Musiqa darlarida o’quvchilarning vatanparvalik ruhida tarbiyalashning
pedagogik shart sharoitlari.
Buxoro davlat universiteti
Musiqa ijrochiligi kafedrasi o’qituvchisi
Karimov Mansur Muxamadovich
Inson o`z tabiatiga kщra doimo gщzallikka, ezgulikka intilib yashaydi. Shuning uchun ham o’sib kelayotgan yoshlarni go’zallik qonunlari bo’yicha tarbiyalash undagi ist’dodni ruyobga chiqishiga imkoniyat yaratish, ularning go’zallik haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, ma’naviy barkamol shaxs qilib, tarbiyalashdek vazifani bajarishda musiqa tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero O’zbekiston Respublikasida ta’lim fan-texnika va madaniyat yutuqlari asosida milliy an’analarga muvofiq xolda rivojlantiriladi va takomillashtirib boriladi deyiladi O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonunida. Milliy xalq musiqa merosini chuqur tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu borada qator kamchiliklar borligi ayniqsa, yoshlarni vatanga sadoqat uni sevish, ardoqlash ona vatanimizning betakror saxovati eng muhimi oliyjanob odamlari haqidagi qo’shiqlar bilan har tomonlama mukammal tanishtirib borish borasida kamchiliklar borliki aniqlandi. Mavjud nuqsonlar ta’lim muassasalarida maktablarda, kollej va letseylarda estetik tarbiya bilan bir qatorda vatanparvarlik tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan munosabatda bo’lishlikda, yoshlarni yuksak fazilatlar bilan san’atga, madaniyatga, milliy qadryatlarga muhabbat bilan qarovchi ularni tushinuvchi, qadrlovchi qilib tarbiyalashga e’tiborsizlik bilan qarashda, san’atda yod ta’sirlarga yoshlarni moyil bo’lishda ko’zga tashlanadi.
1. Tadqiqotni maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, ilmiy izlanishimizning manbai bo’lgan umumiy o’rta ta’lim maktablarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning quyidagi shartlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
2. Musqiy estetik tarbiya mazmunida vatanparvarlik g’oyalarini tarannum etuvchi xalq kuy-qo’shiqlariga e’tiborni kuchaytirish;
3. O’zbek xalqining tarixi, an’analari va urf-odatlarini tarbiya jarayoniga kiritishning o’ziga xos shakl,usul, metodlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
4. Xalq qo’shiqlari tirkibidagi vatanni madh etuvchi namunalarning tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarini, o’ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan o’quv metodik qo’llanmalarni yangitdan davr ruxiga moslab ishlab chiqish;
5. Umumta’lim maktablarida vatanparvarlik tarbiyasini yaxlit ya’ni, dars va darsdan tashqari xolda-madaniy-ommaviy tadbirlar, konsertlar, bayramlar va turli xil uchrashuvlarda yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. Bunda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlar doimo o’zaro bog’liqlikda bir-birini to’ldirib borishi zarur.
Qayd etilganlar ta’limiy-tarbiyaviy va o’quv ishlarinimuvaffaqiyatli xal etilishini ta’minlaydi va musiqiy-estetik tarbiya tizimida vujudga kelgan muammolarni ijobiy xal etishda muhim rol o’ynaydi. Ma’lumki, qo’shiqchilik eng ommaviy va ta’sirchan san’at turlaridan bo’lib, har-bir qo’shiqda u yaralgan davrning o’chmas izi bor. Tarixiy, mumtoz, folklor qo’shiqlari sirasiga kiruvchi juda ko’plab qo’shiqlarda vatan madhi, vatan sog’inchi, undan zavqlanish hissiyoti umuman olganda vatan sevgisi eng oliy qadryat sifatida ulug’lanadi.
