--⊱⊱ 388 ⊰⊰--
STRATEGIK OʻRNI VA AHAMIYATI
Xakimova S.Sh
MTTDMQTMOI tayanch doktaranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishda marketing xizmatlarining strategik ahamiyati, uning taʼlim muassasalari faoliyatidagi oʻrni, jamiyatdagi islohotlar bilan uzviy bogʻliqligi hamda mavjud qonunchilik talablari asosida yuzaga kelayotgan yangi yondashuvlar ilmiy tahlil qilinadi. Maktabgacha taʼlim tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari marketing faoliyatini boshqaruvning ajralmas boʻgʻiniga aylantirayotgan omillar sifatida baholanadi.
Kalit soʻzlar: marketing, modernizatsiya, boshqaruv, strategiya, taʼlim xizmatlari, raqobat, kommunikatsiya, subyekt, taʼlim tashkiloti, menejment
Аннотация
В данной статье научно анализируется стратегическое значение маркетинговых услуг в управлении системой дошкольного образования, их роль в деятельности образовательных учреждений, а также взаимосвязь с преобразованиями, происходящими в обществе и требованиями действующего законодательства. Отмечается, что поэтапная модернизация системы дошкольного образования превращает маркетинговую деятельность в неотъемлемое звено управления.
Ключевые слова: маркетинг, модернизация, управление, стратегия, образовательные услуги, конкуренция, коммуникация, субъект, образовательная организация, менеджмент
Annotation
This article provides a scientific analysis of the strategic importance of marketing services in managing the preschool education system, their role in the functioning of educational institutions, and their interconnection with ongoing social reforms and current legislative requirements. It is noted that the step-by-step modernization of the preschool education system is turning marketing activities into an integral component of management.
Keywords: marketing, modernization, management, strategy, educational services, competition, communication, entity, educational institution, management
Kirish
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. 2019-yilda qabul qilingan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, Prezidentning maktabgacha taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan farmon va qarorlari, shuningdek 3–7 yoshli bolalarni qamrov darajasini yuqori koʻrsatkichlarga yetkazish boʻyicha belgilangan maqsadlar ushbu tizimni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonining koʻpayishi, xususiy sektor ulushining kengayishi, ota-onalarning taʼlim sifati boʻyicha kutgan talablari oshib borayotgani raqobat muhitini kuchaytirdi. Raqobat esa oʻz navbatida marketing strategiyalarining zaruriyatini yuzaga chiqardi. Bugungi kunda marketing xizmatlari nafaqat taʼlim
--⊱⊱ 389 ⊰⊰-- tashkilotining tashqi imijini shakllantirish, balki ularning ichki boshqaruvi, innovatsion rivojlantirish, taʼlim sifati, kommunikatsiya va jamiyat bilan aloqalar tizimiga chuqur singib bormoqda.
Asosiy qism
Maktabgacha taʼlimni boshqarishda marketing xizmatlarining strategik oʻrni avvalo jamiyatda roʻy berayotgan oʻzgarishlar bilan belgilanadi. Rivojlanayotgan taʼlim bozorida har bir maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻzini mustaqil subyekt sifatida namoyon etishi, oʻzining oʻquv-tarbiyaviy dasturlarini, ijtimoiy xizmatlar paketini, moddiy-texnik bazasini, pedagogik salohiyatini va innovatsion imkoniyatlarini samarali taqdim eta olishi zarur. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli kechishi marketingning ilmiy asoslangan boshqaruv mexanizmlarini talab qiladi.
