ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA TA’LIMDA UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

초록

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi tahlil qilinadi. Pedagoglarning malaka oshirish jarayonidagi muammolar, mavjud tizimning kuchli va zaif tomonlari ko‘rib chiqilib, xalqaro tajribalar bilan solishtiriladi. Maqolada samarali rivojlantirish mexanizmlari va amaliy tavsiyalar taklif etiladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 235 ⊰⊰--

TAKOMILLASHTIRISH

Temirov Xushnud Jamolovich

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining

“Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish” boʻlim boshlig’i

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi tahlil qilinadi. Pedagoglarning malaka oshirish jarayonidagi muammolar, mavjud tizimning kuchli va zaif tomonlari ko‘rib chiqilib, xalqaro tajribalar bilan solishtiriladi. Maqolada samarali rivojlantirish mexanizmlari va amaliy tavsiyalar taklif etiladi.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, pedagog xodimlar, uzluksiz kasbiy rivojlanish, malaka oshirish, pedagogik kompetensiya.

Abstract: This article analyzes the continuous professional development (CPD) system of educators in preschool education institutions. The problems encountered in the professional development process of teachers, as well as the strengths and weaknesses of the existing system, are examined and compared with international practices. The article proposes effective development mechanisms and practical recommendations.

Keywords: preschool education, teaching staff, continuous professional development, inservice training, pedagogical competence.

Kirish:

Maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning intellektual, ijtimoiy va emotsional rivojlanishi uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli pedagoglarning malaka va professional kompetensiyasini moslashtirish zarurati ortib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi ularning professional samaradorligini oshirish, pedagogik innovatsiyalarni joriy qilish va bolalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Huquqiy nuqtai nazardan, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan tartibga solinadi.[1] Ushbu qaror maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida xodimlarni malakasini oshirishning tizimli mexanizmini yaratishga qaratilgan bo‘lib, pedagoglarning professional o‘sishini ta’minlashga doir aniq normativ-huquqiy asoslarni belgilaydi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 – yil 20 – dekabrdagi 867- son “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan qator chora-tadbirlar joriy qilingan.[2]

Uzluksiz kasbiy rivojlanish (Continuous Professional Development) pedagogning bilim va ko‘nikmalarini doimiy yangilash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va bolalarga sifatli ta’lim berishni ta’minlashni anglatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uzluksiz rivojlanish tizimi mavjud bo‘lmagan taqdirda pedagoglarning professional kompetensiyasi sustlashadi va bolalarga ta’lim sifati pasayadi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim pedagoglarini malaka oshirish asosan seminarlar, kurslar va treninglar orqali amalga oshiriladi. Biroq, mavjud tizim pedagoglarning individual ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi, innovatsion yondashuv va elektron resurslardan

--⊱⊱ 236 ⊰⊰-- samarali foydalanish imkoniyatlari cheklangan. Ushbu muammolarni hal etishda hukumatimiz tomonidan koʻplab vazifalar belgilab berildi.

Xususan:

- maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlari, pedagog va mutaxassis kadrlarini

qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi joriy etilganligi;

- maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va

malakasini oshirish instituti maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga

birlashtirilgani.[2]

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

- xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish

muassasasi — ta’lim tashkiloti) joriy qilinishi;

- pedagoglar uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslarini

o‘tkazish tartibi belgilanishi.[2]

Shu nuqtai nazardan, maktabgacha ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish ilmiy jihatdan dolzarb bo‘lib, metodologik yondashuv orqali tizimning samaradorligi va pedagoglarning professional o‘sishini baholash imkonini beradi. Mazkur tadqiqot pedagoglarning malakasini oshirishning huquqiy va metodologik asoslarini o‘rganish, mavjud tizimning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda samarali takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan.

Pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish jarayoni maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashda markaziy ahamiyatga ega ekanligi bir qator tadqiqotlarda ko‘rsatib o‘tilgan. L.Vujchich va C.Tambolaš o‘z tadqiqotlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirish jarayoni nafaqat individual bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bilan cheklanmasligini, balki butun institut madaniyatini o‘zgartirishga xizmat qilishini ta’kidlaydilar.[4] Tadqiqot mualliflari pedagoglarning o‘z kasbiga bo‘lgan munosabati va uzluksiz o‘qishga bo‘lgan intilishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga harakat qilganlar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, pedagoglar o‘z kasbini qadrlasa va uzluksiz o‘qishga tayyor bo‘lsa, institut madaniyati ham ijobiy o‘zgaradi, bu esa malaka oshirish tizimi institut ichidagi odatlar, qoidalar, normativ me’yorlar va xulq-atvor modellarini hisobga olgan holda tashkil etilishi kerakligini ko‘rsatadi. Shu tariqa, tadqiqot mualliflari pedagogning individual rivojlanishi va institut madaniyati o‘rtasidagi integratsiyalashgan bog‘liqlikni ta’kidlashadi.[4]

