KIRISH: nazariy mexanika boโlajak mutaxassislarda texnik tafakkur va muhandislik fikrlashini rivojlantiruvchi tayanch fan hisoblanadi. Uni oโzlashtirish samaradorligi talabalarda barqaror motivatsiya shakllanishi bilan bevosita bogโliq. MAQSAD: nazariy mexanika fanini oโqitishda motivatsiyani toโrt darajada bosqichma-bosqich shakllantirish asoslarini asoslash va taโlim samaradorligini oshirish imkoniyatlarini koโrsatish. MATERIALLAR VA METODLAR: ishda nazariy tahlil asosida nazariy mexanikaning fanlararo integrativ oโrni hamda motivatsiyani โqizdirishโinsaytโ mexanizmi sifatida talqin qilish yondashuvi qoโllanildi. Motivatsiyani makroโmidiโminiโmikro darajalarda rejalashtirish, modul va dars darajasida muammoli vaziyatlar hamda modellashtirish elementlarini integratsiya qilish taklif etildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: makro-motivatsiya kasbga yoโnalish va mexanikaning kasbiy ahamiyatini anglashni kuchaytiradi; midi-motivatsiya fan boโyicha barqaror qiziqishni shakllantiradi; mini-motivatsiya modul natijalarini aniq koโrsatish orqali bosqichma-bosqich oโzlashtirishni qoโllab-quvvatlaydi; mikro-motivatsiya har bir darsda maqsad, keys va amaliy misollar orqali faollikni oshiradi. Mexanikaning real texnika va texnologiyalardagi (jumladan, tribotexnika) qoโllanilishi motivatsion resurs sifatida taโlim mazmunini amaliy yoโnaltiradi. XULOSA: motivatsiyani darajaviy va tizimli shakllantirish nazariy mexanikani ongli oโzlashtirishni kuchaytiradi va kasbiy kompetensiyalar rivojini qoโllab-quvvatlaydi. Darslarda interfaol metodlar, keys va modellashtirishni joriy etish mikro-motivatsiyani barqarorlashtirishda muhim.
INTRODUCTION: theoretical mechanics is a core discipline for engineering thinking, and learning success depends on stable motivation. AIM: to justify a staged motivation model and its contribution to learning effectiveness. MATERIALS AND METHODS: a theoretical analysis was applied, treating motivation as an instructional โwarm-upโinsightโ mechanism, and proposing motivation planning at program, course, module, and lesson levels. DISCUSSION AND RESULTS: macro-motivation strengthens professional orientation; midi-motivation supports course-level commitment; mini-motivation facilitates modular mastery; micro-motivation boosts lesson engagement via clear goals, cases, and practice. Real applications, including tribotechnology, increase meaningfulness and practicality. CONCLUSION: a systematic staged motivation model enhances conscious learning and professional competencies; interactive methods, case tasks, and modeling are effective at the lesson level.