Marketing faoliyatining maktabgacha taʼlim muassasalari uchun strategik ahamiyatga ega boʻlishining eng muhim omili – bu ota-onalarning ehtiyojlari va ularning taʼlim sifati boʻyicha kutgan natijalarini aniqlashdir. Ehtiyojlarni muntazam oʻrganish natijasida taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini zamon talablari bilan uygʻunlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, soʻnggi qarorlar bilan belgilangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangi boshqaruv lavozimlarining joriy etilishi, pedagoglar malakasiga qoʻyilgan yangi talablar, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining kengayishi sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Talabni chuqur tahlil qilgan muassasa nafaqat oʻz xizmatlari sifatini oshiradi, balki taʼlim xizmatlari bozorida ishonchli va barqaror oʻrinni egallaydi. Marketing xizmatlari maktabgacha taʼlim tashkilotining ijtimoiy imijini shakllantirishda ham strategik oʻringa ega. Bugungi kunda ota-onalar farzandlari uchun bogʻcha tanlash jarayonida faqat joylashuviga emas, balki muassasaning obroʻsiga, pedagoglar malakasiga, tarbiyaviy muhitga, zamonaviy shartsharoitlarga va xavfsizlik tizimiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shunday sharoitda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyati tomonidan toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan marketing kommunikatsiyasi muassasaning jamiyat oldidagi obroʻsini oshiradi, uning brend sifatida shakllanishiga yordam beradi va ishonchlilik omilini kuchaytiradi. Bu esa tarbiyalanuvchilar sonining barqarorligiga hamda muassasaning pedagogik jarayonni uzluksiz rivojlantirish imkoniyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Maktabgacha taʼlimni boshqarish tizimida marketingning yanada chuqurroq va strategik ahamiyat kasb etishiga xizmat qilayotgan omillardan yana biri — davlat tomonidan yaratilayotgan institutison va tashkiliy oʻzgarishlardir. Xususan, maktabgacha taʼlim boshqaruvida oʻrinbosar direktor lavozimlarining joriy etilishi, metodik xizmatlarni takomillashtirish, malaka oshirish va innovatsion taʼlim dasturlarini kengaytirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar marketing faoliyati uchun ham yangi bosqichni belgilab berdi.
Yangi qonunchilik asosida davlat-xususiy sheriklik loyihalarining kengaytirilishi marketing strategiyalarining yanada dolzarb boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Xususiy bogʻchalar faoliyatining kuchayishi, ularning raqobatga kirishi taʼlim xizmatlari bozorini jonlantirib, har bir muassasa tomonidan innovatsion yondashuvlar, xizmat paketlarini kengaytirish, narx-sifat nisbatini optimallashtirish va yangicha kommunikatsiya modellerini qoʻllashni talab qilmoqda. Bu jarayonning barchasi marketing boshqaruvining mavjud qonunchilik, davlat talab va standartlariga asoslangan holda olib borilishini, shu orqali maktabgacha taʼlim tizimining umumiy sifat va barqarorligini oshirishga xizmat qilishini koʻrsatadi.
Xulosa
Yuqorida keltirilgan tahlillardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha taʼlim tizimida marketing xizmatlarining strategik oʻrni tobora ortib bormoqda. Maktabgacha taʼlimni davlat
--⊱⊱ 390 ⊰⊰-- miqyosida modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi qonun, qaror va farmoyishlar marketingni boshqaruvning muhim tarkibiy qismiga aylantirdi. Raqobat muhitining kuchayishi, ota-onalar talabining ortishi, xususiy sektor ulushining kengayishi va davlat-xususiy sheriklik loyihalarining faollashuvi marketing yondashuvlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Maktabgacha taʼlim tizimi oldida turgan yangi vazifalar, islohotlar va ijtimoiy ehtiyojlar marketing xizmatlarining ahamiyatini yanada oshirib, uni taʼlim boshqaruvining muhim ilmiy-amaliy yoʻnalishiga aylantirmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. M.T.Mirsoliyeva “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi // Toshkent-2019. 17-18-38-40 b.
2. Hamdamova Mahzuna Tursunovna. (2023). Formation of Student Management Culture as A Pedagogical Problem. Eurasian Scientific Herald, 24,49–52.
3. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Elektron taʼlim resurslari-http://www.lex.uz
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.