ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MILLIY VA MAʼNAVIY QADRIYATLARIMIZ, URF-ODATLARIMIZ, MILLIY BAYRAMLARMIZ KATTA GURUH BOLALARINI VATANGA MEHR-MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH VOSITASI

초록

Ushbu maqolada yurtimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odatlari milliy bayramlari, miiliy va maʼnaviy qadriyatlarimizni katta guruh bolalariga yetkazish va shu asosda ularni tarbiyalashning usul va vositalari tahlil qilingan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 431 ⊰⊰--

RUHIDA TARBIYALASH VOSITASI

Akbaraliyeva Mahliyo Nabijonovna

Fargʻona viloyati Beshariq tumani 6-

KTIMTT

Rahmonova Tursunxon Neʼmatjonovna

Andijon viloyati Asaka tumani 9-DMTT

Ushbu maqolada yurtimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odatlari milliy bayramlari, miiliy va maʼnaviy qadriyatlarimizni katta guruh bolalariga yetkazish va shu asosda ularni tarbiyalashning usul va vositalari tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar: Mentalitet, urf-odat, qadriyat, demokratiya, maʼnaviyat, vatan, vatanparvarlik. Annotation

This article analyzes the methods and means of conveying the traditions, national holidays, national and spiritual values of the nations and peoples living in our country to a large group of children and educating them on this basis.

Keywords: Mentality, tradition, value, democracy, spirituality, homeland, patriotism.

Oʻrta Osiyo xalqlarining milliy anʼanalarini, maʼrifat tajribalarini taʼlim tarbiya jarayonida amalga oshirish, bolalarning xalqimizning merosini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish avvalombor oila va mahalladan boshlanadi.

Bu esa mustaqil Oʻzbekistonning istiqloli va istiqbolini mustahkamlash va rivojlantirishda hamda Vatanparvarlik va fidoyi farzandlarni tarbiyalashda asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi.

Oʻzbek xalqi barcha xalqlar singari asrlar maboynida saqlanib kelgan milliy qadriyatlari, rasm-rusumi, udumi va anʼanalari, yurish-turishi, gʻururi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, huquqiy ongi, umuman, bir soʻz bilan aytganda maʼdaniy-maʼrifiy dunyosiga egadir. Bular orasida xalqimizning maʼrifiy faoliyatini aks ettiruvchi milliy bayramlar har bir insonning ahloqiy madaniyati va vatanparvarlik his- tuygʻularini shakllantirishning asosiy omilidir.

Vatan tuygʻusi orqali har bir fuqora quyidagilarni anglashi joiz:

- oʻz xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish;

- qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va maʼnaviy meroslarni koʻz qorachigʻiday asrash va avlodlarga taqdim etish;

- xalqimizning, ajdodlarimizning goʻzal va maʼnoli urf-odatlar, rasm- rusum va udumlarini qadrlay bilish, ularni davom ettirish;

- ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularning ulugʻ ishlari, ijodlari bilan faxrlanish, ularning ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris boʻlish;

- shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan faxrlanish;

- Turonzaminni himoya qilib, tomirida oxirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok boʻlgan qahramonlar nomini yod etish;

- asrimizning yigirmanchi, oʻttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatagʻonlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok boʻlgan minglab millatimiz gullarini unutmaslik;

- bu aziz va goʻzal vatanimizda yuksak eʼtiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli

--⊱⊱ 432 ⊰⊰-- boʻlishdir.

Vatanparvarlik hammamizning oʻz ishimizga masʼuliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini koʻz qorachigʻiday asrash, boyliklariga boylik qoʻshishga oʻz ulushimizni qoʻshish, ilm-fan choʻqqilari sari intilish va boshqalardir.

Vatanparvarlik bir soʻz bilan aytilganda oʻz ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qoʻshish:

ona yurtimizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning belgisidir;

vatanparvarlik - xalqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyishdir.

Vatanparvarlik haqida soʻzlar ekanmiz, mustaqillik bizga inʼom etgan vatanparvarlikning oliy ramzlari haqida soʻzlamasdan iloj yoʻq.