Sh.N. Qosimova maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tahlil qilgan. Muallifning yondashuviga ko‘ra, malaka oshirish jarayoni direktorning shaxsiy kasbiy o‘sishiga xizmat qilishi bilan birga, institutning boshqaruv madaniyati va strategik rivojlanishiga hissa qo‘shadi.[3] Olima tomonidan ishlab chiqilgan takomillashtirilgan texnologiya dastlabki baholash, individual modul va variativ qismlar asosida direktorlarning bilim va ko‘nikmalarini shaxsiy ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish imkonini beradi. Bu yondashuv institutning umumiy sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, malaka oshirish jarayonining tizimli xarakterini ta’kidlaydi. Tadqiqot muallifi o‘z nuqtai nazarida, malaka oshirish jarayoni direktorning faol ishtiroki va institut madaniyati o‘rtasidagi muvofiqlik asosida rejalashtirilishi lozimligini ta’kidlaydi.[3]

Xalqaro tajriba sifatida, M.C.Arbour va hamkasblari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish orqali bolalarning o‘quv natijalarini yaxshilash imkoniyatlarini o‘rganishgan. Tadqiqot “Un Buen Comienzo” dasturi doirasida ikki yil davomida klasterli randomizatsiyalangan eksperiment shaklida amalga oshirilgan. Dastur doirasida 12 oylik seminarlar va ikki haftada bir marta 24 ta mashg‘ulotlar tashkil etilgan bo‘lib, ular bolalarning til va

--⊱⊱ 237 ⊰⊰-- yozma ko‘nikmalarini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-emosional rivojlanish va oilalarning ta’lim jarayoniga jalb etilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, pedagoglarning roli va ularning yetakchilik va hamkorlik qobiliyatlarini oshirish maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, qat’iy hisobdorlik madaniyatidan (xatolarni tanqid qilishga asoslangan yondashuvdan) o‘tib, hamkorlik va umumiy professional o‘sishga yo‘naltirilgan madaniyatni shakllantirish dastur samaradorligini oshiradi.[5]

Ushbu tadqiqotlar ko‘rsatadiki, malaka oshirish dasturlarini rejalashtirishda pedagogning shaxsiy kasbiy rivojlanishi, yetakchilik salohiyati va hamkorlikka tayyorligi markaziy ahamiyatga ega. Shu bilan birga, dastur bolalarning ijtimoiy-emosional rivojlanishi va oilalarning ta’lim jarayoniga jalb etilishini ham hisobga olishi zarur. Xalqaro va milliy tajribalar pedagogning individual rivojlanishi va institut madaniyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash orqali maktabgacha ta’lim sifatining barqaror yaxshilanishiga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish jarayoni samaradorligini oshirish uchun bir qator integratsiyalashgan mexanizmlar joriy etilishi lozim. Avvalo, pedagoglarning malaka oshirish ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha tizimli monitoring mexanizmini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon pedagoglarning individual kasbiy rivojlanish darajasini aniqlash, mavjud bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda malaka oshirish dasturlarini shaxsiy ehtiyojlar va institutsional talablar asosida optimallashtirish imkonini beradi.

Ikkinchi mexanizm sifatida elektron ta’lim resurslari va onlayn platformalarni keng joriy etish zarur. Bu pedagoglarga o‘z bilimlarini moslashuvchan shaklda mustaqil rivojlantirish, interaktiv o‘quv materiallaridan foydalanish va uzoq masofadan ham kasbiy faoliyatni davom ettirish imkonini beradi. Shuningdek, mentorlik tizimini rivojlantirish orqali tajribali pedagoglar bilan tajriba almashish mexanizmi pedagoglarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va institutsional bilimni uzluksiz yetkazish imkonini yaratadi.

Shu bilan birga, ushbu yondashuv pedagoglarning faol ishtiroki, yetakchilik salohiyati va hamkorlik qobiliyatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi, bu esa maktabgacha ta’lim sifatini tizimli oshirishga imkon yaratadi. Taklif etilgan mexanizmlar zamonaviy va elektron ta’lim yondashuvlariga asoslangan bo‘lib, bolalarga sifatli va samarali ta’lim berish darajasini sezilarli darajada oshirishga hissa qo‘shadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 – yil 20 – dekabrdagi 867- son “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.

3. Касимова Ш. Н. Разработка профессиограммы руководителя дошкольной образовательной организatsiи //Проблемы педагогики. – 2020. – №. 2 (47). – С. 44-45.

4. Vujičić L., Čamber Tambolaš A. Professional development of preschool teachers and changing the culture of the institution of early education //Early Child Development and Care. – 2017. – Т. 187. – №. 10. – С. 1583-1595.

5. Arbour M. C. et al. Improving Quality and Child Outcomes in Early Childhood Education by Redefining the Role Afforded to Teachers in Professional Development: A Continuous Quality Improvement Learning Collaborative among Public Preschools in Chile //Society for Research on Educational Effectiveness. – 2016.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.