Mumtoz musiqani his qilmay turib. Zamonaviy musiqani idrok etib bo’lmaydi. Mumtoz shoirlarimiz va bastakorlarimiz shuningdek, xalq orasidan yetishib chiqqan iste’dodlar tomonidan yaratilgan vatan mazmunidagi qo’shiqlar o’z o’rnida axloqiyestetik tarbiya uchun xizmat qilib kelgan. Bunday qo’shiqlarda odob, axloq, mardlik, vatanparvarlik, ota-ona qadriga yetish, ularni e’zozlash, yaxshilik qilish, halollik singari insoniy fazilatlar madh etilgan. Do’stlik, saxiylik, kamtarlik, oliyjanoblik, yomon illatlarga nafrat hamda mamlakatimzning o’ziga xos vohalariga nisbatan muhabbat bitilgan g’azallar, she’r namunalari xofizlar tilidan tushmay kelgan. Buyuk Navoiy, Lutfiy, Avloniy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Xaziniy, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Maxtumquli kabi mumtoz shoirlarning yor, diyor, vatan va ota-onani ulug’lovchi oliy insoniy fazilatlarni sharaflovchi, do’stlikni tarannum etuvchi she’r va g’azallari bilan aytiluvchi hozirgi kunlarda ham xalq xofizlari, xonanldalar tomonidan sevib kuylanib kelinayotgan qo’shiqlarning umrboqiyligi, xalqchilligi, ommaviyligi, aslida ulardagi ilgari surilgan g’oyalarning juda nafis xalq ruhiga, diliga, qalbiga yaqin musiqiy ohanglar bilan uyg’unlashib, kuylanib kelinayotganligidadir. Bunday qo’shiqlar xalqimiz ma’naviy merosida juda ko’p bo’lib, biz ulardan vatanparvarlik mavzuidagi ayrim qo’shiq namunalariga ularning mazmun mohiyati tarbiyaviy ta’sirchanlik xususiyatiga to’xtalib o’tishni joiz deb bilamiz.
Maxtumqulining odob-axloq, to’g’rilik, insof-diyonatga, vatanni sevishga chorlovchi she’rlarining barchasi qo’shiq qilib kuylanishi bejiz emas. Ular o’z o’rnida tarbiyaviy kuchi bilan ham ajralib turadi:
Kel ko’nglim men senga nasihat qilay,
Vatanni tark etib ketguvchi bo’lma.
O’zingdan past bo’lgpn g’ayr, nomardning,
Xizmatida qulluq etuvchi bo’lma.
Mard o’g’lidur elga yozar dasturxon,
To’g’ri so’z ustida berar shirin jon.
Umrini o’tkazar aytmaydi yolg’on,
Jaxl aylab yolg’on so’z aytguvchi bo’lma.
Furqatning vatan muhabbatini va xalq qudratini madh etuvchi quyidagi g’azali bilan aytiluvchi ashula yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda vatanning bir xovuch tuprog’i har narsadan aziz va muqaddasligini chuqur anglashlarida ijobiy rol o’ynashi shubhasiz:
Kishi xolimni bilmas mehribongiydan adashganman,
Vatan ovvoradurmen makoniydan adashganman.
Va yo bir murg’iy vaxshiy oshyoniydan adashagnman,
G’aribiy kuyi g’urbat xoni monidan adashganman.
Furqat she’ri bilan aytiladigan yana bir “Fig’onkim” nomli ashulada o’z vatanidan uzoqda, uning sog’inchi bilan dardli hayot kechirayotgan insonning ruhiy kechinmalari ifodalanadi:
Fig’onkim gardishi davron,
Ayurdi shaxsu vorimdan.
G’amim ko’p ey ko’ngul sen,
Bexabarsan ohu-zorimdan.
Shoir Maxtumqulining tengsizlik, jabr zulm xukmron bo’lgan davrlarda o’z vatanidan begona yurtlarda vatan sog’inchi bilan yashagan onlari shunday misralardan shunday ifoda etilgan bo’lib bu xalq tomonidan kuyga solinib aytib kelingan.
Vatanimda xon edim,
Xonlarga farmon edim.
Dardlarga darmon edim,
Miskinga makon edim.
Jonsizlarga jon edim,
Ko’zsizlar ko’zi edim,
Gunglarning so’zi edim.
Elimning yuzi edim,
Mashuqlar nozi edim.
Xotami Tay o’zi edim,
Eram ila rayxon edim,
Vatanga zarfshon edim.
Mard yigitga saman edim,
Tog’boshida tuman edim.
Firog’iy der: omon edim,
Xalqimiz orasida juda ko’p urf bo’lgan katta san’atkorlar ham, yosh havaskorlar birdek sevib kuylaydigan “Qarg’alar uchsa qaraylik marg’ilonning yo’liga” misrasi bilan boshlanadigan mashhur qo’shiq xam aslida Vatan sog’inchi bilan yo’g’irilgan bo’lib, u aslida vatandan uzoqda uning shirin-shakar handalaklarining hidini o’z yorining bo’yiga mingzagan yosh yigitning qalbidan otilib chiqqan dil nidosi desa bo’ladi.
