ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

MUSTAQILLIK ARAFASIDA O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR ZARURIYATI.

초록

Mazkur maqolada Mustaqillik yilarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasi va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib borilgan islohatlar,  qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy asosda tahlil etilgan. 


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR ZARURIYATI.

Azimova Maftuna Muhammadaminovna

Qo‘qon Universiteti o‘qituvchisi

maftunaazimova67@gmail.com + 998-88-811-67-57

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Mustaqillik yilarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasi va

tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini

mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib

borilgan islohatlar, qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy asosda

tahlil etilgan. Maqolada tadqiq etilayotgan mavzu yuzasidan M.Mahmudov,

G.E.Mo’minovalar tadqiqot ishlarini olib borgan bo’lib, mazkur tadqiqotlarda

sog’liqni saqlash va tez tibbiy xizmati sohasining sovetlar hukumronligi davridagi

faoliyati o’rganilgan. R.Mo’minov, S.Djumanov tomonidan esa soha faoliyatining

mustaqillik yillardagi jarayonlari umumiy tarzda tahlil etilgan. Mazkur ishimizda

yuqorida sanab o’tilgan tadqiqotchilarning ishlari muhim manbaviy asos bo’lib xizmat

qiladi. Shuningdek biz tadqiqotga metodologik yondashgan holda arxiv manbalaridan,

gazeta va jurnallardan ham to’laqonli foydalandik. Shu sababli biz mazkur tadqiqotda

tibbiyot sohasining muhim va asosiy bo’g’ini hisoblangan qishloq vrachlik punkti va

tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida yuzaga kelgam muammolar va ularni bartaraf

etishga qaratilgan hukumat qarorlarini tadqiq etishni asosiy maqsad etib qo’ydik.

Shuningdek maqolada mustaqillikning dastlabki yillaridagi respublikadagi aholi

salomatligining umumiy holatlarini islohatlardan keyingi jarayonlar bilan aniq tahlillar

asosida qiyosiy o’rganilgan. Shuningdek olingan tahlil natijalari asosida tibbiyot

sohasi hodimlarining ish samaradorligini oshirishga doir taklif va xulosalar ishlab

chiqilgan.

Kalit so’zlar: Sog’lik, shifokor, qishloq xo’jaligi, salomatlik, JSST, kimyolashtirish,

kasallik, tibbiyot, aholi, tibbiy xizmat, tez tibbiy yordam, ekologiya.

Kirish so’z. So’ngi yillarda dunyoda atrof-muhit muhofazasi bilan bog’liq

muammolar, globallashuv jarayoni, turli xil epidemiya va viruslarning yangi turlari

tarqalayotganligi bugungi kunda dunyo mamlakatlarida xususan respublikamizda

sog’liqni saqlash sohasiga jiddiy e’tibor qaratish kerakligini taqozo etmoqda. Jismonan

sog’lom, teran fikrlaydigan fuqarolar mamlakat tayanchi hisobanadi. Shuning uchun

ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq respublikamizda sog’liqni saqlash sohasini

isloh qilishga jiddiy kirishilgan. Hukumatimiz bu borada ko’plab xalqaro tashkilotlar

va davlatlar bilan ko’p yillarga mo’ljallanga dasturlar asosida ish olib bormoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti bilan hamkorlik

qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik natijasida qator ijobiy natijalarga erishildi, xususan

onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik, sil kasalligigi va boshqa

ko’plab kasalliklarga qarshi kurashish yuizasidan qator ijobiy natijalarga erishildi.

