ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MUSIQIY FANLARDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA AKADEMIK KREDITLARNI QO‘LLASHNING NAZARIY ASOSLARI

초록

Maqolada musiqa ta’limida musiqiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etishda akademik kreditlarni qo‘llashning nazariy asoslari hamda talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonida akademik kreditlarni o’rni, va ahamiyati,  haqida ma’lumotlar berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

AKADEMIK KREDITLARNI QO‘LLASHNING NAZARIY ASOSLARI

Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich

Namangan davlat pedagogika instituti, ART pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada musiqa ta’limida musiqiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etishda akademik kreditlarni qo‘llashning nazariy asoslari hamda talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonida akademik kreditlarni o’rni, va ahamiyati, haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar: Akademik kredit, mustaqil ta’lim, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, kredit-modul tizimi, Baloniya dekloratsiyasi, kasbiy rivojlanish. tayyorgarlik tizim, Evropa kredit o'tkazmalari tizimi (ECTS).

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРИМЕНЕНИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ

КРЕДИТОВ ПРИ ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ НАУК

Аннотация: Аннотация: В статье представлены сведения о теоретических основах использования академических кредитов при организации самостоятельного обучения в области музыкального образования, а также о роли и значении академических кредитов в процессе самостоятельного обучения студентов.

Ключевые слова: академический кредит, самостоятельное образование, знания, умения, квалификация, компетентность, кредитно-модульная система, декларация Балония, профессиональное развитие. подготовительная система, Европейская система перевода кредитов (ECTS).

THEORETICAL BASIS OF THE APPLICATION OF ACADEMIC CREDITS

IN ORGANIZING INDEPENDENT EDUCATION OF MUSICAL SCIENCES

Abstract: The article provides information on the theoretical basis of using academic credits in the organization of independent education in music education, as well as the role and importance of academic credits in the process of independent education of students.

Key words: Academic credit, independent education, knowledge, skill, qualification, competence, credit-module system, Balonia declaration, professional development. preparatory system, European Credit Transfer System (ECTS).

Jahonda amalga oshirilayotgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida musiqa ta’limi tizimida zamonaviy mehnat bozorining yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Oliy ta’limda musiqa ta’limi tizimi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan musiqa ta’limi yo‘nalishida zarur vakolatlarga ega bo‘lgan raqobatbardosh bakalavriat kadrlarini tayyorlash bo’yicha muammolarini еchimiga e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Jahon musiqa ta’limi tizimida auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim olish bilim, ko‘nikma, malaka, tayanch va kasbga oid kompensiyalarni rivojlantirish pedagogika sohasida XX asrning ikkinchi yarim yilligidan o‘qitishning yakuniy natijasini tavsiflovchi tushuncha sifatida ishlatila boshlandi. (N.V.Kuzmina, A.K.Markova, J.A.Petrovskaya). Mazkur tushuncha XX asrning so‘ngi choragida MDH mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib, XX asrning oxirlarida O‘zbekiston ta’lim tizimida, ilmiy tadqiqotlarda o‘qitishning tasniflash modeli sifatida keng qo‘llanila boshlandi.

Mahalliy olimlar tomonidan ham bir qator mustaqil ta’lim olish mavzu doirasida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, G.M.Musaxanova “Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish”, G.M.Musaxanova “Mustaqil ta’lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish”, Sh.Sh.Aripova “Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirishning metodologik asoslari”, M.G‘.Oratova “Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanish metodikasini takomillashtirish” (biologiya o‘qitish metodikasi fani misolida), A.J. Janabergenova “Axborotlashgan ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasini takomillashtirish” mavzularida ilmiy tadqiqot ishi bajarganlar.

Dunyo ta’limi tizimida kompetensiyaviy ta’limga asoslangan yondashuvlar 1991-2003 yillarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malakaviy xususiyatlarga keng qo‘llanilganligi, Yevropa oliy ta’limining integratsiyalashuv jarayonlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarni Boloniya ta’limi tizimi asosida tayyorlash zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23-sentyabrdagi O‘RQ-637- sonda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni1 bilan musiqa ta’limi yo‘nalishida tayyorlanayotgan kadrlarning “bakalavr” hamda “magistr” darajalarini berish, mehnat bozori talablariga muvofiqligini ta’minlash, malakaviy kompetensiyalarga ega bo‘lgan mutaxasssilarni tayyorlashning yagona mezonlariga asoslangan Yevropa Boloniya deklaratsiyasining asosida tuzilgan hamda tizimlashtirilgan Yevropacha kredit modul ta’lim (ECTS) tizimiga o’tishning zarurligi va ehtiyoj mavjudligini vaqtning o‘zi asoslab berdi.