Chor Rossiyasining 20 asr boshlarida O’rta Osiyodan Rossiyaga front orqasida ishlash uchun mhalliy millat vakillarini mardikorlikka tortish siyosati natijasida endigina uylangan yosh yigitning uzoq o’lkalarda mardikorlikda yurgan paytidagi Vatan va yor sog’inchi ifodalangan qalb so’zlari she’r mazmunida o’z ifodasini topadi:
Qarg’alar uchsa qaraylik Marg’ilonning yo’liga,
Hidi kelsa mast bo’laylik xandalakning bo’yiga.
Handalak bo’ylikkinam sen unda zor men bunda zor,
To’tiqushni bolasidek ikkalamiz intizor.
Hozirgi paytda ijod qilayotgan ko’plab shoirlarning she’rlari bilan aytiladigan qo’shiqlari ham xalq mulkiga aylanib ketganligi bejiz emas, Chunki ularda shoir qalbida uchqunlangan vatan mehri uning yam-yashil adirlari, zilol suv hamda gulistonga aylangan bog’lari shu diyor bag’rida mehnat zavqini surayotgan dilbar odamlari kuylanadi.
Mehnat ahli qildi obod farhod adashtini gulbog’lar,
Guliston bo’ldi saxrolar ucholmas endi hech zog’lar.
Chidolmay dushmanim faryod urib, ko’ksini ming dog’lar,
Suring mehnat g’ururin charchamasdan do’stlar o’rtog’lar.
Vatan guluzorida har bir yigit qiz misli bulbuldir,
Ochilgan paxtazorim shonalar kulgan atirguldir.
Quvon akmal elingda nozu-ne’mat lazzati mo’ldir,
Suring mexnat g’ururin charchamasdan do’stlar o’rtoqlar.
Yoki:
Sevganim fasli bahorim lolazorim keldilar,
Ham ko’ngil mulkida bo’lgan gulbaxorim keldilar.
Xalq ishiga doimo sodiq bahodir qaxramon,
Cho’lni bo’ston aylagan mart paxtakorim keldilar.
Belni bog’lab qancha qancha do’stu-yorim keldilar,
O’zbekiston husniga ko’rkam bahorim keldilar.
Ba’zi bir xalq ashulalarida davrning zulmidan tengsizlikning qurboni bo’lgan ayanchli taqdirlaridan nolib aytgan so’zlari qo’shiq qilib kuylanishi yoshlarimizda bugungi hayotimizdan g’ururlanish, yaratilgan shart-sharoitlardan faxrlanish tuyg’ularini uyg’otishi tabiiy.
Osmonda oyning yuzi, Og’zimizda oshimiz,
Qo’qonda boyning qizi. Ko’zimizda yoshimiz.
Mardikor ketgan ekan, Nacha kunlar yo’l yurib,
Yig’laydi yolg’iz qizi. Nimalar ko’rdi boshimiz.
Xotini taloq ellik boshi,
Devinistkaga yo’l bo’lsin.
Taxtu toji kul bo’lsin,
Yigitlarna qiynagan
Nikalayin yo’q bo’lsin.
Quyidagi xalq qo’shig’ida og’ir mexnat azobida zo’rg’a kun ko’rayotgan insonlarning fig’oni aks etadi:
Bir pilta ikki pilta yigiraylik,
Qator qator tutlarga yuguraylik.
Qator-qator tutlar xech sinmas ekan,
Qarindoshga tushgan qiz tinmas ekan.
Qarindosh qlra qozonim demanglar,
Otamjon kunda bozorim demanglar.
O’zbek xotin qizlarining o’tmishda haq –huquqsiz, er qo’liga mute bo’lib, og’ir turmush tashvishlaridan chekkan nolalari quyidagi qo’shiqda badiiy inkos etgan.
Yorg’ichoq torta-torta toldi qo’lim,
Yorg’ichoq orasida qoldi qo’lim.
Yorg’ichoq yalpoqqina
U tashlaydi oppoqqina
Yorg’ichoq tortmas edim
Och qolganimdan tortaman.
Bu g’azalni aytmas edim
Kuyganginamdan aytaman.
