ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MILLIY UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI

초록

Ushbu maqola Milliy uyg‘onish davri yurtimizda jadidchilik harakati shaklida paydo bo‘lganligi, uning bosqichlari va boshqalar haqida ma'lumot berib o‘tilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

MILLIY UYG‘ONISH DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTI

Termiz davlat pedagogika instituti

Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi

1- kurs talabasi Ergasheva Malohat Yo‘ldosh qizi

Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Egamnazarova Zaynab

Annotatsiya: Ushbu maqola Milliy uyg‘onish davri yurtimizda jadidchilik harakati shaklida paydo bo‘lganligi, uning bosqichlari va boshqalar haqida ma'lumot berib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Milliy uyg‘onish davri, jadidchilik, islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) va mahalliychilik (o‘zbekchilik).

Аннотация: В данной статье представлена информация о зарождении Национального Возрождения в нашей стране в виде джадидистского движения, его этапах и др.

Ключевые слова: национальное возрождение, джадидизм, исламизм (панисламизм), тюркизм (пантюркизм) и местничество (узбекизм).

Abstract: This article provides information about the origin of the National Revival in our country in the form of the Jadid movement, its stages, etc.

Key words: National renaissance, Jadidism, Islamism (pan-Islamism), Turkism (pan-Turkism) and localism (Uzbekism).

Milliy uyg‘onish davri Vatanimizda jadidchilik harakati shaklida namoyon bo‘Idi. U 1865-yildan boshlanib, 1929-yilda harakat namoyandalarini jismoniy tugatishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu harakatning yuzaga kelishi bevosita istilo va uning oqibatlari bilan bog‘langan bo‘lib, uning shakllanish davri 1865-1905- yillar bilan belgilanadi. Adabiy harakat an’anaga ko‘ra ko‘proq Qo‘qon, Xiva, Buxoro, Samarqandda rivoj topdi. Toshkent ham general-gubematorlikning poytaxti sifatida tez rivojlandi, adabiy-madaniy markazga aylanib bordi. 1905-yil voqealari, xususan, 1905- yil 17-oktabr Manifestidan keyin u rivojlanish bosqichiga kirdi. 1916-yilga kelib mazkur harakat namoyandalari “qora xalqni oqartirmoq va ko‘zini ochmoq chorasiga” (Avloniy) kirishdilar. Shu tariqa, milliy uyg‘onish (jadidchilik) nihoyatda tez rivojlandi.1 1 https://library.samdu.uz/download/1668

Milliy uyg‘onish (jadid adabiyoti) mazkur harakatlarning adabiy-badiiy ifodasi sifatida namoyon bo‘Idi va yangi o‘zbek adabiyotini boshlab berdi. Uning avj taraqqiysi 1915-1925-yillarga to‘g‘ri keldi. Shulardan kelib chiqqan holda, o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotini ikki bosqichga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir: 1. Ilk mustamlakachilik davri: manbalari, yuzaga kelishi (1865-1905).

2. Milliy va ijtimoiy kurashlar davri: taraqqiyoti va tugatilishi (1905-1929). Bundagi har bir sana muayyan ma’no tashiydi. 1865-yil — Toshkent istilo qilingan sana. 1929-yil esa tarixda jadidchilik harakatining sho‘rolar siyosati tomonidan mahv etilishi sanasi sifatida muhrlangan.2

Milliy uyg‘onish davrining ilk bosqichi.

“Jadid” so‘zining ma’nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yo bo‘lmasa, “yangilik tarafdori” degani emas. Balki “yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni o‘zida mujassam etgan. Bu atama bizga XIX asrning 80- yillaridan kirib kelgan. Jadidchilik harakatining ilk maqsadi yangi tipdagi maktablami ochish, yosh avlodni savodli qilish bo‘lgan. Jadidlar ana shu jarayonda bu savodli avlod uchun yangi fikr, yangi g‘oyalarni eltuvchi xabarlar, maqolalar, ocherklar, she’r va hikoyalar zarurligini sezdilar. Shu tarzda jadid adabiyoti tug‘ila va shakllana boshladi.

”Jadid” istilohining kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog‘liq. U yozadi: “1884 sanasi Boqchasaroyda bir maktabi usuli jadida (yoki usuli savtiya) qo‘ymish edim”. 90-yillarda bu yangi usul Turkistonga yetib keladi. 1893-yili Ismoilbek Gaspralining o‘zi Buxoroga kelib, amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo‘ladi.3 Ismoilbek Gasprali tashabbusi bilan paydo bo‘lgan bu yangilikni Turkiston maktablarida Avloniy, Hamza, Shakuriy kabi ilg‘or pedagoglar hayotga joriy eta boshladilar va maktablar uchun qator darsliklar yaratdilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidov, Abdurauf Fitrat, Hoji Muin, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Ismoil Obidiy va boshqalar jadid g‘oyalarini yoyishda nashriyot ishlariga, matbuot sohasiga katta e’tibor berdilar. Ular va ularning hammaslaklari “Vaqt”, “Osiyo”, “Shahrat”, “Hurriyat”, “Ulug‘ Turkiston”, “Sadoyi Turkiston” gazetalarida Turkistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, milliy, madaniyma’rifiy va tarbiyaviy ishlardagi ravnaqi uchun zarur bo‘lgan muammolami ko‘tarib 2 http://portal.guldu.uz/download-edfiles-11124.doc. 3 https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/146-ona-tili-va-adabiyot?download=6364:o-zbek-adabiyoti-va-adabiyaloqalar-tarixi-begali-qosimov chiqdilar, kezi kelganda, mustamlaka siyosatiga qarshi fikrlarni ilgari surishda jasorat ko‘rsatdilar.4

“Jadidchilik” arabcha “jadid” (“yangi”) so‘zidan. Keng ma’noda ijtimoiyma’naviy hayotning barcha jabhalarini yangilashni ko‘zda tutadi. Jadidchilik, Turkiston ijtimoiy fikri taraqqiyotida, Fitrat qayd etganidek, islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) va mahalliychilik (o‘zbekchilik) ko‘rinishlarida ham namoyon bo‘lgan ediki, bularning o‘z sabablari bor. Jadidchilik oqim emas, harakat. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat. Yaqingacha u faqat ma’rifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad - jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Aslida esa:

1) jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi, uyg‘onish mafkurasi bo‘lib xizmat qildi;

2) mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g’ayrat va tashabbusi bilan dunyo ko‘rgan Turkiston muxtorivati bu yo’ldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi;

3) maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi.5

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. 1-jild. T.: "Fan", 1978.

2. Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. 2-jild. T.: "Fan", 1979.

3. Aristotel Poetika— T.: G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1980.

4. F. Sulaymonova. Sharq va G‘arb. — T.: 1999. 4 https://library.samdu.uz/download/1668 5 https://hozir.org/mundarija-kirish-i-bob-milliy-manaviyatimiz-takomilining-asosi.html

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.