Dunyo mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun kredit tizimlarini amalga oshirish har bir talabaga hayot davomida uzluksiz ta’lim bilan kasbiy kompetentlikka erishishining individual stategiyasini ishlab chiqish imkoniyatini berishga asoslangan. Biroq, kredit tizimi asosida o‘qitish amaliyotini amalga oshirish bir qator qarama-qarshilik va muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi:

- dunyo xalqlari orasida axborot almashinuvi, ma’lumotlarni saqlash, olish, uzatishni raqamlangan texnologiyalarga o‘tishi musiqa ta’limi tizimini qurish zarurati va o‘qitishda ustuvorlik xususiyatlari pasaygan an’anaviy ta’lim shakllari, usullari va vositalariga ehtiyojni kamayishi “ochiq ta’lim” modelini yangilash, talabalarni o‘qitish va o‘qishida kredit ta’limni joriy etish;

Boloniya shartnomasi kontekstida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida kredit ta’limini amalga oshirish zarurati musiqa ta’limi yo‘nalishining o‘ziga xos amaliy-ijodiy faoliyat bilan bog‘liqligi talabalarning mustaqil ta’limini amalga oshirish mexanizmini mahalliy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda milliy modelini yaratish;

- talabalarni bilim olishlariga mo‘ljallangan ishlab chiqarish modelini yangilash va kasbiy-ijodiy pedagogik kadrlarni individual tayyorlash, ya’ni ularning mustaqil ta’limi mexanizmni takomillashtirish imkonini beradigan ta’lim texnologiyalarini yaratishni taqazo etdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan musiqa ta’lim yo‘nalishida kredit-modul tizimida kadrlar tayyorlashda majburiy va tanlov fanlarida auditoriya

1 O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘RQ-637-son soatlari bilan bir qatorda mustaqil ta’lim soatlarini o‘qitish masalasi va uning mexanizmini hali еtarlicha ishlab chiqilmaganligi mazkur tadqiqot ishi mavzusini “Kredit-modul tizimida musiqiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi”ni o‘rganish dolzarbligini ko‘rsatdi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari sohalari hamda mehnat bozorining yuqori malakali, raqobatbardosh inson kapitaliga bo‘lgan ehtiyojining ortishi sharoitida jamiyatning eng muhim talabi musiqa ta’limida tayyorlanayotgan kadrlarning sifat va samaradorligini ta’minlashdan iboratdir. Oxirgi besh yilda ta’lim sohasida olib borilayotgan faol ta’lim islohotlari oliy ta’lim tizimida zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash vazifasini qo‘ydi. Bu vazifalar qatorida quyidagilarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblandi:

- amalga oshirilayotgan ta’lim natijalariga erishish va ularni ma’lum me’yorlar vositasida o‘lchash uchun zamonaviy texnologiyalar va mexanizmlarni ishlab chiqish;

- o‘zlashtirishi oson, natijalar yuqori, amaliyotga foyda keltiradigan DTS va malaka talabalarga asoslangan, kerak bo‘lsa o‘zgaruvchan o‘quv rejalar hamda dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- o‘quv jarayonining amaliy va shaxs mustaqil ta’limiga yo‘naltirilgan mexanizmlarni kuchaytirish;

- kredit-modul tizimida musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi talabalarining musiqiy fanlardan mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, mexanizmlari, metod va vositalarini ishlab chiqishdan iboratdir.

So‘ngi besh yil ichida va ayniqsa, “Oliy ta’limni yanada rivojlantirish choratadbirlar”, “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash” va “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilingandan so‘ng, ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholashda “tayyorgarlik”, “rivojlantirish”, “nazorat qilish”, “baholash”, modul”, “kredit”, “ta’lim”, “auditoriyadagi ta’lim”, “mustaqil ta’lim” kabi tushunchalari bosqichma-bosqich ta’lim jarayoniga tadbiq etib kelinmoqda.

