--⊱⊱ 81 ⊰⊰--
BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING OʻRNI
Mahmudova Dilafruz Baltabayevna
Nordik xalqaro universiteti,
Psixologiya va maktabgacha taʼlim kafedrasi
dotsenti
Annotatsiya. Mazkur maqolada milliy qadriyatlar asosida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda oilaning oʻrni tahlil etiladi. Bolaning axloqiy tarbiyasida oila birlamchi tarbiya muhitini yaratishi, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni singdirishi muhim omil sifatida qaraladi. Shuningdek, ota-onalarning shaxsiy namuna koʻrsatishi, oʻzbek anʼanalari va urfodatlari orqali bolalarni mehribonlik, halollik, odob-axloq qoidalariga oʻrgatish jarayonlari yoritiladi. Maqolada oilaning pedagogik hamkorligi va taʼlim muassasalari bilan uygʻun faoliyat yuritishi bolaning axloqiy kamoloti uchun zarurligi taʼkidlanadi. Tadqiqot natijalari milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar bilan boyitilgan.
Kalit soʻzlar. milliy qadriyatlar, axloqiy tarbiya, maktabgacha taʼlim, oila, ota-ona, axloqiy sifatlar, maʼnaviyat, anʼana, odob, tarbiya usullari.
Аннотatsiя. В данной статье анализируется роль семьи в формировании нравственных качеств у детей старшего дошкольного возраста на основе нatsiональных ценностей. Рассматривается, что семья является первичной средой воспитания ребенка и играет важную роль в привитии нatsiональных и духовных ценностей. Также освещается процесс воспитания детей на основе узбекских традиций и обычаев, личного примера родителей, приобщения к таким качествам, как доброта, честность, соблюдение норм морали и этикета. В статье подчеркивается важность педагогического сотрудничества семьи и образовательных учреждений для нравственного развития ребенка. Результаты исследования обогащены рекомендatsiями по эффективной организatsiи процесса нравственного воспитания на основе нatsiональных ценностей.
Ключевые слова. нatsiональные ценности, нравственное воспитание, дошкольное образование, семья, родители, нравственные качества, духовность, традиции, этикет, методы воспитания.
Annotation.This article analyzes the role of the family in shaping the moral qualities of older preschool children based on national values. The family is considered a primary environment for child upbringing and plays a crucial role in instilling national and spiritual values. The article highlights the process of educating children through Uzbek traditions and customs, parental role modeling, and teaching kindness, honesty, and moral-ethical norms. It also emphasizes the importance of pedagogical cooperation between the family and educational institutions for the childʼs moral development. The research findings are enriched with recommendations for effectively organizing the moral education process based on national values.
Keywords. national values, moral education, preschool education, family, parents, moral qualities, spirituality, traditions, etiquette, upbringing methods.
Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida milliy qadriyatlar asosida axloqiy sifatlarni shakllantirishda oilaning o‘rni taʼkidlash borasida olib borilayotgan faoliyat mavzulari barkamol avlodning har tomonlama kamol topishiga, axloq-odobli shaxs bo‘lib ulg’ayishiga yordam berishi kerak. Maktabgacha yoshidagi bolalarda milliy qadriyatlar asosida
--⊱⊱ 82 ⊰⊰-- axloqiy sifatlarni shakllanishida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan birga, oilalarning mavjud holatini o‘rganish ham muhim ahamiyatga egaligi bilan muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarning boʻsh vaqtlari oila davrasida oʻtadi.
Milliy qadriyatlar asosida axloqiy sifatlarni shakllantirishda bolaning yosh xususiyatlarini inobatga olish muhimdir. Bolaning yosh xususiyatlariga qarab, milliy qadriyatlar asosida axloqiy sifatlari tarbiyalanadi.
