ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH

초록

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishning pedagogik asoslari va amaliy yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada qadriyatlar tizimi, oilaning, tarbiyachi va jamiyatning roli hamda milliy meros asosida axloqiy tarbiya masalalari yoritilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 90 ⊰⊰--

QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH

Abduaxadova Dilnavoz Abdumajid qizi

Toshkent viloyati Parkent tumani

5-DMTT kotta guruh tarbiyachisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishning pedagogik asoslari va amaliy yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada qadriyatlar tizimi, oilaning, tarbiyachi va jamiyatning roli hamda milliy meros asosida axloqiy tarbiya masalalari yoritilgan.

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, tarbiya, pedagogika, maʼnaviy rivojlanish.

Аннотация: В данной статье анализируются педагогические основы и практические подходы к формированию у детей дошкольного возраста национальных и общечеловеческих ценностей. Рассматриваются система ценностей, роль семьи, воспитателя и общества, а также вопросы нравственного воспитания на основе национального наследия.

Ключевые слова: дошкольное образование, национальные ценности, общечеловеческие ценности, воспитание, педагогика, духовное развитие.

Abstract: This article analyzes the pedagogical foundations and practical approaches to the formation of national and universal values in preschool children. It discusses the system of values, the role of the family, educators, and society, as well as issues of moral education based on national heritage.

Keywords: preschool education, national values, universal values, upbringing, pedagogy, spiritual development.

Kirish

Bugungi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlodni maʼnaviyaxloqiy jihatdan yetuk, keng dunyoqarashli va jamiyatda oʻz oʻrnini topa oladigan shaxs sifatida tarbiyalash dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri bolalarning ruhiy, aqliy va maʼnaviy shakllanishi uchun eng muhim bosqich boʻlib, bu jarayonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻun ravishda singdirish katta ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan shu davrda bola dunyoqarashi shakllanadi, xulq-atvor meʼyorlarini oʻzlashtira boshlaydi va oʻz xalqining hamda butun insoniyatning umumiy qadriyatlariga nisbatan dastlabki munosabatini hosil qiladi.

Milliy qadriyatlar — xalqning asrlar davomida toʻplagan madaniy, tarixiy va maʼnaviy merosi boʻlib, ular xalq ogʻzaki ijodi, urf-odatlar, anʼanalar, oʻyinlar va marosimlar orqali avloddan-avlodga oʻtadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ushbu qadriyatlarni yetkazish ularni

--⊱⊱ 91 ⊰⊰-- oʻz millatiga, tiliga, diniga va madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalashning eng muhim omillaridan biridir. Shu bilan birga, umuminsoniy qadriyatlar — tinchlik, bagʻrikenglik, inson huquqlariga hurmat, tabiatni asrash, doʻstlik va oʻzaro yordam kabi tushunchalar — yosh avlodning keng dunyoqarashli va global masʼuliyatli shaxs sifatida shakllanishida alohida oʻrin tutadi.

Maktabgacha taʼlim muassasalari bolalar shaxsiyati rivojlanishida muhim tarbiyaviy makon boʻlib, unda tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tarbiyachilarning malakasi, pedagogik yondashuvlari va oʻquv-tarbiya jarayonida tanlangan metodlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish samaradorligini belgilaydi. Shu bois, maktabgacha taʼlim dasturlarida milliy ertaklar, maqollar, qoʻshiqlar, milliy oʻyinlar va marosimlarni keng qoʻllash bilan bir qatorda, bolalarga turli xalqlar madaniyati va umuminsoniy tushunchalar haqida ham maʼlumot berish zarur.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish, bolalarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega qilib tarbiyalash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun, Prezident qarorlari va davlat dasturlari bu borada muhim huquqiy va metodik asos boʻlib xizmat qilmoqda. Bu esa maktabgacha taʼlim muassasalarida pedagoglarning metodik salohiyatini oshirish va tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurligini koʻrsatadi.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻun holda tarbiyaga tatbiq etish yosh bolalarda nafaqat axloqiy meʼyorlar, balki ijtimoiy faollik, masʼuliyat, hamkorlik, bagʻrikenglik va insonparvarlik kabi muhim sifatlarni shakllantiradi. Shu maqsadda oilada, bogʻchada va keng jamoatchilikda tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish, badiiy adabiyot, xalq ogʻzaki ijodi, milliy anʼanalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish lozim.

Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishi, balki jamiyatning maʼnaviy taraqqiyoti uchun ham muhimdir. Mazkur maqola shu masalalarni ilmiy jihatdan yoritish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻun tarzda singdirish bolaning nafaqat maʼnaviy, balki aqliy va psixologik rivojlanishida ham asosiy omil hisoblanadi. Shu bois, maktabgacha yoshdagi bolalarni qadriyatlar ruhida tarbiyalash pedagogika va psixologiya fanlarining dolzarb yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda.

