ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MILLIY OʻQUV DASTURIDA HAYOTIY KO‘NIKMALARNING SHAKLLANISHI

초록

Milliy oʻquv dasturi oʻquv-meʼyoriy hujjat boʻlib, u oʻquv reja va fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos boʻladi. U boʻyicha yaratilayotgan yangi darsliklar, oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar – oʻqituvchi kitoblari, mashq daftarlari, oʻquv-metodik materiallar taʼlimni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada Milliy oʻquv dasturining oʻziga xosligi va yangiliklari, ahamiyati haqida soʻz boradi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

SHAKLLANISHI

Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li

DTPI, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Zaripova Barchinoy Abdumajit qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlangich ta’lim yonalishi 2-bosqich

talabasi

Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari

bilan uygun bolsin. Lekin ayni paytda

oʻzligini ham unutmasin

Shavkat Mirziyoyev

Anotatsiya: Milliy oʻquv dasturi oʻquv-meʼyoriy hujjat boʻlib, u oʻquv reja va fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos boʻladi. U boʻyicha yaratilayotgan yangi darsliklar, oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar – oʻqituvchi kitoblari, mashq daftarlari, oʻquv-metodik materiallar taʼlimni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada Milliy oʻquv dasturining oʻziga xosligi va yangiliklari, ahamiyati haqida soʻz boradi.

Kalit so'zlar: dastur, darslik, o'quvchi mashq daftari, o'quv-metodik material, ta'listandart, davlat taʼlim standartlari, STEM, STEAM, taʼlim, dastur, 4K.

Аннотация: Национальная учебная программа является учебнонормативным документом, который является основой для разработки учебного плана и учебных планов предметов, методики преподавания и оценивания. Развитию образования служат новые учебники, пособия для учителей - методические пособия, тетради, учебно-методические материалы, созданные по ней. В статье говорится об уникальности Национальной учебной программы, ее нововведениях и важности.

Ключевые слова: программа, учебник, рабочая тетрадь, учебнометодический материал, образовательный стандарт, государственные образовательные стандарты, STEM, STEAM, образование, программа, 4К.

Abstract: The national curriculum is an educational-normative document, which is the basis for the development of the curriculum and curricula of subjects, teaching methodology and assessment. The new textbooks, manuals for teachers - teacher's books, exercise books, teaching and methodical materials, which are created according to it, serve to develop education. The article talks about the uniqueness of the National Curriculum, its innovations, and its importance.

Key words: program, textbook, student workbook, teaching-methodical material, educational standard, state educational standards, STEM, STEAM, education, program, 4K.

Hozir har bir soha muntazam islohotlar, yangilanish va yaxshilanishlar sari qadam qo'ymoqda, jumladan, ta'lim ham. Chunki dunyo ta'limi bugunning ehtiyojlari, mehnat bozorining talablariga moslashyapti. O'zgarishlar uchun esa mustahkam asos, poydevor kerak.

Ta'lim sohasidagi standartlar dunyo mamlakatlarida turli shakl va uslublarga ega. Fransiya, Yaponiya, Italiya, Xitoy, MDH mamlakatlarida ta'lim markazlashtirilgan va standartlar butun mamlakat uchun yagona o'quv dasturlari va rejalar ko'rinishida joriy etilgan. Ana shu mamlakatlarda ham so'ngi 10-20 yil ichida ta'lim standartlari bo'yicha yangiliklar, yangicha yondashuvlar yuzaga keldi. AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada kabi ta'lim markazlashmagan mamlakatlarda ham ta'lim standartlari va o'quv dasturlari mavjud. Masalan, Shvetsiyada o'quv dasturi fanlar bo'yicha o'quv soatlarini tartibga solinmaydi. U yerda standartlar 5 - va 9-sinf bitiruvchilari fanlar bo'yicha egallashi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarni belgilab beradi90. AQSHda Ta'lim departamenti (vazirligi) bo'lsa-da, standartlarni ishlab chiqish haqidagi qarorlar shtatlar va ta'lim okruglari darajasida qabul qilinadi. Ta'lim markazlashmagan mamlakatlarda standartlar dasturlarga emas, asosan o'quv fanlariga nisbatan o'rnatiladi. AQSHda ta'lim standartlari mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mahalliy standartlar maktabdan keyingi ta'lim va ish beruvchi kutilmalariga mos kelishi, aniq, lo'nda va izchil bo'lishi, qat'iy mazmun va yuqori darajadagi ko'nikmalarni aks ettirishi, davla t standartlarining kuchli va ahamiyatli jihatlarini qamrab olishi, o'quvchilar global raqobatga tayyor bo'lishi uchun baland ko'rsatkichlarga ega boshqa mamlakatlarning tajribalaridan xabardor holda ishlab chiqilishi va faktik ma'lumotlarga asoslanishi kerak.