O’zbekiston Respubikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng boshqa sohaar kabi

sog’liqni saqlash sohasida ham qator ijobiy yangiliklar amalga oshirildi. Tibbiyot

sohasida ham yangi davrga qadam qo’yildi. Sho’rolar davridan qolga sog’liqni saqlash

tizimi sohada bir qancha muammolar yig’ilib qolganligini ko’rsatdi. Yosh mustaqil

davlat o’z oldiga ijtimoiy sohadsa shu jumladan birinchi galda sog’liqni saqlash

sohasidagi nuqson va kamchiliklarga chek qo’yish hamda bu sohani yangi yuqori

bosqichga ko’tarish choralarini ko’rishga kirishdilar. Shu sababga ko’ra mazkur

sohaga oid jarayonlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida sog’liqni

saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga doir qator maqolalar va ilmiy ishlar

nashr etildi. Bu davrdagi adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ko’pchilik

tadqiqotchilar e’tibori asosan xalq tabobatini o’rganishga qaratilgan. Ushbu soha bir

guruh tarixchi olimlar tomonidan tarixiylik nuqtai nazaridan ham tadqiq etildi. Bunda

asosan M.Mahmudov va G.E.Mo’minovaning izlanishlari diqqatga sazovordir. Ular

tomonidan sohaning XIX asrning oxirgi choragi va sovet davri tarixi bo’yicha

izlanishlar olib borgan. Mustaqillik yillarida Respublikamizda sog’liqni saqlash

tizimini yoritishga qratilgan bir qator dissertatsiya ishlari ham himoya qilindi.

M.Maxmudov,O.Ismoilov, K.Allaberganov, M.D.Maxsumov, N.Rasulov kabilarning

dissertatsiya ishlari shular jumlasidandir . Ta’kidlash joizki, himoya qilingan

dissertatsiya ishlarida sohaning asosan XIX-XX asr tarixi o’rganilib, asosiy e’tibor

sog’liqni saqlash tizimining yo’lga qo’yilishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish ,

yuqumli kasalliklarga qarshi kurash, sanitariya-epidemiya xizmati kabi muassasalarga

qaratilgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash va tez tibbiy yordam

xizmati faoliyati yuzasidan D.Jumanov, R.Mo’minovlarning olib borgan ilmiy

izlanishlari diqqatga sazovordir. O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimining mustaqillik

davri tarixiga doir ilmiy adabiyotlarni o’rganish natijasida shunday xulosaga kelindiki,

sohaning sovet davri tarixi o’rganilgan bo’lsada, uning keyingi yillardagi tarixi maxsus

tadqiqot obyekti sifatida tanlab olinmagan. Umuman, murojaat etilgan tadqiqotlarda

mazkur yo’nalishning u yoki bu jihatlari qamrab olinganligi va ular butun tizim tarixini

yoritishda qo’shimcha manba bo’lib xizmat qilishi mumkinligini ham ta’kidlash

lozimdir.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, qiyosiy

tahlil, tizimlashtirish, xronologik kabi usullaridan foydalanildi. Mustaqillik yillarida

va keyingi davrlarda O’zbekistonda sog’liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmati

faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini tashkil etishning huquqiy asoslarining

mustahkamlanib borishi mavzusini tadqiq etishda tadqiqotlar va mavzuga doir

adabiyotlar hamda arxiv materiallari nazariy asos bo’lib xizmat qilgan. Manbalardan

olingan ma’lumotlar tahlili mavzuga xolisona, ilmiylik va tarixiylik qoidasi asosida

yondashuvni talab etadi. Yuqorida ta’kidlangan usullardan foydalanish natijasida

quyidagi ilmiy yangilik sifatida o’rganildi: olib borilgan chora tadbirlar natijasida

respublikadagi sog’liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyati ko’rsatkichlari

yil sayin yaxshilanib borganligi, ayniqsa mustaqillikning dastlabki yillarida kuzatilgan

kasallanishlar sonining kamayib, shifoxonalar va poliklinikalar sonining esa ko’payib

borganligini ko’rsatishimiz mumkin.

Tahlil va natijalar muhokamasi. Mustaqillik yillarida Respublikamizda sog’liqni

saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish

bo’yicha amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu sohaning tarixi va

nazriyasiga doir ilmiy jihatdan tan olingan qarashlardagi O’zbekiston Respublikasi

sog’liqni saqlash tizimining mustaqilik davri tarixini tadqiq etishda va o’quv

jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan nazariy-metodik jihatlar aniqlangan.

