ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY-EMOSIONAL RIVOJLANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

초록

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emosional rivojlanishning psixologik-pedagogik omillari, tarbiyachi kompetensiyasining mazmuni, oʻyin faoliyatining rivojlantiruvchi roli va inklyuziv taʼlim sharoitida emotsional farovonlikni taʼminlashning zamonaviy yondashuvlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy olimlarning qarashlari solishtiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 212 ⊰⊰--

RIVOJLANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

G.K.Mardiyeva

Toshkent menejment va iqtisodiyot

instituti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”

kafedrasi dotsenti, PhD

Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emosional rivojlanishning psixologik-pedagogik omillari, tarbiyachi kompetensiyasining mazmuni, oʻyin faoliyatining rivojlantiruvchi roli va inklyuziv taʼlim sharoitida emotsional farovonlikni taʼminlashning zamonaviy yondashuvlari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy olimlarning qarashlari solishtiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi.

Kalit soʻzlar: ijtimoiy-emotsional rivojlanish, muloqot, empatiya, boshlangʻich ijtimoiy koʻnikmalar.

Аннотация: В данной статье анализируются психологические и педагогические факторы социально-эмоционального развития детей дошкольного возраста, раскрывается содержание профессиональных компетенций воспитателя, роль игровой деятельности, а также современные подходы обеспечения эмоционального благополучия в условиях инклюзивного образования.

Ключевые слова: социально-эмоциональное развитие, общение, эмпатия, навыки социализации.

Abstract: The article analyzes the psychological and pedagogical factors influencing socialemotional development in preschool children. It explores teacher competencies, the developmental role of play, and modern strategies for supporting emotional well-being in inclusive educational environments. The views of national and international scholars are compared, and practical recommendations are provided.

Keywords: social-emotional development, communication, empathy, social skills.

Maktabgacha yosh davri inson rivojlanishining eng faol bosqichlaridan biri boʻlib, bu davrda bola tevarak-atrofni idrok etadi, oʻzini anglay boshlaydi, kattalar bilan munosabatga kirishadi, histuygʻularini boshqarishni oʻrganadi. Shu sababli ijtimoiy-emosional rivojlanish pedagogikaning asosiy tadqiqot yoʻnalishlaridan biri sifatida koʻriladi. L. S. Vygotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasiga koʻra, bola shaxs sifatida shakllanishida ijtimoiy muhit hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, kattalar bilan hamkorlikda faoliyat uning psixik rivojlanishining asosiy manbaidir. Shu nuqtayi nazardan, tarbiyachi bilan bola oʻrtasidagi pedagogik muloqot bolaning emotsional barqarorligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Zamonaviy taʼlim tizimida “emosional farovonlik” tushunchasi bolalar salomatligining muhim koʻrsatkichi sifatida qaralmoqda. Yuqori darajadagi emotsional farovonlik oʻz-oʻzini anglashni, ijtimoiy moslashuvni, motivatsiyani va oʻquv faoliyatiga ijobiy munosabatni

--⊱⊱ 213 ⊰⊰-- shakllantiradi. Shu bois maktabgacha taʼlim tashkilotlari nafaqat bilish jarayonini, balki bolaning hissiy holatini qoʻllab-quvvatlaydigan tarbiyaviy muhit yaratishi zarur.

Ijtimoiy-emosional rivojlanishning ilmiy asoslari. Ijtimoiy-emosional rivojlanish bolaning tashqi muhit bilan oʻzaro munosabatlarida shakllanadi. Bolaning kayfiyat, qoʻrquv, ishonchsizlik yoki agressiv xulq koʻrinishlari pedagogik jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻlishi mumkin. Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasida taʼkidlanishicha, bola mikro-muhitning eng yaqin tizimlari — oila, bogʻcha va tengdoshlar doirasining taʼsiri ostida rivojlanadi. Shu sababli tarbiyachi faoliyati bolaga nisbatan mehribon, bagʻrikeng, ishonchli boʻlishi shart. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasiga koʻra, bola muloqot va oʻyin jarayonida atrof-muhitni biladi, oʻzining ichki hissiyotlarini tashqi faoliyat orqali ifoda etadi. Emotsiyalarni anglash va nomlash jarayoni bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi. Bu esa pedagoglar oldiga bolalarning his-tuygʻularini ifodalash, tan olish va boshqarish boʻyicha maxsus sharoit yaratish vazifasini qoʻyadi.

Shu nuqtayi nazardan, maktabgacha taʼlim muassasasida quyidagi omillar ijtimoiy-emosional rivojlanishning poydevorini tashkil etadi:

• emotsional xavfsizlikni taʼminlaydigan iliq muhit;

• bolani erkin fikr bildirishga ragʻbatlantirish;

• oʻyin va muloqot imkoniyatlarini kengaytirish;

• pedagogik modellash orqali toʻgʻri xulq namunalarini koʻrsatish.