Milliy qadriyatlar xalqning asrlar davomida toʻplagan madaniy, axloqiy va tarixiy merosini oʻz ichiga oladi. Bular xalq ogʻzaki ijodi, urf-odatlar, marosimlar, maqol va matallar, milliy oʻyinlar va anʼanalar orqali namoyon boʻladi. Masalan, oʻzbek xalq ertaklarida halollik, doʻstlik, mehnatsevarlik va adolat gʻoyalari keng yoritilgan. Shu qadriyatlarni bolalarga erta yoshdan

--⊱⊱ 92 ⊰⊰-- yetkazish ularning shaxsiy dunyoqarashini shakllantirib, milliy oʻzlikni anglash hissini kuchaytiradi. Bu jarayon orqali bola oʻz xalqining tarixiy ildizlari va madaniyatiga hurmat bilan qarashni, Vatanga mehr-muhabbatni oʻrganadi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlar bolaning ijtimoiylashuvi va axloqiy qarashlarini shakllantirishda kuchli tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qiladi.

Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha insoniyat uchun umumiy boʻlgan maʼnaviy va axloqiy meʼyorlarni qamrab oladi. Bular tinchlikparvarlik, bagʻrikenglik, inson huquqlariga hurmat, tabiatni asrash, doʻstlik va hamkorlik kabi tushunchalardir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu qadriyatlarni singdirish ularni keng dunyoqarashli, turli madaniyatlarga ochiq va global masʼuliyatli shaxslar sifatida shakllantiradi. Masalan, ekologik tarbiya jarayonida bolaga tabiatni asrashning ahamiyati oʻrgatilsa, insonparvarlik mavzusida mashgʻulotlar oʻtkazish orqali unda hamdardlik va yordam koʻrsatish tuygʻusi shakllanadi.

Maktabgacha taʼlim muassasalari bu jarayonda asosiy pedagogik makon boʻlib xizmat qiladi. Tarbiyachilarning vazifasi – bolalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻun holda yetkazish, ularni oʻyin, ertak, hikoya, mushoira, sahna koʻrinishlari va ijodiy faoliyatlar orqali singdirishdir. Maktabgacha taʼlim dasturlariga milliy oʻyinlar, xalq qoʻshiqlari, ertaklar va maqollarni kiritish orqali bolalar milliy madaniyatga boʻlgan qiziqishni rivojlantiradilar. Shu bilan birga, boshqa xalqlarning madaniy merosiga oid qisqa hikoyalar, rasmlar va multfilmlardan foydalanish ularni madaniyatlararo muloqotga tayyorlaydi.

Oila ham bu jarayonda muhim oʻrin tutadi. Chunki bola uchun dastlabki tarbiya maskani – oila. Ota-onalar farzandlariga milliy urf-odatlarni koʻrsatish, qadriyatlarni amalda namoyon etish orqali ularni ongiga singdiradilar. Masalan, milliy bayramlarni birgalikda nishonlash, kattakichikka hurmat koʻrsatish, mehmondoʻstlik va saxiylikni amaliy harakatlar orqali oʻrgatish tarbiyaning samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, ota-onalar umuminsoniy qadriyatlar – mehroqibat, halollik, adolat va bagʻrikenglikni kundalik turmush tarzida namuna sifatida koʻrsatishlari lozim.

Ana shunday masʼuliyatli vazifalarni amalga oshirish uchun maktabgacha taʼlim muassasasi xodimlari oʻzbek xalqining taʼlim-tarbiyaga oid tarixiy tajribasini hayotga tatbiq etishga masʼuldirlar. Demak, biz ajdodlarimiz maʼnaviy moddiy merosiga vorislik nuqtai nazaridan yondoshib, yosh avlodni maktabgacha taʼlim muassasalaridanoq toʻgʻri tarbiyalashga erishmogʻimiz lozim.Chunki, xalqimizning aqidasiga koʻra «Insonning kuchi tarbiyadadir». Shu jihatdan qaraganda Oʻrta Osiyo xalqlari, jumladan, oʻzbek xalqi ham oʻzining boy tarixiy, maʼnaviy-madaniy merosi, ming yillar davomida tarkib topgan tarbiya amallari, anʼanalari, axloqodob qoidalari xazinasiga egadir. Ana shu xalqning buyuk mutafakkirlari komil inson xususida, uning axloqi toʻgʻrisida dunyoga mashhur buyuk mutafakkirlari komil inson xususida, uning

