--⊱⊱ 252 ⊰⊰--
MODELLARI
Rustamova Movluda Erkinovna
MTTDMQTMO instituti dotsenti
Annotatsiya: Мaktabgacha ta’lim tizimini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, raqamli va innovatsion boshqaruv modellari, shuningdek ta’lim tashkiloti, oila va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakllari tahlil etiladi. Tahlillar boshqaruvning samarali amalga oshirilishida ta’lim sifatini oshirish, bolalarni har tomonlama rivojlantirish va pedagog kadrlarning malakasini yuksaltirish omillari asoslangan holda yoritiladi.
Kalit so‘zlar: modellarni takomillashtirish, innovatsion mexanizm, strategik rejalashtirish, raqamli boshqaruv.
Аннотатция: В статье анализируются современные подходы к управлению системой дошкольного образования, цифровые и инновaционные модели управления, а также новые формы взаимодействия образовательной организaтции, семьи и общества. В основу анализа положены факторы повышения качества образования, всестороннего развития детей и повышения квалификaтция педагогических кадров в условиях эффективного осуществления управления.
Ключевые слова: совершенствование модели, инноватционный механизм, стратегическое планирование, цифровое управление.
Abstract: This article analyzes modern approaches to managing the preschool education system, digital and innovative management models, as well as new forms of cooperation between the educational organization, family, and community. The analyzes are based on the factors of increasing the quality of education, all-round development of children and improving the qualifications of pedagogical personnel in the effective implementation of management.
Key words: model improvement, innovation mechanism, strategic planning, digital management.
Maktabgacha ta’lim tizimi jamiyatning asosiy poydevorlaridan biri hisoblanadi. Shaxsning ta’limga bo‘lgan munosabati, dunyoqarashi va ijtimoiy ko‘nikmalari aynan shu bosqichda shakllanadi. Shu bois maktabgacha ta’limni boshqarishga doir modellarni takomillashtirish, innovatsion mexanizmlar va hamkorlik shakllarini joriy etish bugungi kunning muhim talabi hisoblanadi.
Zamonaviy tendensiyalar maktabgacha ta’lim boshqaruvini an’anaviy ma’muriy funksiyalardan dinamik, ochiq, raqamli va hamkorlikka asoslangan modellarga o‘tishni taqozo etmoqda.
1. Maktabgacha ta’limni boshqarishda zamonaviy tendensiyalar
Boshqaruvning an’anaviy modellaridan uyg‘unlashgan innovatsion modellarga o‘tish. So‘nggi yillarda ta’lim tashkilotlarini boshqarishda:
- strategik rejalashtirish;
- natijaviy boshqaruv;
- sifat menejmenti;
- liderlikka asoslangan boshqaruv;
- jamoaviy boshqaruv kabi yondashuvlar faol qo‘llanilmoqda.
Innovatsion boshqaruv bolalarning ehtiyojlari, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, jamoatchilikning ishtirokini inobatga olgan holda kechadi.
Jumladan, raqamli boshqaruvning ahamiyati va afzalliklari quyidagilardan iborat:
--⊱⊱ 253 ⊰⊰--
- bolalar rivojlanishini monitoring qilishning elektron platformalari;
- onlayn muloqot va ota-onalar bilan tezkor axborot almashinuvi;
- statistik ma’lumotlarni avtomatlashtirish;
- elektron jurnal va portfoliolar;
- menejerlik qarorlarini tez va aniq qabul qilishdir.
Oila – maktabgacha ta’lim tashkiloti – jamoatchilik integratsiyasi bola tarbiyasida asosiy rolni oila, ta’lim tashkiloti va jamoatchilik birday o‘ynaydi. Bu integratsiya quyidagi modellar asosida amalga oshiriladi:
Uy – bog‘cha hamkorlik platformalari: elektron ilovalar, bolaning kunlik rivojlanish kartasi bilan tanishish, onlayn maslahatlar;
Ota-onalar universiteti: treninglar, seminarlar, master-klasslar;
Jamoatchilik kengashlari: mahalla, NNT, tashabbuskor guruhlar bilan hamkorlik;
Ochiq eshiklar kuni, oilaviy loyihalar, milliy bayram tadbirlari.
Tashqi hamkorlikning innovatsion shakllari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarning boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi ta’lim sifatini oshiradi:
- ta’lim tashkilotlari bilan klaster tizimida ishlash;
- oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-metodik hamkorlik;
- psixologik markazlar, bolalar rivojlanishi laboratoriyalari bilan hamkorlik;
- biznes strukturalar bilan ijtimoiy sheriklik (qayta tayyorlov kurslari, moddiy-texnik baza qo‘llab-quvvatlovi).
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotida boshqaruvning zamonaviy modellari - bu modelda barcha ishtirokchilar — direktor, direktor o‘rinbosari, pedagog, psixolog, ota-onalar va jamoatchilik — qaror qabul qilishda ishtirok etadi. Afzalliklari: - ochiqlik va shaffoflik; - jamoaviy mas’uliyat; - taklif va tashabbuslar ko‘lamining kengayishi.
Bu model ta’lim sifatini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’limni boshqarishda zamonaviy va innovatsion modellarni joriy etish ta’lim sifati, pedagoglar malakasi va bolalarning rivojlanish darajasini sezilarli darajada oshiradi. Oila, ta’lim tashkiloti va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakllari esa bola atrofida mustahkam tarbiyaviy muhit yaratishga xizmat qiladi. Yangi modellar, raqamli vositalar va hamkorlik tizimining uyg‘unligi maktabgacha ta’limni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishning asosiy kafolatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga oid farmon va qarorlari (2017–2024 y.).
3. “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi. – Toshkent: MTV, 2020.
4. Xalikova, R. Maktabgacha ta’limni boshqarish asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
5. Yuldashev, J. Ta’lim menejmenti va innovatsion boshqaruv. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2020.
6. To‘raqulov, Q. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2022.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.