MORFOLOGIK HOLATI
Rustamova F.O.
Ahrorov A.A.
Toshpo‘latov S.S.
Polvonov G‘.Q.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Odam anatomiyasi va OXTA kafedrasi
Professor tibbiyot fanlari doktori Adilbekova D.B. Kirish. Miokard infarkti o‘tkir ishemik nekroz o‘chog‘idan iborat bo‘lib, yurak ishemiya kasalligi guruhida muhim o‘rinni egallaydi, chunki yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda o‘lim hollariga hammadan ko‘ra ko‘proq sabab bo‘ladi, u hamma yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin. Miokard infarkti bemorlarda 97- 98 % holatda yurakning koronar arteriyasi ateroskleroz bilan ta’sirlanganda uchraydi. Yurak koronar arteriyaning tiqilib qolishiga olib keladi. Yurakning koronar arteriyasining o‘tkir siqilishi uzoq vaqt davom etsa, miokard infarkti paydo bo‘ladi. Kapillyar yorilib ketgandan so‘ng, uning ichida qon bilan aralashib, trombotsitlar agregatsiyasi rivojlanadi. Qon koagulyatsiyasi yordamida tizim faollashadi. Fibrin va eritrotsitlar birlashib, tromb hosil qiladi. Yurakning koronar arteriyasining bloklanishi miokardning qon bilan ta’minlanishi buziladi. Miokard nekrozi asosan chap qorincha devorida rivojlanadi. Miokarddagi nekroz tufayli yurakning sistolik va diastolik faoliyati buziladi. Tadqiqot maqsadi. Tadqiqotning maqsadi miookard infarkti natijasida yurak to‘qimalarida yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlarni o‘rganish, infarktning turli bosqichlarida yuzaga keladigan jarayonlarni tahlil qilish va ularning klinik ahamiyatini aniqlashdir. Materiallar va usullar. Tadqiqot davomida turli yoshdagi bemorlarning miokard infarkti tufayli vafot etgan yurak namunalari Respublika patologik anatomiya markazining ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. Olingan yurak to‘qimalari gistologik jihatdan tekshirilib, gematoksilin-eozin bo‘yoqlari bilan bo‘yalgan preparatlar mikroskop ostida baholandi. Infarkt rivojlanish bosqichlari: ishemiya, nekroz va regeneratsiya bosqichlari aniqlanib, ulardagi morfologik o‘zgarishlar tavsiflandi. Tadqiqot natijalari. Miokard infarktining dastlabki bosqichida yurak mushagida ishemik o‘zgarishlar kuzatildi: mitoxondriya shishi, membrana buzilishi va yadro piknozi. 12–24 soatdan keyin koagulyatsion nekroz, qon quyilish va yallig‘lanish infiltratsiyasi (neytrofillar) aniqlangan. 2–4-kunlarda nekroz zonasida och sariq tusli, notekis maydonlar vaqti bilan yumshab, shish bilan ajralib turgan o‘choqlarga aylangan. 6–10-kunlarda granulyatsion to‘qima shakllana boshlagan, makrofaglar va fibroblastlar faollashgan, yangi qon tomirlari paydo bo‘lgan. 4–6 haftalar oralig‘ida esa fibroz to‘qima rivojlanib, infarkt zonasida chandiq hosil bo‘lgan. Chap qorincha mushaklarida dilatatsiya, gipertrofiya, periinfarkt zonalarda esa distrofik o‘zgarishlar aniqlangan. Klinik jihatdan infarktdan omon qolgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi, remodelatsiya, va gipokontraktil holatlar rivojlangan. Xulosa. Miokard infarkti natijasida yurak to‘qimalarida chuqur patomorfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Infarkt uch bosqichda rivojlanadi: ishemiya, nekroz va regeneratsiya. Ishemik hujayralarda dastlab metabolik buzilishlar va oksidlovchi fermentlar faolligining kamayishi, keyinchalik esa koagulyatsion nekroz, yallig‘lanish va fibroz to‘qimaning shakllanishi kuzatiladi. Bu jarayonlar yurakning struktura va funksiyasini o‘zgartiradi, natijada chap qorinchaning nasos funksiyasi pasayadi va surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlanadi. Olingan natijalar postinfarkt holatlarni baholash, davolash va reabilitatsiya choralarini rejalashtirishda muhim diagnostik ahamiyat kasb etadi.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.