MUAZZAM BOYSUN
Xurramova Munisa Xolto'rayevna Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari
va madaniyati instituti 1-bosqich talabasi.
Tel: +998-90-073-14-41
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan ko'hna Boysunning kelib chiqishi va uning hozirgi holati haqida so'z boradi. Boysun-moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi. Bu joy haqida ko'pgina yozuvchilarimiz, jumladan, Sharafiddin Ali Yazdiy o'zining '' Zafarnoma' asarida ham ta'kidlab o'tgan. Boysun hozirgi kunda ham turistlar nazaridan qolmayotgan tarixiy toponimik joydir. Kalit so'zlar: Boysun, Sharafiddin Ali yazdiyning ''Zafarnoma''si, Boysunning tarixi, urfodat, an'ana, Sayrob.
Kirish
Boysun dunyo tamaddunining eng qadimgi beshiklaridan biri sifatida jahon ilmfani ahlida katta qiziqish uyg'otib keladi.Insoniyatning ilk manzilgohlaridan biri bo'lgan bu go'sha go'zal tabiat manzaralari, o'ziga xos o'simlik va hayvonot dunyosi, moddiy va nomoddiy boyliklari, serjilo noyob qadriyatlari bilan ham mashhur. Asosiy qism.
Boysun tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan(1962-yil 24-dekabrda Sherabod tumani bilan birlashtirilgan. 1965-yil 29-dekabrda qayta tuzildi). Umumiy yer maydoni 3,72 ming kv.km. Tuman markazi Termizdan 145 km shimoliy-g'arbda joylashgan. Tumanda 7 ta qishloq bor. Avlod, Boysun, Darband, Machay, Rabot, Sayrob, Qo'rg'oncha. Boysun tumani viloyatning ga'rbida joylashgan. Shimoli-sharqda Sariosiyo, sharqda Qumqo'rg'on, janubida Qiziriq, Bandixon tumanlari, janubi-g'arbda Sherobod tumani bilan,shimoli-g'arbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va g'arbda Dehqonobod tumanlari bilan chegaradosh. Boysun tumanida qadimiy qal'a-shaharlar ko'plab topilgan. Eng yiriklari: Poyko'rg'on, Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangto'shtepa, Darband, Munchoqtepa, Bo'yrachi, Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqo'rg'on. Ibtidoiy odamlar yashagan manzillar: Teshiktosh, Machay, Amir Temur, Sayrob chinori, Temir darvoza, Poyonqo'rg'on, Dinozavr izlari, Bibishox shotisi va shu kabi tarixiy obidalar bor. Boysundagi qadimiy Sayrob qishlog'i hududida qariyb bir asrli ikki tup chinor bor. O'tgan asr boshlarida ko'hna chinor kovagidan bir muddat askarlar qarorgohi, 1920- yilda qishloq kengashi idorasi, 1932-1934-yillarda kutubxona faoliyat olib borgan. Keyinchalik esa qishloq savdo do'koni, maktab, choyxona, sartaroshxona sifatida foydalanilgan. Hozirda bu yerda mo'jazgina muzey tashkil etilgan. Aholisi o'zbeklar va tojiklar. Boysun tumanida sanoat kam rivojlangan. Unda xalq, asosan, ko'mir bilan shug'ullanadi. Tuman hududida qazilma boyliklardan ko'mir, yonuvchi silaney, oltingugurt va boshqalar topilgan.Boysun tumanining sanoat tarixiga nazar tashlasak, 1952-yilda arteller negizida tuman sanoat kombinati tashkil etildi, 1967-yilda u mahalliy sanoat korxonasiga aylantirildi. 1972-yil mazkur korxona negizida Boysun experimental shoyi to'qish fabrikasi ish boshladi. Unda tikuvchilik, to'quvchilik va badiiy buyumlar ishlab chiqarish sexlari mavjud edi. Boysunda O'zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev, adiblar-Sattor Tursun va Erkin A'zam, shoir Usmon Azim tug'ilgan.