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat oʻz ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan gʻoyani ilgari surgan edilar. Bu gʻoya fransuz xayoliy sotsialistlari Sen Semon, Sharl Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shugʻullanishi kerak, degan gʻoyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shugʻullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta eʼtibor berganlar.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Oʻzbeklar qadim -qadimdan bolajon xalq sanaladi. Oilada farzandni dunyoga kelishi ota onalar tomonidan katta quvonch va umid bilan qarshi olinadi. Bola aqli, hushli, ota-onasiga mehribon boʻlib oʻsishiga duo-yu, fotihalar oʻqilib, ziyofatlar beriladi. Milliy qadriyatlarimizga muvofiq bolaga tugʻilgandan soʻng yettinchi kuni sochini olib, choʻmiltirib,tabarruk yoshdagi otaxonlarimiz azon,takbir aytishlari azaldan anʼanaga aylangan va har bir oilada uning turmush darajasidan qatʼiy nazar oʻtkaziladi. Ota-ona uchun farzandlarining tarbiyasi muhim sanalgan. Chunki insonlarda odamiylik fazilatlarini bildiradigan, uni boshqa mavjudotlardan farq qiladigan narsa uning, ongi va xulq-atvoridir. Ushbu soha boʻyicha bir qancha ilmiy tadqiqotlar va metodologik adabiyotlar mavjud. Xususan, A.T.Makarova, Y.V.Yusupov, B.S.Gorshkova, N.S.Polivodaning ilmiy izlanishlari diqqatga sazovor sanaladi. Shuningdek, O.Toʻrayevaning “Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi” qoʻllanmasida oilada farzand tarbiyasi masalalari yoritib berilgan.Olima qoʻllanmada ota onalarga farzand tarbiyalashda sogʻlom psixologik muhitni yaratishlari,oilani mustahkamlashga ,farzandlarini maʼnaviy axloqiy tarbiyalashga,onalarning barcha imkoniyatlardan foydalanishlari haqida oʻz fikrlarini bayon etganlar. V. Karimovaning “Yoshlarda oʻzbek oilasi haqidagi ijtimoiy tasavvurlar” deb nomlangan tadqiqotlarida oʻzbek oilasidagi munosabatlarni mustahkamlash,oilada farzand tarbiyasiga umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan munosabatda boʻlib,bolalarni har tomonlama rivojlantirishiga eʼtiborli boʻlishni taʼkidlaydi.
Z.H.Jumaevning fikricha, “rivoyat asosida voqelik va tarixiy shaxs bilan bogʻliq hodisalar yotadi. Gʻoyaviy mazmuniga koʻra, tarixiy rivoyat hamda toponim rivoyatlarga boʻlinadi. Tarixiy rivoyatlarda biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bogʻliq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal meʼyorlari tashviq etilib, muayyan dalillar haqida axborot beriladi. Bunday rivoyatlar Navoiy, Ulugʻbek, Ibn Sino, Beruniy, Amir Temur va boshqalar hayoti bilan bogʻliq voqeahodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim rivoyatlarda shahar va qishloq, qoʻrgʻon, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogʻliq voqealar hikoya qilinadi”.
Natijalar va tahlil.
Hozirgi zamon pedagogikasi bola shaxsiga hurmat va uning shaxs sifatidagi betakrorligini tan olgan holda yondashishni talab qiladi. Mazkur yondashuvning muhim qirralaridan biri bolaning oʻziga xos jihatlariga putur yetkazmagan holda unda oʻz-oʻzini hurmat qilish, doimiy ravishda barkamollikka erishishga intilish kabi sifatlarni qaror toptirishni nazarda tutishdir. Olimlarning taʼkidlashicha, bola xarakteri asosan u 5 yoshga toʻlgunga qadar shakllanadi. Keyingi yosh bosqichlarida uning shaxsiyati asta-sekin rivojlanib boradi. Demak, bolaning qay tarzda shakllanishi uning kelajakdagi hayoti mazmunini belgilaydi.
