rivojlanishini kuzatish, oilaviy loyihaviy faoliyatlar, virtual maslahatlar va yigʻilishlar.

Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni erta yoshdan tarbiyalash tizimini rivojlantirishning ustuvor vazifalari bolalarning har tomonlama rivojlanishini taʼminlash, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini oshirish, taʼlim muhitini modernizatsiya qilish, ota-ona va jamiyat bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, kompetensiyaga yoʻnaltirilgan taʼlimni joriy etish va raqamli texnologiyalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish orqali bolalarning shaxs sifatida toʻlaqonli rivojlanishi, taʼlim sifatining oshishi va maktabgacha taʼlim tizimining samarali faoliyati taʼminlanadi. Innovatsion pedagogik yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar va ota-ona bilan mustahkam hamkorlik maktabgacha taʼlimning sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Xulosa qilib, maktabdagi oʻqishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning oʻzaro bogʻlangan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo haqidagi anglangan tasavvurlar, nutq va elementar oʻquv faoliyati umumiy darajasining birligi, maktabda muvaffaqiyatli oʻqishning zaruriy sharti hisoblanadi, bu esa biz pedagoglar hamda ota-onalarga katta koʻmak beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. Maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini mavzuli rejalashtirish (barcha yosh guruhlari uchun) 2018 y. 2. O.U. Hasanboeva va boshqalar. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi. Pedagogika kolleji uchun oʻquv qoʻllanma (3-nashr) T.:”Ilm ziyo”, 2012y. 3. http://www.edu.uz–Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsustaʼlim vazirligi sayti. 4. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y 5. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical Conditions for the Development of Artistic Perception in Children of the Fifth Year of Life in the Process of Familiarization with Works of Fine Art// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643-9840, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323 6. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education

(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.