Mustaqillik yillarida qator sohalar singari sog’liqni saqlash sohasida ham ko’plab ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Respublikamizda mustabid tuzumdan meros bo’lib qolgan qator ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar bo’lib, ularni oldini olish, yechim topish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko’plab muammolarga yechimlar topish sog’lom turmush tarzini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekistonda qaror topayotgan fuqarolik jamiyati xalqimizning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, uning manfaatlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yanada farovonlashtirish kabi masalalarni o’rganishni maqsad qilib belgilagan. Mustaqilllikgacha bo’lgan davrda tibbiyot sohasida ko’plab muammolar yig’ilib qolgan edi. Xususan, tibbiyot sohasi tarkibiy tuzilishining o’ziyoq zamon talablarini o’zida aks ettirmas va rivojlanishning son ko’rsatkichlariga asoslangan holda shakllantirilgan edi. Birgina aholiga tez tibbiy yordam ko’rsatishning o’zi besh bosqichli va kam samara beruvchi tizimga aylantirilgan edi. Bu esa o’z navbatida, asosan qishloqlarda yashovchi O’zbekiston aholisi uchun zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklar edi.

Respublikamizda avj olgan yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasining yuqori ekanligining ildizi avvalo sobiq sovet tuzumi davrida Respublika aholisining yashash sharoiti, turmush darajasining qoniqarli darajada emasligiga borib taqalardi.

Sovetlar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskin bo’lgan hududlar Orolbo’yi, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida, Farg’ona vodiysining ko’pgina shaharlarida har xil kasalliklarga chalinish yuqori darajaga ko’tarilgan edi. 1988-yilda uyushtirilgan “Orol-88” ekspeditsiyasining bergan ma’lumotlariga qaraganda Qoraqalpog’istonning Bo’zatov tumanida har ming nafar go’dakdan 260 nafari nobud bo’lgan. O’zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik kasaliga chalingan. Har uch nafar o’zbek yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan1. Armiya safiga chaqirilgan yigitlarimiz orasida sog’lig’i to’g’ri kelmaganligi sababli, ularning 20% ko’prog’i jangovar qismlarda emas, balki qurilish bo’linmalarida xizmat qilgan2. Bunga sabab qilib respublikaning asosan sanoat qurilishi zonasi sifatida tarkib topganligida edi. Respublikada 1980 yillarda 1821 ta sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatgan3. Ular orasida og’ir sanoat yetakchilik qilib: kimyo, qurilish mollari ishlab chiqarish, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i, energetika va agrosanoat sanoat korxonalaridan iborat edi. 1 Yoshlik, 1989-son.B.4-5. 2 O’zbekiston SSJ sog’liqni saqlash muovini B.U.Yo’ldashev bilan suhbat. “Yigit boshi omon bo’lsin” Sihat salomatlik 3 O’zR MDA, 837-fond, 41-ro’yxat1859-ish, 281-varaq O’zbekistonda sanoat korxonalarining qurilishi o’lkadagi boy resurslar va arzon ishchi kuchi hisobidan olib borildi. Natijada aholi salomatligi, yashash sharoitlari, turmush darajasi, ta’lim sohasida ham jiddiy salbiy oqibatlarga olib keldi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida ayniqsa, Farg’ona viloyati tumanlarida oshqozonichak kasalliklari bilan og’rish holatlari yuqori edi. Kasalliklarning ko’payishiga aholinining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi kamchiliklar sabab bo’ldi. Paxta yerlarining pestitsid, gerbitsid va kuchli defoliantlar bilan kimyolashtirilishi: Marg’ilonsoy, Shohimardonsoy, Isfarasoy, Qo’qonsoy, Qoradaryo, Uchtepa, Norin va Sirdaryo suvlarining ifloslanib, suvning sifatini buzilishiga olib kelgan. 1975 yillarga kelib, paxta sifatini oshirish va ortiqcha daromad olish maqsadida qishloq xo’jaligida o’ta zaharli modda butifos ishlatildi. 1985 yil Namangan viloyati Pop tumani aholisi orasida 379 ta kasallik varaqasi berilgan. 1986 yillarga kelib O’zbekistonda o’tkazilgan tibbiyot tekshiruvlarida butifosning haddan ziyod xavfli ekanini, aholi, butun jonzotlar zaharlanganligi to’g’risida natijalar olindi. Sobiq ittifoq bo’yicha 1000 boladan 28 tasi, O’zbekistonda 48 ta, Qoraqalpog’istonda 78 ta, Orolbo’yi rayonlarida 100 ta, Farg’ona viloyatida 58 ta bola kimyoviy moddalardan kasallanib nobud bo’lgan4. Bu holatlar aholi orasida turli kasalliklarning ko’payishi, surunkali zaharlanishlarning ortib borishiga sabab bo’ldi. Xususan 1980 yilda Farg’ona viloyati bo’yicha endokrin patologiyasiga yo’liqqan 17 nafar bola, 1985 yilda 346 nafar bola, nevrologiya xastaligiga yo’liqqan 1190 nafar bola ro’yxatga olingan5. So’x, Rishton, Qo’shtepa, Oltiariq va Farg’ona tumanlarida o’tkir oshqozon-ichak hamda virusli gepatit kasalliklarining kamaymayotganligi ham ko’plab sohalarda jiddiy islohotlar amalga oshirilishini talab etardi.

