ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI LEKSIKASIDA GENDER TAHLILI

초록

This article analyzes gender-related vocabulary in German and Uzbek, highlighting their linguistic structures and the role of language in shaping social perceptions of gender. German has a grammatical gender system that explicitly distinguishes between masculine, feminine, and neutral forms, including occupational titles. In contrast, Uzbek lacks grammatical gender but exhibits lexical gender differences, often associating certain professions with men. Modern linguistic trends in both languages reflect efforts toward gender inclusivity, with German incorporating gender-neutral forms and Uzbek gradually adopting gender-specific occupational terms. This comparative analysis provides insight into how languages reinforce or challenge gender norms.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI LEKSIKASIDA GENDER TAHLILI

Yusupova Gulxumor

tayanch doktorant

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

gulkhumor.yusupova@mail.ru

Abstract: This article analyzes gender-related vocabulary in German and Uzbek, highlighting their linguistic structures and the role of language in shaping social perceptions of gender. German has a grammatical gender system that explicitly distinguishes between masculine, feminine, and neutral forms, including occupational titles. In contrast, Uzbek lacks grammatical gender but exhibits lexical gender differences, often associating certain professions with men. Modern linguistic trends in both languages reflect efforts toward gender inclusivity, with German incorporating gender-neutral forms and Uzbek gradually adopting gender-specific occupational terms. This comparative analysis provides insight into how languages reinforce or challenge gender norms.

Keywords: gender linguistics, grammatical gender, lexical gender, inclusive language, German, Uzbek, occupational titles, sociolinguistics.

Аннотация: В данной статье рассматривается гендерная лексика в немецком и узбекском языках, анализируются их лингвистические структуры и роль языка в формировании социальных представлений о гендере. Немецкий язык имеет грамматическую категорию рода, различая мужской, женский и нейтральный роды, включая названия профессий. В узбекском языке грамматического рода нет, но наблюдаются лексические различия, при этом ряд профессий традиционно ассоциируется с мужчинами. Современные лингвистические тенденции показывают стремление к гендерной инклюзивности: в немецком языке появляются гендерно-нейтральные формы, а в узбекском – новые феминативы. Сравнительный анализ позволяет выявить, каким образом язык может закреплять или трансформировать гендерные стереотипы.

Ключевые слова: гендерная лингвистика, грамматический род, лексический род, инклюзивный язык, немецкий язык, узбекский язык, названия профессий, социолингвистика.

Annotatsiya: Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillarida gender leksikasi tahlil qilinib, ularning lingvistik tuzilmalari va jamiyatdagi gender tasavvurlarini shakllantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Nemis tilida grammatik jins tizimi mavjud bo‘lib, u erkak, ayol va neytral shakllarni, shu jumladan kasb nomlarini ham aniq farqlaydi. O‘zbek tilida esa grammatik jins mavjud emas, lekin leksik jihatdan gender tafovutlari yaqqol kuzatiladi va ayrim kasblar ko‘pincha erkaklarga xos deb qaraladi. Har ikkala til zamonaviy tilshunoslik doirasida gender inklyuzivligini ta’minlashga intilmoqda: nemis tilida gender neytral shakllar joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘zbek tilida yangi feminativlar paydo bo‘lmoqda. Ushbu qiyosiy tahlil tilning gender normalarini mustahkamlash yoki o‘zgartirishdagi rolini yoritadi.

Kalit so‘zlar: gender lingvistikasi, grammatik jins, leksik jins, inklyuziv til, nemis tili, o‘zbek tili, kasb nomlari, sotsiolingvistika.

Til – jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, madaniyati va qadriyatlarini aks ettiruvchi asosiy vosita bo‘lib, u ijtimoiy guruhlar, shu jumladan, genderga oid tasavvurlarni shakllantirish va mustahkamlash jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Lingvistika va sotsiolingvistika sohalarida gender va til o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki til jinslar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ularning jamiyatdagi mavqeini aks ettiruvchi hamda ushbu munosabatlarni saqlab qoluvchi yoki o‘zgartiruvchi vosita bo‘lishi mumkin. Mazkur maqolada nemis va o‘zbek tillarida gender leksikasi tizimli tahlil qilinib, ushbu tillarning jinsga oid til birliklari orqali ijtimoiy va madaniy tasavvurlarni qanday ifodalashi o‘rganiladi.

“Gender” termini fanda, ayniqsa, Oʻzbekistonda yangi tushunchadir. Hozirgi vaqtda ushbu atama turli bilim sohalarida keng qoʻllanilib kelinmoqda [4;19].

Tilshunoslikda til materialiga boʻlgan gender yondashuv grammatik rod kategoriyasining biologik va ijtimoiy jins gʻoyasi bilan munosabati tushunchalarni lisoniy vositalar yordamida ro‘yobga chiqishini oʻzaro bogʻlaydi [2; 142].