Mamlakatimiz Xalq ta'limi tizimidagi katta yangilanishlardan biri darsliklar va o'quv-metodik adabiyotlarni zamon talablariga mos shaklda ishlab chiqishdir. Bu yo'nalishda bugungacha ham o'ziga yarasha qoidalar, standartlar bo'lgan va ular o'z vaqtida o'zini oqlagan. Masalan, shu paytgacha umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari bu borada asosiy yo'lko'rsatkich vazifasini o'tagan. Lekin bugun ilm-fan, texnika, texnologoya shiddat bilan rivojlanyapti, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlari kengayyapti, yangi fan tarmoqlari va innovatsion yondashuvlar o'rtaga chiqyapti.Bunday vaziyatda dunyodan ortda qolmaslik uchun ta'lim sohasida jiddiy sa samarali o'zgarishlar qilish zarur. Bu harakat esa mustahkam, puxta o'ylangan dastur asosida amalga oshirilishi kerak.

Ta'limni isloh qilish bo'yicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan boshlandi. Umumiy o'rta ta'limda eski davlat ta'lim standartlari (DTS) o'rnini bosadigan va ta'limga o'zgarishlar kirita oladigan Milliy o'quv dasturi ishlab chiqilmoqda.

Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturi (MO'D) o'quv-me'yoriy hujjat bo'lib, u o'quv reja va fanlarning o'quv dasturlari, o'qitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqishga asos bo'ladi. U bo'yicha yaratilayotgan yangi darsliklar, o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar, mashq daftarlari, o'quv-metodik materiallar ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi. U pedagogik amaliyotni va baholash yondashuvlarini qo'llab-quvvatlaydi va ushbu elementlarning barchasini birlashtirishga imkon beradigan dasturdir.

Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida 100 ta maqsad belgilab olingan. Undagi 5 ta maqsad va 18 ta vazifa bevosita umumiy o'rta ta'lim bilan bog'liq.

Taraqqiyot strategiyasining 42-maqsadiga ko'ra, 2026-yilga qadar o'quv dasturlari va darsliklar ilg'or xorijiy tajriba asosida to'la qayta ko'rib chiqilib, amalda joriy etiladi92. Milliy o'quv dasturiga asosan 2026-yilga qadar 699 nomdagi, shu jumladan, 2022-yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar hamda mobil ilovalar yaratiladi. Milliy o'quv dasturi bo'yicha yangi metodikalarga o'qituvchilarni o'qitish maqsadida Elektron malaka oshirish platformasi uchun 2026-yilga qadar jami 769 ta videodars yaratiladi. Umumta'lim maktablarida darslik va o'quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o'tkazish tizimi yo'lga qo'yiladi.

Ushbu o‘quv-metodik majmualar 4K model asosida yaratilmoqda. Bu esa o’quvchilarni imtixonga emas hayotga tayyorlashda katta ahamoyatga ega.

Milliy o'quv dasturini joriy qilish bo'yicha ishlarni Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi amalga oshiradi. Xalq ta'limi vazirligining 2020- yil 31-martdagi "Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish to'g'risida"gi buyrug'i asosida xalqaro talablarga javob beruvchi umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish boshlangan. Uning loyihasi yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, UNICEF, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlarning maslahatchilari ishtirokida 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida.

Xulosa: milliy o’quv dasturining kirib keliwib bizda juda katta imkoniyatlarni yaratib berdi.Yangilanayotgan darsliklar va boshqa o'quv materiallari o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatishga, ularda tanqidiy va ijodiy tafakkurni o'stirishga qaratilgan. Zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan yoshlar esa mamlakatning ertangi istiqboli va taraqqiyotining hal qiluvchi kuchidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. 2022—2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF60-son farmoni va uning 1-ilovasi - // Elektron manba. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/uz/docs/-5841063

2. Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti. Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Toshkent, 2020.

3. Zamonaviy darsliklar qanday bo'lishi kerak? - // Elektron manba. O'zbekiston Milliy axborot agentligi sayti: http://uza.uz/posts/208815

4. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.

5. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.

– №. 5. – С. 186-190.

6. Rustam o‘g A. T. et al. Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 88-93.

7. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) 1(6), 886-889

8. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from

9. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from

10. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.

(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING

BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from

11. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Abdullayeva Xumora O‘tkirbekovna. (2023). TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 503–508. Retrieved from

12. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Choriyeva Diyora Muhiddinovna. (2023). Boshlang‘ich ta’limda tarbiya metodlari. Journal of Universal Science Research, 1(5), 509–512. Retrieved from

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.