Ta’lim jarayonidagi faoliyat natijasini ilgari surilgan maqsad bilan bog‘lash lozim. Bu holatda talabalar shaxsiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Ular javobgarlik, tashkilotchilik, maqsadlilik, harakatchanlikdir. Talabalarning ijtimoiy hayoti faoliyati bilan bog‘liq jarayonda uning o‘qish jarayonida turli odamlar, guruh, jamoa bilan o‘zaro munosabatlarning еtarliligini ta’minlaydigan ijtimoiy-pedagogik muhit va bir qator omillar muhim rol o‘ynaydi. Bular:

- talabaning mustaqil bilim olishdagi huquq va majburiyatlari, xulq-atvor, borliq (hayot), madaniyat, ijtimoiy o‘zaro ta’sir qadriyatlar, o‘z-o‘zini rivojlantirish, bilimlarni sotib olish, birlashtirish va undan ijtimoiy-kasbiy hamda muammolarni bartaraf etish jarayonda foydalanish, hamkorlik qilish, odamlarni boshqarish va itoat qilish, musiqa sohasi bo‘yicha ona tili va chet tillarda og‘zaki va yozma muloqot qilish, nostandart, ijodiy va kasbiy vaziyatlarda yechimlarni topish, axborotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, tarqatish va o‘zgartirishni bilish;

- mustaqil ta’lim faoliyatni amalga oshirishda yuqori professional darajada harakat qilish. Mazkur jarayonda musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari mutaxassislik bo‘yicha kasbiy muammolarni hal qilish asosiy vazifa sifatida e’tirof etiladi. Faoliyat sohasida o‘zgarmas va maxsus bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida kognitiv, amaliy faoliyatli, hissiy irodaviy, ekspremental-tadqiqot va operatsion.

XX asrning oxiri Yevropa oliy ta’limini birlashtirish dasturi ishlab chiqildi. 1997 yilda kelib, Lissabonda “Evropa mintaqasida oliy ma’lumotga tegishli malakalarni tan olish” Konvensiya qabul qilindi. 1998 yilda YuNESKOning birinchi Jahon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda XXI asr uchun jahon oliy ta’lim dekloratsiyasi” va oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan ustuvor harakatlar doirasi qator hujjatlar qabul qilindi. Ikkala hujjat ham barcha prinsiplarni ishlab chiqish uchun konseptual yo‘nalishga ega bo‘lib, mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli dasturli rejalar ishlab chiqilgan edi.

1998 yilda Sorbonna deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda Yevropa ta’lim tizimini uyg‘unlashtirish, uning Yevropada joylashgan mamlakatlar darajasida izchilligini maqsad qilib qo‘ydi. Ushbu dekloratsiya to‘rt mamlakat – Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya tomonidan imzolandi. Sorbonna deklaratsiyasi g‘oyasi 1999 yil Boloniya deklorsiyasida davom ettirildi va uning maqsadi yanada aniqlandi. Amerika ta’limiga mutanosiblik va raqobatbardoshlik maqsadida Yevropada zarur konvergensiya va malaka tuzulmalarining shaffofligini oshirishga yordam beradigan quyidagi chora-tadbirlar tizimi taklif qilindi:

- taqqoslash nuqtai nazaridan yanada qulayroq bo‘lgan aniq va taqqoslanadigan darajalar tizimini qabul qilish, xususan Yevropa fuqarolarining potensial ish bilan ta’minlanishiga erishish bilan bir qatorda Yevropa ta’limini xalqaro raqobatbardoshligiga hissa qo‘shish;

- qabul qilish va ikki darajali – “bakalavr va magistr” tayyorgarlik tizimiga keng o‘tish. Birinchi daraja “bakalavr” Yevropa bozorida, qolaversa oliy ta’lim tizimida tegishli malaka darajasi sifatida tan olingan. Shu bilan birga bu biirnchi sikl sifatida muvoffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, ikkinchi sikl “magistr” darajasi bilan yakunlanadi;

Yevropa talabalarining harakatchanligini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida ko‘rib chiqilgan kredit ta’limi (kredit) birliklari tizimi “Yevropa kredit o‘tkazmalari tizimi turi bo‘yicha – YeSTB)ni joriy etish. Talabalar bunday kreditlarni aynan oliy ta’lim muassasalari tomonidan chaqirilishi sharti bilan sotib olishlari kerak[109];