--⊱⊱ 93 ⊰⊰-- axloqi toʻgʻrisida dunyoga mashhur boʻlgan durdona asarlar yozib qoldirdilar, maktabgacha taʼlim muassaslaridanoq bobolarimiz qoldirgan buyuk merosdan foydalanish, tarbiya metodlarini qoʻllash, ularni bolalar ongiga singdirish muhim ahamiyatga egadir. Bunday meroslardan Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilik», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning«Bahoritsion», A.Navoiyning «Mahbub -ul-qulub», Devoniyning «Axloqi Jaloliy», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» kabi betakror, nodir asarlaridan foydalanish joizdir, deb hisoblaymiz.[2]

Bobokalonlarimiz bolani har tomonlama uygʻun rivojlantirishga katta eʼtibor qaratishgan. Shu bois respublikasmizda sogʻlom avlodni tarbiyalash maqsadida bola tarbiyasini davlat siyosati darajasiga koʻtarish va unga vatanparvar, mehr-muhabbatli, insonparvar qilib tarbiyalashni maktabgacha yoshidayoq, boshlash va uni toʻxtovsiz davom ettirish maktab, oila, mahalla jamoat tashkilotlari eʼtiboridan chetga qolmasligi taʼkidlanmoqda. Shunday ekan, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarni ilk yoshidanoq bobolar merosiga tayangan holda har tomonlama rivojlantirishni asosiy vazifalardan deb hisoblaymiz.

Davlat siyosati va taʼlim tizimida ham bu masalaga alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun, shuningdek, Prezident qarorlari va davlat dasturlari maktabgacha taʼlim tizimining rivojlanishi va tarbiya jarayonida milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirishning metodik asoslarini belgilab bermoqda [1]. Bu hujjatlar maktabgacha taʼlim muassasalarida pedagoglarning malakasini oshirish, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish, oʻquv dasturlarini yangilash va milliy meros asosida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan.

Pedagogik strategiyalarni ishlab chiqishda bolalarning yosh xususiyatlari, psixologik rivojlanish darajasi va individual qobiliyatlarini inobatga olish muhimdir. Interfaol metodlardan – rolli oʻyinlar, sahna koʻrinishlari, ijodiy mashgʻulotlar va mushoira kabi faoliyatlardan foydalanish bolalarning qiziqishini oshiradi va qadriyatlarni ongli ravishda qabul qilishlariga yordam beradi. Masalan, kichik guruhlarda sahnalashtirilgan milliy ertaklar orqali bolalar nafaqat voqeani tushunib yetadilar, balki qahramonlarning xatti-harakatlari orqali axloqiy meʼyorlarni anglaydilar.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish jarayonida sanʼat va madaniyat vositalaridan keng foydalanish ham samarali hisoblanadi. Musiqa mashgʻulotlarida milliy va jahon qoʻshiqlarini birgalikda oʻrganish, tasviriy sanʼatda milliy naqshlar va boshqa madaniyatlarning rang-barang tasviriy unsurlarini uygʻunlashtirish bolalarning estetik didini rivojlantiradi. Bu orqali ular oʻz madaniyatiga hurmat bilan qarash bilan birga, boshqa xalqlarning madaniyatiga nisbatan bagʻrikenglikni ham shakllantiradilar.[3]

Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalarida ekologik tarbiya, insonparvarlik, tinchlik va doʻstlik mavzularida tematik haftaliklar tashkil etish tavsiya etiladi. Bu tadbirlar bolalarda

--⊱⊱ 94 ⊰⊰-- umuminsoniy qadriyatlarni amaliy koʻnikmalar orqali mustahkamlash imkonini beradi. Misol uchun, daraxt ekish aksiyasi yoki kichik guruhlarda mehr-oqibat haqida suhbatlar oʻtkazish bolalarda tabiatni asrash va boshqalarga gʻamxoʻrlik qilish hissini uygʻotadi.[4]

Xulosa: Xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash – bu kompleks, izchil va tizimli ish boʻlib, oila, taʼlim muassasalari va jamiyatning hamkorligini talab etadi. Milliy qadriyatlarni chuqur oʻrgatish orqali bolada oʻzlikni anglash, Vatanga mehr-muhabbat, xalq anʼanalariga hurmat shakllansa, umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali ular bagʻrikeng, insonparvar va ijtimoiy masʼuliyatli shaxs sifatida voyaga yetadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Umarova M. I. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash. – Toshkent: Psixologiya va pedagogika jurnali, 2021.

2. Kushakova G. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlar vositasida xulq madaniyatini shakllantirish yoʻllari. – Toshkent: Pedagogika jurnali, 2020.

3. Tuychiyeva Z. B. Milliй qadriyatlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash strategiyalari. – Toshkent: Taʼlim va tarbiya, 2019.

4. Jabborova S. Z. Improving the methodology of moral education of preschool children on the base of national values. – International Journal of Education, 2022.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.