ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA TAʼLIMDA MILLIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI

초록

Maqolada bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan  islohotlar, milliy qadriyatlar, shu  oʻrinda xalq ogʻzaki ijodining bola tarbiyasidagi oʻrni va mazmun-mohiyati, undan foydalanishda tarbiyachilarning masʼuliyati koʻrsatilgan. Shuningdek, barcha qadriyatlar taʼlimiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, ular, yosh avlod ongi, dunyoqarashining shakllanishiga, ichki ruhiy dunyosining, aqliy faoliyatining kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 35 ⊰⊰--

FOYDALANISHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI

Amanov Odiljon Karimovich

Olmaliq davlat texnika universiteti

katta oʻqituvchisi

Amanova Gulnoz Abdukayumovna

Toshkent viloyati pedagogik mahorat

markazi katta oʻqituvchisi

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlar, shu oʻrinda xalq ogʻzaki ijodining bola tarbiyasidagi oʻrni va mazmun-mohiyati, undan foydalanishda tarbiyachilarning masʼuliyati koʻrsatilgan. Shuningdek, barcha qadriyatlar taʼlimiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, ular, yosh avlod ongi, dunyoqarashining shakllanishiga, ichki ruhiy dunyosining, aqliy faoliyatining kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit soʻzlar. Milliy qadriyatlar, urf-odat, anʼana, ertak, doʻstlik, tarixiy oʻtmish, mehnat tajribalari, anʼanalar.

Аннотация. В статье рассматриваются реформы, реализуемые в настоящее время в системе дошкольного образования, национальные ценности, в частности роль и содержание народного устного творчества в воспитании детей, а также ответственность воспитателей за его использование. Кроме того, все ценности имеют воспитательное и образовательное значение, играют важную роль в формировании сознания и мировоззрения подрастающего поколения, развитии его внутреннего духовного мира и интеллектуальной активности.

Ключевые слова. Национальные ценности, обычаи, традиции, сказки, дружба, историческое прошлое, трудовой опыт, традиции.

Abstract. This article examines reforms currently being implemented in the preschool education system, national values, and in particular the role and content of oral folklore in childrenʼs education, as well as the responsibility of educators for its use. Furthermore, all values have educational and upbringing significance, playing a significant role in shaping the consciousness and worldview of the younger generation, developing their inner spiritual world and intellectual activity.

Keywords: National values, customs, traditions, fairy tales, friendship, historical past, work experience, traditions.

Maktabgacha yosh – har bir inson hayotida oʻchmas, oʻz-oʻzini bilish asoslari shakllanishi yuz beradigan davrdir. Mazkur davrda bolaning bilish jarayoni xususiy amaliy yoʻl bilan yuzaga keladi. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolaning keng tarqalgan faoliyatlari – oʻyin, muloqot, predmetli, tasviriy faoliyat, mehnat muhim oʻrin tutadi. Aynan shu faoliyatlar jarayonida bolaning aqliy taraqqiyoti, hissiyoti, mantiqiy tafakkur, oʻz-oʻzini nazorat qilish, ijodiy tasavvur kabilar tarkib topadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning taraqqiyoti uning olam bilan aloqasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan holdagina muvaffaqiyatli kichadi [1]. Milliy qadriyatlardan, tarixiy merosdan, moddiy va maʼnaviy madaniyat yutuqlaridan hisoblangan Markaziy Osiyo qomusiy allomalarining taʼlim-tarbiya toʻgʻrisidagi gʻoyalaridan yoshlar tarbiyasida foydalanishga falsafiy, pedagogik,

--⊱⊱ 36 ⊰⊰-- didaktik, psixologik nuqtai nazardan eʼtibor berilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining yetakchi faylasuf olimlaridan E.Yusupov, J.Toʻlenov, I.Jabborov, Q.Nazarov, pedagog olimlaridan A.Zunnunov, R.Djuraev, O.Musurmonova, Oʻ.Tolipov kabi olimlar xalq pedagogikasi yutuqlaridan hisoblangan milliy qadriyatlarni taʼlim va tarbiya jarayonida oʻrganilishiga hissa qoʻshmoqdalar. Shuning uchun ham, mazkur olimlarning asarlari ushbu tadqiqot ishida katta ahamiyatga egadir.

Faylasuf olim, akademik E.Yusupov oʻzining qator asarlarida qadriyatlarning taʼrifi va xususiyatlariga toʻxtalib oʻtadi. U, qadriyat tushunchasiga falsafiy nuqtai nazardan quyidagicha taʼrif beradi: "Qariyatlar jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyotiga ijobiy taʼsir etadigan, kishilar ongiga singib, ijtimoiy kasb etgan moddiy, maʼnaviy hodisa, jarayon boʻlsa ham, uning ahamiyati va mohiyati kishilarning ularga munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchaning oʻzi ham qadr-qimmat maʼnosini bildiradi" [7].