Respublikada 1980 yillarning oxirlarida inson genotipida xatarli o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Jumladan, onalar o’limi, bir yoshga yetmay vafot etgan go’daklar sonini har ming bolaga nisbatan Farg’ona viloyatida 56,6 nafarni tashkil etishiga olib keldi6. Bu yillarda suv xo’jaligi qurilishidagi kamchiliklar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini kimyolashtirish dasturini amalga oshirishdagi jiddiy nuqsonlar bilan yanada chuqurlashdi. Ittifoq rahbariyati tomonidan kimyolashtirish qishloq xo’jaligining intensiv (ishlab chiqarishda sifat ko’rsatkichlariga erishish) yo’ldan rivojlanishning dehqonchilikdan yuqori va barqaror hosil olishning samarali vositasi deb qaralgan edi. Ayniqsa 4 Ergashev A va boshqalar suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. Toshkent. Fan.2009.130 bet. 5 O’zR MDA, 837-fond, 41-ro’yxat1859-ish, 289-varaq 6 O’zbekiston kommunisti.1987.N.7.10.14-bet. melioratsiya tizimi yaxshi yo’lga qo’yilganligi uchun ham Farg’ona vodiysida paxta yetishtirish boshqa hududlarga qaraganda yuqoriroq edi. Shu sababli ham kasallikka chalinish holatlari ham ko’p uchraydi.

Yuqumli kasalliklar bo’yicha O’zbekiston7 Hududlar Kasallanish Xorazm 1172 Andijon 1381 Namangan 1350 Farg’ona 1410

Ayniqsa 80-yillarda respublikamizda qishloq xo’jaligida zaharli moddalarning ishlatilganligi va bu ofat inson salomatligiga, qolaversa irsiyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. Maktab yoshidagi bolalar, ayniqsa o’spirinlar sog’lig’ini nazorat qilib borish, ularni jismonan chiniqtirish ishlari yetarlicha tashkil etilmadi. Maktablarda zarur sharoitning yo’qligi, darslarning ko’pligi, vaqtida sifatli ovqatlanmaslik natijasida o’rta maktabni bitirib chiqqan yoshlar orasida surunkali kasalliklarga chalinish holatlari ko’paydi. Birgina misol 1991 yilgi ma’lumotlarga ko’ra maktabni tamomlagan yoshlarning 58-60 % mana shunday holat aniqlangan8.