Bunday qo’shiqlar o’zbek xalq merosida juda ko’p bo’lib, ular xalq xayotining turli ko’rinishlarini aks ettiradi ularni o’rganish, kuylash, o’quvchi yoshlarda bugungi hayotimizni teran his qilish, uni chin yurakdan e’zozlash vatan ozodligi yo’lida butun borlig’ini savarbar etish kabi muqaddas tuyg’ularni tarbiyalashiga shubha yo’q. Shu jihatdan umumta’lim maktablarida o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik mavzuidagi xalq qo’shiqlariga nisbatan munosabat, qiziqish, havas,provard natijada muayyan darajada ijro ko’nikmalarini shakllantirish musiqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan qilib qo’yilishi zarur.
ADABIYOTLAR
1. Mirziyoev. Sh. 2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konstepstiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-son Farmoni.
2. Ibragimova M. – Oilada bolalarni ma’naviy ahloqiy tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari. T. Avtoref. dis. ped fan. nom. 1998 yil 37 b.
3. Hikmataliev D. – O‘quv jarayonida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish. Avtoref. dis. ped fan. nom. 2003 yil.
4. Ражабов, Т. И. (2020). Педагогические возможности использования детских фольклорных песен в духовно-нравственном воспитании младших школьников. Вестник науки и образования, (5-2 (83)), 34-37.
5. Раджабов, Т. И. (2019). Описание вековых ценностей в песне” тутовое дерево-балх” и его место в воспитании учащейся молодежи. In РоссияУзбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 70-71).
6. Ражабов, Д. З., & Ражабов, Т. И. (2018). Формирование и развитие узбекской народной лирики. In Международная образовательная деятельность как фактор развития и сотрудничества высших учебных заведений в современном поликультурном мире (pp. 207-212).
7. Ражабов, Т. И. (2023). Совершенствование Механизма ДуховноНравственного Формирования Учащихся Через Узбекские Народные Песни. Miasto Przyszłości, 33, 167-176.
8. Ражабов, Т. И. (2021). Ўкувчи-ёшларга ўзбек миллий мусиқа фольклори намуналари воситасида эстетик тарбия бериш. Science and Education, 2(11), 1094-1103.
9. Тўхтасин, Р. И. (2022). ЎЗБЕК ХАЛҚ ҚЎШИҚЛАРИ ВА
ИЖРОЛАРИ ҲАҚИДА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special issue), 64-71.
10. Rajabov, T. I. The Mechanism of Teaching Uzbek Musical Folklore. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences ISSN, 2795(546X),
11. Ражабов, Т. (2023). O ‘zbek bolalar musiqiy o ‘yin folklorining mavzuviy tasnifi. Общество и инновации, 4(5/S), 340-345.
12. Ражабов, Т. И. (2022). Совершенствование Механизма ДуховноНравственного Формирования Учащихся Через Народные Музыки И Песни. Miasto Przyszłości, 29, 363-367.
13. Rajabov, T. I. (2023). Distinctive Features of Folk Songs that Serve in the
14. Rajabov, T. I. (2022). The role of bukhara folklore songs in youth education in the system of continuous education.
15. Rajabov, T. I. The Mechanism of Teaching Uzbek Musical Folklore. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences ISSN, 2795(546X), 1
16. Rajabov, T. I. (2023). Distinctive Features of Folk Songs that Serve in the
17. Madrimov, B. K., & Rajabov, T. I. (2022). Uzbek Ceremonial Folklore and its Characteristics. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science, 1(4), 53-56.
18. Rajabov, T. (2022). UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA O ‘ZBEK MUSIQA
FOLKLORINI O ‘RGATISH DOLZARAB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
IJODKOR O’QITUVCHI, 2(21), 21-31.
19. Ibodovich, T. R. (2022). PRACTICAL SITUATION OF TEACHING
UZBEK MUSICAL FOLKLORE IN THE CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM.
International Journal of Early Childhood Special Education, 14(6).
20. Ibodovich, R. T. (2021). EDUCATIONAL IMPORTANCE OF
CHILDREN’S FOLKLORE SONGS IN MUSIC CULTURE CLASSES. Thematics
Journal of Arts and Culture, 5(1).
21. Ibodovich, R. T. (2020). Аesthetic education of students through national values (on the example of bukhara children’s folklore). European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8, 237-240.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.