Nemis tili grammatik jihatdan jins kategoriyasiga ega bo‘lgan tillardan biri bo‘lib, unda uchta jins farqlanadi:

Erkak jins (maskulin, der) – der Mann (erkak), der Vater (ota)

Ayol jins (feminin, die) – die Frau (ayol), die Mutter (ona)

Neytral jins (neutrum, das) – das Kind (bola), das Mädchen (qiz bola)

Tilning rivojlanish jarayonida ayrim so‘zlarning jinsiy tasnifi mantiqiy bo‘lmagan shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, das Mädchen (qiz bola) so‘zi grammatik jihatdan o‘rta jinsga mansub bo‘lsa-da, semantik nuqtayi nazardan ayol jinsiga oid. Bunday hodisalar nemis tilining tarixiy taraqqiyoti va morfologik xususiyatlari bilan bog‘liq.

Shuningdek, nemis tilida genderga asoslangan kasb va lavozim nomlari mavjud bo‘lib, ular so‘z oxiridagi qo‘shimchalar orqali jinsiy tafovutni aks ettiradi:

Ingenieur (muhandis, erkak) – Ingenieurin (muhandis, ayol)

Kellner (ofitsiant, erkak) – Kellnerin (ofitsiant, ayol)

Zamonaviy nemis tilida gender tengligini ta’minlash maqsadida inkluziv tilshunoslik yondashuvlari rivojlanmoqda. Jumladan, gendergerechte Sprache (gender jihatdan adolatli til) tamoyiliga muvofiq, gender neytral shakllar (masalan, Lehrkräfte – o‘qituvchilar) yoki inkluziv belgilardan (Studentinnen* – talabalar) foydalanish ommalashmoqda.

O‘zbek tili grammatik jins kategoriyasiga ega bo‘lmagan tillardan biri hisoblanadi. Biroq, leksik jihatdan jinsiy farqlanish aniq kuzatiladi.

O‘zbek tilida ko‘plab kasb va lavozim nomlari gender neytral shaklda qo‘llanilsa ham, ularning erkak kishilar bilan bog‘lanishi odatiy holdir. Masalan, o‘qituvchi, shifokor, olim so‘zlari erkak kasblari sifatida tushunilishi mumkin, holbuki ayollar ham ushbu sohalarda faoliyat yuritadi. So‘nggi yillarda gender tengligini ta’minlash maqsadida ayol kasb nomlarini ifodalovchi shakllar (masalan, olim – olimа, shoir – shoirа) faol qo‘llanila boshladi.

Nemis va o‘zbek tillarida gender leksikasining ifodalanish usullari turlicha bo‘lsa-da, har ikkisi ham jamiyatda gender tushunchalarining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Nemis tilida jins grammatik kategoriya sifatida qat’iy belgilangan bo‘lib, kasb va lavozim nomlarida erkak va ayol variantlari aniq ajratiladi. Bu esa gender farqlarini grammatik jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbek tilida esa grammatik jins mavjud emas, lekin leksik darajada gender tafovutlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Kasb va lavozim nomlari asosan gender neytral bo‘lsa-da, ularning semantik talqini ko‘pincha erkaklarga nisbatan qo‘llanadi.

Zamonaviy tilshunoslikda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan inklyuziv yondashuvlar rivojlanib bormoqda. Nemis tilida gender neytral shakllarning keng joriy etilishi bu jarayonning asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbek tilida esa genderga oid yangi atamalar va qo‘shimchalarning paydo bo‘lishi ayol va erkak kasb nomlarini ajratish tendensiyasini shakllantirmoqda. Shu sababli, kelajakda har ikkala tilda gender tengligini aks ettirishga yo‘naltirilgan lingvistik o‘zgarishlar yanada chuqurlashishi kutilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Jo‘raxolova B. Q. O‘zbek va nemis tillarida «ayol» va «erkak» tushunchalarining gender farqlari, stereotiplari o‘zbek va nemis xalq maqollari misolida. //Ilmiy axborotnoma. — 2020. —№ 4. [122] — B. 50-53.

2. Chutpulatov M.Ch. Ingliz, rus va oʻzbek tillaridagi gender leksikasi semantik xususiyatlarining qiyosiy-chogʻishtirma tahlili // O‘zbekistonda xorijiy tillar. — 2024. — 10 jild, № 6. — B.140-162.

3. M., Jabborova S. O‘zbek tilida gender masalasi: tilshunoslik nuqtai nazaridan // Modern science аnd research. 2024. — B.237-140.

4. Yusupova G. Tilshunoslikda gender tadqiqining nazariy asoslari // O‘zbekistonda xorijiy tillar. — 2023. — № 2 (49). — B. 18-37

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.