Xalq xo’jaligi inshootlarining tartibsiz joylashtirilishi va ishlatilishi natijasida murakkab ekologik vaziyat vujudga keldi. Bunday munosabat tabiat birliklari yer, suv, havo holatini yomonlashishiga sabab bo’ldi. Bu nafaqat tirik mavjudotlarga balki, kishilar sog’lig’iga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti to’plagan ilmiy xulosalarga qaraganda kishilar bemorligining 20 foizi ular yashayotgan atrof-muhitga bog’liq. Bu ko’rsatkich ekologik holat yomon bo’lgan joylarda yanada yuqori. Qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarning me’yoridan ortiq ishlatilishi natijasida yer tarkibi buzildi. Oziq ovqat mahsulotlari sifati yomonlashdi. Yer, suv, havo holatining 7 193- snoska.68-bet 8 O’zbekiston SSJ sog’liqni saqlash muovini B.U.Yo’ldashev bilan suhbat. “Yigit boshi omon bo’lsin” Sihat salomatlik . yomonlashuvi kishilar o’rtasida me’da ichak va yuqumli kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ldi.

Kasalxonalarda zarur sanitariya-gigiyena va boshqa tibbiy sharoitning yo’qligi, o’rinlar va kadrlar yetishmasligi, dori-darmon taqchilligi, qolaversa qonun-qoidalarning ba’zi mansabdor shaxslar tomonidan buzilishi kabi kamchiliklar ham kuzatildi. Orol dengizining qurib borishi ko’plab salbiy oqibatlarga olib keldi. Ko’plab hayvon va o’simlik turlarining yo’qolib ketishiga olib keldi. Yuqori ekologik tanglik vujudga kelib atrof muhitning ifloslanishi va atmosfera havosining bug’lanishi avj oldi. Oqibatda bu yerda istiqomat qiluvchi insonlarning salomatligi yomonlashdi, nafas yo’llari, o’pka, me’da-jigar, o’t-tosh kasalliklari, ich terlama va boshqa yuqumli hastaliklar, ayollardagi kamqonlik, tug’ruqdagi asoratlar, tinka-mador qurishi, bolalarning nobud bo’lishi ko’paydi.9 1995-yilgacha 5,5ming o’rinli kasalxonalar, bir smenada 15,9 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega bo’lgan poliklinikalar qurilishi rejalashtirilgan. Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda iqtisodiy inqiroz kuchayib borganligi sababli, moddiy mablag’ kam ajratildi, natijada qurilish materiallari taqchilligi kuzatildi.

Sog’liqni saqlash ehtiyojlari uchun byudjetdan qoldiq miqdorda mablag’ ajratilgan, davolash muassasalari qurish o’rniga ularni eski, moslashtirilgan binolar hisobiga to’ldirish yo’lidan borildi. Tez tibbiy yordam xizmati hodimlari zimmasiga chaqirilgan joyga o’z vaqtida yetib borish, bemorni shifoxonaga yotishini ta’minlashgina emas, balki o’sha joyning o’zida malakali tibbiy yordam ko’rsatish, tegishli maslahatlar berish vazifasi ham yuklatilgan. Lekin bu vazifa hamisha ham to’liq bajarilavermadi.