- kredit-modulli ta’limning yana bir afzalligi sifatida talabalarning harakatchanlikdagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish, barcha ta’lim xizmatlaridan samarali foydalanishlari, bunda professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ma’muriy xodimlar o‘z huquqlariga ziyon еtkazmasdan umumyevropa tadqiqotlari va ta’limida ishtirok etishlari mumkin;

- oliy ta’limning Yevropa tizimi o‘quv kursining mazmuni bilan bog‘liq. Bunda Yevropa hamkorligi o‘qitish sifatini baholash mezonlari va metodologiyalarini ishlab chiqish, o‘quv muassasalari dasturlari va kooperatsiyasini yaratish, integratsiyalashgan o‘quv, o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar dasturlarining harakatchanlik sxemalarini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda rivojlanishini ta’minlash.

Xuddi shunday 2001 yilda kelib “Praga kommyunike” qabul qilindi. Unda Baloniya dekloratsiyasining Yevropa ta’limi uchun istiqbollari tasdiqlandi. Bunda Baloniya dekloratsiyasi “Umrbod (uzoq) ta’lim” g‘oyasi bilan to‘ldirildi. 2003 yil sentyabr oyida MDH davlatlaridan Rossiya ham Boloniya konvensiyasiga rasman qo‘shildi. Xuddi shunday O‘zbekiston Respublikasi Boloniya ta’lim tizimiga qo‘shilish barobarida Yevropa ta’limi makoniga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni ta’lim tizimiga joriy etish tizimini takomillashtirishga harakat qildi. Jumladan:

- kelishilgan tavsiflardan foydalangan holda yangi malaka talablarini joriy etish;

- Yevropa oliy ta’lim tizimi makonining keng qamrovli malaka tuzilishi nuqtai nazardan taqqoslagan holda aniq darajalarni belgilash. Bu darajalar (bakalavr, magistr)da talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish mexanizm va pedagogik shartsharoitlari ham e’tiborga olinadi. Chunki, o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirish barobarida o‘quv yuklamalarda belgilangan kreditlarni talaba olishi shart;

- Yevropacha kreditlash tizimida ko‘p maqsadli vositalardan unumli foydalanish;

- o‘quv jarayonini yangi yo‘naltirilgan talablarga o‘tishda kompetensiyaviy yondashuvlarga o‘tish;

- “bakalavr/magistr” darajalarining mehnat bozori talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish;

- oliy ta’limning yuqori sifati asosida davlat namunasidagi diplom, daraja va malakalarga xalqaro ishonchni oshirish;

- yagona mezonlarga asoslangan Yevropacha sifat nazorati va akkreditatsiya tizimini shakllantirish.

Kredit-modul tizimida kasbiy kadrlar tayyorlashning ikki jihatdan ko‘rib chiqish mumkin: bu faoliyatning kasbiy xususiyatlari va talaba shaxsining kasbiy faolligi. Faoliyatning kasbiyligi deganda yuqori kasbiy malaka, samarali kasbiy ko‘nikmalarniing xilma-xilligini, zamonaviy algoritmlar va kasbiy muammolarni hal qilish usullarini o‘zlashtirishni aks ettiruvchi faoliyat sub’ektining sifat xususiyatlari tushuniladi. Bu esa kredit-modul tizimida musiqa ta’limi yo‘nalishida tayyorlanayotgan kadrlarning yuqori kognitiv samaradorlik bilan faoliyat olib borishga imkon beradi. Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi talaba-shaxsining kasbiy mukammallikka erishishda musiqiy fanlarning sifat xususiyatlari, shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlarining yuqori darajada rivojlanishini, talaba kasbiy mahoratining akmeologik tarkibiy qismlarini, da’volarning еtarli darajasini, mutaxassisning progressiv rivojlanishiga qaratilgan motivatsion sohani va qiymat yo‘nalishlarini aks ettiradi.

Ayrim olimlar (S.Byuller) o‘zlarining tadqiqotlarida aksariyat odamlarni rivojlanishini ma’lum bir bosqichlarga ajratib, aynan kasbiy rivojlanishning ma’lum bosqichlari shunga o‘xshash yosh davrlarida boshdan kechirishlari va kasbiy rivojlanish ham shu davr bosiqichlarida mos kelishini ko‘rsatgan. Biroq, izlanishlar shuni ko‘rsatadiki kasbiy kamoloti umr bo‘yi davom etadigan jarayon sifatida ko‘rish mumkin. Insonning kasbiy yo‘li va uning asosiy bosiqichlari yoshga bog‘liq holda rivojlanishi va talaba shaxsining umumiy shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir.

