--⊱⊱ 257 ⊰⊰--
BOʻYICHA TAVSIYALAR
Fayzullayeva Malika Zokirovna
MTTDMQTMO instituti
“Мaktabgacha va inklyuziv ta’lim metodikasi”
kafedrasi dotsenti
Annotatsiya: Maqolada 6-7 yoshli bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish maqsadida Voskobovich gilamchasi orqali bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtiriladi. Shakllardan shakllar yasash o‘rgatiladi.
Kalit so`zlar: “Metodik mahorat kuni”, “Metodik mahorat soati”, ta’lim–tarbiya jarayoni, elementar matematika, Voskobovich texnologisi, mantiqiy fikrlash, geometrik shakllar, usullar, amaliy, ko‘rsatmali, og‘zaki, o‘yin.
Аннотatsiя: В статье представлено знакомство детей с геометрическими фигурами через коврик Воскобовича с целью развития элементарного математического воображения у детей 6–7 лет. Дети учатся составлять фигуры из фигур.
Ключевые слова: «День методического мастерства», «Час методического мастерства», образовательный процесс, элементарная математика, технология Воскобовича, логическое мышление, геометрические фигуры, методы, практические, методические, словесные, игровые
Abstract: This article introduces children to geometric shapes using the Voskobovich mat, with the goal of developing basic mathematical imagination in 6-7-year-olds. Children learn to compose shapes from shapes
Keywords: "Day of Methodological Mastery", "Hour of Methodological Mastery", educational process, elementary mathematics, Voskobovich technology, logical thinking, geometric figures, methods, practical, methodological, verbal, game.
Bugungi kunda maktabgacha taʻlim tizimida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari maktabgacha taʻlim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanishi uzluksizligini taʻminlash, kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini muntazam oshirib borish maqsadida tashkil etilib kelinib, tadbir davomida tayanch maktabgacha taʻlim tashkilotlarida trener (mentor)lar tomonidan yetakchi pedagoglarni maqsadli tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlash va oʻz bilimini muntazam boyitib borish uchun oʻquv- seminar, trening, mahorat darslari tashkil etilyapti.
Oktabr oyida tayanch maktabgacha taʻlim tashkilotlarida trener (mentor)lar tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish bilan ularni kognitiv rivojlantirish mavzusida oʻquv- seminar, trening, mahorat darslarini tashkil etish ishlari qizgʻin tus oldi. Biz o‘quv seminarda “Quvnoq matematika” deb nomlangan haftaligini oʻtkazish boʻyicha katta va tayyorlov guruhlari uchun tavsiyalarni ilova qilamiz.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va
--⊱⊱ 258 ⊰⊰-- ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta’lim tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda fan — texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan davrda maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy, intellektual rivojlanishlariga katta ahamiyat berishimiz kerak bo‘ladi. Bolalarning elementar matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, matematik topshiriqlar, ta’limiy o‘yinlar orqali bolalarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiriladi.
Vyacheslav Voskobovichning ta’limiy o‘yinlari o‘ziga xos xususiyatga ega. Voskobovichning ta’limiy o‘yinlari dolzarbdir. Voskobovich Vyacheslav Vadimovich o‘yin tarzda bolaning ijodiy salohiyatini shakllantiradigan, hissiy qobiliyatlari va aqliy jarayonlarini rivojlantiradigan, shuningdek bolalarga ertaklar olamiga qiziqarli sarguzasht safarini taklif qiladigan ko‘p yo‘nalishli va ijodiy rivojlanish o‘yinlarining birinchi mualliflaridan biri sifatida tan olingan.
Voskobovichning barcha o‘yinlari turli yo‘nalishga ega. O‘yinlar bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi, elementar matematik tasavvurlarni kengaytiradi, qurilish modellashtirish mahoratini rivojlantiradi, ijodkorlikni rivojlantiradi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama va ijodiy rivojlantirish uchun pedagoglar tomonidan Voskobovich texnikasidan keng foydalanilmoqda. Ushbu usul bo‘yicha rivojlangan bolalar, erta o‘qishni boshlaydi, har xil matematik misollarni tezda bajarib, mantiqan fikrlash, ijodiy topshiriqlarni tezda bajaradi.
Biz taqdim etayotgan “Katta guruhda elementar matematika faoliyatida Voskobovich texnologiyasini qo`llash” nomli uslubiy qo‘llanmada Voskobovichning ta’limiy o‘yinlari bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtiradi. Shakllardan shakllar yasashni o‘rgatadi, doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shakllari haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi va mustahkamlaydi. Bolalarga shakllardan shakllar yasash, shakllardan tasvir, turli qurilishlarni yasashni o‘rgatadi.
Voskobovich gilamchasi orqali bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtiriladi. Shakllardan shakllar yasash o‘rgatiladi.
Katta guruhda elementar matematika faoliyatida Voskobovich texnologiyasini qo`llash uchun mashg‘ulot ishlanmasini ilova qiamiz.
O‘yin: Voskobovich gilamchasi
Maqsad:
Voskobovich gilamchasi orqali bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish, shakllardan shakllar yasash, doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shakllari haqidagi tasavvurlarini aniqlash va mustahkamlash. Kutilayotgan natija:
Voskobovich gilamchasi orqali bolalar shakllardan shakllar yasashni ko‘nikmalari, doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shakllari haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Kerakli jihozlar: .
• Voskobovich gilamchasi.
Ta’limiy faoliyatning borishi: Voskobovich texnologisi orqali geometrik shakllar bilan tanishtirish.
Geometrik shakl: Voskobovich texnologisi asosida geometrik shakllar bilan tanishtirish bo‘yicha o‘yin.
--⊱⊱ 259 ⊰⊰--
Tarbiyachi: Bolalarga kvadrat gilamcha yordamida namunadan foydalanib shakllar yig‘ishni o‘yin orqali o‘rgatadi. Bolalar doira bo‘lib turadilar. Gilamchalar o‘rtaga gilamga yoyib qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalardan shakllarning burchaklari nechtadan ekanini so‘raydi. Shaklda nechta burchak bo‘lsa shuncha qarsak chalishadi. Har bitta gilamcha atrofida 4tadan bola yugurib aylanadi. Tarbiyachining ishorasi bilan to‘xtab gilamchadan shakl yasaydilar. Shakllarning nomini tarbiyachi aytadi. Masalan “Katta uchburchak”, “Katta to‘g‘ri to‘rtburchak”, “Kichik kvadrat”. Tarbiyachining so‘ziga qarab bolalar gilamchadan shakllar yasaydilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlat uchun savollar:
1.Biz gilamchadan qanday shakllar yasadik?
2. Kvadratning nechta burchagi, nechta tomoni bor?
3. To‘rtburchakning nechta burchagi, nechta tomoni bor?
4. Uchburchakning nechta burchagi, nechta tomoni bor?
5. Voskobovich gilamchasi orqali qanday shakllar yaratdik?
Mashg‘ulot yakunida barcha bolalarni rag‘batlantirish.
ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti – T.:2020. 2. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni elementar matematik tasavvurlarini o‘stirish”. Tuzuvchi-
mualliflar: Z.Raxmonkulova T.2012 3. M.YE.Jumayev. “Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va
metodikasi” T.: 2013. 4. Jo‘raeva Nargiza Tairovna “Matematika aql va zakovat kaliti” T.: 2019. 5. N.Umrzoqova va boshqalar “Tayyorlov guruhlarida elementar matematika ta’limiy faoliyatini
tashkil etish” T.: 2022. 6. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior
preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643-
9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12-
09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323 7. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the
qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet 8. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication
system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number
6, 2019. ISSN 2056-5852
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.