ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlash mexanizmining ahamiyati.

초록

Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan xalqimiz turmush darajasini yaxshilashga, farovonligini oshirishga qaratilgan. Shu ma’noda aynan qishloq xo‘jaligi sohasiga berilayotgan katta e’tibor mantiqan hisoblasak, to‘g‘ridir. Ko'pgina mamlakatlarda ishlab chiqarishning hozirgi tarkibi iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bunda gap iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani yoki uzilmaganligi haqida bormoqda. Iqtisodiyot fanining vazifasi mintaqaviy, milliy va xalqaro miqyosda jadal iqtisodiy o'sishni ta'minlash va raqobatbardoshlikni oshirishga qodir bo'lgan iqtisodiy siyosat mexanizmini ishlab chiqishdan iborat. Bunda tarmoqlararo komplekslar hisoblanuvchi klasterlarni yaratish metodologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda klasterlash

mexanizmining ahamiyati.

Beknazarova Manzura Baxtiyorovna

assistent

"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.

Тел: +998 90 -638-77-79

Annotatsiya: Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan xalqimiz turmush darajasini yaxshilashga, farovonligini oshirishga qaratilgan. Shu ma’noda aynan qishloq xo‘jaligi sohasiga berilayotgan katta e’tibor mantiqan hisoblasak, to‘g‘ridir. Ko'pgina mamlakatlarda ishlab chiqarishning hozirgi tarkibi iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bunda gap iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani yoki uzilmaganligi haqida bormoqda. Iqtisodiyot fanining vazifasi mintaqaviy, milliy va xalqaro miqyosda jadal iqtisodiy o'sishni ta'minlash va raqobatbardoshlikni oshirishga qodir bo'lgan iqtisodiy siyosat mexanizmini ishlab chiqishdan iborat. Bunda tarmoqlararo komplekslar muvofiqdir.

The reforms carried out in recent years in our republic are mainly aimed at improving the standard of living of our people and increasing their well-being. In this sense, it is logically correct to pay great attention to the agricultural sector. In many countries, the current composition of production has a negative impact on economic growth. In this case, we are talking about the fact that the relations between the economic sectors are not established correctly or are not broken. The task of economics is to develop an economic policy mechanism capable of ensuring rapid economic growth and increasing competitiveness at the regional, national and international levels. In this case, it is appropriate to develop a methodology for creating clusters that are considered inter-sectoral complexes.

Реформы, проводимые в последние годы в нашей республике, в основном направлены на повышение уровня жизни нашего народа и повышение его благосостояния. В этом смысле логически правильно уделять большое внимание аграрному сектору. Во многих странах нынешняя структура производства оказывает негативное влияние на экономический рост. В данном случае речь идет о том, что связи между отраслями экономики не установлены правильно или не нарушены. Задача экономики — разработать механизм экономической политики, способный обеспечить быстрый экономический рост и повышение конкурентоспособности на региональном, национальном и международном уровнях. В этом случае целесообразно разработать методику создания кластеров, которые считаются межотраслевыми комплексами.

Kalit so’zlar: klaster, raqobat, resurs, innovatsion klasterlar, tarmoq tizimlari.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jalik mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarish bilan bog‘liq masalalar ahamiyatlilik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz xalk xo'jaligining barcha tarmoqlarida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xalk xo'jaligining muhim tarmog'i qishloq xo'jaligida ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar asosiy qishloq xo‘jaliklari mahsulotlarini ishlab chiqarishni hususiy sektorda ishlab chiqarishga olib keldi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ko‘rib chiqish milliy iqtisodiy siyosatning iqtisodiyotda ro‘y berayotgan jarayonlarga ta’siri ostida bo‘ldi. Agar hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyoti rivojlanayotgan shart-sharoitlar-globallashuv jarayonlari, transmilliy kompaniyalar sonining o‘sishi va ular faoliyati sohalarining kengayishi hisobga olinsa, joylashgan joy omilini hisobga olgan holda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini rivojlantirish masalalari dastlabki o‘ringa chiqadi. Hozirgi paytda mamlakatimiz iste’mol bozorini to‘ldirish va aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish ko‘proq qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqarishni modellashtirish faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan xalqimiz turmush darajasini yaxshilashga, farovonligini oshirishga qaratilgan. Shu ma’noda aynan qishloq xo‘jaligi sohasiga berilayotgan katta e’tibor mantiqan hisoblasak, to‘g‘ridir. Ko'pgina mamlakatlarda ishlab chiqarishning hozirgi tarkibi iqtisodiy o'sishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bunda gap iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani yoki uzilmaganligi haqida bormoqda. Iqtisodiyot fanining vazifasi mintaqaviy, milliy va xalqaro miqyosda jadal iqtisodiy o'sishni ta'minlash va raqobatbardoshlikni oshirishga qodir bo'lgan iqtisodiy siyosat mexanizmini ishlab chiqishdan iborat. Bunda tarmoqlararo komplekslar muvofiqdir. Zero, klasterlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarda shakllangan tarmoqlararo munosabatlar va ishlab chiqarishning yagona tarmoq strukturasining tarkibiy kamchiliklarini bartaraf etuvchi o‘ziga xos “o‘sish nuqtalari”dir.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishni tashkil etishda klaster usulidan foydalanish mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning eng samarali usuli sifatida e’tirof etilmoqda. Klasterlar hozir butun dunyoda shu qadar mashhurki, ularning qamrovi ma'lum bir shahar, viloyat, shtat yoki bir qancha chegaradosh mamlakatlar hududiga yetib borishi mumkin. Klasterlarga odatda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, ishlab chiqarish omillari, ehtiyot qismlar, mashinalar yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish, ba’zan qo‘shimcha tarqatish kanallari va iste’molchilar bilan ishlaydigan korxonalar, infratuzilma provayderlari, fan va ta’lim, axborot va standartlashtirish sohasidagi davlat tashkilotlari kiradi. Ayrim klasterlar raqobatbardoshligini oshirishga o'zaro yordam beradigan birbiriga yaqin bo'lgan firmalar va tarmoqlarning birlashmalarini shakllantirish jarayoni. Mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun klasterlar ichki bozor uchun o'sish nuqtalari va xalqaro iqtisodiyotning asosi rolini o'ynaydi.