Kredit-modul tizimida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini musiqiy fanlarda mustaqil ta’limini tashkil etish masalasi muhokamasida insonning kasbiy faoliyat harakatlarini davriylashtirishning bir necha tizimlari mavjudligini ko‘rish mumkin (E.A.Klimov). Shunday davriylashtirishning kasbiy asosiy bosqichini aynan kreditmodul tizimida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish davrida quyidagiga ajratish mumkinligini ko‘rsatadi. Ya’ni, optant – bu odam kasb tanlash yoki uning o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga duch keladigan davr. Ushbu bosqichning aniq vaqt chegaralari va boshqalari yo‘q. Chunki, bu yoshda yashash shart-sharoitlari, madaniy an’analar va boshqa holatlar bilan belgilanadi. Optant bosqichidan oldin kasbiy yo‘nalish bosqichi boshlanadi.

Adept – mutaxassislikning boshlang‘ich toifalarini o‘zida birlashtirgan davtlabki mashg‘ulotlar davri. Adept – bu kasbga sodiqlik yo‘lida turgan va uni o‘zlashtirgan talaba. Kasb turiga qarab, adept fazasi har xil davomiylikka ega bo‘lishi mumkin. Adeptant – yosh musiqa mutaxassisini o‘qish (ish)ga “ko‘nikish” bosqichi. U jamoaning nomlariga moslashadi, mavjud ijodiy muammolar еchimini namoyish eta boshladi.

Internal – tajribaga ega bo‘lgan, o‘z ishini doimiy ravishda bajara oladigan, mas’uliyatli talaba. Master – oddiy va kasbiy vazifalarni hal etuvchi еtakchi. U sohada izlanadi, insoniylik fazilatlarini o‘zida singdirib boradi, yaxshi natijalarga erishish barobarida uni mukofot, rag‘batlantirilishi bilan namoyon etib boradi.

Avtoritet – nafaqat talabalar orasida balki, yo‘nalish, professor-o‘qituvchilar, fakultet va oliy ta’lim muassasasi talabalar jamoasi orasida taniqli talaba.

Mentor (ustoz) – talabalar, hamfikrlar, izdoshlar, hamkasblar bilan bog‘langan sohain yaxshi o‘zlashtirgan tajribali mutaxassis.

Ta’limni modulli tashkil etish o‘quv jarayonida fanlarning ish faoliyat izchiligini hisobga olish uchun kredit-modul tizimining muhim asosi bo‘lib, talabaning kasb-hunar ta’limiga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojini hisobga olgan holda olingan malaka va darajaning xalqaro standartlari bilan bog‘lash muammosini hal qilish imkonini beradi. Chunki, bu holda o‘rganilayotgan o‘quv materialining haqiqiy hajmiga ko‘ra, o‘quv ishlarining murakkabligi vaqt parametriga movofiq amalga oshirilmaydi.

Shaxsning kasbiy rivojlanishi – bu shaxsning individual xususiyatlariga javob beradigan va ta’lim modullari bilan ta’minlangan tizimli hodisa. Bundan tashqari, har bir modul oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining istiqbolli kasbiy faoliyatining o‘ziga xos funksiyasini takomillashtiradi.

O‘quv jarayonini modulli tashkil etish talabalar tomonidan ta’lim natijalariga erishish texnologiyasini shakllantirishga yordam beradi. Treningni modulli tashkil etish o‘quv jarayonida fanlarning mehnat zichligini hisobga olish uchun kredit-moliya tizimining muhim asosi bo‘lib, talabaning kasbiy ta’lim olishga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojini olingan malaka va darajaning xalqaro standartlari bilan birlashtirish vazifasini hal qiladi. Kredit (kredit birligi - kredit) - talabaning ma’lum bir vaqt ichida ma’lum darajada erishgan o‘quv natijalarini o‘lchash birligi. Ta’lim tashkilotining kredit tizimi (kreditga asoslangan tizim) kasbiy malaka yoki darajani olish uchun kreditlarda ifodalangan ma’lum miqdordagi o‘quv ishlarini bajarish talabiga asoslangan fan-kurs ta’lim modeli sifatida ko‘zga tashlanadi.