Olim, jamiyat taraqqiyotida insoniyat tomonidan bunyod etilgan, oʻtmish va kelajakda rivojlanish uchun ijobiy taʼsir etadigan barcha moddiy va maʼnaviy boyliklar, fikrlar, gʻoyalarga qadriyat sifatida qaraydi. Tadqiqot ishida yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, odobi, axloqiy shakllanishi, ijtimoiy tushuncha ekanligi eʼtiborga olindi. Shaxsning xislatlari, fazilatlari, dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladigan, oʻtmishda yaratilgan, kelajakda foydalaniladigan omillar yoshlarning taʼlim-tarbiyasida foydalanish lozim boʻlgan qadriyatlar deb tushunildi. Shuningdek, barcha qadriyatlar taʼlimiy, tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular, yosh avlod ongi, dunyoqarashining shakllanishiga, ichki ruhiy dunyosining, aqliy faoliyatining kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina qadriyatlar jarayon xususiyatiga ega boʻlib, ushbu jarayonni amalga oshirilishida boʻlgʻusi shaxs – bola ishtirok etadi, uning xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi, baʼzi qoidalarini oʻrganib, ongiga singdirib boradi. Bular jumlasiga anʼanalar, urf-odatlar, oʻgitlar, nasihatlar, bayramlar yoʻnalishidagi qadriyatlarni misol keltirish mumkin.

Baʼzi qadriyatlar esa, namoyon boʻlishi natijasida turli xil buyumlar, asarlar, jihozlar, qurilmalar moddiy boyliklar koʻrinishida yaratiladi hamda moddiy borliqning oʻzligiga nisbatan, ushbu tasvir uzoq vaqt saqlanib qoladi. Borliq yaratilishiga sabab boʻladigan qadriyatlar shartli ravishda moddiy qadriyatlar deb belgilandi.

Koʻp yillik kuzatishlar va olib borilgan tadqiqot natijasida, shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga taʼsir etadigan tarixiy, madaniy, maʼnaviy, moddiy qadriyatlar umumlashtirilib quyidagi tuzilmaga keltirishga harakat qilindi. Jarayon qadriyatlari shartli ravishda maʼnaviy qadriyatlar deb, namoyon qadriyatlar esa, moddiy borliq koʻrinishidagi moddiy qadriyatlar deb belgilandi.

Qadriyatlar uchta guruhga ajratiladi. Yaʼni, umuminsoniy (mustaqillik, doʻstlik, vatanparvarlik kabi), mintaqaviy (mehmondoʻstlik, sahovatlilik, bolajonlik kabi) va milliy (maʼnaviy, moddiy) qadriyatlarga guruhlanadi.

Tarbiyalanuvchilar umuminsoniy (mustaqillik, doʻstlik kabi), mintaqaviy (mehmondoʻstlik, sahovatlilik kabi) hamda milliy (maʼnaviy, moddiy) qadriyatlar orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim va tarbiya olishadi. Ushbu jarayonda, ularning bir-birlariga boʻlgan hurmati, doʻstligi, hamkorligi kabi insoniy fazilatlari shakllanadi.

Shuningdek, ular xalq hunarmandchiligi sohalarini oʻzlashtirishi hamda taʼlim va tarbiyaning shakli, vositasi, metodlaridan unumli, samarali foydalanishi natijasida shakllangan kichik hunarmand sifatida namoyon boʻladi.

Milliy qadriyatlar shartli ravishda maʼnaviy va moddiy qadriyatlarga boʻlinadi. Maʼnaviy qadriyatlarga xalq ijodiy merosi, yaʼni xalq ogʻzaki va yozma ijodi va anʼanalar hamda musiqa va

--⊱⊱ 37 ⊰⊰-- teatr sanʼati, moddiy qadriyatlarga esa, xalq hunarmandchiligi, tasviriy va amaliy sanʼat sohalari hamda tarixiy obidalar misol boʻladi.

Xalqimizning tarixiy rivojlanish taraqqiyoti xususiyatlarini ifodalaydigan maʼnaviy va moddiy qadriyatlar koʻp yillar davomida yaratilgan. Xalqning hayotiy ahvolini yoritadigan manbalar hamda moddiy borliq koʻrinishida yaratilgan jihoz, buyumlar shartli ravishda milliy qadriyatlar sifatida guruhlandi.

Xalq ijodiy merosi (xalq ijodi) – mehnatkash xalq ommasining badiiy-ijodiy faoliyati boʻlib, xalq yaratgan, xalq orasida keng tarqalgan va ajdoddan-avlodga oʻtib, ommaning ijtimoiy mehnat tajribasi jarayonida shakllanib, tobora takomillashtirilib boradigan sanʼatdir. Xalq ijodida mehnat faoliyati, ijtimoiy-milliy hayoti, turmush tarzi, tabiat toʻgʻrisidagi tushunchalari, madaniyati, eʼtiqodi, orzu-istaklari, his-tuygʻulari hamda tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻylari oʻz ifodasini topadi. Olim M.Imomnazarov fikricha, “... barcha maʼnaviy boylikni xalq yaratadi. Ammo, Yevropa ilmida mumtoz (klassik) sanʼat va xalq ijodi (folklor) ni farqlash udum boʻlgan. ... xalq ijodi namunalari odatda turli toifalar did-farosatini charxlashga, ularning maʼnaviy kamolotini yuksaltirishga, ularda nazokat, nafosat tuygʻularini tarbiyalashga xizmat qiladi, dunyoni uygʻun idrok etishga yordam beradi”.