Vatanparvarlikning oliy ramzlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbidan mustahkam oʻrin olayotganligi nihoyatda quvonchlidir. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida 180 tadan ortiq mustaqil davlatlar bayroqlari qatorida magʻrur hilpirab turishini koʻrish va his etish naqadar katta baxt, insonni naqadar kuchli bir hissiyotga chulgʻab oladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov juda toʻgʻri taʼkidlab oʻtganidek: «Oʻzbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari - Davlat Gerbi, Davlat Bayrogʻi, Davlat Madhiyasi azizdir. Ular ona vatan - Oʻzbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat toʻygʻusini tarbiyalaydi».

Mustaqil Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan maʼrifiy-tarbiyaviy tadbirlarning maqsadi, ona-yurtimiz istiqloli va istiqboli yoʻlida fidoiylik namunalarini koʻrsatishga qodir boʻlgan vatanparvar shaxsni shakllantirishga qaratilgandir.

Oʻzbek xalqining asrlar davomida shakllangan bayramlarida insoniyat hayotida qoʻlga kiritilgan gʻalabalar, bosib oʻtgan yillar ifoda etiladi. Ularning shaklan milliy, mazmunan boy, chiroyli oʻtishi, bolalarning axloqiy madaniyati vatanga muhabbatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida «Fuqoralar Oʻzbekiston xalqining tarixiy maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar» deb taʼkidlangan. Shunday ekan bir necha asrlar davomida yaratilgan obidalarmiz, machit, madrasa, saroy, qasrlar, osmonoʻpar minoralar, maqbaralar, boy koʻhna va navqiron tariximiz bolalar qalbidan chuqur joy olishi lozim.

Ayniqsa bayram kunlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent yodgorliklarini ziyorat qilish, jahonga dovrugʻ taratgan, dunyo ilm-faniga, madaniyatiga salmoqli hissa qoʻshgan sohibiqiron Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Zahriddin Muhammad Bobur kabi ulugʻ zotlarga taʼzim bajo keltirish Vatanga, xalqqa boʻlgan muhabbatni va sadoqatni ifodalaydi.

Shuningdek xalq qahromonlari, chet el bosqinchlariga qaqshatkich zarba bergan mard, dovyurak, Vatan himoyasini oʻz hayotidan ustun qoʻygan Toʻmaris, Jaloliddin Manguberdi, Muqanna, Temur Malik bobomiz Amir Temurdek ulugʻ insonlar oldida tiz choʻkib, qasamyod etmoq, Vatan himoyasini el-yurt tinchligi va farovonligini asramoq har bir inson uchun zururdir.

Xorazmshoh sarkarda Jaloliddin Manguberdi va Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi suratlarni keltirganmiz. Ushbu suratlar orqali bolalarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish jarayonida qoʻllash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Oʻzbek milliy mentalitetiga xos jihatlardan yana biri jamiyat hayoti, insonlar turmush tarzini koʻproq anʼana urf-odatlar orqali boshqarilishidir.

--⊱⊱ 433 ⊰⊰--

Oʻzbek xalqi oila qurish anʼanalariga rioya qilishda, qiz uzatish yoki kuyov tanlashda ham quda boʻlmish tomon xususida maʼlumotga ega boʻlib, ularning ijtimoiy kelib chiqishini, jamoada tutgan oʻrnini va obroʻ-eʼtiborini hisobga oladi. Agar kuyov yoki kelin boʻlmish tomonning aqli, odobi, husni-malohati bir hissa boʻlsa, ularning qarindosh-urugʻlari, avlodning jamoadagi mavqei va bu xususdagi jamoatchilik fikri ikkinchi, aksariyat hollarda, hal qiluvchi omil vazifasini oʻtaydi. Farzandlarni yaxshiga qoʻshish, bu borada xato qilib qoʻymaslikda jamoa, jamiyat raʼyi, koʻpchilikning kengashli fikri muhim rol oʻynaydi. Shu boisdan ham, jamoatchilik fikrining shaxs turmush tarzi, taqdirini belgilashdagi ustuvorlik mavqei beqiyosdir. Shu oʻrinda «Gʻarb qonunlari, sharq urf-odatlari bilan boshqariladi» degan iborani eslamoq joiz. Darhaqiqat, Sharqda, shu jumladan oʻzbeklarning turmush tarzida ham koʻplab urf-odatlar qonunlar darajasida yuqori turadi. Jumladan, oila davrasida, yoinki, keng jamoatchilik oʻrtasida oʻtkaziladigan barcha marosimlarimizda mahallaning bosh-qosh boʻlishi, qoʻni-qoʻshnichilik anʼanalarimiz, oila-turmush marosimlarimizdagi koʻplab urf-odatlar qonun darajasida bajariladi.