Hazrat Sohibqironning amir Xusayn bilan jang qilmoqqa cherik tortgani haqida so'z: 767-yilning kuzida, ya'ni ot yili hazrat Sohibqiron son-sanoqsiz lashkar tuzdi. Ularni olib Amir Husayn bilan urushmoqqa otlandi. Amir Sayfidinni katta bir guruh bilan oldinda jo'natadi. Amir Husayn o'z vaqtida Sher-Bahromni hiyla va aldov yo'ldan ozdirib makr tuzog'iga ilintirganligi ham o'ziga mute va qaram qilib olganligi sababli, hazrat Sohibqironni ham o'sha uslubda bo'hton bilan o'ynatish mumkin,degan hayolga bordi, ming afsus. Shu paytda, u Malik Bahodir va uning o'g'li Abdullohni ahdnoma ila ul Hazrat qoshiga jo'atdi va firib beruvchi so'zlardan iborat noma yubordi, ya'ni ''shu paytgacha zarur umumiy masalalarni bir -birimiz bilan ittifoqda g'oliblik to'pini raqiblar va tenglashuvchilar maydonidan yulib oldik. Ma'qul uldurki, bundan keyin ham o'sha udum saqlansa va ushbu ahdnomaga to'la-to'kis ishonib, hech bir dag'dag'a xayolga keltirilmasa''.
G'olib lashkar Kaxalqadan o'tib Boysun ularning Humoyun qo'nimgohi bo'lib turgan chog'da (elchilar) Malik Bahodir va Abdulloh yetib keldilar. Amir Husaynning ahdnomasi va nomasini yetkazdilar hamda sulh va yarashmoqdan so'z otdilar.Saodatli Sohibqiron fursat bezab turgan davlat ilhomi bilan, Misra: Sening ahdingga sabo yeli ham suyana olmas, degan mazmunni anglab yetdi. Shu sababdan u ahdnomaga e'tibor va aytilgan so'zlarga quloq tutmadi.Hazrat Sohibqironning Amir Husayn ustiga cherik tortgani va parvardigor inoyatining qo'llovi bilan zafar qozonganligi haqida so'z. Amir Husayn o'z ahdu paymonini buzishni o'ylab yana dushmanlik qasdida ayyorlik nog'orasini nifoq palosi tagida chertayotganligi hamda fursat kutib o'z murodiga hiyla bilan yetishish orzusida ekanligi turli dalil va belgilardan ravshan bo'ldi.
Xulosa: Boysun tumani- Surxondaryo viloyatining eng qadimiy, tarixiy madaniy jihatdan boy hududlaridan biridir. Bu maskan o'zining tabiiy go'zalligi, boy folklor merosi, qadimiy arxeologik yodgorliklari va asrlar davomida shakllangan milliy an'analari bilan ajralib turadi. Boysunning tarixiy ildizlari uzoq o'tmishga borib taqaladi: bu yerda qadimiy qabilalar yashagan, karvon yo'llari o'tgan, xalq og'zaki ijodi va urf-odatlari shakllangan. Tumanning nomi turkiy ildizlarga borib taqalib, ''boy'' – ''badavlat, qudratli'', ''sun''-''el, xalq'' ma'nolarini bildiradi. Ya'ni ''qudratli xalq yurti'' degan ma'noni anglatadi. Uning xalq og'zaki va marosimlari 2001-yilda UNESCO tomonidan ''Insoniyatning og'zaki va nomoddiy merosi durdonasi''sifatida e'tirof etilgan. Bu hudud o'z tarixiy ildizlarini asrab, zamonaviylik sari rivojlanayotgan, milliy qadriyatlarimizni saqlab qolishda muhim o'rin tutuvchi hududdir. U O'zbekiston madaniy merosining yorqin namunasi bo'lib, har bir avlod uchun faxr manbai bo'lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.uz.wikipedia.org 2.Shaydullayev.Sh ''Surxondaryo tarixidan lavhalar'' 3.https://boysuntakm.uz
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.