Dostonlar – Sharq adabiyotiga mansub lirik, epik zamindagi koʻp qismli poetik asarlar boʻlib, xalq hayotining maʼlum tarixiy taraqqiyot davri uchun muhim hisoblangan mavzularga bagʻishlanadi. Uning matni sheʼriy yoki ertakka oʻxshash koʻrinishlarda boʻlib, baxshilar, hofizlar, oqinlar tomonidan qayta ishlanishi va kuylanishi natijasida yildan-yilga sayqallanib boradi.

Dostonlarda voqea-hodisalar, qahramonlar xatti-harakatlari, xulq-atvorlari boʻrttirib koʻrsatiladi, mubolagʻa va turli-tuman qilib (metafora va boshqalarda) tasvirlanadi.

Oʻzbek xalq dostonlaridan "Alpomish", "Goʻroʻgʻli", "Avazxon", "Hasanxon", "Kuntugʻmish", "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", "Yunus pari", "Rustamxon" va boshqalar halqning oʻlmas qadriyatlariga aylangan hamda jahon madaniyati safidan muhim oʻrin egallagan.

Tarbiyalanuvchilarga milliy qadriyatlarimizning noyob durdonalaridan hisoblangan xalq ijodiy merosi namunalaridagi qahramonlarning fazilatlarini komil inson taʼrifi sifatida tarbiyaviy jarayonda oʻrgatilib borilishi har bir tarbiyachining muqaddas burchidir. Chunki, qahramonlar siymosida tasvirlangan ijobiy fazilatlarni xalq oʻz farzandlarida mujassam boʻlishini orzu qiladi, istaydi va shakllantirishga intiladi.

Ertak xalq ogʻzaki ijodining bir boʻlagi sifatida bola ruhiyatiga ilk bor oʻrnashadigan badiiy asar mahsuli hamdir. Hali maktabgacha taʼlim tashkilotiga qadam qoʻymasdanoq kichkintoylar ertak haqida birmuncha tasavvur va taassurotga ega boʻlish bilan birga, besh-oʻnta ertakni mukammal oʻzlashtirgan boʻladilar.

Aynan mana shu egallangan bilim va koʻnikmalar bola tarbiyasidagi ilk yoʻnalishni belgilashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Hayotda ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi azaliy kurash, bunda, oxir-oqibat, yaxshilikning gʻalabasi ertaklarda yaqqol namoyon boʻlib, yaxshilik tomonda mehr-oqibat, mehnatsevarlik, doʻstlik, yurtga sadoqat tuygʻulari mujassam. «Zumrad va Qimmat», «Uch ogʻayni botirlar», «Ur, toʻqmoq», «Yoriltosh», «Qor malikasi», «Ayoz bobo» kabi asarlarda bosh qahramon xarakter xususiyatini ochib berish, bu orqali bolajonlarni ertak qahramonlaridek feʼl-atvorga ega boʻlishga undash tarbiyada eng dolzarb va eng sodda tushuncha: «Nima yaxshiyu, nima yomon?» gʻoyasini singdirish vazifasi yotadi.

Fikrimizcha, xalq sanʼati – orzular, kechinmalar va his tuygʻularni turli harakatlarda, ogʻzaki vositalar yordamida (qoʻshiq, ashula, raqs va musiqa asboblarida) obrazli qilib ifodalanishi. Xalq sanʼati turli faoliyatlarda (askiya, qiziqchilik, masxarabozlik, koʻz boylagʻich, dor oʻyini kabi) va

--⊱⊱ 38 ⊰⊰-- amaliy sanʼat (naqqoshlik, meʼmorchilik, zardoʻzlik, tasviriy sanʼat va boshqalar) koʻrinishlarida namoyon boʻladi.

Har bir xalqning tarixiy oʻtmishi, urf-odatlari, mehnat tajribalari, yigʻinlari turli anʼanalar koʻrinishida namoyon boʻladi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Abdullaeva M. Topishmoq va uning bola kamolotida tutgan oʻrni. – T.: «Fan va texnologiya», 2018 yil, -5-6-b.

2. Bobomirzaev X. Xalq ogʻzaki ijodi va uning taʼlim-tarbiyadagi samarasi. – T.: «Oʻqituvchi», 1996.

3. Bekmurodov M. Oʻzbek mentaliteti. – T.: «Yangi asr avlodi», 2004.

4. Jabborov I. Oʻzbek xalq etnografiyasi. – T.: «Fan», 1994.

5. Mirzaeva S., Azizova N. Xalq ogʻzaki ijodi fanidan oʻquv uslubiy majmua. – Andijon:

VXTXQTMOXM, 2013.

6. Mutalipova M.J. Xalq pedagogikasi. – T.: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2011.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.