Gʻarbda shaxs jamoaga oʻzligini yuzaga chiqarish, isteʼdodi va imkoniyatlarini namoyish etish, muayyan maqsadlarga erishish vositasi sifatida qaraydi. Jamoa insonning ichki, botiniy dunyosi, ruhiyati va shaxsiy hayotiga mutloq aralashmaydi. Sharqda esa butkul boshqacha manzarani kuzatamiz. Sharqda jamoaga asosiy eʼtibor beriladi. Har bir urf-odat, marosim jamoa, mahalla ahli ishtirokida oʻtkaziladi. Jamoa insonni ijtimoiy nazorat ostida tutib turish, shaxsning jamoadagi muntazam ishtiroki uning umumiy ahloqiy meʼyorlari doirasida ish tutayotganining isboti sifatida talqin etiladi. Jamoadan ajralgan holda ish tutish insonning ijtimoiy begonalashuvi sifatida baholanadi.

Xalqimiz mentalitetiga mos va xos boʻlgan ana shu jihatni Birinchi Prezident I.A.Karimov alohida taʼkidlab koʻrsatgan edi: «Oʻrta Osiyoda biz butun tarix davomida jamoa boʻlib yashab kelganmiz. Baʼzi Gʻarb mamlakatlarida esa yakka yashashga intilish kuchli. Bu bizning respublikamiz uchun mos emas. Aytaylik bizda mahallachilik anʼanasi juda kuchli… Men xususiyatlar toʻgʻrisida gapirar ekanman, Amerikada shaxs demokratiyasi ustuvor boʻlsa, bizda boshqacha meʼyorlar asosida, yaʼni jamoa manfaatlariga mos yashash ustunligini aytmoqchiman».

Darhaqiqat, oʻzbek xalqi jamoa manfaatlari, jamoatchilik fikri doirasida, anʼana va urfodatlarga sodiqdik negizlarida birlashishga moyil va shunga intiluvchi xalqdir. Zero, anʼanalarning oʻzi ham jamoatchilik fikrining barqarorlashgan ifodasidir.

Shu oʻrinda shuni ham taʼkidlash joizki, bugungi kunda oʻzbek qadrini urf-odat va marosimlarimizning anʼanaviy oʻziga xos tomonlari jonlanayotgan bir tarixiy jarayonda mentalitetimizdagi jamoaviylikka xos meʼyoriy bogʻliqlik fazilatini saqlagan holda, uning bir qadar individuallashuvi, unda javobgarlik hissasini rivojlantirish, oʻzi uchun oʻzi hisob bera olish, mustaqil ish tutish, shaxsiy masʼullik singari xususiyatlarni yanada takomillashtirish zarur. Shu oʻrinda afsus bilan aytish kerakki, oʻzbeklar bir yuz ellik yillik mustamlaka davrida xalqimiz yoʻqotgan qadriyatlarni saqlab qolishga erishilgan qadriyatlardan bir necha hissa koʻp boʻlgan. Chor Rossiyasi hamda Shoʻrolar davrida xalqimizga xos boʻlgan hamjihatlik, jangovarlik, har ishda soʻz va amal birligi singari fazilatlarga jiddiy zarar yetkazildi.