O'zbekiston xalq xo'jaligini tashkil etishning klaster shakli ko'zlangan maqsadlarni amalga oshirish uchun tarmoqlar o'rtasidagi muhim aloqalarni aniqlash imkonini beradi. Bu milliy iqtisodiyotning tarkibi masalasiga mutlaqo yangi yondashuv bo'lib, u raqobatbardosh mahsulotni yaratishni (yangi g'oyalarni yaratishga qodir kadrlarni tayyorlashdan, yuqori sifatli butlovchi qismlar va xom ashyolarni tayyorlash yoki sotib olishdan) tizimli ravishda boshqarish imkonini beradi.

Klaster tuzilmasi bo'lgan rivojlangan iqtisodiyot quyidagi xususiyatlarga ega bo'ladi:

-raqobatbardosh korxonalarning mavjudligi;

-hududlarda raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi va ulardan samarali

foydalanish;

-korxona va tashkilotlarning klasterlar doirasidagi, bir-biridan uncha uzoq

bo‘lmagan hududiy birlashmasi;

-keng doiradagi klaster a'zolari:

-Ishtirokchilar o'rtasidagi doimiy organik aloqa va o'zaro ta'sirning yuqori

darajasi.

Mamlakatda klasterlar faoliyati bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, ishbilarmonlik muhiti va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan bog‘liqdir. Tuzilish jihatidan innovatsion klasterlar raqobatbardoshlikni oshirish nuqtai nazaridan eng samarali hisoblanadi. Bunda vertikal integratsiyalashgan korxonalarning resurs imkoniyatlari birlashtirilib, yangi bilimlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni tarqatishning aniq yo‘naltirilgan tizimi yaratiladi. Bu tizim samarali va tejamkor ixtirolarni innovatsiyaga, innovatsiyalarni esa raqobatbardoshlikka aylantirishi mumkin. Innovatsion klasterlarning mamlakatimizning ilmiytexnik salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarga kiritilishi alohida innovatsion hududlarni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda bunday yo‘nalishdagi klasterlar iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga xizmat qiladi, bir-biri bilan raqobatlashmaydi va mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.

Innovatsion klasterlarni rivojlantirishda Xitoy tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Innovatsion klasterlar: Pekindagi Tsinghua yoki Shanxaydagi Fudong universitetlar atrofida, shuningdek, biznes-inkubator sifatida mahalliy hokimiyat tomonidan yaratilgan maxsus tadqiqot va ilmiy-texnologik parklar atrofida paydo bo‘ladi. Bu klasterlarga davlat grantlari, Xitoy venchur kapitali, eng yaxshi xitoylik va chet ellik (asosan, Yevropa va AQShda tahsil olgan xitoylik) mutaxassislar jalb etiladi” Barcha holatlarda klasterlar raqobatbardoshligining asosiy dalili bozor munosabatlari va samarali raqobat natijasida o‘zaro bog‘langan institutlar va tarmoqlar tizimining yuqori darajada rivojlanganligidir. Milliy innovatsion tizimning shakllanishi va malakali kadrlar paydo bo‘lishi davlat siyosati me’yorlari bilan o‘lchanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.“Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlarstrategiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilanbirga quramiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

3. Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. –Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.

5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.

6. Murtazayev O., Ahrorov F.B. - Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti. Darslik. - T.:

“ILM-ZIYO”,

2017. - 416 bet.

7. .Abdug`aniеv A., Abdug`aniеv A. A. - Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti. Darslik. - T.:

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi nashriyoti, 2011. - 244 bet.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.