ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI TIZIMI PEDAGOG KADRLARINING KASBIY MALAKASINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING OʻRNI

초록

ushbu maqolada maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida pedagog kadrlarning kasbiy malakalarini oshirishda raqamli texnologiyalarning oʻrni, ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli muhit, sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari, STEAM yondashuvi, virtual laboratoriyalar, interaktiv platformalar va raqamli taʼlim ekotizimining pedagogik jarayonlarga taʼsiri yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha fikrlar, raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi muammo va istiqbollar bayon etilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 453 ⊰⊰--

KASBIY MALAKASINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING OʻRNI

Gafurova Nigora Baisovnaga

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor

va mutaxassislarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish instituti

mustaqil izlanuvchisi

ANNOTATSIYA

ushbu maqolada maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida pedagog kadrlarning kasbiy malakalarini oshirishda raqamli texnologiyalarning oʻrni, ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli muhit, sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari, STEAM yondashuvi, virtual laboratoriyalar, interaktiv platformalar va raqamli taʼlim ekotizimining pedagogik jarayonlarga taʼsiri yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha fikrlar, raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi muammo va istiqbollar bayon etilgan.

Kalit soʻzlar: raqamli texnologiyalar, raqamli kompetensiyalar, sunʼiy intellekt (AI), STEAM taʼlim, virtual laboratoriyalar, elektron resurslar, onlayn platforma.

ANNOTATION

this article analyzes the role and importance of digital technologies in enhancing the professional competencies of pedagogical staff in the preschool and school education systems. It highlights the impact of the digital environment, artificial intelligence technologies, the STEAM approach, virtual laboratories, interactive platforms, and the digital educational ecosystem on pedagogical processes. The article also presents views on the development of teachersʼ digital competencies, as well as outlines the challenges and prospects of implementing digital technologies.

Keywords: digital technologies, digital competencies, artificial intelligence (AI), STEAM education, virtual laboratories, electronic resources, online platform.

АННОТАЦИЯ

в данной статье проанализированы роль и значение цифровых технологий в повышении профессиональных компетенций педагогических кадров в системе дошкольного и школьного образования. Освещено влияние цифровой среды, технологий искусственного интеллекта, STEAM-подхода, виртуальных лабораторий, интерактивных платформ и цифровой образовательной экосистемы на педагогические процессы. Также приведены мнения о развитии цифровых компетенций педагогов, а также изложены проблемы и перспективы внедрения цифровых технологий.

Ключевые слова: цифровые технологии, цифровые компетенции, искусственный интеллект (AI), STEAM-образование, виртуальные лаборатории, электронные ресурсы, онлайн-платформа.

Dunyoda raqamli texnologiyalar rivojining jadallashishi taʼlim sohasini tubdan oʻzgartirdi. Zamonaviy taʼlim raqamli muhit, onlayn platformalar, multimedia, sunʼiy intellekt, virtual va

--⊱⊱ 454 ⊰⊰-- kengaytirilgan reallik, elektron resurslar va intellektual boshqaruv tizimlari bilan uzviy bogʻlangan holga keldi. Bu jarayon nafaqat dars oʻtish uslublarini, balki pedagog faoliyatining mohiyatini ham oʻzgartirdi. Oʻzbekistonda taʼlim sohasini raqamlashtirish davlat siyosati darajasida ustuvor vazifa sifatida belgilangan boʻlib, bu jarayon maktabgacha taʼlimdan tortib oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha boʻgʻinlarda amalga oshirilmoqda. Pedagog kadrlarning kasbiy malakasini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish esa taʼlim sifatini oshirishning asosiy omiliga aylandi.

Raqamli texnologiyalarning pedagogikadagi oʻrni, avvalo, oʻquv jarayonining muassasaliligini oshirish, yangi bilimlarni tez va samarali oʻzlashtirish, oʻquvchilarning taʼlimga boʻlgan munosabatini kuchaytirish kabi vazifalar bilan izohlanadi. Raqamli muhitda taʼlim oluvchilarning bilimni qabul qilish mexanizmlari oʻzgaradi: vizual idrok kuchayadi, kognitiv jarayonlar faollashadi, multimodal axborot bilan ishlash qobiliyati shakllanadi.

Pedagogik nazariyaga koʻra, raqamli texnologiyalar:

- oʻquv jarayonini individuallashtiradi,

- bilim olish traektoriyasini optimallashtiradi,

- oʻquvchi faolligini oshiradi,

- tafakkurni chuqurlashtiradi,

- nazariy bilimlarni amaliyotga bogʻlaydi.

Ilmiy tadqiqotlarda raqamli muhitda oʻquvchilarning tafakkur faolligi 30-45 foizga oshishi kuzatilgan. Taʼlim jarayonida animatsiya, simulyatsiya va interaktiv modellardan foydalanish xotirani mustahkamlaydi, abstrakt tushunchalarni real misollar bilan bogʻlaydi. Masalan, STEM fanlarida 3D simulyatsiyalar qoʻllanilganda oʻquvchilarning fizika va kimyo fanlarini tushunish darajasi 42 foizga oshgani aniqlangan. Bu raqamlar raqamli texnologiyalar pedagogikada tasdiqlangan ilmiy tendensiya ekanini koʻrsatadi.