Kredit tashkilotining o‘quv jarayonining turli xil modellari mavjud. Ko‘pgina Yevropa oliy ta’lim muassasasilari (European Credit Transfer System) ni milliy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda asos qilib oladi va uning ishlashining asosiy tamoyillarini saqlab qolgan holda moslashtiradi. Ushbu tizim bir qator muammolarni hal qiladi. Ular quyidagilardir:

- turli davlatlardagi oliy ta’lim muassasasilarning o‘quv rejalarini ularning muvofiqligini ta’minlash maqsadida tuzish;

- talabalar harakatchanligi sifatini yaxshilash;

- tegishli davlatlar o‘rtasida o‘quv natijalarini akademik tan olish;

- kreditlarni to‘plash va o‘tkazish tizimida malaka va darajalar uchun kredit to‘plash prinsipiga asoslangan yagona oliy ta’lim standartini taqdim etish.

Xulosa qilib aytganda, Respublika oliy ta’lim muassasalari pedagogika sohasi musiqa ta’lim yo‘nalishi talabalarini kredit-modul tizimida kasbiy va pedagogik faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyaviy xususiyatlar bilan tavsiflangan yakuniy natija bo‘yicha o‘quv jarayonini hamda mustaqqil ta’lim olishni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik amaliyot shakllanishi lozimligini ko‘rsatmoqda. Bu kabi amaliyot Baloniya ta’lim tizimida to‘plangan ko‘p yillik va juda katta tajribasi bilan ahamiyatlidir. Kredit-modul tizimi ta’limning mazmuni, uning tuzilishi va tashkil etilishi talaba shaxsining tegishli xususiyatlarini ta’minlash barobarida ham aniqlik kiritiladi. Shunday qilib, musiqiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etishda akademik kreditlarni ta’limda qo’llashda strategik yondashuv hamda boshqaruv asosida ta’lim va tarbiya natijalarini nazorat qilish va baholab borishga asoslanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 y. PQ-289-son "Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori.

2. L. Zaripov, N. Xayitov, Z. Tohirov. “Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish” Metodik qo‘llanma. Toshkent 2023.

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tashkilotlarida ECTS kredit modul tizimi Asosiy tushunchalar va qoidalar V. O‘rinov, M. Sultonov, A.Umarov Toshkent: “Ma’naviyat”, 2020. 96 bet.

4. Sh.I.Yo‘ldashev. Talabalarning mustaqil ta’limining zamonaviy o‘quv jarayonida ahamiyati va o‘rni. Uslubiy qo‘llanma. T.: O‘zMU, 2022. — 41 b.

5. D.R.Karimova. Kredit-modul tizimida mustaqil ta’lim. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent: OOO “Complex Print”, 2021. 126 bet.

6. Gulomjon Toshmatov, Олимжонович, Т. Ғ. (2023, June).

ТАЛАБАНИНГ МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШИНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ

ЭТИШ МЕТОДИКАСИ. In Creativity and Intellect in Higher Education: International Scientific-Practical Conference (pp. 123-127).

7. Gulomjon Toshmatov, Олимжонович, Тошматов Ғуломжон.

"MУСИҚИЙ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА ТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ

ИШЛАРИНИНГ ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ." Journal of Intellectual Property and Human Rights 2.6 (2023): 32-37.

8. Gulomjon Toshmatov, Тошматов Г., Даминова Г. Кредит-модуль тизимида мустақил таълимни ташкил этиш тамойиллари //Общество и инновации. – 2022. – Т. 3. – №. 5/S. – С. 50-57.

9. Gulomjon Toshmatov, Gaziyev, Jobirkhon Jurakhanovich, and Gulomjon Olimjonovich Toshmatov. "Acts credit module system and its implementation activities in higher educational process." Asian Journal of Multidimensional Research 10.9 (2021): 467-472.

10. Тошматов Ғ ва Турдалиева, О. (2023). ТАЛАБАЛАРНИ МУСТАҚИЛ ИШЛАШГА ҚИЗИҚТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Евразийский журнал академических исследований, 3(6), 162-166.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.