--⊱⊱ 83 ⊰⊰--
Milliy qadriyatlarimiz vositasida axloqiy sifatlarni shakllantirishda ota-onalar asosan, ikki metoddan foydalanishlari lozim.
Birinchisi ishontirish – bolaga kattaligidanoq bu ishni qilishing kerak, chunki uni amalga oshirish u yoki bu sabablarga koʻra zarur deya uqtiriladi. Bola oʻzi bajargan ishning foydali va zarurligiga ertak, doston qahramonlari timsolida ishontiriladi. Masalan, bolaga nima sababdan ovqatlanishdan oldin qoʻlini yuvishi kerakligi, oʻz oʻrnini yigʻishtirish, oʻyinchoqlarini joyiga tartib bilan qoʻyishi zarurligi, doʻstlashish va doʻstga sadoqatli boʻlishning foydaliligi kabi gʻoyalar biror ertak asosida yaratilgan diafilmlar, kinofilmlardagi obrazlar orqali koʻrsatib beriladi.
Ikkinchisi—bolalarni ertak qahramonlaridan taʼsirlanib faoliyat koʻrsatish orqali ijobiy fazilatlarni egallashga undash. Bolalarni mehnat qilish, yaxshilik, sabr-bardoshga undashda maqollardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bola muayyan ijobiy faoliyatni tartibli va izchil takrorlasa, u odatga aylanadi. Odatlanish kundalik tartib-intizomga rioya qilish, jumladan, salomlashish odobi, doʻstga samimiy munosabat, ota-ona hurmatini saqlay bilish kabi faoliyatning koʻplab turlarini qamrab oladi.
Milliy qadriyatlar asosida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni yetakchi ehtiyojlar oʻzini predmetli muhitda tasdiqlashga intilish va oʻyin faoliyatida bilishga oid qiziqishlarning xilma-xilligi hisoblanadi. Mazkur jarayonda maktabgacha yosh muhim oʻringa ega. Bu jarayonda bola shaxsida intensiv oʻsish va sifat jihatidan yuzaga kelgan oʻzgarishlarini koʻrish mumkin. 2-3 yoshli bolalarda milliy qadriyatlar yordamida axloqiy xulq atvorni tarbiyalash , uning bilishga doir qiziqishlarini oʻstirish, axloq qoidalarni bilib olishlari qabul qilish va sezuvchanlik hisoblanadi. Milliy qadriyatlar yuzasidan tayyorlangan qoʻllanmalarda ijtimoiy hodisalarni, mardlik, ona vatanni dushmandan himoya etish, , anʼanalar (rostgoʻylik, iltifot va nazokat, tartib va intizom, axloqiy odatlar), mehnat anʼanalari ( uy , hovlilarni saranjom tutish , daraxt ekish,ularni parvarishlash), va boshqa turmush hodisalari ifodalanadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va oilada milliy qadriyatlarni oʻrganish boʻyicha barcha mashgʻulotlar bolalarning oʻz millati bilan faxrlanish, vatanini sevish, shu yurt farzandi ekanligidan gʻururlanish hislarini hosil qilishi ,bir soʻz bilan aytganda axloqiylik sifatlarini tarbiyalamogʻi kerak..
Adabiyotlar roʻyxati
1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A-D / 5 jildli. Birinchi jild. A.Madvaliev tahriri ostida. – T.: ―Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 679 b.
2. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Ye–M / 5 jildli. Ikkinchi jild.A.Madvaliev tahriri ostida. – T.: ―Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 671 b.
3. Qodirova F.R. Maktabga tayyorlov guruhida nutq oʻstirishmashgʻulotlari – T.: 2009. – 32 b.
4. Yuldosheva D. Oʻzbek bolalar folklori tilida zoonimlar. Fil.fan.nom....dis.-T.: Oʻz.R FAA A.Navoiy nomidagi til va adabiyotinstituti, 2007. - 124 b.
5. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education
(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022
6. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771- 2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548
7. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.