Birgina Farg’ona shahar tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bu brigada ixtiyorida 3ta tez yordam mashinasi bo’lib, 3ta brigadaga bo’lingan va shaharning 2-shifoxona, Yormozor mintaqalari, Farg’ona shahrining Qirg’izsho’ra, Satkak qishloqlari aholisiga xizmat ko’rsatilgan. Bu hududlarda 40 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Har kunlik chaqiruvlar soni 110-120 tani tashkil etgan. Tez tibbiy yordam xizmati shifokorlari ustidan tez-tez shikoyatlar tushganligi ham ma’lum. Sababi 3ta mashina bunday katta hududga xizmat ko’rsatishga ulgurishi murakkab bo’lib, bundan tashqari mashinalarning eskiligi va yoqilg’i muammosi ham vaziyatni yanada 9O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining birinchi muovini T.Sultonov bilan suhbat.“Orol, salomatlik, muammolar” Sihat-salomatlik jurnali. 1992 yil.2-son. 3-varaq og’irlashtiradi. Tez yordam mashinalari haydovchilari benzin olish uchun benzokolonkalarda boshqa shofyorlar kabi soatlab navbat kutib turishadi. Nafaqat Farg’ona viloyatida balki respublikamizning boshqa hududlarida ham mana shunday holatlar kuzatildi. Sababi mehnat og’ir, maosh kam, tez yordam bo’limlari eski, xodimlar va xaydovchilar uchun dam olish xonalari yo’q, ayniqsa qish oylarida ahvol yanada og’irlashadi. Shuning uchun ham shifokorlar poliklinikalar va shifoxonalarda ishlashni afzal bilishadi. Ayniqsa Oltiariq, Yozyovon, Buvayda va Toshloq tumanlarida tez tibbiy yordam xizmati bo’limlaridagi ahvol achinarli edi. 10

Sohadagi eng katta muammolardan biri ekologik muammolar bo’lib, uni hal etishda rivojlangan davlatlarning ekologik dasturlarini hamkorlikda tatbiq etish samarali bo’lib kelmoqda. 1994 yil aprel oyida “Ekosan” jamg’armasi mutahasislari Farg’ona vodiysida bo’lib, Andijon shahri bilan chegaradosh, Qirg’iziston Respublikasi Moylisuv tumanidagi konditsiyaviy bo’lmagan ma’danlar va chiqindilarni ko’mib tashlangan joydagi ekologik vaziyatni o’rganib, uni bartaraf etish yo’llarini o’rgandilar11

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi 1998 yil 10 noyabrdagi PF-2107 sonli qaroriga muvofiq. respublikadagi zamonaviy, yuksak zamon talablariga javob beradigan tashxis qo’yish va davolash tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan , yuqori malakali shifokorlar va o’rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlangan shoshilinch tibbiy yordamning yaxlit tizimi yaratilgan va samarali xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad barkamol avlodni voyaga yetkazish va sog‘lom kelajakni yaratishdan iborat. 2008-yilda “Bolalikdan nogiron tug’ilishning oldini olish uchun tug’ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ 892-sonli qarori va 2009- yil 13- apreldagi “Sog’lom avlodni shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida”gi qarorlari qabul qilingan12 10 Anvarjon Jo’rayev. “Tez yordam yordamga muhtoj” Sihat salomatlik jurnali .1991 yil. 1-son. 6-varaq. 11 Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Davriy to’plam.N_3. Toshkent, Sharq, 206-bet 12 .Karimov.I.A.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv uslubiy qo’llanma. -T.”O’qituvchi”, 2014. 73-bet.