Xalq orasida milliy birlikka intilishdan koʻra; guruhiy, etnik mahalliy va hududiy ayirmachilikka berilish kuchaydi. Xalq milliy mentaliteti taqdirga tan berish, hamma narsaga rozi boʻlib ketaverish, loqaydlik kabi hislatlar avj oldi. Uzoq davom etgan sobiq sovet davlatining mafkuraviy tazyiqlari oqibatida koʻplab diniy va milliy qadriyatlarimiz eʼtiborsiz qoldi, uzoq tarixga ega boʻlgan muqaddas anʼana va marosimlarimiz bidʼat, «eskilik sarqiti» deb kamsitildi, milliy udumlarimizning tarixiy asoslariga holisona baho berilmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach,

--⊱⊱ 434 ⊰⊰-- oʻtmishdan meros boʻlib oʻtgan ana shunday salbiy holatlarga yangicha nigoh bilan qarash, ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratilgan gʻoyat ulkan, bebaho maʼnaviy, madaniy merosimizni, oʻtmish tariximizni, qolaversa umummilliy maʼnaviy islohotlarni amalga oshirish asosiy vazifalardan biri sifatida eʼtirof etildi va ular davlat siyosati darajasidagi gʻoyat muhim vazifa qilib belgilandi.

Bugungi kunda hayotiy zaruratning oʻzi xalqimiz feʼl atvori, mentalitetini yangilashga jiddiy eʼtibor qaratishga undamoqda. Lekin, afsuski, bugungi kunda yer sharida kechayotgan boshqa bir muhim jarayon, dunyo boʻyicha ketayottan globallashuv jarayoni natijasida jahon xalqlari uchun umumiy etiket, umumiy feʼl-atvor, umumiy mintelitet shakllanmoqda va bunga bevosita jahon miqyosida ketayotgan siyosiy, iqtisodiy va axborot borasidagi globallashuv ancha kuchli taʼsir qilmoqda. Bunday globallashuvni bir xillashuv muayyan ijobiy natijalar berishiga qaramasdan, koʻplab salbiy oqibatlarga ham olib kelmokda. Bu sharqning gavhari boʻlgan oʻzbek xalqining milliy mintalitetiga ham bevosita, hamda bilvosita taʼsir koʻrsatmokda. Natijada globallashuv oqibatida oʻzbeklarning koʻplab milliy mentalitetiga xos talay qadriyatlar, marosim va udumlarni unitilishiga sabab boʻlmokda. Shu bois, bugungi kunda, xalqimizning milliy mentalitetini oʻzida aks etgiruvchi qadimiy urf-odatlarini, marosimlarini saqlab qolish uchun:

1. Qadimiy urf-odatlarimiz, folklor naʼmunalimiz saklanib kelayotgan mintakalar (Boysun, Urgut, Shaxrisabz kabilar)ni davlat muxofaziga olish va maxsus maqom berish;

2. Xalq mentalitetini saqlash maqsadida etnoekologik jamgʻarmalar, tashkilotlar tuzish;

3. Xalqimiz milliy mentalitiga oid eng qadimiy urf-odat va marosimlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish hayotiy zaruriyat boʻlib qolmoqda.

Xulosa qilib, aytish mumkinki, butun jahon boʻyicha ulkan globalizatsion jarayonlar kechayotgan bir vaqtda oʻzbek milliy mentalitetini tadqiq qilish, uning nechogʻlik umuminsoniy qadriyatlarga mosligini kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, xalqimizning qadimiy anʼanalari, azaliy urf-odat hamda marosimlariga ega boʻlishi bilan birgalikda, oʻziga xos va oʻziga mos milliy mentalitetga ega xalq ekanligidan dalolat beradi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Oʻzbek xalqining qadimiy davlatchilik va etnik tarixiga bagʻishlagan adabiyotlar toʻgʻrisida qarang: Azamat Ziyo Oʻzbek davlatchiligi tarixi. T., 2000;

5.Bekmurodov M. Oʻzbek mentaliteti xususiyatlari // Ijtimoiy fikr 1998 № 1. 49-bet

6. Bekmurodov M. Oʻzbek mentaliteti xususiyatlari.. 49-bet

7. K. Shoniyozov Oʻzbek xalqining shakllanishi jarayoni.. 8-bet

8. Bekmurodov M. Oʻzbek mentaliteta: kecha va bugun…16-bet

9. Karimov I.A. Bunyodkorlik yoʻlidan.-T.: Oʻzbekiston, 1996.- T. 4.- 239-240 b

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.