Tarbiyachining pedagogik kompetensiyalari. Tarbiyachining kommunikativ va psixologik kompetensiyasi ijtimoiy-emosional rivojlanishning asosiy omillaridan biridir. Tarbiyachi bola bilan suhbatda ovoz ohangini, yuz ifodasini, tana tilini toʻgʻri qoʻllay olishi muhim. Montessori pedagogikasida tarbiyachi “kuzatuvchi” rolini bajaradi: u bolaga erkinlik beradi, lekin nazoratni yoʻqotmaydi. Bu yondashuv bolaning oʻz-oʻzini boshqarish qobiliyatini rivojlantiradi. Tarbiyachi bola emotsiyalarini aniqlashi va talqin eta olishi, konfliktlarni konstruktiv yecha olishi, empatiya koʻnikmasini shakllantirishi, inklyuziv guruhlarda tolerant muhit yaratishi, oʻyin metodlarini psixologik ehtiyojlarga mos tanlay olish kompetensiyalariga ega boʻlishi zarur. Agar tarbiyachi bolani tinglasa, uni tushunishga harakat qilsa, bolaning oʻziga boʻlgan ishonchi oshadi. Natijada, bola guruhdagi munosabatlarga faol kirisha boshlaydi.

Oʻyin faoliyatining rivojlantiruvchi roli. Oʻyin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati boʻlib, unda bola oʻz his-tuygʻularini namoyon qiladi, ularni boshqarishni oʻrganadi. Rolli oʻyinlar — “shifokor-bemor”, “sotuvchi-xaridor”, “ona-bola” — bola uchun ijtimoiy munosabatlar modeli boʻlib xizmat qiladi. Bola oʻyinda boshqalarning xatti-harakatini tushuna boshlaydi, oʻzini turli rollarda sinab koʻradi va empatiya shakllanadi. Sensor oʻyinlar esa emotsional zoʻriqishni kamaytiradi. Qum, suv bilan oʻynash, konstruktiv oʻyinlar bolaning ichki hissiy holatini barqarorlashtiradi. Shu bilan birga, jamoaviy oʻyinlar hamkorlik, muloqot, navbat kutish, nizolarni tinch hal qilish kabi koʻnikmalarni shakllantiradi.

Inklyuziv taʼlim sharoitida ijtimoiy-emosional rivojlanish. Inklyuziv guruhlarda bolalarning psixologik ehtiyojlari turlicha boʻladi. Shu sababli tarbiyachi guruhda qulay psixologik muhit yaratishi shart. Har bir bola oʻz qadriga ega ekanini his qilishi zarur. Oʻquv jarayonini moslashtirish bola uchun qoʻshimcha emotsional qoʻllab-quvvatlash beradi.

--⊱⊱ 214 ⊰⊰--

Emotsional rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashning samarali usullari:

• “Emotsiyalar kartasi” orqali his-tuygʻularni nomlash;

• tinchlantiruvchi burchaklar — sensor zonalar yaratish;

• individual ragʻbat tizimi;

• kichik guruhlarda muloqot vazifalari;

• tarbiyachi tomonidan modellashgan nutqiy yondashuv.

Inklyuziv taʼlimda asosiy tamoyil — “har bir bola qadrli” tamoyilidir. Agar bola oʻzini qabul qilingan deb his qilsa, uning hissiy moslashuvi tezlashadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi taʼlim jarayonining ajralmas qismi boʻlib, u bolaning kelajakdagi shaxs sifatida shakllanishida muhim oʻrin tutadi. Taʼlim tashkilotida yaratilgan emotsional muhit, tarbiyachining kompetensiyasi, oʻyin jarayonining toʻgʻri tashkil etilishi va inklyuziv yondashuv bolaning psixologik farovonligini taʼminlaydi. Demak, ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash pedagogik jarayonning markazida boʻlishi lozim. Bu esa tarbiyachidan yuqori darajadagi sezgirlik, psixologik bilim, muloqot madaniyati va ijodiy yondashuvni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Avloniy A. Turkiy Guliston yoxud axloq. — Toshkent: Fan, 1992.

2. Montessori M. The Absorbent Mind. — Oxford: Clio Press, 1995.

3. Piaget J. The Psychology of the Child. — New York: Basic Books, 1969.

4. Qodirova F.R, Toshpulatova Sh.Q, Kayumova N.M, Aʼzamova M.N, “Maktabgacha pedagogika”, Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. Darslik.

5. Vygotskiy L. S. Psixologiya razvitiya rebenka. — Moskva: Pedagogika, 1984.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.