Bundan tashqari, “2009-2023 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora tadbirlari dasturi to’g’risida”gi 2011-2015 har yili qishloq joylarida yashaydigan homilador ayollarga moddiy yordamlar ko’rsatish haqidagi davlat dasturi amalga oshirildi. 2011 yilda “Save the children (Bolalarni asraylik) xalqaro tashkiloti dunyoda bolalar salomatligini himoya qilish bo’yicha eng yaxshi davlatlar reytingini tuzdi va dunyoning 161 ta davlati ichida O’zbekiston 10 ta yetakchi davlat qatoriga kiritildi. Bundan ko’rishimiz mumkinki, respublikamizda sog’liqni saqlash sohasiga e’tibor kuchaytirildi. Tibbiyot sohasining huquqiy asoslari yaratilishi natijasida kadrlar va moddiy texnik bazasi ham yaxshilandi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “2016-2020 yillarda O’zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar dasturi”13 tasdiqlandi. Ushbu dastur bo’yicha , Farg’ona viloyatida 31 ta tibbiyot birlashmalari va poliklinikalar zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta’minlandi. Yana dasturda yangi tug’ilgan chaqaloqlar, o’smir qizlar, homilador va tug’ish yoshidagi ayollar uchun to’liq patronaj kuzatish tizimi joriy etildi. Natijada kasallanish holatlari oldini olish, onalar va bolalar kasalliklarini erta aniqlash yuzasidan samarali ishlar amalga oshirildi. 14 Prezidentimizning 2022 yil 25 apreldagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi qarori mavjud muammolar yechimida qo’l kelmoqda. Qaror ijrosi 70 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilishi belgilandi. O’tgan davrda 52 ta birlamchi tibbiyot sanitariya yordami muassasalari hamda 70 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etildi. Natijada 650 mingdan ortiq aholiga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish ishlari yaqinlashtirildi15 13 Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. O’zbekiston. 2017.64- bet. 14 G.S.Rahimova Farg’ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishida ekologik muammolar. Toshkent.2017. 15 Rasul Kamol “Endi shifokor izlab olisga qatnamaymiz” Farg’ona shifokori gazetasi. 2022 yil 17 son. Yuqorida sanab o’tilgan barcha chora tadbirlar mamlakatimizda tibbiyot fani va sog’liqni saqlash ishini rivojlantirish yo’lida qo’yilgan dastlabki qadamlardir. Bugungi kunda ham Respublikamizda sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Xulosa va takliflar. O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida sog’liqni saqlash sohasini isloh qilinishi natijasida bir qancha qaror, qonun va nizomlar qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar asosida soha faoliyatini huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmasi hamda moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Respublikamizning viloyat shahar va tumanlarida oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari binolari qayta ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi. Tizimdagi keng ko’lamli islohotlar natijasida mavjud qishloq vrachlik punktlari o’rnida qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etildi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida shifokorlarning ish vaqti belgilandi. Qishloq oilaviy poliklinikalarida umumiy amaliyot shifokori bilan birgalikda oltita tor soha mutahasislari pediatr, terapevt, ginekolog, xirurg, stomatolog, UTT vrachi faoliyati ham yo’lga qo’yildi. Shu bilan birga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari binolarini ham qayta ta’mirlash va imkoniyatlarini kengaytirish ishlari olib borildi. Bugungi kunda tez tibbiy yordam shahobchalarining poliklinikalarga ko’chirilganligi ham tibbiy xizmatni uzluksiz, tunu kun davom ettirish imkonini yaratdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur sohadagi islohatlar bugungi kunda o’zining dolzarbligini ko’rsatib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

2. Karimov.I.A.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga

bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv uslubiy

qo’llanma. -T.”O’qituvchi”, 2014. 73-bet.

3. G.S.Rahimova Farg’ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishida ekologik

muammolar.Toshkent.2017.

4. O’zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat

arxivi . M-372-fond, 1-ro’yxat , 82-yig’ma jild, 11-varaq.

5. Yoshlik, 1989-son.B.4-5.

6. O’zbekiston SSJ sog’liqni saqlash muovini B.U.Yo’ldashev bilan suhbat. “Yigit

boshi omon bo’lsin” Sihat salomatlik jurnali.1991 yil 3-son. 1-varaq.

7. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining birinchi muovini T.Sultonov

bilan suhbat.“Orol, salomatlik, muammolar” Sihat-salomatlik jurnali. 1992 yil.2-

son. 3-varaq

8. Anvarjon Jo’rayev. “Tez yordam yordamga muhtoj” Sihat salomatlik jurnali .1991

yil. 1-son. 6-varaq.

9. Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Davriy to’plam.N_3.

Toshkent, Sharq, 206-bet

10.Ergashev A va boshqalar suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. Toshkent.

Fan.2009.130 bet.

11.O’zbekiston kommunisti.1987.N.7.10.14-bet.

12.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

13. G.S.Rahimova Farg’ona vodiysining iqtisodiy rivojlanishida ekologik muammolar.

Toshkent.2017.

14. 193- snoska.68-betRustamova

15.Rasul Kamol “Endi shifokor izlab olisga qatnamaymiz” Farg’ona shifokori gazetasi.

2022 yil 17

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.