Maktabgacha taʼlim bolaning asosiy kognitiv mexanizmlari shakllanadigan davr boʻlib, raqamli texnologiyalar bu jarayonga katta taʼsir koʻrsatadi. Interaktiv oʻyinlar, multimediyali mashgʻulotlar, audio-video materiallar bolalarda nutq, tafakkur, motorika, emotsional intellekt va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Bugungi kunda “Smart Kindergarten”, “Sifrovoy detskiy sad”, “Onlayn logoped” kabi tizimlar koʻplab mamlakatlarda samarali foydalanilmoqda. Ular bolalarning rivojlanishini onlayn monitoring qilish, taʼlim jarayonini modellashtirish, logopedik mashgʻulotlarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan multimediyali mashgʻulotlar oʻtkazilganda nutqiy rivojlanishning 25-30 foiz tezlashishi xorijiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Interaktiv vizual muhit bolalarda diqqatni jamlash, rang, shakl va harakatlarni farqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Koʻplab logopedlar raqamli vositalarni anʼanaviy mashgʻulotlarga nisbatan ikki barobar samarali deb baholagan. Umum taʼlim maktablarida raqamli texnologiyalar taʼlimning barcha jabhalariga singib bormoqda: elektron kundalik, onlayn monitoring, interaktiv darslar, videodәrslar, virtual laboratoriyalar, raqamli resurslar va AI asosida baholash tizimlari.

STEAM taʼlimi raqamli texnologiyalarning eng muhim qoʻllanilish yoʻnalishlaridan biridir. Robototexnika, kodlash, 3D modellashtirish, simulyatsiya va virtual tajribalar oʻquvchilarda injenerlik tafakkurini rivojlantiradi.

STEAM darslarida raqamli simulyatsiyalar qoʻllanilganda oʻquvchilarning fanga qiziqishi 48%ga, mustaqil izlanish qobiliyati esa 36%ga oshgan. Virtual laboratoriyalarda tajribalarni koʻrsatish oʻquvchilarning amaliyotga bogʻliq fikrlashini kuchaytiradi, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatini oshiradi.

Zamonaviy pedagog quyidagi raqamli kompetensiyalarga ega boʻlishi shart:

--⊱⊱ 455 ⊰⊰--

- multimedia texnologiyalari,

- elektron resurslar,

- onlayn platformalar,

- raqamli taʼlim ekotizimi,

- sunʼiy intellekt vositalari,

- elektron diagnostika.

Raqamli savodxon pedagoglar dars samaradorligini 25–35%ga oshiradi. AI texnologiyalari oʻqituvchilarning ish yukini 30–40%ga kamaytirar ekan, oʻquvchilar bilan individual ishlash uchun koʻproq vaqt qoladi. Eng muhimi, pedagog raqamli muhitda oʻz faoliyatini toʻgʻri tashkil etayotgan boʻlsa, taʼlim sifati barqaror oshadi. Raqamli texnologiyalar taʼlimni ishlab chiqarish bilan bogʻlashning eng samarali vositasiga aylangan. Texnoparklar, laboratoriyalar, STEM markazlari oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantiradi. Integratsiyalashgan taʼlim modellari innovatsion tafakkurni 40–55%ga oshirib, oʻquvchilarda muammo yechish qobiliyatini rivojlantiradi. Korxonalar bilan raqamli hamkorlik taʼlimning amaliy qismini mustahkamlaydi. Asosiy muammolar: infratuzilmaning yetarli emasligi, pedagoglarning raqamli savodxonligi pastligi, texnik vositalar kamligi, platformalar integratsiyasining murakkabligi. Tadqiqotlarda taʼlim sohasidagi raqamli muammolarning 60 foiz infratuzilma, 40 foiz pedagog malakasi bilan bogʻliq ekani qayd etilgan.

Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar taʼlim tizimi rivojida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Pedagog malakalarini oshirishda, dars samaradorligini kuchaytirishda, oʻquvchilarning koʻnikmalarini rivojlantirishda va taʼlim sifatini oshirishda raqamli muhit asosiy omilga aylandi.

Adabiyotlar roʻyxati

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ-4312-sonli qarori. Toshkent, 2019. may.

2. “Maktabgacha va maktab taʼlimida raqamli texnologiyalar”. Metodik qoʻllanma. – Toshkent: “Xalq taʼlimi” jurnali, 2022.

3. Xalikova N.M. “Raqamli pedagogika asoslari”. – Toshkent: TDPU nashri, 2021.

4. Toʻraqulova M., Usmonova D. “Raqamli kompetensiyalar va zamonaviy pedagog profili”. – Oʻzbekiston pedagogik jurnali, 2022/4.

5. Karimova Z. “Maktabgacha taʼlimda raqamli resurslardan foydalanishning psixologopedagogik asoslari”. - Maʼrifat jurnali, 2021/3.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.